Telegram Web Link
⚜️ Berlinga tashrif yakunlari: IT Park Uzbekistan Germaniya biznesi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Berlinga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi ko‘magida hamda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi va “Berlin Economics” bilan hamkorlikda “Uzbekistan Outsourcing Conference” tashkil etildi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari “Gevekom GmbH”, “Endax GmbH”, “Pedersen & Partners” kabi Germaniya kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning IT va autsorsing sohasidagi salohiyatini namoyish etish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/93857



⚜️ Outcomes of the visit to Berlin: IT Park strengthens cooperation with German businesses

A delegation from IT Park Uzbekistan visited Berlin, where the Uzbekistan Outsourcing Conference was held with the support of the Embassy of Uzbekistan in Germany and in partnership with the Eastern Committee of the German Economy and Berlin Economics.

The visit included meetings with German companies such as Gevekom GmbH, Endax GmbH, and Pedersen & Partners, aimed at promoting Uzbekistan’s IT and outsourcing potential and strengthening business ties.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/93857

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiya bilan raqamli hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

📌 Dastlab, Yaponiya Ichki ishlar va aloqa vaziri o‘rinbosari Imagawa Takuo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi taqdim etilib, ta’limda sun’iy intellekt strategiyasini birgalikda ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. Yaponiya vakillari tajriba almashish, innovatsion g‘oyalarni sinovdan o‘tkazish va kelgusida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/94012

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡AT texnologiyalarni rivojlantirish yoʻlida Yaponiya bilan yangi hamkorlik

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi xizmat safari doirasida Yaponiyaning JEITA (Elektronika va axborot texnologiyalari sanoati assotsiatsiyasi) ijrochi vitse-prezidenti Yuko Shigyo bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Yaponiya AT kompaniyalarini Oʻzbekistonga jalb etish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va AT outsourcing xizmatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


📍 Shuningdek, “CEATEC 2025” koʻrgazmasida ilk bor “Potential for IT outsourcing in Uzbekistan” tadbiri oʻtkazilib, mamlakatimizning AT sohasidagi imkoniyatlari va xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar taqdim etildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇯🇵Yaponiyaning JETRO kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

JETRO ijrochi vitse-prezidenti Takafumi Suzaki bilan uchrashuvda Oʻzbekistonda AT outsourcing sohasida yaratilgan qulay sharoitlar va JETRO bilan yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlik natijalari muhokama qilindi.

📍 ICT Week doirasida ilk bor Yaponiya pavilyoni tashkil etilib, unda 10 dan ortiq yetakchi yapon AT kompaniyalari ishtirok etdi. Shuningdek, IT Parkda yapon rezident kompaniyalar soni 20 tadan oshgani qayd etildi.


Suzaki Oʻzbekistonning AT taʼlimi va yoshlarning texnologik koʻnikmalari xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganini taʼkidladi. Bu esa yanada koʻproq yapon kompaniyalarini mamlakatimizga jalb etish uchun mustahkam zamin yaratayotgani qo‘shimcha qilindi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 01:37:49
Back to Top
HTML Embed Code: