Telegram Web Link
🌿​​"XUSH KELGIN DUNYOGA MOXI RAMAZON" 

Oylarning Sultoni, Afzali o'zing, 
Kelishing bir Azon, ketishing Azon, 
Tangrim Inoyati sening risq-ro'zing, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

O'ldirsa sendagi Sabr o'ldirsin, 
Xoli yo'q bo'lsin so'ng rangin so'ldirsin, 
Kelishing ko'zlarni yoshga to'ldirsin, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Yoqimli nishini Taqvo sanchadir, 
Ko'nglidan shaytonni ezib, yanchadir, 
Seni intiq kutgan Dillar qanchadir, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Xar kuning Jannatdan beradir darak, 
Qur'ondan Shaytonga otib zambarak, 
Laylat-ul Qadring ham bo'lib muborak, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon. 

Savobni qoldirsa "Amal" elagim, 
Robbimga Duola ochib bilagim - 
so'rayman! Sendan ham bitta tilagim - 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Oylarning Sultoni, Afzali o'zing, 
Kelishing bir qiyin, ketishing Oson, 
Robbim Raxmatidir sening risq-ro'zing, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

~ Majidov Abdurahmon

@moychechak_ifori🕊
67
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Ramazon keldi - Ramazon🌙

Allohim bu oyni barchamizga Magʻfirat oyi, Barokat va Saodat hamda
Mehr-Oqibat oyi qilib ber🤲

@moychechak_ifori 🍃
92
🌿-Ramazon...Qalblarni parchalaganingiz yo’qmi, yomon gumondan saqlanyabsizmi, kechirimli bo’lishga urunyabsizmi, qo’lingizdan kelgancha ko’ngillarga gul ekyapsizmi, Shikoyatingiz insonlarga emas faqat Allohgami?
Ko’nglingizni ro’zasi qabul bo’lsin!

🌿-Ramazon...Tilingiz hech kimga ozor bergani yo’qmi, u suyaksiz tilingizdan faxsh so’zlar chiqolmay qoldimi, bu ulug‘ kunlarning shukrini ado etyabsizmi, yolğondan hazar qilyabsizmi?
Tilingizning ro’zasi qabul bo’lsin!

🌿-Ramazon...Ko’zingiz haromga nursizlandimi, nomahramlarga qaragani hayo qilyabsizmi, hamma narsadan hikmat go’zallik ko’ryabsizmi?
Ko’zingizni ro’zasi qabul bo’lsin!

🌿-Ramazon...Qulog‘ingizni harom kuy-qo’shiqlardan, g‘iybatlardan, bekorchi xunik suhbatlardan berkitib, faqat qur’on tilovatiyu Allohni eslatuvchi nasihatlar bilan uni to’ldiryabsizmi?
Qulog‘ingizni ro’zasi qabul bo’lsin!

🌿-Ramazon...Yomon amallardan qochib, xayirga yuguryabsizmi, kichik bo’lsa ham yaxshilik qilib qolishga shoshyabsizmi, harom luqmadan hazar qilyabsizmi, qul haqqidan qo’rqyabsizmi, taqvoga chanqaganingizni his qilyabsizmi, Allohning zikriga to’ymayabsizmi? Badan, aql, ruh ro’zangiz qabul bo’lsin!

#amin 🤲

@moychechak_ifori🍃
62
🌿Roʻzadormisiz?

Bir necha yigit Ramazon oyida bir moʻysafid otaxonning odamlar koʻzidan pana joyda taom yeyayotganini koʻrib qolishibdi:
- Ie, Otaxon! Siz roʻzadormasmidingiz?

Otaxon:
- Nega? Albatta roʻzadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.
Yigitlar qah-qah kulib yuborishibdi:
- Rostdanmi Otaxon?

Otaxon dedi:
• Kimsaga yomon nazar tashlamayman,
• Birovni mazax qilmayman,
• Insonlarni gʻiybat qilmayman,
• Hech kimning koʻngliga ozor yetkazmayman,
• Odamlar bilan qoʻpol muomala qilmayman,
• Birovning moliga koʻz olaytirmayman.
• Lekin... ming afsuski kasalim bor... Oshqozonim kasal. Shunga meʼdamni roʻzador qilolmayapman.

Soʻngra otaxon yigitlardan soʻradi:
- Sizlar ham roʻzadormisizlar bolalarim?

Yigitlardan biri hijolatdan boshini egib ohista ovozda javob qaytardi:
- Yoʻq! Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos.

Aziz qadrdonim! Siz roʻzadormisiz?
Faqat ko'z-ko'z qilish uchun emas, ro'zani chin qalbdan, ixlos ila tuting! Iltimos, avval qalbingizni poklang!

♡Oy_Nur🍀

@moychechak_ifori🕊
171
🌿Ramazon- sizga o‘zingizning shaytonsiz, asl variantingiz qandayligini ko‘rsatuvchi eng zo‘r davr! Ya'ni endigi gunohlarda shaytonning qo‘li yo‘q!
Siz.....
Faqat o‘zingiz.....

@moychechak_ifori🕊
101
🌿Ramazon shunday ajoyibki, unda bir vaqtning o‘zida a’zolar chanqaydi, lekin qalb qonadi...

@moychechak_ifori🍃
133
🌿Roʻza tutaman deb saharlikga uygʻonganlarga, Allohning salomi, jannat boʻlsin!

@moychechak_ifori🕊
210
🌿Atrofingdagilardan aziyat koʻrganingda, ulardan uzoqroq masofaga chekin. Aybini anglaganlari yoningga keladilar. Agar kelmasalar, demak toʻgʻri masofani tanlabsan.

- Ayman Yog'iy

@moychechak_ifori🕊
114
🌿Qalbingiz qanchalar toza va tarbiyangiz qanchalar oliy bo'lmasin, alal oqibat insonlarga o'zlariga munosib muomalani qilishga majbur bo'lasiz...

@moychechak_ifori🕊
130
🌿Aziz dindoshim, Allohim qalb, ko‘z, til, badan, ruh ila tutgan ro'zalaringizni dargohida qabul qilsin, ilohim barcha ezgu niyatlaringizni eng xayrlisiga yetishtirsin.
🍃Bu kunlarga yetganimiz uchun O'ziga beadad hamdlar, shukronalar bo'lsin.... Kechgacha sabr-u toqat tilayman...
O'zingizni ehtiyot qiling.🌙🤗

@moychechak_ifori🍃
140
🌿Qalbingizni bilguvchi zot bor, sokin va samimiy bo‘lavering... Qolgani ahamiyatli emas...

@moychechak_ifori🍃
136
🌿 Barchasi yaxshilikka

🌱Nima bo‘lsa ham, o‘zligingizcha qoling. O‘zgarmang. Birov uchun o‘zgarmang.

🌱Yon atrofingdagilarga nimanidir isbotlash, tushuntirish uchun dunyoga kelmaganingizni biling. Siz Alloh uchun yaratildingiz va O‘zigagina qaytasiz.

🌱Hayotingizdagi har bir vaziyat sizni foydangiz uchun. Robbingiz sizga yomon bo‘lishini istarmidi?
Aksincha, sizni o‘zgalardan himoya qiladi, O‘ziga qaytishingizni, barchaga ishonib bo‘lmasligini tushuntiradi. Barini sizni foydangiz uchun qiladi.

🌱Ba'zilar tuyg‘ularingiz bilan o‘ynashadi, Alloh o‘shanda bandasi ochgan yarani tuzatadi.

🌱Barchasi sizning foydangiz uchun, barchasi Uning rejasi ostida. Unutmang, Alloh siz uchun doim yaxshisini ravo ko‘radi!

@moychechak_ifori🍃
125
#Bismillah

🌿Saharlik uchun chirogʻi yongan uylarga Allohning fayzu barokati va Rahmati yogʻilsin.

🌱Assalamu alaykum azizlarim meni, qadrdonlarim!🤗
🌱Tutayotgan roʻzalarmiz qilayotgan ibodatlarmizni Alloh dargohida qabul qilsin!🤲

@moychechak_ifori🕊
109
🌿Ramazon qalblarni halovatga, mehrga, oqibatga to‘ydirishi lozim.... Taskin oluvchi, qalblarga taskin beruvchi bo‘ling!

@moychechak_ifori🍃
87
🌿NAVRO'Z🌸

Milliylikdan darak, beradi asli,
Betakror, begʻubor navbahor fasli,
Bezangan, yasangan, kelinchak misli,
YANGI KUN uyg'onish Navro'z muborak!!!🌸

Ko'klam go'zalligin kuylaydi hofiz,
Gul-lolalar alvon ochildi nafis,
Hidlarin taratdi mast qilib yalpiz,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!🌸

Ko'klamoy sogʻindim sumalagingni,
Yetti xil tovlangan kamalagingni,
Qizlar sochidagi jamalagingni,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!🌸

Navro'z barchamizga muborak bo'lsin,
Qalbimiz mehrga limmo-lim to'lsin,
O'zbegim bayrami muborak bo'lsin,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!!! 🌸


Navro'zi olam muborak bo'lsin. Bayramona kayfiyat sizlarni tark etmasin. Sog'lik-salomatlik, tinchlik, baxt va omad, oilaviy totuvlik sizni hamrohingiz bo'lsin. Dasturxoningizdan qut-baraka arimasin. YANA BIR BOR “NAVRO'Z” AYYOMINGIZ QUTLUG' BO'LSIN. 🌸

@moychechak_ifori🕊
40
🌿Yangilanish va yosharish bayrami Navroʻz ayyomi muborak boʻlsin!
Navroʻz bu – goʻzallikdir. Goʻzallik esa dillardan dilga, undan esa olamga, zaminga koʻchadi. Mana shunday sururli lahzalardan bahramand boʻlgan keksa-yu yoshning dil gʻuborlari ariydi,yurtda toʻyu tomoshalar, bayram sayillari avjiga chiqadi…
Bundan-da goʻzal baxt bormi?!
🍃Bu bayramni uyingizda, xonadoningizda yaqinlaringiz bilan birga oʻtkazish nasib qilgan ekan, oʻrtangizdagi mehr muhabbat doim bor boʻlishini, fayzu baraka hech qachon arimasligini, ENG muhimi hamma vaqt sogʻ-omon boʻlishingizni tilab qolaman. Uyingiz hamisha xursandchilikka toʻlsin!
Navroʻzingiz qutlugʻ boʻlsin!!!!🌸🌿

@moychechak_ifori🕊
31
🌿Bahor ko'rkamligi, subhidam tongi,
Beg'ubor qalbingiz hamrohi bo'lsin!
Quvonchlar tilayman yangidan yangi,
Dilingiz shodlikka, orzuga to'lsin!!! 🌸



🌿​​ Aziz yurtdoshim, qadrli insonim! Hamma-hammasi yangicha, oʻzgacha, avvalgisiga oʻxshamagan kunlar kutyapti bizni. Olam yasanib, gullarga burkanib, poklanib va yanada fayzu-barakotlarga toʻla sandiqlarini tuhfa etib, goʻzal tabassum ila peshvoz chiqyapti. Siz uning tashrifidan mamnunmisiz?
☘️ Har onidan zavqlaning, har damiga orzular roʻyhatini biting! Sogʻu-salomat, yangicha kuch-gʻayrat va ulkan ishonch ila olgʻa! Navroʻzi Olam muborak, Aziz insonim!

🌿Hurmat bilan, Mohinur Saidova Jonpo'latovna🌸

@moychechak_ifori🕊
58
🌿Ey Robbim!
Bizni iftor bilan sevintirganing kabi, Jannat sevinchi bilan ham sevintir....

@moychechak_ifori🕊
153
🌿O‘zingizni chiroyli hayotingizda baxtli bo‘ling, go‘zal yashang, go‘zal orzular qiling! Axir sizni o‘zingizda ham go‘zallikni yaratadigan qalb bor, uni ehtiyot qiling.

@moychechak_ifori🍃
89
🌿Moychechakdek beg‘ubor qalblar bor...Ularning tafti bahor nafasidek beozor, har ishida samimiylikni sezasiz... Ular ozor bermaydi, ozorlanishdan cho‘chib turadi... Shunday qalbli yaqiningiz bormi, ularni asrang, ular Siz uchun Allohim mukofoti!

@moychechak_ifori🍃
101
2025/07/13 17:00:32
Back to Top
HTML Embed Code: