Telegram Web Link
Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozir maktablarimizda 19 ming 500 nafar informatika o‘qituvchisi bor.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘quv dasturlarini yangilaydi.

Har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi joriy yilda Yangi O‘zbekiston universitetida ushbu dasturga o‘qitiladi. Ushbu mentor o‘qituvchilar o‘z hududidagi qolgan informatika o‘qituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi.

Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha yetarli bilim oladi.

“Raqamli avlod qizlari” tanlovida ta’lim, sun’iy intellekt, “yashil” iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda 7 ming o‘quvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi.

Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan qamrab olinadi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.

Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “R&D” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🚀 O‘zbekistonda qizlar uchun nanosun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish va uchirish bo‘yicha muhandislik musobaqasi

Butun mamlakat bo‘ylab 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun qiziqarli STEM-dasturga start berilmoqda. Oldinda – 4 oy o‘qish, amaliyotlar va nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirish.

Sizlarni nimalar kutmoqda?

— Onlayn va oflayn treninglar
— Kosmik texnologiyalar, elektronika, dasturlash va sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarni o‘rganish
— Haqiqiy “CubeSat” nanosun’iy yo‘ldoshi bilan ishlash
— 2025-yil kuzida: nanosun’iy yo‘ldoshni Orol dengizi tubidan stratosferaga uchirish.


20 nafar eng yaxshi ishtirokchi Toshkentda oflayn-stajirovkadan o‘tadi va o‘zlarining “CubeSat”ini yig‘adi.

Tashkilotchilar: “Tech4Impact”, “UNICEF”, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Uzcosmos agentligi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://unisat.uz/about/

———

👩‍🚀 Инженерное соревнование по сборке и запуску наноспутников для девушек в Узбекистане

В Узбекистане в третий раз стартует захватывающая STEM-программа для девушек от 15 до 24 лет со всей страны. Впереди — 4 месяца обучения, практики и запусков!

Что вас ждёт?

— Онлайн и офлайн-тренинги
— Изучение космических технологий, электроники, программирования и анализа спутниковых снимков
— Работа с настоящим наноспутником CubeSat
— Осенью 2025 года: запуск спутника со дна Аральского моря в стратосферу.


20 лучших участниц
пройдут офлайн-стажировку в Ташкенте и соберут собственный CubeSat.

Организаторы: Tech4Impact, UNICEF, Министерство цифрового развития и Агентство Uzcosmos

Для регистрации: https://unisat.uz/about/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари сунъий интеллект ва IT соҳаларида ёшлар учун имкониятларни янада кенгайтириш бўйича ташаббусларни илгари сурди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ёшларимиз халқаро фан олимпиадаларида, IT соҳасида ва хорижий тилларни ўрганишда юксак натижаларга эришмоқда.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Axborot texnologiyalari sohasidagi rejalar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni raqamli texnologiyalari, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

————
Представлены планы в сфере информационных технологий

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов в сфере цифровых технологий, искусственного интеллекта и телекоммуникаций.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 01:05:58
Back to Top
HTML Embed Code: