Telegram Web Link
O‘zbekistonlik talabalar Huawei kompaniyasining Xitoydagi yetakchi ta’lim loyihasida ishtirok etishadi

Huawei kompaniyasining "Seeds for the Future" ta’lim loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi oltita universitetdan 10 nafar talaba 2025-yilning 19-25-oktabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan dasturda ishtirok etish uchun tanlab olindi. Tadbirda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, IT ta’lim assotsiatsiyasi nodavlat notijorat tashkiloti vakillari, universitet rahbarlari, Seeds for the Future dasturining o‘tgan yillardagi bitiruvchilari ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun, Seeds for the Future kompaniyaning korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha yetakchi tashabbusi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab AKT iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan. 2008-yilda ishga tushirilgandan buyon dastur 142 mamlakatdan 19 000 dan ortiq talabalarni o‘ziga jalb qildi va 500 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/94107

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✏️📚21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni yurtimizda keng nishonlanayotgan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Davlat tili — bu millatning ruhi, uning tarixiy xotirasi va ma’naviy qudratini ifoda etuvchi bebaho boylikdir. Ona tilimiz – o‘zbek tili, xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniyati, ilm-fani va adabiyotining mustahkam poydevoridir.

Bugun o‘zbek tili davlat siyosati darajasida rivojlantirilib, uning xalqaro nufuzini oshirish, raqamli davr talablariga mos ravishda qo‘llash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu qutlug‘ kunda barchamizni ona tilimizni e’zozlashga, uni har sohada, xususan, ilm, texnologiya va diplomatiya tillaridan biri sifatida rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishga chorlaymiz.

Yurtimizda o‘zbek tili bayrog‘i doimo baland hilpirab, avlodlar qalbida faxr va iftixor manbai bo‘lib yashasin!

Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.

Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.

Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkga tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил IT-парк в Мирзо-Улугбекском районе и принял участие в церемонии закладки первого камня в строительство второго этапа проекта.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda ham sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi.

Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.

O‘tgan yili Sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida mazkur soha bilan ishlaydigan alohida markaz tashkil etildi.

Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi (dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin).

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2030-yilda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

Buning uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi yanada ko‘p ishlashi, vazirlar, hokimlar, tarmoq rahbarlari esa haftada bir kunini shu sohani rivojlantirishga ajratishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida sun’iy intellekt iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga qanday hissa qo‘shayotgani, aholiga, biznesga nima yengillik berayotganini ko‘ryapti. Bizda ham shuni qilsa bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi”,

– dedi Prezident.

Masalan, tarmoqlardagi ko‘plab korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirib, xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt ham joriy etilsa, samaradorlik yanada oshishi ta’kidlandi.

Adliya, soliq idoralari sun’iy intellekt yordamida 24/7 rejimida onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi. Bojxona qo‘mitasi sun’iy intellekt orqali xavfni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Geologiyada ham sun’iy intellekt yordamida videotahlil tizimini yo‘lga qo‘yib, rudadan olinadigan metall hajmini 1-2 foizga oshirish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Bu birgina mis qazib olishning o‘zidan yiliga 20 million dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi.

Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida “Aqlli shahar tizimi” ishga tushirildi.

Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.

Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.

Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.

Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев дал старт второму этапу проекта "IT-Park".

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.

Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.

Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 18:51:30
Back to Top
HTML Embed Code: