Telegram Web Link
Forwarded from NAMANGAN YOSHLARI
🎓QADRLI TALABALAR!

❗️Davlat organlarida tajriba orttirishni xohlaysizmi?


🇺🇿 Unday bo'lsa Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi oliy ta’lim muassasalari talabalarini jamoatchi yordamchi sifatida faoliyat yuritishga taklif etadi.

👉 Bu orqali siz:

🔴Davlat organlari faoliyati bilan bevosita tanishasiz;
🔴Ustoz-shogird an’anasi asosida tajribali mutaxassislardan bilim va ko‘nikmalar olasiz;
🔴Malakaviy amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lasiz;
🔴Kelgusida davlat organlariga ishga qabul qilinishda ustuvorlikka ega bo‘lasiz.

🧳 Jamoatchi yordamchilar quyidagi bo‘limlarga jalb etiladi:

➡️ Kadrlar bilan ishlash bo'limi
➡️ Yuridik bo'lim
➡️ Murojaatlar bilan ishlash bo'limi
➡️ Axborot xizmati
➡️ Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi
➡️ Bolalar, xotin-qizlar, ta'limdagi yoshlarni va volontyorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'limi
➡️ Yoshlar balansini muvofiqlashtirish va yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'limi
➡️ Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'limi
➡️ Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligi profilaktikasiga ko'maklashish bo'limi


💼 Hujjat topshirish tartibi:

📝 Nomzodlar o'zlari taxsil olayotgan oliy ta’lim muassasasining “Karyera markazi” yoki talabalarni ishga joylashtirishga mas’ul bo‘lgan bo‘limga quyidagilarni taqdim etadi:

🟡Ariza;
🟡Obyektivka-ma’lumotnoma;
🟡Pasport nusxasi;
🟡Fakultet dekani yoki rektor nomidan tavsiyanoma.

🕔 Hujjatlar qabul qilish muddati: 5 ish kuni.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍5
‼️Magistraturada tahsil olayotgan talabalar diqqatiga!

2025/2026-o‘quv yili uchun to'lov-kontrakt asosida magistratura mutaxassisliklariga 1-kursga qabul qilingan, shuningdek, 2-kursda to‘lov-kontrakt asosida yoki davlat granti o‘rinlarini qayta taqsimlash tanlovi natijalariga ko‘ra to‘liq bo‘lmagan davlat granti asosida tahsil oluvchi magistrantlar —

🗓2025-yil 29-sentabr kuni, soat 23:59 gacha
📌Magistratura bo‘limiga bog‘lanib, arizalarni shakllantirib,
🖥kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnomalarni rasmiylashtirish so'raladi.

Murojaat uchun telefon:
+998977664848
+998934067121

@namdu309
7👍6
Shoshiling 3 kun vaqt qoldi!!!

🎓 Namangan davlat universitetida yangi imkoniyatlar!

Qabul-2025 jarayoni yakunlangan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda hali ham bo‘sh o‘rinlar mavjud.

👉 Agar abituriyent birinchi besh tanlovda talabalikka qabul qilinmagan bo‘lsa, oltinchi yo‘nalish sifatida NamDUni tanlab, o‘qishga kirish imkoniyatiga ega!

🗓 Murojaat muddati:
25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham)
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish:
my.uzbmb.uz

📞 Ma’lumot uchun telefon:
692395006
📹 Videoyo'riqnoma bu yerda

Kelajak sari ishonchli qadam tashlang – Namangan davlat universiteti sizni kutmoqda!
12👍5🎉1
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining 2025-yil 22-sentyabr kungi 02/10-4/1-8393-sonli xati eʼlon qilindi

Mazkur xatga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-maydagi 168-sonli buyrug‘i bilan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

60540100-Matematika, 60540200-Amaliy matematika, 60530500-Fizika, 60530100-Kimyo, 60510100-Biologiya, 60530200-Geografiya, 60220300-Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 3-, 4-bosqichida tahsil olayotgan talabalar va ushbu ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi Malaka talablariga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borishlari mumkin.

@namdu309
15👍10
#Tabrik #Rektor

Namangan davlat universiteti rektorining 1-oktyabr - «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bayram
tabrigi

Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar!

Siz, azizlarni, yurtimiz kelajagi, navqiron avlod taqdiri uchun eng sharafli va mas’uliyatli ishni – ta’lim-tarbiya jarayonini o‘z hayotiga maqsad qilib olgan fidoyi insonlar sifatida chin qalbimdan tabriklayman. Har yili nishonlanadigan bu bayram kunida sizlarga bo‘lgan ehtiromimiz, minnatdorligimiz yanada yorqin ifoda topadi.

Bugun Prezidentimiz rahnamoligida so‘nggi sakkiz yil davomida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasiga davlat miqyosida ulkan e’tibor qaratilib, xarajatlar bir necha barobar oshirildi, yuzlab yangi bog‘chalar, maktablar, texnikum va oliygohlar barpo etildi. Ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib qadrlashga, ta’lim dargohlarini zamon talablari asosida jihozlashga qaratilgan islohotlar natijasida yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Universitetimiz hayotida ham ana shu islohotlar samarasi yaqqol sezilmoqda: yangi o‘quv binolari, zamonaviy jihozlangan auditoriyalar, ilmiy tadqiqotlar uchun imkoniyatlarning kengayishi, xalqaro hamkorliklarning ortib borishi — bularning barchasida siz, hurmatli ustozlarning mehnati va tashabbuskorligi asosiy o‘rinda turadi.

Sizlarning fidoyiligingiz tufayli bugun minglab yoshlarimiz bilim olib, ezgu maqsadlar sari intilmoqda, yuksak marralarni zabt etmoqda. Har bir shogirdning muvaffaqiyati ortida sizning sabr-toqatingiz, mehringiz va zahmatli mehnatingiz mujassam. Shogirdlarimizning ilmiy yutuqlari, xalqaro tanlovlardagi g‘alabalari va jamiyat hayotidagi faol ishtiroklari sizlar uchun eng katta e’tirofdir.

Ayniqsa, bayram arafasida davlatimiz rahbarining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, Namangan davlat universitetining Kimyo kafedrasi professori Abdullayev Shavkat Vaxidovichning II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangani butun jamoamizdagilar yuragiga o‘zgacha g‘urur va iftixor baxsh etdi.

Shuningdek, kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan oliy ta’lim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan, tizim rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelayotgan Namangan davlat universitetining sport klub rais o‘rinbosari Ortiqaliyev Akbarjon Ismoiljon o‘g‘li va sport faoliyati va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti Egamberdiyev Ilhomjon Ergashevich «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan hamda Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan san’atshunoslik kafedrasi professori Inatullayev Bahromjon Boijonovich taqdirlandilar.

Men barcha mukofotlangan va taqdirlangan ustozlarimizni yuksak davlat mukofotlari bilan shaxsan o‘zim nomimdan hamda hamkasblarimiz, talaba-yoshlar nomidan tabriklayman!

Muhtaram ustozlar, aziz murabbiylar!

Ustozlik — bu nafaqat kasb, balki yuksak mas’uliyat va ma’naviy burchdir. Sizlar yosh avlod qalbiga ilm va ma’rifat, milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar urug‘ini ekib, ertangi kunga ishonch bilan qarashimizga sabab bo‘lib kelmoqdasiz.

Shu muborak kunda sizlarning barchangizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va ijodiy yutuqlar tilayman. Mehnatingiz samarasi doim barakali bo‘lsin, shogirdlaringizning izzat-u hurmati, el-yurtning ehtiromi sizga hamisha yor bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,

Abdug‘affor Qirg‘izboyev
Namangan davlat universiteti rektori

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
25👍11👏3🔥2🥰1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni


Aziz ustozlar, murabbiylar va mehribon yo‘lko‘rsatkichlar! Sizlarni bugungi qutlug‘ sana – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Sizlarning sabr-toqatingiz, bilim va tajribangiz tufayli minglab yoshlar orzu-maqsadlariga erishib, jamiyatimizning yetuk insonlariga aylanmoqda. Har biringizning fidoyiligingiz, mehringiz va oqilona maslahatlaringiz kelajak avlod uchun bebaho maktabdir.

Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz oldida bosh egamiz va kelgusi faoliyatingizda sog‘lik, bardavom kuch-quvvat, oilangizga fayz-u baraka hamda ilmiy-pedagogik ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🇷🇺 Русский
1 октября – День учителей и наставников

Уважаемые учителя и наставники! От всей души поздравляем вас с этим знаменательным днём – Днём учителей и наставников.

Благодаря вашему терпению, знаниям и опыту тысячи молодых людей достигают своих целей и становятся достойными людьми нашего общества. Ваше самоотверженное служение, забота и мудрые советы – это бесценная школа для будущих поколений.

Мы преклоняемся перед вашим трудом и желаем вам крепкого здоровья, неиссякаемой энергии, благополучия в семье и больших успехов в педагогической и научной деятельности.

С праздником вас, дорогие учителя!


🇬🇧 English
October 1 – Teachers’ and Mentors’ Day


Dear teachers and mentors! We sincerely congratulate you on this special occasion – Teachers’ and Mentors’ Day.

Thanks to your patience, knowledge, and dedication, thousands of young people achieve their dreams and grow into worthy members of society. Your devotion, guidance, and wisdom are an invaluable legacy for future generations.

We deeply appreciate your hard work and wish you strong health, endless energy, family well-being, and great success in your educational and scientific endeavors.

Happy holiday, dear teachers!


Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!


Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
4👍2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

🎓 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Mashaqqatli va sharafli kasb egalari aziz muallimlar, hurmatli ustozlar, kasb bayramingiz munosabati bilan universitetning sobiq bitiruvchilari samimiy muborakbod etadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

📎 Dilnoza Azizova — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonuchilik palatasi deputati

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

«UNUTMOQ OSONMAS SIZLARNI»

Namangan davlat universitetida uzoq yillar davomida yosh avlodga taʼlim-tarbiya bergan marhum ustozlar xotirasiga bagʻishlanadi.

Qo‘shiqni Abrorjon To‘xtasinov ijro etdi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
👍95👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

🎓 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Mashaqqatli va sharafli kasb egalari aziz muallimlar, hurmatli ustozlar, kasb bayramingiz munosabati bilan universitetning sobiq bitiruvchilari samimiy muborakbod etadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

📎 Rahimjon Hakimov— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni

🎓 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Mashaqqatli va sharafli kasb egalari aziz muallimlar, hurmatli ustozlar, kasb bayramingiz munosabati bilan universitet bitiruvchilari samimiy muborakbod etadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

📎 Umarali Rahmonaliyev — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🎉2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NamDU #Tarix #Kecha_va_Bugun

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI: KECHA VA BUGUN

📹 YouTubeda ko‘rish: https://youtu.be/F_UU8C-ts5w

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1
Shoshiling 2 kun vaqt qoldi!!!

🎓 Namangan davlat universitetida yangi imkoniyatlar!

Qabul-2025 jarayoni yakunlangan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda hali ham bo‘sh o‘rinlar mavjud.

👉 Agar abituriyent birinchi besh tanlovda talabalikka qabul qilinmagan bo‘lsa, oltinchi yo‘nalish sifatida NamDUni tanlab, o‘qishga kirish imkoniyatiga ega!

🗓 Murojaat muddati:
25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham)
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish:
my.uzbmb.uz

📞 Ma’lumot uchun telefon:
692395006
📹 Videoyo'riqnoma bu yerda

Kelajak sari ishonchli qadam tashlang – Namangan davlat universiteti sizni kutmoqda!
9👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan davlat universitetida rasman tabaqalashgan va super-kontrakt uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda.

📹 kontrakt.edu.uz dan ro‘yxatdan o‘tish va ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma videoda 👆

@namdu309
👍64
Filologiya fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo’nalishlariga o’quv jarayoni jadvali tasdiqlandi.

Unga ko’ra, Filologiya fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo'nalishi:

2-3-bosqich talabalariga 2025-yil 6-oktyabrdan 2025-yil 1-noyabrga qadar;
4-bosqich barcha talabalariga 2025-yil 3-noyabrdan 29-noyabrga qadar;
5-kurs talabalariga 2025-yil 1-dekabrdan 2025-yil 27-dekabrga qadar ikkinchi smenada to'liq holatda oflayn (an‘anaviy) dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +998943015350 raqami bilan bog'lanishingiz mumkin.

@namdu309
4👍3
Tabiiy fanlar fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo’nalishlariga o’quv jarayoni jadvali tasdiqlandi.

Unga ko’ra, Tabiiy fanlar barcha sirtqi ta'lim yo'nalishi:

2-bosqich talabalariga 2025-yil 6-oktyabrdan 2025-yil 1-noyabrga qadar;
3-bosqich talabalariga 2025-yil 27-oktabrdan 22-noyabrga qadar;
5-kurs talabalariga 2025-yil 24-noyabrdan 20-dekabrga qadar ikkinchi smenada to'liq holatda oflayn (an‘anaviy) dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +99897-255-88-33 raqami bilan bog'lanishingiz mumkin.

@namdu309
👍21
Fizika-matematika fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo‘nalishlariga o‘quv jarayoni jadvali tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Fizika-matematika fakultetining barcha sirtqi ta'lim yo'nalishi:

2-bosqich talabalariga 2025-yil 10-noyabrdan 2025-yil 6-dekabrga qadar;

4-bosqich 60540100-Matematika yo‘nalishi talabalariga 2025-yil 29-dekabrdan 2026-yil 24-yanvarga qadar;

4-bosqich 60540200-Amaliy matematika yo‘nalishi talabalariga 2025-yil 3-noyabrdan 2025-yil 29-noyabrga qadar;

5-kurs 60540100-Matematika yo‘nalishi talabalariga 2025-yil 29-dekabrdan 2026-yil 24-yanvarga qadar ikkinchi smenada to'liq holatda oflayn (an‘anaviy) dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +99897-677-10-10 raqami bilan bog'lanishingiz mumkin.

@namdu309
👍2
2025/10/21 21:11:53
Back to Top
HTML Embed Code: