This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Ey dil seni nima qilay?
Nima qilsam yig‘lamaysan.
Kaftda tutay, gulga o‘ray,
Nima qilsam og‘rimaysan.
Tiling bo‘lsa aytgin axir,
Ketaylik bu osmonlarga.
Odami yo‘q, ozori yo‘q,
Bozori yo‘q tomonlarga...
@moychechak_ifori🍃
Nima qilsam yig‘lamaysan.
Kaftda tutay, gulga o‘ray,
Nima qilsam og‘rimaysan.
Tiling bo‘lsa aytgin axir,
Ketaylik bu osmonlarga.
Odami yo‘q, ozori yo‘q,
Bozori yo‘q tomonlarga...
@moychechak_ifori🍃
❤160
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿OʻZIMNIKILAR
Qancha kurash koʻrdim va qancha sinov,
Menga bas kelmadi chetdan biror yov.
Lek ichdan chil berib, chaldi beayov,
Shashtimni sindirdi oʻzimnikilar....
✍🏻BOBUR BOBOMUROD sheʼri
@moychechak_ifori🍃
Qancha kurash koʻrdim va qancha sinov,
Menga bas kelmadi chetdan biror yov.
Lek ichdan chil berib, chaldi beayov,
Shashtimni sindirdi oʻzimnikilar....
✍🏻BOBUR BOBOMUROD sheʼri
@moychechak_ifori🍃
❤86
🌿Sizga aytsam... Odam bolasi yaralibdi-ki, ertangi kun ishonchi, orzu-umidlari bilan nafas oladi. Shu orzu-umidlar bois qalbida Ishq olovi lovillaydi. Siz biron marta umidsiz kishini, uning koʻzlarini koʻrganmisiz?!
Uning koʻzlari soʻniq, uning koʻzlarida gʻam-alam. Sizning koʻzlaringiz hech qachon unga o‘xshamasin doimo porlab tursin!
🌿 Sizga aytsam. Odam bolasiga suv va havo qanchalik zarur bo‘lsa, shirin soʻz ham shunchalik zarurdir. Birgina shirin so‘z bilan inson kalbi togʻlar kabi yuksalishini bilasizmi?! Sizning ham aytar soʻzlaringiz doimo samimiy boʻlsin!
@moychechak_ifori🕊

❤113
🌿O‘zingizga juda katta baho bergandingizmi, oqibat ishonchingiz chil-chil sindimi? Uzr, endi bizni ayblamang! Sizga cho‘zilgan qo‘l yaxshilikka edi, bilmadingiz. Qalbni og‘ritib birovni yomonga chiqarmang! Oqibat yo‘qotgan faqat siz bo‘lasiz...
@moychechak_ifori🍃
@moychechak_ifori🍃
❤87
🌿Bugun tunda kelarmish bahor...
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qoru muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor!!
Xush kelgin, BAHOR! 🌸
Men sevgan BAHOR! 🌸
@moychechak_ifori🕊
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qoru muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor!!
Xush kelgin, BAHOR! 🌸
Men sevgan BAHOR! 🌸
@moychechak_ifori🕊
❤130
🌿Yaxshilik urugʻin sochib har yona,
Keldingmi kutganim fasli navbahor,
Yasharib, yashnatib dildan suymoqqa,
Qalbga muhabbatni solding sen BAHOR!🌸
Sen kelding yurtimning ko‘rkini ochib,
Ziynating husningdan sayroq tilim lol,
Har yonga hayotning zavqini sochib,
Borliqni sehrlab olding sen BAHOR!🌸
@moychechak_ifori🕊
Keldingmi kutganim fasli navbahor,
Yasharib, yashnatib dildan suymoqqa,
Qalbga muhabbatni solding sen BAHOR!🌸
Sen kelding yurtimning ko‘rkini ochib,
Ziynating husningdan sayroq tilim lol,
Har yonga hayotning zavqini sochib,
Borliqni sehrlab olding sen BAHOR!🌸
@moychechak_ifori🕊
❤46
🌿Assalomu alaykum, qalbdoshim!
Uygʻonish va yangilanish fasli boʻlgan bahor muborak. Azizlar, Ollohdan soʻraymanki, bahor xalqimizga tinchlik, xotirjamlik, osoyishtalik olib kelsin! Yurtimiz bundan-da gullab yashnasin. Siz azizlarga sogʻliq salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt, farzandlar kamolini koʻrib yurish nasib aylashini Ollohdan soʻrab qolaman. Omon boʻling, qadri baland qadrdonlarim!!!🤗🌸
1-MART! Bahor faslining 1-kuni, avvalambor Allohga shukurki shu kunlarga yetkazganiga, yurtimizni osoyishtaligiga, tinchligiga koʻz tegmasin, barchangizga bahor, quvonch, mehr-muhabbat va omad olib kelsin!

🌿Xayr, qish...
Assalom, bahor!
Bu yil qish beg‘ubor qorlari bilan bizni ko‘p quvontirdi. O‘zi bilan yaxshi kunlarni olib keldi, endi esa o‘rnini sira bo‘shatgisi yo‘q, ammo ostonada navbat kutib kelinchakdek yastangan bahor turibdi.
Qish bilan xayrlashamiz. Yanagi yil ham to‘rt ko‘z tugal, bag‘ri butunlikda kumush faslga peshvoz chiqish nasib qilsin.
Gul bahorni munosib kutib olamiz. Ramazon oylariga yetaklab kirsin bizni. Duolarimiz ijobat, ko‘ngillar shod bo‘lsin. O‘zbegimning bolalari yayrasin, dehqon bobom urug‘ qadasin, dala-dasht yashillikka burkansin, dov-daraxtlar sabz to‘n kiysin.
Orzu qilganlar to‘y boshlasin....
Azizlar, bahor muborak!

❤118
🌸 Aziz va mehri daryo onajon-u buvijonlar, go‘zal va nafosatli opa-singillar, maftunkor va oqila qizlar!
Sizlarni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! Sizga, oila a’zolaringiz, yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, olam-olam baxt tilaymiz!
💐 Bugun ayollar, qizlarga berilayotgan imkoniyatlarning soni tobora oshib bormoqda, buyuk va ezgu maqsadlaringizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lsin! Zero yurtimiz, jamiyatimiz taraqqiyoti, farovonligimiz, xonadonlardagi fayz-baraka va xotirjamlik beshigini tebratuvchilar - sizlardirsiz!
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin! 😘😘

❤31
🌿Ayolning yuzidagi tabassum bamisoli ochilib turgan gulga oʻxshaydi.Tabassum ulashish eng kuchli sovgʻa.Erta tongdan har bir uchragan insonga sovgʻa qiling.Boshqa insonga qilgan sovgʻangiz oʻzingizga oʻn barobar boʻlib qaytadi. Chunki siz atrofga yuborgan quvvatingiz yana oʻzingizga koʻpayib qaytadi.
Fasllar kelinchagi bahor faslining ilk ayyomi 8 - mart xotin-qizlar bayrami bilan barcha ayol va qizlarimizni muborakbod etamiz!
Bayramingiz muborak qalbi quyosh qirolichalar!..🌺😘

❤34
🌿Sendan taraladi anbar ifori,
Sadoqatda tengsiz hurdirsan, Ayol,
Sen butun olamning nuri, Bahori,
Mo'tabar, muattar, munissan Ayol!
🌸Go'zallikda betakror, nazokatli va beg'ubor ayollar, nafis opa-singillar! Sizni borligingiz o'zi katta baxt bu dunyo uchun! Siz shunday nursizki, sizni yo'qligingiz butun dunyoni qorog'unlikka g‘arq etadi, olamni zulmat qoplaydi, sizsiz halovat ham, hayot ham yo‘q aslida! Sizda shunday kuchli matonat borki, qarshingizda tiz cho'kadi butun dunyo, jamiyki xilqat! Siz ona, siz opa, siz singil, siz ayol, siz tengdoshsiz! Har biringiz bu dunyo uchun judayam keraksiz! O'zingizni asrang, aziz Ayollar, betakror opa-singillar!!!
❤️Bayramingiz muborak bo‘lsin!💐💐💐
Hurmat ila, Mohinur Jonpo‘latovna🍀

❤52
🌿O, Ayol farishtam, goʻzal xilqatsan!
Borliging oʻzi Baxt, borliging shodlik!
Samodan tushgan nur, oʻzing jannatsan.
Qadaming qoʻygan yoʻl shunchalar poklik!. 🌸
@moychechak_ifori🕊
Borliging oʻzi Baxt, borliging shodlik!
Samodan tushgan nur, oʻzing jannatsan.
Qadaming qoʻygan yoʻl shunchalar poklik!. 🌸
@moychechak_ifori🕊
❤57
🌿Beg'uborlarim!
Bugun yurtimizning goʻzallarini, oqilalarini, fusunkor bahorlarini, oppogʻoylarni, oʻzbekoyimlarni Bahorning goʻzal bayrami 8- mart bilan tabriklayman. SIZ quyoshsiz, chunki SIZ kirgan qalb ila yorugʻlik kirib keladi!🥰SIZ dunyosiz, chunki dunyolarning jami husn tarovati sizda mujassam!🤗 SIZ bahorsiz, yurakni shodlik bilan toʻldirib yuborasiz! 😍SIZ koʻngillarga in qurgan buyuk muhabbatsiz! 😘Ajoyibotlarga toʻla, mehri limmo-lim, qalbi ummon, hayratlari ulkan, yuragi ochiq, dunyolarim, onajonlarim, opalarim, bahorlarim, azizalarim, singillarim, gulchehralarim, gulyuzlarim bayram muborak!💐🌸 Borligimiz bilan dunyoni munavvar etishda davom etaylik!😘

❤61
🌿Chiroylik boʻlishing uchun goʻzal boʻlishing shart emas.
🍃Suyukli boʻlishing uchun maqtovda boʻlishing zarur emas.
🍃Baxtiyor boʻlishing uchun boy boʻlishing kerak emas.
🍃Chiroylik, suyukli va baxtiyor boʻlishing uchun Robbingni rozi qilishing kifoya....
🌱Agar 99 ta toʻgʻri ish qilib bir marta xato qilsang shu birgina xato bilan seni ayblab 99 tadan voz kechadilar.
Odamlar mana shunday.
Agar 99 ta xato qilib bir marta toʻgʻri ish qilsang Alloh oʻsha 99 tani kechib yuboradi.
🌱Mana bu mening Robbimdir.
Xolimizga nima boʻlganki odamlar va mish-mishlarga tashna boʻlib Allohdan uzoqlashamiz?!

❤88
🌱Men bugungi kunda judayam baxtliman, barchasi uchun rahmat hayot! Menga yetkazgan va yetkazmoqchi bo'lgan aziyatlaringizdan qayta qayta gullayveraman. Baxt va yana baxt sari qadam tashlayveraman. Baxtga hammadan ko'proq men loyiqman!
@moychechak_ifori🕊
@moychechak_ifori🕊
❤112
🌿Agar ko'nglingizni og'ritgan bo'lsam, Alloh uchun kechiring!... Siz kechirmasangiz, Allohni dargohiga nima deb boraman?! Kechiring!
@moychechak_ifori🕊
@moychechak_ifori🕊
❤105
🌿Assalamu alaykum va rohmatulloh! Mening yaqin insonim, men sizni Alloh uchun yaxshi ko'raman, sizga faqat yaxshilikni ravo ko'raman. Men sizni dunyo uchun yoki biron bir manfaat uchun emas, balki qalbimga yaqin va samimiy bo'lganingiz uchun yaxshi ko'raman. Alhamdulillah, Ramazon oyi kirib kelmoqda, bu oyni g'animat bilishingizni va ko'plab savobli ishlar qilib, "onadan tug'ilgandek" hamma gunohlari kechirilgan holda bu oydan chiqishingizni istayman. Tog'ri tushuning men hali siz bilan JANNATlarda ham birga bo'lishni istayman. Unutmang, siz men uchun qadrlisiz, Allohdan siz uchun "Royyan" jannatini so'rayman. Ramazonni g'animat biling qadrli insonim!...🤗
@moychechak_ifori🍃
@moychechak_ifori🍃
❤78
#hayot_falsafasi✍🏻
🌿 ...Allohim o‘n bir oy gunohlarga burkangan holimizda, bir oyni poklanishimiz uchun rahmat qilib berding...
Allohim tavbadan chalg‘itmasligi uchun shaytonlarni xam zanjirband qilding...
Allohim amallarimizni, xam gunohlarni poklovchi, xam darajani ko‘taruvchi, xam savob bo‘lib yoziladigan qilib qo‘yding...
Allohim ro‘zador holimizda duolarimizni mustajob qilib qo‘yding...
Allohim shuncha mehribonlik qilding, endi, tavba qilib turgan xolimizda, tavbalarimizni zoye qilmagin. Allohim ushbu oyda gunohlardan poklanib chiqishlikni biz qullaringga nasib qilgin. Albatta Sen kechirishni yaxshi ko‘ruvchi Zotdirsan...
Amiyn!
✨ Ramazon muborak, qadrligim))🤗
@falsafasi_hayot 🍃

❤106
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Diqqat!!! Ramazon keldi....
Sizlardan iymon va taqvo kamarini bog‘lab olishingizni so‘rayman...
@moychechak_ifori🍃
Sizlardan iymon va taqvo kamarini bog‘lab olishingizni so‘rayman...
@moychechak_ifori🍃
❤59