Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Davlat Xizmati Forumi 2025 doirasida o‘tkazilgan
“Transforming the Public Service in the Era of AI” va
“GCC-Uzbekistan Digital and Tech Forum” tadbirlaridan videolavha.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda tashkil etilgan Davlat xizmati forumida O‘zbekistonning Elektron hukumatni rivojlantirish borasidagi yutuqlari e’tirof etilib, taqdirlandi

➡️Samarqand shahrida o‘tkazilgan BMTning Davlat xizmati forumi (UNPSF 2025) doirasida O‘zbekistonning so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi va raqamli texnologiyalarni joriy etish borasidagi yutuqlari xalqaro darajada tan olindi.

Xususan, forum davomida e’tibor markazida bo‘lgan asosiy yo‘nalishlardan biri – elektron hukumat tizimini rivojlantirish masalasi bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish borasidagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

📊 Ma’lumki, “UN E-Government Survey” — davlat boshqaruvi va elektron xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi eng nufuzli xalqaro reytinglardan biri hisoblanadi. Ushbu reytingning 2024-yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Elektron hukumat reytingida (EGDI) 6 pog‘onaga ko‘tarilib, eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mamlakatlar qatoriga — “Juda baland” (Very High EGDI) guruhiga kiritildi.

⚜️Samarqand forumida ushbu yutuq alohida e’tirof etilib, rasmiy marosim davomida O‘zbekistonning elektron hukumatni rivojlantirishdagi yutuqlari e’tirof etilib, taqdirlandi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Vazirlik va UNESCO o‘rtasida raqamli statistika bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

BMT Davlat xizmati forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va UNESCO Statistika Institutining Osiyo-Tinch okeani boʻyicha katta mintaqaviy maslahatchisi Bajracharya Roshan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda mamlakatda raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va statistika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Vazir 2017-yildan beri mamlakatda ma’lumotlar tarqatilishi va sifatining yaxshilanishi, inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, IT sohasining rivojlanishi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish va sun’iy intellekt muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani qo‘shimcha qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/64063

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/07/01 08:08:29
Back to Top
HTML Embed Code: