Telegram Web Link
Masofaviy 6-yo’nalish.pdf
207.5 KB
📌KVOTA-2025

BAKALAVR. MASOFAVIY.
6-YO‘NALISH

Jami: 2 544 ta.

2025–2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar haqida ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin.

@namdu309
8👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Vakant o‘rinlari (6-yo‘nalish) uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha video yo‘riqnoma

Kimlar ishtirok etishi mumkin?


JAVOB: ikki xil toifadagi o‘qishga kirolmaganlar:

1-toifa — 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abituriyentlar.

2-toifa — Roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham).

Platforma: my.uzbmb.uz

Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.

@namdu309
10👍6👏1
#KUNDUZGI #6_imkoniyat #vakant

2025/2026 oʻquv yilida Namangan davlat universiteti bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha jami 309 ta vakant (bo‘sh) o‘rin mavjud.

@namdu309
6👍3👏1🎉1
#KECHKI #6_imkoniyat #vakant

2025/2026 oʻquv yilida Namangan davlat universiteti bakalavriatining kechki taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar

Kechki ta’lim shakli bo‘yicha jami 29 ta vakant (bo‘sh) o‘rin mavjud.

@namdu309
5👍2👏2🎉2❤‍🔥1
#MASOFAVIY #6_imkoniyat #vakant

2025/2026 oʻquv yilida Namangan davlat universiteti bakalavriatining masofaviyi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar

Kechki ta’lim shakli bo‘yicha jami 56 ta vakant (bo‘sh) o‘rin mavjud.

@namdu309
9👍4🔥1
#magistratura #qabul2025 #imkoniyat

❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi

Magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.

@namdu309
👍52🔥2🥰2
Forwarded from Ta'lim yangiliklari
📢 Abituriyentlar uchun so‘nggi imkoniyat!

Namangan davlat universitetida kunduzgi taʼlim shakli Tarix yo‘nalishi (rus guruhi) bo‘yicha 6-ta’lim yo‘nalishiga qabul davom etmoqda.

🎓 Ushbu yo‘nalishga 24 ta kvota ajratilgan bo‘lib, hozircha barcha oʼrinlar boʼm-boʼsh.

Shoshiling, tarix yoʼnalishini tanlab imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

📞 Bog‘lanish uchun: 939455577

@tstma_uz — ta'lim yangiliklari
👍74🎉21💯1
🎓 Namangan davlat universitetida yangi imkoniyatlar!

Qabul-2025 jarayoni yakunlangan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda hali ham bo‘sh o‘rinlar mavjud.

👉 Agar abituriyent birinchi besh tanlovda talabalikka qabul qilinmagan bo‘lsa, oltinchi yo‘nalish sifatida NamDUni tanlab, o‘qishga kirish imkoniyatiga ega!

🗓 Murojaat muddati:
25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham)
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish:
my.uzbmb.uz

📞 Ma’lumot uchun telefon:
692395006
📹 Videoyo'riqnoma bu yerda



Kelajak sari ishonchli qadam tashlang – Namangan davlat universiteti sizni kutmoqda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍4👏2🤗2💯1
2-bosqich talabasi maktabda dars bersa bo‘ladimi?

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-bosqichida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.


Demak, pedagogika ynalishida 3-bosqichda o‘qiyotgan talabalar bemalol dars bera oladi. Lekin ularga o‘rta maxsus xodim sifatida haq to‘lanadi.

2-bosqichlar esa maktabda dars bera olmaydi!



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🤝4🙏3💯1
Filologiya fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo’nalishlariga o’quv jarayoni jadvali tasdiqlandi.

Unga ko’ra, Filologiya fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo'nalishi:

2-3-bosqich talabalariga 2025-yil 6-oktyabrdan 2025-yil 1-noyabrga qadar;
4-bosqich barcha talabalariga 2025-yil 3-noyabrdan 29-noyabrga qadar;
5-kurs talabalariga 2025-yil 1-dekabrdan 2025-yil 27-dekabrga qadar ikkinchi smenada to'liq holatda oflayn (an‘anaviy) dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +998943015350 raqami bilan bog'lanishingiz mumkin.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍3👏3🎉3🔥1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘qishga kirolmagan abituriyentlar diqqatiga!

Bugundan vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul boshlandi!

Bu tanlovda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi:

o‘qishga kirolmagan yoki
testga kirgan, ammo OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etadi.

Bunda abituriyent bitta emas, 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin. Faqat quyidagi vakant qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha:

👉 Vakant kunduzgi

👉 Vakant kechki

👉 Vakant masofaviy

Tanlash 3-oktyabrgacha davom etadi.

Platforma: my.uzbmb.uz

Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍2🔥1👏1
⚡️ Super-kontrakt bo‘yicha tushuntirish

Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

💰Narxi qancha “super”ni, ayting?

Super-kontrakt narxlari endi rektorlar tomonidan belgilanadi, shu sababli avvalgi yillardagi kabi yagona jadval chiqmaydi. Masalan, bitta oliygohning iqtisod yo’nalishi bilan, boshqasidagi iqtisod yo’nalishi narxlari ham farq qilishi mumkin.

Aniq miqdorlar 25-sentyabrgacha ma’lum bo’ladi. Shu sababli “unga qancha ekan, bunga qancha ekan” deb so’rashdan foyda yo’q. Barcha oliygohlar o’z saytida va Telegram kanalida miqdorlarni e’lon qiladi. Keyinchalik hamma tasdiqlangan miqdorlar kontrakt.edu.uz saytiga joylanadi va siz onlayn shartnoma olayotganda narxi avtomatik chiqadi.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin.

@namdu309
11👍6🔥1
Tabiiy fanlar fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo’nalishlariga o’quv jarayoni jadvali tasdiqlandi.

Unga ko’ra, Tabiiy fanlar barcha sirtqi ta'lim yo'nalishi:

2-bosqich talabalariga 2025-yil 6-oktyabrdan 2025-yil 1-noyabrga qadar;
3-bosqich talabalariga 2025-yil 27-oktabrdan 22-noyabrga qadar;
5-kurs talabalariga 2025-yil 24-noyabrdan 20-dekabrga qadar ikkinchi smenada to'liq holatda oflayn (an‘anaviy) dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +99897-255-88-33 raqami bilan bog'lanishingiz mumkin.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4🔥3👏2😍2
Fizika-matematika fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo‘nalishlariga o‘quv jarayoni jadvali tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Fizika-matematika fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo'nalishi:

2-bosqich talabalariga 2025-yil 10-noyabrdan 2025-yil 6-dekabrga qadar;

4-bosqich 60540100-Matematika yo‘nalishi talabalariga 2025-yil 29-dekabrdan 2026-yil 24-yanvarga qadar;

4-bosqich 60540200-Amaliy matematika yo‘nalishi talabalariga 2025-yil 3-noyabrdan 2025-yil 29-noyabrga qadar;

5-kurs 60540100-Matematika yo‘nalishi talabalariga 2025-yil 29-dekabrdan 2026-yil 24-yanvarga qadar ikkinchi smenada to'liq holatda oflayn (an‘anaviy) dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +99897-677-10-10 raqami bilan bog'lanishingiz mumkin.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥1👏1💯1
Biotexnologiya fakultetining sirtqi ta'lim yo’nalishlariga o’quv jarayoni jadvali tasdiqlandi.

Unga ko’ra, sirtqi ta'lim yo'nalishi:
4-bosqich talabalariga 2025-yil 3-noyabrdan 29-noyabrga qadar - birinchi smenada (soat 8:30 dan - 12:50 gacha);
5-kurs talabalariga 2025-yil 3-noyabrdan 29-noyabrga qadar - birinchi smenada (soat 8:30 dan - 12:50 gacha);

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +998948551906 raqami bilan bog'lanishingiz mumkin.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥2👏1💯1
#super_kontrakt

⚡️Namangan davlat universitetida super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.


Yuqoridagi jadval orqali 2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari to‘g‘risida universitetdagi ta'lim yo‘nalishlari kesimida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Abituriyentlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun arizalarni kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborishlari mumkin.

❗️Eslatma: 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥3👏2🎉2💯1🤝1
🇺🇿 Hukumat qarori bilan “super-muper” kontrakt bekor qilindi, endi 56,7 balldan kam to‘plaganlar davlat OTMlarida o‘qiy olmaydi

2017 yildagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan (hozirda 56,7 ball) kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilgandi.

Ya’ni imtihonda 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar ham pulini to‘lab o‘qishi mumkin edi. Xalq tilida bu “super-muper” kontrakt, deb ham ataladi.

2025 yil 13 sentyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori bilan ushbu tartib bekor qilindi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍11🔥3👏2💯1
⚡️Ertaga 26-sentyabr soat 10:00 da "Super-kontrakt" mavzusida ovozli chat o'tkaziladi

🎙Unda abituriyentlar tomonidan qabul jarayoni va o‘qishga oid ko‘plab savollarga mas’ullar tomonidan javob beriladi.

Spikerlar:
🗣Narimon Dexkanov - Registrator Ofisi boshlig'i
🗣Sherali Jo'rayev - Registrator ofis ma'lumotlar bazasi bo'limi boshlig'i
🗣Ma'rufjon Habibullayev - Qabul komissiyasi mas'ul xodimi

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://www.tg-me.com/namdu309?livestream=f7ac1dfe92a5a8f630

Mavzu yuzasidan savollaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥35🏆21🙏15👍5👏2🤝1
2025/10/27 16:32:25
Back to Top
HTML Embed Code: