Muvaffaqiyatli inson hamma magʻlubiyatdan imkoniyatlar topa oladi

Oddiy inson esa hamma imkoniyatdan magʻlubiyat qidiradi)

Agar siz ham shunday holatda boʻlsangiz, pozitsiyangizni oʻzgartirishni tavsiya qilaman.

Fikrlashimizni oʻzgartirishimiz kerak.

Yosh oʻsgan sari va koʻproq ilm olgan sari ulgʻayib boryapman.

Ulgʻayish yaxshi, masʼuliyatni koʻpayishi ham sizni oʻstiradi.

Orqaga qaytishdan foyda yoʻq doim oldinga boravering.

Oxirini oʻylagan qahramon boʻla olmaydi.
Forwarded from Articles about anything
Sabr qiling!.pdf
50.3 KB
o'sha kutgan kun keldi 😁

maqola yozishni oz muddatga to'xtatib qo'ygan edim, bu haqida yozib o'tdim.

oxirigacha o'qib, fikrlaringizni kutib qolaman.

1/10 #dekabr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sen yaratgan olamu inson go'zal,
Sen yuborgan Mustafo, Qur'on go'zal,
Sen buyurgan har amal, iymon go'zal,
Ruhlar ichra sunganing vijdon go'zal,
Bu go'zalliklar jamolingdan Sening!

Har ishing, har so'zu ahkoming buyuk,
Ham jazoying, hamda in’oming buyuk,
Qilganing insonga ikroming buyuk,
Jannatingdek dini Isloming buyuk,
Bu buyukliklar jalolingdan Sening!

Sen yaratmish ikki dunyoying tugal,
Har sifoting, hamma asmoying tugal,
Barcha manglaylarda imloying tugal,
Dillar ichra chekkan imzoying tugal,
Bu tugalliklar kamolingdan Sening!

#HusaynxonYahyoAbdulmajid
Home sweet home

Uyda halovat bor albatta.

Sovuq kuniyam, oʻzini emas seni oʻylaydigan insonlaring bor.

Seni fikrlaringni doim tergab, yaxshisini tilaydigan insonlaring bor.

Har doim senga ishonib turgan dadang bor.

Har doim sen uchun duogoʻy onang bor.

Ukang ham senga oʻxshashni xohlasa, boringni berishga tayyor turasan ekan.

Oila hamma narsa va har doim sen ular uchun keraksan.

Qishloqdagi insaytlarimdan ulashgim keldi.
Insonlar doim oʻzgaruvchan

Kecha birga boʻlgan doʻsting, bugun birga boʻlmasligi mumkin.

Sen bilan doim aloqada yaxshi gaplashgan insonni bir kun asl yuzini bilishing mumkin.

Faqat prinsiplari bor insonlar bir pozitsiyada qoladi.

Lekin bu holat ham doim emas, baʼzi prinsipi bor akalar majburlikdan oʻzgarib ketishganini koʻrganman.

Qadriyatli inson boʻling, shunisi muhimroq!
Hammagayam yoqavermaysan

Koʻpchilikka yordam berging keladi yoki yordam berasan ham.

Sen yaqin olib yordam berganing bilan ular qadrlashmasa keragi yoʻq.

Hammagayam yoqavermaysan, bunaqa boʻlsa, hayoting gʻalati boʻlib qoladi.

Seni yoqtirmaganlar ketaversin, lekin sen haq yoʻlidan chalgʻib ketma.

Doim haq yoʻlida yurishga va hamma ishni unga koʻra bajar.

U hammasini bilguvchi, sen uchun eng yaxshisini faqat u biladi.

Buni esingdan chiqarib qoʻyma!
Hayotim oʻzgarib ketgan

Birgina achchiq haqiqatni eshitishim, meni hayotimga boshqa fikrda qarashimga sabab boʻlgan.

Chamasi e yil avval, Toshkentga yangi kelib, oʻzimni rivojlantirishga harakat qilayotgan paytim.

Qarindoshlarim bilan turar edim, ammamni oʻgʻli bilan koʻp gaplashib turar edik.

Ish boʻyicha, oʻqish boʻyicha va boshqalar.

Bir kun jiddiy gap aytgan edilar: " Sen oʻzingni qishlogʻingda emassan, senga hech kim yordam bermaydi. Ota-onangni qiynab pul olishni bas qil. Oʻzingni oʻzing eplagani kelgansan, nima ish boʻlsayam qilib, harakatini qil".

Aynan bu gaplar, meni fikrim oʻzgartirib, lyuboy ishni qilishimga sabab boʻlgan, boshida kelganimda qora ishda ishlamiman deb rad etardim.

Keyin qarindoshlarimdan uzoqlashdim, ular bilan tursam komfortda yashayotgan edim.

Ovqat tayyor, kir yuviladi, oziq-ovqat bor.

Xullas, ketishim bilan komfortdan hayrlashdim va yaxshi kelajak uchun bir qadam qoʻygan edim.

Hozirgi shu Toshkentga kelayotgan talabalarni koʻrib achinib ketyapman.

Qoʻlingdan nimadir kelmas ekan nega kelasan?

Men 2 3 kasbni bilar edim, amallab ish topganman.

Talabalarni puli yoʻq, eng past tabaqaga chiqarib qoʻyishgan hozir.

Xalq nabarot ularni padderjka qilishi kerak, kelajakni ayni shu insonlarga topshirish kerak-ku.

Agar bular bunaqa qilib, yashashniyam bilmasdan yursa, hammasi uxlaydi.

Muhimi oʻsishdan toʻxtamaslik!
Forwarded from Articles about anything
Risk qilishda qorqmang!.pdf
54.1 KB
risk qilishdan qo'rqish kerak emas deb o'ylayman.

maqolada esa risk haqida batafsil yozdim va balkim qilib ko'rish kerakdir

2/10 #dekabr
Miyani tozalash kerak

Hozirgi kunda hammayoq informatsiyaga toʻlib ketmoqda.

Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlar vabosi chiqqanidan keyin odamlarni miyasi turli xil informatsiyaga toʻlib ketti.

2024 yilni oʻzida 8mlndan ortiq Instagram foydalanuvchi borligi aniqlangan ekan.

Bu 2025 yilda yana koʻpaygan boʻlishi mumkin.

Biz miyamizni keraksiz 30 sekundlik maʼlumotlarga toʻldirib qoʻyyapmiz.

Shu paytgacha oʻzim bu sohada ishlab tushungan narsam shuki, "Clear your mind 🧠".

Ya'ni miyangizni tozalang.

Ongizga keraksiz narsalarni toʻplanishi sabab oddiy bilishingiz kerak boʻlgan maʼlumotlarni bilmasdan qolasiz.

Chunki u kerakli maʼlumotlarga boʻsh joy yoʻq.

Miyangiz toʻlib qoladi.

Qanday qilib miyani keraksiz maʼlumotlardan xalos qilish mumkin?

Buni bitta yoʻlini bilaman, kerakli maʼlumotlar bilan toʻldirish orqali.

Boshqa yoʻlini topsangiz aytib yuborarsiz)
Forwarded from Articles about anything
Shoshqaloqlik.pdf
59.5 KB
odatda ko'p maqolalar o'zimni boshimdan o'tgan mavzuda bo'ladi)

bunisini ham o'qib ko'rishingiz mumkin, sal maqola yozish san'atini o'rganib oldim.

uzoq muddatdan so'ng yana yozishni boshladim, lekin bu doimiy bo'ladi degani emas. uzr:)
Doim rivojlanishni xohlaganman

Hozirgi kungacha juda ko'p ishlarni qilmoqchi bo'ldim lekin o'xshamadi.

Lekin to'xtamadim, rivojlanishda davom etdim.

Bu esa odamga yanada ko'proq kuch beradi hamda davomiy harakatga undaydi.

Men ham shu sababli yangi loyihani boshlamoqchiman va bu kimgadir foydali, kimgadir esa foydasiz bo'lishi mumkin.

Lekin hammasi o'zingizga bog'liq.

Loyiha uchun birinchi postni yozib qoldirdim.

Obuna bo'lishni esdan chiqarmang! - https://www.tg-me.com/bir_foizyaxshiroq/3
Forwarded from anything
hammaning oldida qilingan nasihat, nasihat emas, balki haqorat

#eslatma
ilm olish hammani qo'lidan keladi lekin sabrli bo'lish emas.

ilm olishdagi eng muhim qoida sabrli bo'lish

#comingback
insonlar bir-birini aldashadi.

bu achchiq haqiqat va aldovlar turli xil tarzda bo'ladi.

kimdir yaxshilik uchun aldov ishlatsa,

kimdir o'zini yaxshi ko'rsatish uchun.

yolg'onlar girdobida qolish judayam ayanchli bo'ladi

nima to'g'ri ekanligini bilmasdan qolaman

lekin to'g'ri bo'lgan yagona u bor.

u'siz umidsiz bo'lib qolaman,

u'siz qayg'uga botib qolaman,

u'siz vatanimizniyam unitib qo'yaman.

u menga barchasini to'g'ri ko'rsatadi.

u bilan suhbatimiz go'zal o'tadi.

uni doim eslashda davom etaman.

#thoughts
oxirgi paytlar hamma asabiy

bilmadim menga shunaqa tuyilyaptimi yoki men asabiylashmasdan yashayapmanmi?

bilmadim…

kimni qarasam asabiylashgan, so’kib gapirgan)

keyin mendayam ba’zida shunaqa holatlar uchrashni boshladi.

avval bunaqa yashamasdim, to’g’ri mas’uliyat o’zgartiradi lekin bunaqa yo’lga emas-da?!

asabni asrash kerak, dori ichishni boshlagan edim lekin bu kimyoviy moddalar boshqa tomondan zarar berishini tushundim.

sizni shunga “addict” qilib qo’yadi.

buni o’rniga tabiiy davolash yaxshiroq deb o’yladim.

#lifeofconscious
tafakkur qilish

oxirgi paytlar bu ishni takrorlamay qo'yibman,

judayam ko'p syomkalar, videolar, loyihalar bilan ishlab, o'zim haqimda unutib ham qo'yayotgandek, xuddi

ertalabdan tafakkur qilishga o'tirdim.

o'ylab o'ylab, o'zimni qidirishni boshladim.

kimman?, nega tug'ildim?, niyatim nima? qachon erishmoqchiman?

oxiri o'zimni topdim va hozir o'shani ustida ishlashga harakat qilyapman.

bu juda ko'p vaqt va resurs oladi, lekin yo'lda davomm etamiz

#thoughts
aqlli bo'lishni o'zi yetarlimas

ko'pchilik ilm ol, aqlli bo'l, hamma sohani bil deb maslahar berishadi.

lekin bu judayam noto'g'ri maslahat menimcha)

sababi shu-ki, siz ming aqlli bo'lishizdan qat'iy nazar jismonan va ruhan kuchli bo'lmasangiz,

olgan ilmlariz, aqlli bo'lib qolganizni kerakgi yo'q.

eng asosiy skill(mahorat)lardan biri kommunikatsiya qilish.

hozirgi kunda 20 yosh va undan kichik qatlamda bu bo'yicha muammolar kelib chiqyapti.

ming aqlli bo'lmasin, kommunikkatsiya qilib bilimini yetkazib bera olmasa, bo'ldi keraksiz bo'lib qoladi.

shuning uchun men ham kommunikatsiya skillim ustida ishlashga kirishganman.

#learning
doim band bo‘lish kerak ekan

inson doim nimadir qilib, band bo’lib turishi kerak.

bekorchi bo’lib qolib ketdimi, nimadir yomon ishlar kelib chiqaverarkan.

“bekorchidan Xudo bezor” deb nega aytishlarini endi tushundim.

hozirgacha o’zim biror kun dangasalik qilib, dam olib qo’ysam, berilgan kun oldida hijolat bo’p ketaman.

shunchaki dam olish bilan o’tkazish menga noqulay)

shunaqa…

#thoughts
ovqatlanish

hayotimda eng maza qiladigan ishim aynan shu.

lekin o'zim ovqat qilishni bilmayman,

youtubedan ko'rib nimadir qilish mumkindir, bu ovqat qilishni biladi degani emas)

odatda ko'chadan ovqatlanaman va bu menga unchalik yoqmaydi.

uydagilar tayyorlagan ovqatdan yaxshirog'ini topib bo'lmasa kerak.

ovqatlanish gigeniyasi va tartibini ko'pchilik bilmaydi.

lekin buni hamma bilishi kerak, aks holda sog'liqqa ta'sir qiladi.

kvartirada yashab uy ovqatini yemaganimga ancha bo'libdi.

odam o'zi yashashi judayam qiyin....

#food
Adapt or die

Bugun shu iborani oʻrgandim.

Ya'ni sen moslashasan yoki oʻlasan.

Buni "Moneyball" degan kinoda eshitdim va u yerdagi holat boʻyicha tushunganimni aytib bermoqchiman.

Moslashish deganda, oʻyin bor va bu oʻyinda gʻalaba qozonish uchun qoidalarga, zamonaviylikka moslashasan degani.

Oʻlasan esa bu oʻyinni sen yaratmagansan va moslashmasang oʻlasan degani.

Hayotimizdayam shunday, moslashuvchanlik juda muhim.

Insonlar bir davrdan ikkinchi davrga oʻtishda oʻlimni tanlaydi.

Bu esa notoʻgʻri qaror.

Oʻlim doim ham yechim emas, balki muammodan chekinishdir.

#insights
2025/10/19 02:15:59
Back to Top
HTML Embed Code: