Telegram Web Link
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning nufuzli Kookmin universiteti va yetakchi xolding kompaniyalardan biri — KT&G Global TAS o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🤝 Ushbu uch tomonlama hamkorlik:

Talabalar, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar almashinuvi, jumladan, amaliyot dasturlarini tashkil etish;

O‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda trening va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish;

Barqaror taraqqiyot maqsadlari (SDGs) doirasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va sanoat-akademik loyihalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi.

📄Ma'lumot uchun: KT&G kompaniyasi 50 dan ortiq mamlakatga mahsulotlarini eksport qiluvchi Janubiy Koreyaning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu shartnoma TATU talabalari uchun haq to'lanuvchi stajirovkaga qabul qilinishlariga yo'l ochib berdi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧🎓BRITANIYA TA’LIMINI ENDI INHA’DA OLISH MUMKIN

Inha universiteti so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda yangi akademik dasturlarni ishga tushirmoqda. Universitet IQAC (Buyuk Britaniya) ning rasmiy hamkoriga aylandi va endi RQF tizimi bo‘yicha ta’limni taklif qiladi - bu butun dunyoda tan olingan Britaniya malakalari.

📌Yo‘nalishlar:
Axborot texnologiyalari (shu jumladan: sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar haqidagi fan)
— Biznes va menejment

➡️Darajalar: Foundation (11-sinfdan boshlab) magistraturagacha.
📈Buyuk Britaniya universitetlarida - Olster universitetidan Glostershir universitetigacha o‘qishni davom ettirish imkoniyati.
💼 Xalqaro darajadagi diplom, amaliyot, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim.

Qabul ochiq!

➡️Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://inha.uz/apply/
🔗 Batafsil: inha.uz/ru/program-overview-2
✈️Ma’lumot uchun telefon: +998 71 289 99 94 yoki @askinhabot



🇬🇧🎓БРИТАНСКОЕ ОБРАЗОВАНИЕ ТЕПЕРЬ МОЖНО ПОЛУЧИТЬ В ИНХА

Впервые за 10 лет Университет Инха запускает новые академические программы в сотрудничестве с Великобританией. Университет стал официальным партнёром IQAC (UK) и теперь предлагает обучение по системе RQF — это британские квалификации, признанные в мире.

📌Направления:
— Информационные технологии (в том числе: искусственный интеллект, кибербезопасность, наука о данных)
— Бизнес и менеджмент

➡️ Уровни: от Foundation (с 11 класса) до магистратуры.
📈 Возможность продолжить обучение в одном из 10 университетов Великобритании в таких как Ulster University, University of Gloucestershire и других.
💼 Стажировки, практико-ориентированное обучение, диплом международного образца.

Прием открыт!

➡️Регистрация по ссылке: https://inha.uz/apply/
🔗 Подробнее: inha.uz/ru/program-overview-2
✈️Тел. для справок: +998 71 289 99 94 или @askinhabot

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏠 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” navbatdagi tayyorlov o‘quv kurslarini yakunladi, 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda

📚 Yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida raqamlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etadigan iqtidorli mutaxassislarni yetishtirish maqsadida 2023-yil 19-mayda Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

🖌Mazkur qaror asosida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish markazi 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu kurslarning asosiy yo‘nalishi — “Data Science” bo‘lib, unda tinglovchilarga matematik statistika, dasturiy ta’minot vositalari orqali katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ularga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilimlar beriladi. Kurs doirasida tinglovchilar zamonaviy talablar asosida tayyorlanib, davlat organlari va boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun raqamli tahlilga ixtisoslashgan mutaxassislar sifatida yetishib chiqadilar.

💡Tayyorlov o‘quv kurslariga barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalardan kursga qabul qilingan 60 nafar talabalar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar.

🔠Bugun, 3-iyul kuni ushbu kursning 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Mirzo Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi O. Salimov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdilar.

🔠Ma'lumot uchun: hozirda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda. Tanlovda 3-bosqichda tahsil olayotgan, raqamli texnologiyalarga qiziqadigan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Tanlov asosida saralangan talabalar Toshkent shahrida bir yil davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


➡️Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Mirzo Ulug‘bek vorislari” kurslari doirasida yangi GRANT asosidagi (bepul) yo‘nalishlar ham joriy qilinmoqda. 3-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun mo‘ljallangan bu yo‘nalishlar quyidagilarni qamrab oladi:

– 3D modellashtirish
– VFX Compositing
– Animatsiya
– O‘yin dizayni va Game Development asoslari
– Digital Art
– FX Simulation
– Cinema 4D
– Unreal Engine


❗️Bugungi kunda raqamli texnologiyalar – faqat alohida bir soha emas, balki har bir sohaga chuqur integratsiyalashayotgan muhim yo‘nalishdir. “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari nafaqat yoshlarni zamonaviy IT sohalariga yo‘naltirmoqda, balki ularni kasbiy jihatdan shakllantirib, mamlakat taraqqiyotiga bevosita hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida tayyorlamoqda. Zamonaviy bilimlarni egallab, bepul ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

➡️Data Science kurslariga ariza topshirish: https://dscience.uz/#price
➡️GRANT asosidagi yo‘nalishlarga ariza topshirish: https://creativetech.uz/

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/65803

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/12 16:51:08
Back to Top
HTML Embed Code: