This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Yiroq bo'l hasratdan
@moychechak_ifori❄
Yiroq bo‘l hasratdan, mungdan, ko‘zyoshdan,
Sha’ningga otilgan ta’nadan, toshdan.
Mag‘rur tursang agar, mag‘rur degaylar,
Mutelik izlarlar fe’li yovvoshdan.
Yupanch topoldingmi, dunyoga kelib,
Ustoz yo shogirddan yoki tengdoshdan.
Qashqir to‘dasida qolgan bir otsan,
Tuyog‘ing sinmasa basdir, bardoshdan.
Faqat muhabbatga topingil, ey qalb,
Sen mehr ko‘rgaysan o‘shal quyoshdan.
Axir bobolar ham demishlar qadim:
Muhabbat yaratgan dunyoni boshdan.
@moychechak_ifori❄
❤96
-Yangi yilda qanday niyat qilding?
- Soxta insonlarni hayotimdan yo‘qolishini...
- Atrofingda insonlar qolmasligidan qo‘rqmaysanmi?
- Soxtalardan ko‘ra yolg‘izlik afzalroq....
P/S: O‘zgaribsan, degan odamlarni basharasiga qarab aytgim keladi: Seni manfaatingchalik yoningda qololmaganim meni aybim emas...
Insonlarni asl yuzini tez ko‘ra olmayman, balki eng katta kamchiligim shudir....
@moychechak_ifori❄
❤111
🌿Qalbida orzusi bisyor, hammaga yaxshilik istaydigan qalbingiz bo‘lsa, bu eng katta boyligingiz.... Nega bilasizmi? Bu qalb hech kimga muhtojlik sezmaydi unga o‘zini borligi yetarli. Bunday insonlarni omad va baxtni o‘zi izlab keladi... 🙂
@moychechak_ifori❄
❤144
🌿Insonlarning eng jirkanchi qaysiligini bilasizmi? Fursat kutadigan insonlar: sendan foydalanish uchun, seni bir tiyinlik qilish uchun, kamchiligingni oshirib ko‘rsatish uchun.... Nega baʼzi insonlar shunaqa ekan a???
@moychechak_ifori❄
❤93
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤73
🌿.... Qalbingni asra...
-Nega xomushsan?
- Og‘riyapti...
- Boshingmi?
- Yo‘q, qalbim....
-Nega? Nima bo‘ldi?
- Hazm qila olmayapman... atrofni shu holicha qabul qila olmayapman... Balki shunga og‘rinib qolyapman...
- Butun umr o‘zingni qiynash yoqadimi?
- Nega?
- Biz butun umr o‘zimiz istamagan muhit, insonlar davrasida yashashga majburmiz... Faqat Sen ularga o‘xshab qolma, o‘tinaman, ulardan andoza olma...💔
@moychechak_ifori❄
❤119
🌿...men insonlarni tark etdim. Chunki na axloqim axloqlari bilan va na qarashlarim ularning qarashlari bilan to‘g‘ri kelmasdi...
@moychechak_ifori❄
❤99
🌿Bizning kuchimiz sevgan narsalarimizni qo‘yib yubora olishimiz bilan o‘lchanadi..
@moychechak_ifori❄
❤88
🌿Ulg'aydik
🌱 Alhamdulillah…
@moychechak_ifori🕊
☘️ Soxta mulozamat bilan samimiy munosabatning farqiga borar yoshga yetdik...
🌱 Ko'zlarimiz xiralashdi, ammo qalb ko'zimiz tiniqlashdi… Endi mezonimiz ko'nglimiz emas, iymonimiz bo'ldi, aytilgan so'zlarning amalini shariatga mosligini ko'rmaguncha ishonmaydigan bo'ldik...
🌱Boshqalarga emas, o'zimizga talabchan bo'lishni boshladik...
Kelganlarga "marhabo!", ketganlarga "alvido!" deyishni o'rgandik...
🌱Behuda so'zlarga ishonishga, besamar ishlarga urinishga, noloyiqlar ortidan yugurishga vaqtimiz yo'q endi..istamaymiz ham...
🌱Horg'inlashdik..ammo sokinlashdik...
🌱Eng muhimi - eng muhimlar kimlar va nimalar ekanini angladik..
🌱 Alhamdulillah…
@moychechak_ifori🕊
❤133
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿O‘zingizni seving, o‘zingizni qadrlang.... Odamlar sizni u deydi, bu deydi... O‘zida yo‘q baxtni kimnidir kamsitish orqali to‘ldirmoqchi bo‘ladi.... Hayot juda qisqa... Hayotingizni birovni muhokama qilish bilan o‘tkazib yubormang....
@moychechak_ifori❄
❤233
🌿... har bir kuchli ayolning ortida unga boshqa imkon qoldirmagan bir hikoya bor...!
@moychechak_ifori❄
❤121
🌿Vaqtida birgina soʻz bilan olishingiz mumkin boʻlgan koʻngilni, vaqt oʻtgandan keyin doston yozsangiz ham ololmaysiz...
@moychechak_ifori🕊
🌱Xayrli kun qadrligim, yaqinlaringizni qadriga yeting, ularni ardoqlang, oʻzingizga ham qadrli boʻlish nasib qilsin...
@moychechak_ifori🕊
❤114
🌿Har birimizning shunday
insonimiz bor... Hech qanday soʻzlarsiz, taskinlarsiz qalbimizni xotirjam qila oladigan...
🌱Shunchaki bu dunyoda borliklari bilan davolay oladilar... Ehtimol yonimizda emasdirlar... Ammo dunyoyimiz bitta...
@moychechak_ifori🕊
❤117
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Yurtimning aziz va mehribon yigitlari, sizlarni 14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz.
Sizlarga sogʻlik-salomatlik, oilaviy baxt, totuvlik, ishlaringizga omad hamda rivojini berishini Allohdan tilaymiz.
Sizlar bor biz hamisha tinch yashaymiz, sizlar bizning faxrimiz, ishongan togʻimiz, suyanchigʻimiz! Hamisha Alloh panohida boʻlinglar, Alloh asrasin sizlarni, Aziz va mehribon yigitlarimiz!!!
@moychechak_ifori🕊
❤35
🌿Assalomu alaykum. Singlim deb ardoqlagan OGʻALARIMIZ! Opam deb izzatlagan INILARIMIZ! Gʻururi osmondan baland MARDLARIMIZ! Sarvar YIGITLARu, oʻktam OʻGʻLONlarimiz! Qadri baland KASBDOSHLAR-u, aziz USTOZLARIMIZ!!!
Hurmat bilan, Mohinur Jonpo‘latovna
@moychechak_ifori🕊
Sizlarni va siz orqali oilangiz qo‘rg‘onlarini bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman! Taningiz sogʻ, umringiz uzoq boʻlsin!!! Har doim tan-u joningiz omon, gʻururingiz togʻdek baland boʻlsin. Omad sizlarga soyadek ergashib yursin. Hamisha ota-onangiz, oilangiz baxtiga salomat boʻling. Hech qachon gʻam koʻrmang. Doim ota-onangiz uchun mehribon farzand, farzandlaringiz uchun gʻamxoʻr ota, ayolingiz uchun sevimli yor, doʻstlaringiz uchun qadrli inson boʻlib yuring. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Mohinur Jonpo‘latovna
@moychechak_ifori🕊
❤67
🌿 Kelajak haqida shunchalik go‘zal orzularim borki, odamlar bilan o‘ralashib qolishga vaqtim yo‘q!....
Aybga buyurmang😉😍!..
@moychechak_ifori🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤126
🌿 Siz aslida qanday bo‘lsangiz, o‘zgalarni ham shunday deb o‘ylaysiz. Xato va kamchilik qidirgan inson oqibat yolg‘iz qoladi. Xato topish qahramonlik emas, illatdir! O‘zingizni shu bilan zo‘rligingizni emas, aslida qalban qoralikka cho‘milganingizni ko‘rsatasiz!
@moychechak_ifori🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤122