Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹To‘lagan kontraktingizdan 12 foizini qaytarib olishingiz mumkin!

To‘langan kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini kimlar va qanday qilib qaytarib olish bo‘yicha ushbu videolavhada batafsil tushuntirilgan.

Super-kontrakt to'laganlar ham huddi shunday 12% soliq yig'imini qaytarib olish huquqiga egalar!

@namdu309
7👍4
Forwarded from Edu.uz
#qabul2025

Qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o‘qishni istaganlar uchun muhim ma’lumot


2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.

Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍75🔥1
Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent

joriy yilda ham kontraktga kirgan qizlarga davlat byudjetidan to‘lov-kontrakt summasi qoplab beriladi. Buning uchun 30-sentyabrgacha ariza berish kerak;

joriy yilda ilk marta magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochildi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;

magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilgan, buning uchun hujjat topshirilgan oliygohga murojaat qilish kerak. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning real xarajat summasini to‘lasa kifoya.

Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.

Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kontraktga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 5 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q;

Qo‘shimcha qabulga kirganlar real xarajat miqdoridagi kontraktni 2 yil davomida to‘laydi. Xuddi bakalavrga o‘xshab, faqat bir yil super-kontrakt to‘lab, ikkinchi kursdan oddiy kontraktga o‘tish degan narsa yo‘q;

Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi;

Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Lekin xotin-qizlar grant taqsimotida qatnashib, grantga o‘tsa, unda davlat grant ajratadi, tekinga o‘qishadi. Ammo grantga o‘ta olmasdan, real xarajat miqdoridagi kontraktda qolishsa, unda davlat byudjetidan qoplab berilmaydi. Magistraturaga oddiy kontraktga kirgan xotin-qizlarga esa, kontrakt puli byudjetdan qoplanishi haqida yuqorida aytdik;

Qo‘shimcha qabulga kirish uchun ham talab darajasidagi sertifikati bo‘lishi shart. Qo‘shimcha qabul - bu keyinchalik sertifikat olish sharti bilan hozir sertifikatsiz talabalarni o‘qishga qabul qilish degani emas;

joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍2
#qabul2025

Namangan davlat universitetida qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o‘qishni istaganlar uchun ma’lumot

2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.

Bunda universitetning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar universitet qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

@namdu309
6👍2🔥2
Shoshiling 4 kun vaqt qoldi!!!

🎓 Namangan davlat universitetida yangi imkoniyatlar!

Qabul-2025 jarayoni yakunlangan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda hali ham bo‘sh o‘rinlar mavjud.

👉 Agar abituriyent birinchi besh tanlovda talabalikka qabul qilinmagan bo‘lsa, oltinchi yo‘nalish sifatida NamDUni tanlab, o‘qishga kirish imkoniyatiga ega!

🗓 Murojaat muddati:
25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham)
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish:
my.uzbmb.uz

📞 Ma’lumot uchun telefon:
692395006
📹 Videoyo'riqnoma bu yerda

Kelajak sari ishonchli qadam tashlang – Namangan davlat universiteti sizni kutmoqda!
14👍5❤‍🔥1
Forwarded from NAMANGAN YOSHLARI
🎓QADRLI TALABALAR!

❗️Davlat organlarida tajriba orttirishni xohlaysizmi?


🇺🇿 Unday bo'lsa Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi oliy ta’lim muassasalari talabalarini jamoatchi yordamchi sifatida faoliyat yuritishga taklif etadi.

👉 Bu orqali siz:

🔴Davlat organlari faoliyati bilan bevosita tanishasiz;
🔴Ustoz-shogird an’anasi asosida tajribali mutaxassislardan bilim va ko‘nikmalar olasiz;
🔴Malakaviy amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lasiz;
🔴Kelgusida davlat organlariga ishga qabul qilinishda ustuvorlikka ega bo‘lasiz.

🧳 Jamoatchi yordamchilar quyidagi bo‘limlarga jalb etiladi:

➡️ Kadrlar bilan ishlash bo'limi
➡️ Yuridik bo'lim
➡️ Murojaatlar bilan ishlash bo'limi
➡️ Axborot xizmati
➡️ Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi
➡️ Bolalar, xotin-qizlar, ta'limdagi yoshlarni va volontyorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'limi
➡️ Yoshlar balansini muvofiqlashtirish va yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'limi
➡️ Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'limi
➡️ Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi profilaktikasiga ko'maklashish bo'limi


💼 Hujjat topshirish tartibi:

📝 Nomzodlar o'zlari taxsil olayotgan oliy ta’lim muassasasining “Karyera markazi” yoki talabalarni ishga joylashtirishga mas’ul bo‘lgan bo‘limga quyidagilarni taqdim etadi:

🟡Ariza;
🟡Obyektivka-ma’lumotnoma;
🟡Pasport nusxasi;
🟡Fakultet dekani yoki rektor nomidan tavsiyanoma.

🕔 Hujjatlar qabul qilish muddati: 5 ish kuni.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍5
‼️Magistraturada tahsil olayotgan talabalar diqqatiga!

2025/2026-o‘quv yili uchun to'lov-kontrakt asosida magistratura mutaxassisliklariga 1-kursga qabul qilingan, shuningdek, 2-kursda to‘lov-kontrakt asosida yoki davlat granti o‘rinlarini qayta taqsimlash tanlovi natijalariga ko‘ra to‘liq bo‘lmagan davlat granti asosida tahsil oluvchi magistrantlar —

🗓2025-yil 29-sentabr kuni, soat 23:59 gacha
📌Magistratura bo‘limiga bog‘lanib, arizalarni shakllantirib,
🖥kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnomalarni rasmiylashtirish so'raladi.

Murojaat uchun telefon:
+998977664848
+998934067121

@namdu309
7👍6
Shoshiling 3 kun vaqt qoldi!!!

🎓 Namangan davlat universitetida yangi imkoniyatlar!

Qabul-2025 jarayoni yakunlangan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda hali ham bo‘sh o‘rinlar mavjud.

👉 Agar abituriyent birinchi besh tanlovda talabalikka qabul qilinmagan bo‘lsa, oltinchi yo‘nalish sifatida NamDUni tanlab, o‘qishga kirish imkoniyatiga ega!

🗓 Murojaat muddati:
25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham)
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish:
my.uzbmb.uz

📞 Ma’lumot uchun telefon:
692395006
📹 Videoyo'riqnoma bu yerda

Kelajak sari ishonchli qadam tashlang – Namangan davlat universiteti sizni kutmoqda!
12👍5🎉1
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining 2025-yil 22-sentyabr kungi 02/10-4/1-8393-sonli xati eʼlon qilindi

Mazkur xatga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-maydagi 168-sonli buyrug‘i bilan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

60540100-Matematika, 60540200-Amaliy matematika, 60530500-Fizika, 60530100-Kimyo, 60510100-Biologiya, 60530200-Geografiya, 60220300-Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 3-, 4-bosqichida tahsil olayotgan talabalar va ushbu ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi Malaka talablariga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borishlari mumkin.

@namdu309
15👍10
#Tabrik #Rektor

Namangan davlat universiteti rektorining 1-oktyabr - «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bayram
tabrigi

Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar!

Siz, azizlarni, yurtimiz kelajagi, navqiron avlod taqdiri uchun eng sharafli va mas’uliyatli ishni – ta’lim-tarbiya jarayonini o‘z hayotiga maqsad qilib olgan fidoyi insonlar sifatida chin qalbimdan tabriklayman. Har yili nishonlanadigan bu bayram kunida sizlarga bo‘lgan ehtiromimiz, minnatdorligimiz yanada yorqin ifoda topadi.

Bugun Prezidentimiz rahnamoligida so‘nggi sakkiz yil davomida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasiga davlat miqyosida ulkan e’tibor qaratilib, xarajatlar bir necha barobar oshirildi, yuzlab yangi bog‘chalar, maktablar, texnikum va oliygohlar barpo etildi. Ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib qadrlashga, ta’lim dargohlarini zamon talablari asosida jihozlashga qaratilgan islohotlar natijasida yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Universitetimiz hayotida ham ana shu islohotlar samarasi yaqqol sezilmoqda: yangi o‘quv binolari, zamonaviy jihozlangan auditoriyalar, ilmiy tadqiqotlar uchun imkoniyatlarning kengayishi, xalqaro hamkorliklarning ortib borishi — bularning barchasida siz, hurmatli ustozlarning mehnati va tashabbuskorligi asosiy o‘rinda turadi.

Sizlarning fidoyiligingiz tufayli bugun minglab yoshlarimiz bilim olib, ezgu maqsadlar sari intilmoqda, yuksak marralarni zabt etmoqda. Har bir shogirdning muvaffaqiyati ortida sizning sabr-toqatingiz, mehringiz va zahmatli mehnatingiz mujassam. Shogirdlarimizning ilmiy yutuqlari, xalqaro tanlovlardagi g‘alabalari va jamiyat hayotidagi faol ishtiroklari sizlar uchun eng katta e’tirofdir.

Ayniqsa, bayram arafasida davlatimiz rahbarining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, Namangan davlat universitetining Kimyo kafedrasi professori Abdullayev Shavkat Vaxidovichning II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangani butun jamoamizdagilar yuragiga o‘zgacha g‘urur va iftixor baxsh etdi.

Shuningdek, kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan oliy ta’lim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan, tizim rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelayotgan Namangan davlat universitetining sport klub rais o‘rinbosari Ortiqaliyev Akbarjon Ismoiljon o‘g‘li va sport faoliyati va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti Egamberdiyev Ilhomjon Ergashevich «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan hamda Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan san’atshunoslik kafedrasi professori Inatullayev Bahromjon Boijonovich taqdirlandilar.

Men barcha mukofotlangan va taqdirlangan ustozlarimizni yuksak davlat mukofotlari bilan shaxsan o‘zim nomimdan hamda hamkasblarimiz, talaba-yoshlar nomidan tabriklayman!

Muhtaram ustozlar, aziz murabbiylar!

Ustozlik — bu nafaqat kasb, balki yuksak mas’uliyat va ma’naviy burchdir. Sizlar yosh avlod qalbiga ilm va ma’rifat, milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar urug‘ini ekib, ertangi kunga ishonch bilan qarashimizga sabab bo‘lib kelmoqdasiz.

Shu muborak kunda sizlarning barchangizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va ijodiy yutuqlar tilayman. Mehnatingiz samarasi doim barakali bo‘lsin, shogirdlaringizning izzat-u hurmati, el-yurtning ehtiromi sizga hamisha yor bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,

Abdug‘affor Qirg‘izboyev
Namangan davlat universiteti rektori

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
25👍11👏3🔥2🥰1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni


Aziz ustozlar, murabbiylar va mehribon yo‘lko‘rsatkichlar! Sizlarni bugungi qutlug‘ sana – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Sizlarning sabr-toqatingiz, bilim va tajribangiz tufayli minglab yoshlar orzu-maqsadlariga erishib, jamiyatimizning yetuk insonlariga aylanmoqda. Har biringizning fidoyiligingiz, mehringiz va oqilona maslahatlaringiz kelajak avlod uchun bebaho maktabdir.

Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz oldida bosh egamiz va kelgusi faoliyatingizda sog‘lik, bardavom kuch-quvvat, oilangizga fayz-u baraka hamda ilmiy-pedagogik ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🇷🇺 Русский
1 октября – День учителей и наставников

Уважаемые учителя и наставники! От всей души поздравляем вас с этим знаменательным днём – Днём учителей и наставников.

Благодаря вашему терпению, знаниям и опыту тысячи молодых людей достигают своих целей и становятся достойными людьми нашего общества. Ваше самоотверженное служение, забота и мудрые советы – это бесценная школа для будущих поколений.

Мы преклоняемся перед вашим трудом и желаем вам крепкого здоровья, неиссякаемой энергии, благополучия в семье и больших успехов в педагогической и научной деятельности.

С праздником вас, дорогие учителя!


🇬🇧 English
October 1 – Teachers’ and Mentors’ Day


Dear teachers and mentors! We sincerely congratulate you on this special occasion – Teachers’ and Mentors’ Day.

Thanks to your patience, knowledge, and dedication, thousands of young people achieve their dreams and grow into worthy members of society. Your devotion, guidance, and wisdom are an invaluable legacy for future generations.

We deeply appreciate your hard work and wish you strong health, endless energy, family well-being, and great success in your educational and scientific endeavors.

Happy holiday, dear teachers!


Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!


Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
4👍2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

🎓 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Mashaqqatli va sharafli kasb egalari aziz muallimlar, hurmatli ustozlar, kasb bayramingiz munosabati bilan universitetning sobiq bitiruvchilari samimiy muborakbod etadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

📎 Dilnoza Azizova — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonuchilik palatasi deputati

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

«UNUTMOQ OSONMAS SIZLARNI»

Namangan davlat universitetida uzoq yillar davomida yosh avlodga taʼlim-tarbiya bergan marhum ustozlar xotirasiga bagʻishlanadi.

Qo‘shiqni Abrorjon To‘xtasinov ijro etdi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
👍95👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

🎓 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Mashaqqatli va sharafli kasb egalari aziz muallimlar, hurmatli ustozlar, kasb bayramingiz munosabati bilan universitetning sobiq bitiruvchilari samimiy muborakbod etadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

📎 Rahimjon Hakimov— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

🎓 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Mashaqqatli va sharafli kasb egalari aziz muallimlar, hurmatli ustozlar, kasb bayramingiz munosabati bilan universitet bitiruvchilari samimiy muborakbod etadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

📎 Umarali Rahmonaliyev — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🎉2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NamDU #Tarix #Kecha_va_Bugun

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI: KECHA VA BUGUN

📹 YouTubeda ko‘rish: https://youtu.be/F_UU8C-ts5w

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1
2025/10/27 16:11:59
Back to Top
HTML Embed Code: