Telegram Web Link

🌿MENI YAXSHI KOʻRGAN ODAMLAR!

Mayli yomgʻir, mayli qor boʻlsin,
Siz tomonga chorlar qadamlar.
Qayda boʻlsin, faqat bor boʻlsin
,
Meni yaxshi koʻrgan odamlar
!

Siz borsizki kichik, yirikman,
Siz borsizki bilinmas kamlar.
Axir siz tufayli tirikman
,
Meni yaxshi koʻrgan odamlar
!

Koʻrdim qancha qaygʻuyu bazm,
Qoldimi men koʻrmagan damlar!
Bugun sizga qilaman taʼzim
,
Meni yaxshi koʻrgan odamlar
!

Ana dunyo - kim or, kim beor,
Kimdir kimga soʻrar alamlar.
Siz borsizki Xudo menga yor
,
Meni yaxshi koʻrgan odamlar
!

Mayli kengdir,mayli tor boʻlsin,
Siz tufayli koʻrinmas gʻamlar.
Qayda boʻlsin, Xudo yor boʻlsin
,
Meni yaxshi koʻrgan odamlar
!



@moychechak_ifori🕊
113
🌿Menga qimmat sovg’alar yoqadi.
Masalan,
Vafo...
Ishonch...
Sevgi..
E’tibor...
Rostgo’ylik...


@moychechak_ifori
127
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Giper mustaqillik ko‘plab emotsiyalarni bloklaydi....


@moychechak_ifori
88
🌿Tabassum qiling! Kulgularingizdan baxt taralsin! Unutmang, siz eng sevimlisiz, qalbingiz toza buloqdek beg‘ubor.... 😊


@moychechak_ifori🍃
160

🌿Sizdan nafratlanadigan odamlar aslida sizning maxfiy muxlislaringizdir, ular nega ko'p odamlar sizni sevishini tushunmaydilar
.

@moychechak_ifori🍃
126
🌿Odamni barbod qilish uchun koʻp narsa kerak emas, shunchaki u qilayotgan ish hech kimga kerak emasligiga uni ishontirish kerak, xolos.


- Fyodor Dostoyevskiy

@moychechak_ifori🍃
133
🌿Agar qalbingiz manzili go‘zal bo‘lsa, har bir inson unga borar yo‘lni topgisi keladi...


@moychechak_ifori
134
🌿Baxtsiz uyg‘onishingizga sabab bo‘ladigan narsalar bilan kurashmang.
🍃Darhol yo‘lingizni boshqa tomonga o‘zgartiring!
🍃Aslida bu taslim bo‘lish degani emas, shunchaki ba’zi narsalar kurashishga arzimaydi..


@moychechak_ifori
138
🌿Bora-bora yolg‘izlikdan qo‘rqadigan emas, huzurlanadigan bo‘lasan....


@moychechak_ifori
135
🌿Sen o‘zingga nimani munosib ko‘rsang, hayot seni o‘sha tomonga yetaklaydi....


@moychechak_ifori
130
🌿Tabiiy bo'lish, o'zligini yo'qotmaslik, samimiy hissiyotlar bilan yashash, dunyoni ochiq qalb bilan qabul qilish va atrofdagilarning tushunmasligidan cho'chimaslik - mana eng qiyin masala...!


@moychechak_ifori
156
🌿Biron ish boshlamoqchi boʻlsangiz qoʻrqmang. Yaxshi niyat bilan vijdonan ishga kirishing, qolganiga Xudo qoʻllaydi. Yoki biron bandasi orqali yoki oʻzingizga kuch ato etib!..


@moychechak_ifori🕊
225
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tunda kelarmush Bahor...🌸🦋
🎙Aloraaa

@moychechak_ifori🍃
103
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Diqqat!!! Ramazon keldi....
Sizlardan iymon va taqvo kamarini bog‘lab olishingizni so‘rayman...



@moychechak_ifori🍃
58
🌿​​"XUSH KELGIN DUNYOGA MOXI RAMAZON" 

Oylarning Sultoni, Afzali o'zing, 
Kelishing bir Azon, ketishing Azon, 
Tangrim Inoyati sening risq-ro'zing, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

O'ldirsa sendagi Sabr o'ldirsin, 
Xoli yo'q bo'lsin so'ng rangin so'ldirsin, 
Kelishing ko'zlarni yoshga to'ldirsin, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Yoqimli nishini Taqvo sanchadir, 
Ko'nglidan shaytonni ezib, yanchadir, 
Seni intiq kutgan Dillar qanchadir, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Xar kuning Jannatdan beradir darak, 
Qur'ondan Shaytonga otib zambarak, 
Laylat-ul Qadring ham bo'lib muborak, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon. 

Savobni qoldirsa "Amal" elagim, 
Robbimga Duola ochib bilagim - 
so'rayman! Sendan ham bitta tilagim - 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Oylarning Sultoni, Afzali o'zing, 
Kelishing bir qiyin, ketishing Oson, 
Robbim Raxmatidir sening risq-ro'zing, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

~ Majidov Abdurahmon

@moychechak_ifori🕊
89
🌿Allohim, bergan har ne'mating uchun tashakkur! Senga taslimman, jimman.... Bilaman, senga suyukliman, o‘zing yaxshisini berasan....




@moychechak_ifori🕊
199
🌿Sendan taraladi anbar ifori,
Sadoqatda tengsiz hurdirsan, Ayol,
Sen butun olamning nuri, Bahori,
Mo'tabar, muattar, munissan Ayol!

🌸Go'zallikda betakror, nazokatli va beg'ubor ayollar, nafis opa-singillar! Sizni borligingiz o'zi katta baxt bu dunyo uchun! Siz shunday nursizki, sizni yo'qligingiz butun dunyoni qorog'unlikka g‘arq etadi, olamni zulmat qoplaydi, sizsiz halovat ham, hayot ham yo‘q aslida! Sizda shunday kuchli matonat borki, qarshingizda tiz cho'kadi butun dunyo, jamiyki xilqat! Siz ona, siz opa, siz singil, siz ayol, siz tengdoshsiz! Har biringiz bu dunyo uchun judayam keraksiz! O'zingizni asrang, aziz Ayollar, betakror opa-singillar!!!


❤️Bayramingiz muborak bo‘lsin!💐💐💐

Hurmat ila, Mohinur Jonpo‘latovna🍀

@moychechak_ifori🕊
74
🌿Ayolning yuzidagi tabassum bamisoli ochilib turgan gulga oʻxshaydi.Tabassum ulashish eng kuchli sovgʻa.Erta tongdan har bir uchragan insonga sovgʻa qiling.Boshqa insonga qilgan sovgʻangiz oʻzingizga oʻn barobar boʻlib qaytadi. Chunki siz atrofga yuborgan quvvatingiz yana oʻzingizga koʻpayib qaytadi.

Fasllar kelinchagi bahor faslining ilk ayyomi 8 - mart xotin-qizlar bayrami bilan barcha ayol va qizlarimizni muborakbod etamiz!


Bayramingiz muborak qalbi quyosh qirolichalar!..🌺😘

@moychechak_ifori🕊
86
🌿Aql kamaygan sari gʻurur va kibr ortib boraveradi.


@moychechak_ifori🍃
105
2025/07/14 19:54:14
Back to Top
HTML Embed Code: