Telegram Web Link
Ko'proq rasm va videolar 🏞️

Eng qizig'i bog' aynan iyun o'rtalaridan iyul oxirlarigacha gullar ekan. Biz esa umuman bu bog' haqida bilmasdan turib "adashib" kelib qoldik.

Quyosh ham kun bo'yi charaqlab bog'dan chiqishimiz bilan yomg'ir yog'ishni boshladi.

Butun umrli esda qoladigan xotira...

#irish_life

@Musayev_blogi
21❤‍🔥7🔥5👍3
"Kamchiliklarimiz"

Suhbat qiladigan odamlarimiz orasida ko'pchilikda o'zidagi "kamchiliklar" haqida haddan tashqari ko'p qayg'urib yuborish va ularni yashirishga urinishni uchrataman.

Masalan, chetda magistratura o'qishga harakat qilayotgan odam allaqachon o'zimizda magistratura o'qiyotgan yoki o'qib bo'lgan bo'lsa unda CV yoki boshqa joylarda bu narsani ko'rsatmasdan yashirishga urinishadi.

Yoki o'zlaridagi qandaydir boshqa muvaffaqiyatsizliklar – oldinroq qaysidir boshqa tanlov yoki grantlardan o'ta olmaganlik, boshqa biror davlatga viza ololmaslik haqida gapirishdan iloji boricha qochiladi. Bu kabi narsalarga kamchilikdek qaraladi.

Ammo siz o'zingizni aytni damda muvaffaqiyatli deb bilsangiz va buni boshqalarga ham ko'rsatishga harakat qilayotgan bo'lsangiz, birinchi navbatda o'zingiz mana shu "kamchiliklar" sizga qanday yordam berganini tushuna olishingiz kerak.

Boshqacharoq aytganda agar sizning hayolingizdagi "kamchilik" yoki "muvaffaqiyatsizlik" sizning shaxsiyatingiz rivojlanishida va shu yergacha bosib o'tgan yo'lingizda muhim ahamiyat kasb etsa, siz undan kerakli xulosalar olib maqsadingiz uchun yanayam ishtiyoq bilan harakat qilayotgan bo'lsangiz, unda bular ortiq sizning kamchiligingiz emas - yutuqlaringizdir.

Endi ularni ko'rsatishdan, ular haqida aytishdan va hozirgi holatingizda ularning o'rni qanday bo'lganini aytib berishdan qochmasligingiz kerak. O'zim uchratgan eng yaxshi motivatsion xatlar ham faqatgina yutuqlar atrofida qurilib juda hissiz eshitiladiganlari emas, aynan inson o'z hayotidagi qiyinchilik va kamchiliklar ulardagi shaxsiyat va maqsadlar kuchayib borishida muhim rol o'ynaganini ko'rsatib bera olganlaridir.

Eng muhimi "kamchiliklar"ni yashirishga urinadigan emas, ulardan xulosa chiqarib oldinga yana ham jadalroq qadam tashlaydigan inson bo'lishni o'rgana olish.


#justthoughts

@Musayev_blogi
32🔥13👍42💯2❤‍🔥1👌1🫡1
Vatanimiz doim va chinakamiga mustaqil bo'lib qolsin!
👍4721🔥7
Forwarded from Vohid Karimov
Yaqinda maktabni yoki kollejni bitirdingiz va hamma qatori bir nechta universitetlarga topshirdingiz. Deylik sizni 2ta universitet qabul qildi. Biri siz xohlagan yo'nalishda, ammo qimmat kontrakt yoki uncha yaxshi universitet emas. Ikkinchisi esa sizga ancha arzonga tushadi va yaxshi universitet, lekin yo'nalish sizga uncha to'g'ri kelmayapti. Shunga o'xshash vaziyatlarda 1-variantni tanlash kerakmi yoki 2-variantnimi?

Shu yerda sizga boshqa savol beraman: Siz 3-variant haqida o'ylab ko'rdingizmi? Akademik tanaffus (academic gap year), asosan, AQSH va Yevropa davlatlarida ommabop bo'lib, bu universitetni boshlashdan oldin olinadigan tanaffusdir. Gap year sizga quyidagi ikkita muhim narsa ustida ishlash uchun qo'shimcha vaqt beradi:

1. Fundamental bilimlarni kuchaytirish (ingliz tili, matematika, hkz):
— Siz orzu qilgan universitetga kirish va grant yutish uchun yana imkoniyat yaratadi.
— Chuqur fundamental bilimlar bilan universitetda kuchlilar orasida bo'lasiz.
— Keyinchalik kuchli mutahassis bo'lishga poydevor bo'ladi.
2. Boshqa mavjud bo'lgan "eshiklar" haqida ko'proq tushunchaga ega bo'lish:
— Yana qanday yo'nalishlar mavjud va ularning kelajagi qanday?
— Yana qanday universitetlar mavjud va ular nimani talab qilyapti?
— Chet elda o'qishni o'zi iloji bormi va menga u nima beradi?

Gap year olish O'zbekistonda ham oddiy holga aylanishi kerak deb o'ylayman. Noto'g'ri yo'ldan ketib 4 yil yo'qotgandan ko'ra, to'g'ri yo'lni qidirib bir yil yo'qotgan yaxshi.
💯239🔥8👍1
Vohid Karimov
Yaqinda maktabni yoki kollejni bitirdingiz va hamma qatori bir nechta universitetlarga topshirdingiz. Deylik sizni 2ta universitet qabul qildi. Biri siz xohlagan yo'nalishda, ammo qimmat kontrakt yoki uncha yaxshi universitet emas. Ikkinchisi esa sizga ancha…
Hisobga olish kerak bo'lgan bir jihati "gap year" olayotgan yigit yoki qiz o'zi nima qilayotganini juda yaxshi tushunishi, bu yil davomida nimalar qilishi bo'yicha rejasi bo'lishi kerak.

Aks holda bu bir yil emas, 5 yil yo'qotish bo'lib qoladi shunchaki.

Ammo oraliq yili aniq reja bilan olinsa unda bu yo'qotilgan emas, hayotingizdagi eng samarali foydalanilgan yil bo'lishi mumkin.

@Musayev_blogi
👍2311💯5🔥3
Universal Mentorlik Postlari | Magistratura.
0-qism. Kirish

Vaziyat

Menga deyarli har kuni kimdir chetda o'qish, ayniqsa, stipendiyalar haqida maslahat so'rab yozishadi yoki individual sessiya oladi. Bu suhbatlarda asosiy sezgan narsalarimdan biri o'quvchilar chetda o'qish stipendiyalari haqida asos ma'lumotlarni o'ylab ham ko'rmasliklari.

Ko'chilik gapni taxminan shunday boshlaydi: "Germaniyada DAAD granti bor ekan. Shunga topshirishda yordam bera olasizmi?". Ulardan DAAD (yoki istalgan boshqa stipendiya) haqida nimalar bilishini so'raganimda esa ma'lumotni qaysidir 3-tomondan (blog, sayt, video) olgani, lekin, hattoki, rasmiy saytni tekshirib ko'rmagani ma'lum bo'ladi.

Ya'ni stipendiya desa ko'pchilik "Wooow" deydigan motivatsion xat yozish-u, yutuqlarini bir uyum qog'ozda ko'rsatib, chetda olinadigan stipendiya bilan sayohat qilib yurishni tushunishadi. Buni ochiqchasiga tan olishmasa ham.

Albatta, harakatni endi boshlagan odam uchun bu tabiiy va tushunish mumkin holat. Ammo orzu maqsadga aylanib, u ro'yobga chiqishi uchun ishni nima va qayerdan boshlashni va, eng muhimi, aslida nima uchun harakat qilinayotganini o'rganish kerak.


Maqsad

Ayni damda magistratura stipendiyalari uchun "Universal mentorlik kursi"ni qayta ishlab chiqish jarayonidaman va shu jarayondagi ko'p darslarni shu yerda ham berib ketishga harakat qilmoqchiman. Umid qilamanki, bu postlar sizdagi chetda o'qish orzusini tizimli rejaga aylantirishda oz bo'lsa ham yordam beradi.


Nimalarni kutish mumkin?

Agar yoziladigan postlardan motivatsion xat bo'yicha maslahatlar, stipendiyalarda g'olib bo'lish bo'yicha oson maslahat va hiylalar kutadigan bo'lsangiz boshidanoq sizni xafa qilishga majburman.

Postlar sarlavhaga muvofiq aynan bitta grant haqida ham bo'lmaydi. U yerda magistratura, ba'zida umumiy ta'lim grantlari haqidagi tushunchalar berib boriladi. Ulardan ko'zlangan asosiy maqsad sizda kuchli fundament va keng tushuncha hosil qilish.

Agar fundamentni yaxshi qurib olishni uddalasangiz, uning ustini xohlagancha jimjimador CVlar-u xatlar bilan bezab tashlayverish mumkin.

Undan ham muhimrog'i ular stipendiya va grantlarga shunchaki "surish" emas, rejalaringizni amalga oshirish vositasi sifatida qarashni va ularni shunga muvofiq saralashni o'rgatadi.


Bakalavr-chi..?

Postlar asosan magistratura uchun mo'ljallab yozilishiga qaramasdan, u yerda aytiladigan ko'p gaplar bakalavr bosqichi yoki almashinuv dasturlari uchun ham ishlashiga ishonaman.

Boshqa tomondan magistraturani chetda o'qishga orzusi harakat 4-kursdan emas, bakalavr boshidanoq (yoki undan ham oldinroq) boshlanganda yaxshiroq amalga oshish ehtimoli ancha yuqori.

Qisqa qilib aytganda, postlar chetda o'qish orzusidagi deyarli hammaga oz bo'lsa ham foydali bo'lishi aniq.


Bilaman, motivatsiya emas ma'lumot berishga qaratilgan postlar sizni tabiiy ravishda ulashish, izoh yozish yoki reaksiyaga undamaydi. Agar ularni qo'llab-quvvatlashni xohlasangiz, o'zingizni ozroq bunga majburlashingizni so'rab qolgan bo'lardim 🙂

Hozircha esa izohlarda chet elda o'qish / stipendiya yutish orzuingizni amalga oshirishda eng ko'p nimada qiynalishingizni yozib keting!

#mentorlik_postlari #magistratura #grants

@Musayev_blogi
🔥2720🤝5🏆4👍1
Grant yutish imkoniyatim qanday? DAAD savol-javob sessiyasi

"Menda mana shunday natijalar bor. Agar bu grantga topshirsam, yutish imkoniyatim qanday?"

Yuqoridagi savolga hozirgacha javob berishni yoqtirmayman. Sababi oldindan kimningdir imkoniyatini aytish qiyin va noto'g'ri. Lekin o'ylab ko'rsam eng kamida kamchiliklari va kuchli tomonlari haqida aytib bera olar ekanman.

🔥 Ertaga aynan mana shu mavzuda savol-javob sessiyasi o'tkazmoqchiman!

Chat davomida DAAD granti uchun harakat qilayotgan va oldindan ro'yxatdan o'tgan 10 ta nomzod kuchli va kuchsiz tomonlarini baholab beraman. Formani eng birinchilardan va batafsil to'ldirgan nomzodlarni tanlab olaman.

Baholanish uchun aynan siz tanlanmasangiz ham savol-javoblardan o'zingizga xulosalar olishingiz mumkin bo'ladi.

📆 7-sentabr 2025 (yakshanba) 20:00
@DAAD_Community
💰 Bepul

👉 Ro'yxatdan o'tish

❗️Chat yozib olinmaydi. O'tkazib yubormaslik uchun unda jonli qatnashing!

#DAAD #masterclass #voicechat #masters

@Musayev_blogi
❤‍🔥12👍65🏆1
Forwarded from Dr. Algorithm
Ta’limdagi o‘zgarishlar yaxshi-mi?

Bizning ta’lim tizimi haqida ko‘p gaplar bo‘lmoqda. Yangi o‘zgarishlar kiritilmoqda. Menga bu aysbergni eslatvordi.

So‘nggi 30 yilda ta’limda kamida 5 ta katta o‘zgarish bo‘ldi. Va "negadir" hammasi muvaffaqiyatli emas. Rejalashtirilgan demoqchi bo‘laman, lekin uyushtirilganga o‘xshaydi.

Kitob muqovasi sotuvchi oshiradi, lekin mag‘zi kabi ko‘p emas.


Ta’limda o‘qitish manbalari (darslik, qo‘llanma kabi) ustida ishlamas ekanmiz, yangi bino qursak ham, yillar sonini sanasak ham natija yaxshilashmaydi.

Bir vaqtlar ta’limda yurganim uchun hozir ham ko‘p kuzatib turaman. Yaxshi tavsiya berayotgan ustozlar bor. Negadir eshitgimiz kelmaydi. Ota-onalar ham eshitmaydi. Vaholanki....

Muammo ustozlarda emas. Muammo ularga qo‘yilgan talablarda.


* Alifbo almashdi.
* Baholash tizimi 4 marta almashdi. (Ball, baho, ball+, Ball Pro Max)
* Maktab turi almashdi. (Bog‘cha, boshlang‘ich, katta sinf, kollej, litsey, gimnaziya)
* Universitetni aytmasa ham bo‘ladi. (Oliy ma’lumot, Tugallanmagan "chala" oliy, Oliy (magistr), Nomzod+Doktor -> PhD, keyin DSc, Akademiklar esa, rahmatli bo‘lib ketishdi)

Sizning ham asabingiz buzildimi?

- Muammoni hamma biladi, yechimdan gapir, yechimdan, - deysizmi?

20 yil avval chet davlatidagi ta’lim vazirligida bo‘lgan edim. Malaka oshirish maqsadida borgan edim. Biz uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan juda ko‘p foydali ma’lumotlar olganman.

Ta’lim vazirligi ichida har bir fan bo‘yicha kafedralar bor. Matematika, fizika, tarix, Ingliz tili va boshqalar.

Har bir kafedra o‘zining faniga ixtisoslashgan. U yerda maktabda dars berib, natijaga erishgan ustozlar ishlaydi. Chekka hududdan bo‘lsa ham markazga ko‘chirib o‘tkazishadi. 3-4 yillik shartnoma tuziladi. Keyin yana maktabiga qaytib ketadi.

Vazirlikda yaqin yashaydigan odam emas, fanni yaxshi biladigan ustoz ishlashi kerak.


Har yili yangi kitob chiqadi. Har yili!

- Darslik kitobi, o‘quvchi uchun.
- Dars berish qo‘llanma kitobi, dars beruvchi ustoz uchun.
- Imtihon savollari, yil davomida olinadigan barcha katta va kichik imtihon, so‘rovnoma, olimpiadalar.
- Tarqatma materiallar, veb saytlar, multimedia va boshqalar.

Kitob yozish qiyin. Chiroyli kitob chiqarish yanada qiyin.


Shu sababli vazirlik ichida:
- Dizaynerlar ishlaydi. Ustozlar bergan kitobni dizayn qilishadi.
- Nashriyoti bor. Barcha kitoblar shu yerda chop etiladi.

Faraz qiling, fizika kafedrasi kitob tayyorladi. Dizaynerlar uni dizayn qiladi. Nashriyot 1-2 dona rosmana kitob chop etadi. Keyin fizika ustozlari kitobni tekshirib, xatolari ustida ishlashadi.

Masalan, "A nuqtadan, B nuqtaga obyekt 120km/soat tezligida yo‘lga chiqdi...."
Dizayner olmaxon chizib qo‘ydi. Fizika ustoz uni poyezdga almashtiradi.

Til kafedrasi yiliga o‘nlab kitoblarni o‘z tiliga tarjima qildiradi. Tashqi tarjimonlardan foydalanadi.

Bu tizimda kimga maza?


- Vazirlikdagi fan ustoziga. O‘zini fanidan maza qilib kitob yozadi.

- Maktab o‘qituvchisiga. Material tayyor, qanday dars o‘tish tayyor, imtihon savollari tayyor, tarqatma material va uy ishi ham tayyor. Dam olib dars o‘tadi. Charchab emas.

- Vazirlik va rahbarlarga ham yaxshi. Rostdan ham ta’lim sifati oshadi.

Xulosam

Bizga o‘qitish manbalarini yasab beradigan ustozlar kerak. Ularga yaxshi sharoit yasab berish kerak. 100 kishiga yaxshi sharoit tayyorlasak, ular 10,000 ta maktab, 100,000 o‘qituvchi uchun tayyor qo‘llanma beradi. Shunda biz ta’limni rivojlanishiga hissa qo‘lgan bo‘lamiz.


Xorij tajribasini o‘rganaylik, o‘zimizning fidoyi ustozlarimizni hamkorlikka chaqiraylik, ta’limni rivojlantirish osonroq bo‘ladi.

Nasib qilsa, aynan shu 100 ta ustoz 40-50 mln dan oylik oladi.

Kuningiz xayrli o‘tsin. Ta’limdagi o‘zgarish (reformalar) uning rostdan ham rivojlanishiga hissa qo‘shsin.

17.09.2025 London
@DrAlgorithm
👍2473
– X grantga topshirish / g'olib bo'lish uchun kimga murojaat qilish kerak?
1-qism

GrantGO kanalida qaysidir grantni e'lon qilganimizda "Bu bo'yicha kimga murojaat qilsak bo'ladi?" degan savol eng ko'p beriladiganlardan bo'ladi. Odamlar ongida nima uchun hamma grant uchun albatta kimgadir murojaat qilish kerak degan savol o'rnashib qolganini to'liq tushunmasamda, shu savolga javob berib ketishga harakat qilaman.

Ma'lum bir mashhur va ommaviy grant (DAAD, Fulbright, UGRAD, NSP, konferensiyalar) uchun hujjat topshirishda sizda murojaat qilish uchun quyidagi tanlovlar mavjud:


1. Tashkilotchilar

Albatta, eng birinchi navbatda tashkilotchilarga email yoki boshqa usulda bog'lanib ulardan ba'zi savollaringizga javob olishga harakat qilishingiz mumkin. Lekin odatda ularning javob berishiga haftalab vaqt ketadi. Javob berishgan holatda ham bu javoblarni ularning rasmiy sahifalaridan yoki boshqa manbalardan biroz izlanib ancha tezroq topib olish mumkin.

Eng asosiysi tashkilotchilar hujjat topshirish jarayonida yordam bermaydi. Bu narsa ham adolatdan emas, ham ularning bunga shunchaki vaqti yo'q.


2. Agentliklar / Hujjat topshirib beruvchilar

Qayerdandir siz o'sha grantga "Hujjat topshirib beraman" degan odam yoki agentlik topishingiz mumkin. Hattoki hozirgi kunda hukumat grantlariga ham hujjat topshirib beramiz deb reklama qilayotgan agentliklar to'lib ketdi.

Lekin ular qiladigan ish sizni oldiniga "bepul" konsultatsiyalar bilan yaxshilab o'rab, keyin deyarli hamma hujjatlarni o'zingizga tayyorlatib oxirida shunchaki rasmiy portalga yuklab qo'yish bo'ladi va yakunda sizdan $500-$1000 pulingizni olishadi.

Eng asosiysi hujjatlarni ular topshirib berishi (hatto tayyorlab berishi ham) grant natijasiga hech qanday ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. Umumiy qolipda yoki qo'l uchida tayyorlangan hujjatlar yakunda sizni imkoniyatlaringizni kamaytirib yuborish ehtimoli balandroq.

Bundan tashqari siz jarayonda hech narsa o'rganmaysiz. Boshqa grant ko'rib qolsangiz, unga topshirib berishga yana shuncha xarajat qilib yuraverishingiz mumkin.


3. Grantni oldin yutgan odamlar

Bu tanlov ancha mantiqdan. Lekin bu kabi odamlarda odatda har bir yordam so'rab yozgan odamga hujjat topshirishda yordam berib o'tirishga vaqtlari yetmaydi. Ayniqsa yordam kutayotgan odam buni tekinga bo'lishini xohlasa.

Ular sizning 2-3 ta savolingizga javob berishi, ba'zi hujjatlaringizga ko'z yugurtirib berishi mumkin, lekin bu professional yordamdan ancha uzoqroq bo'ladi.

MentorGO loyihamiz aynan shu muammoni hal qilish ustiga qurilgan. U yerdan o'zingiz qiziqqan grant bo'yicha tajribasi bor mentorni topsangiz, ulardan individual yordam olishingiz mumkin. Yordamlariga soatiga $10-30 atrofida pul to'lagan holda, albatta.

Lekin ma'lum bir grantlar, ayniqsa hukumat grantlariga topshirishda kimdir men bilan boshidan-oxirgacha ishlasin desangiz bu kamida 15-20 soat individual yordam degani. Xizmat esa o'z navbatida $300-$500 atrofida bo'lib ketishi hech gap emas.

Yana bir muammo aynan shu kabi tajribasi bor va mentorlik qilishni xohlaydigan odamlarni topish har doim ham oson emas. MentorGO loyihamizdagi mentorlarni ko'paytirib borayotgan bo'lsak ham, hamma grantlarni 100% qoplab olish uchun juda ko'p vaqt kerak bo'ladi.


Davomi keyingi postda...

#FAQ #scholarships #mentorgo #mentorship

@Musayev_blogi
👍115💯42👌1
– X grantga topshirish uchun kimga murojaat qilish kerak?
2-qism

4. Mentorlik kurslari

So'nggi vaqtlar grantlarga hujjat topshirishda yordam beruvchi mentorlik kurslari ham ancha ko'payib qoldi. O'zim ham shu kabi kurslarning eng birinchi mualliflaridanman desam adashmasam kerak.

Kurslar odatda guruh bo'lib o'tilgani sababli ular yuqoridagi tanlovlardan ancha arzonroqqa tushadi. Sifatli kurslar tahminan $50-$150 atrofida. Ular odatda tizimli va reja bilan olib borilishi g'olib odam bilan shunchaki individual ishlashdan ko'ra yaxshiroq ham bo'ladi. Odatda ulardan oladigan bilimlaringizni boshqa grantlar uchun (qisman) ishlata ham olasiz.

Albatta, ularga odatdagidan ko'proq vaqt ajratishingizga to'g'ri keladi. Agar darslar onlayn o'tilsa, ularda jonli qatnashish vaqtingizga to'g'ri kelmay qolishi ham mumkin. Kurslarga qatnashsangiz ham sizda baribir tanlovlar qilishda, hujjat tekshirish va intervyularga tayyorgarlikda mentor bilan individual ishlashga ehtiyoj seziladi.


5. Hech kimga murojaat qilmaslik / Mustaqil harakat

Kimlargadir bu qanchalik g'alati eshitilsa ham GrantGO (va boshqa grant kanallarida) e'lon qilinadigan grantlarga hujjat topshirishda aslida hech kimga murojaat qilish shart emas.

Eng avvalo orqani bir joyga qo'yib o'tirib, hafsala bilan o'sha grant rasmiy sayti bilan bir boshdan tanishib, FAQlarni o'qib va hujjat topshirish portalini ko'zdan kechirib chiqsangiz, "IELTS necha bo'lishi kerak?", "Yosh chegarasi bormi?", "125% GPA bilan topshirsa bo'ladimi?" degan savollaringizning 90-95% ga javob topib qo'yishingiz mumkin.

Yana ozroq izlanib internetdagi qo'shimcha ishonchli manbalarni qidirib ko'rsangiz, nafaqat o'zingizda bor savollarga hatto hali o'ylab ko'rmagan savollaringizga ham javoblar chiqib qolishi hech gap emas.

GrantGO YouTube kanalida ham juda ko'plab grantlar bo'yicha 1-2 soatli ovozli chatlar o'tkazganmiz. Ular pleylistlarga ajratib grantlar bo'yicha guruhlab ham qo'yilgan.

Shaxsan o'zim 10 dan ortiq turli darajadagi grantlarga mustaqil hujjat topshirib, ulardan 4-5 tasida g'olib ham bo'lganman. Ammo bu eng optimal yo'l emasligi va hammada ham bunga vaqt, qobiliyat va malaka yoki hafsala yetishmasligini aytib o'tish kerak.


6. Eng optimal yo'l

Mustaqil harakat qilib bir nechta grantlarda g'olib bo'lgan bo'lsam ham undan ko'proqlaridan "yiqilganman". Orada xatolarimni tushunib yetish uchun ancha vaqtim ketgan. Shuning uchun eng optimal yo'l sifatida oxirgi 3 ta yo'lning yig'indisini aytishim mumkin.

Optimal yo'lning eng muhim komponenti - bu shubhasiz mustaqil harakat. O'zingiz astoydil o'z kelajagingiz uchun harakat qilmas ekansiz hech qanday kurs yoki odam sizni sehrli tarzda orzularingizga yetkazib qo'ya olmaydi. Nari borsa sizni "sehrli" tarzda shilib ketishi mumkin.

Keyingi navbatda sizga tizimli, sifatli va batafsil yo'riqnoma kerak bo'ladi. Mentorlik kurslari aynan shunday tuzilgan bo'lishi kerak. Har qanday kursga qatnashishdan oldin albatta uning tarkibi, rejasi, qanchalik chuqur va professional tuzilgani bilan qiziqib ko'ring.

Qo'shimcha individual yordamlardan esa aynan o'zingiz uchun mos reja tuzish, hujjatlaringizdagi kamchiliklarni to'g'irlash, qotib qolgan joyingizda ozroq turtki olish va intervyularga tayyorgarlik uchun foydalanishingiz mumkin.

Bu usulda ham tahminan $100-$300 atrofida xarajat qilishga va jarayon uchun haftasiga 10-15 soat vaqt ajratishga tayyor bo'lishingiz kerak. Ammo jarayondan oladigan bilim va tajribalaringiz natijadan qat'iy nazar shunga arizishi mumkin.


So'ngso'z

Agar o'zingiz qiziqqan imkoniyat uchun mentor yoki kurs topa olmasangiz ham "Kimga murojaat qilay? Kim kelib meni qo'limdan yetaklab hujjat topshiritirib beradi? Kimdir o'rnimga hamma ishni qilib bersayu men mazza qilib o'qib / yashab kelsam" deb o'tirmang. O'zingiz yoki ota-onangizning 2-3 oylik umri sarflangan bir dunyo pulni kimningdir quchog'iga solib undan najot kutmang!

Turing, izlaning, harakat qiling, yo'l aniq bo'lmasa o'zingizga yo'l oching va keyinchalik boshqalarga shu yo'lda yo'lboshchi bo'ling!

#FAQ #scholarships #mentorgo #mentorship

@Musayev_blogi
👍117💯4
Uzoq vaqt aloqa qilmasa odam tanishlar, ulfatlar, do'stlar va hatto qarindoshlarini ham unutishi mumkin.

Lekin ustozlar yoddan chiqmaydi. Ustozlarimiz bergan bilimlari, aytgan gaplari bizning bir bo'lagimizga aylanib ketadi.

Ana shunday ustozlarimiz bayrami muborak bo'lsin!

@Musayev_blogi
2👍534065🫡3🔥2❤‍🔥1💯1
Shamlar yog'dusidagi konsert

Dublinda shamlar yog'dusida jonli musiqa ostida mana shunday konsert borligini anchadan beri bilar edim. Bugun tashrif buyurish nasib qilgan ekan.

Bu safargi konsert ikki mashhur san'atkorlar qo'shiqlari musiqasi bilan o'tdi. Kimlar ekanini o'zingiz topib ko'rarsiz :)

#irish_life #family_life

@Musayev_blogi
👍14101❤‍🔥1🔥1🤩1
Menga ingliz tilida "chyotkiy" qilib yozganlarga ba'zida ataylab o'zbek tilida javob qaytaraman.

"Ingliz tilini qoyillatib o'rganibsiz. Qani endi ona tilingizda qanday gapirishingiz va yoza olishingizni ham ko'ray-chi" degan ma'noda.

Tilimiz va qadriyatlarimiz bardavom bo'lsin!

@Musayev_blogi
🤝76🔥23👍1612💯4😁3🥴3🤪2
2025/10/29 02:15:09
Back to Top
HTML Embed Code: