Telegram Web Link
🚦 “Yashil chiroq–2025” – bilim, chaqqonlik va xavfsizlik bellashuvi!

14 ta shahar va tuman maktab jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yashil chiroq–2025” musobaqasining viloyat bosqichi yuksak saviyada tashkil etildi. Jamoalar 12 ta shart bo‘yicha bellashib, bor bilim va mahoratlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra 3-o‘rin Norin tumani “Yosh targ‘ibotchilar”
2-o‘rin Namangan tumani “Yosh targ‘ibotchilar–2” jamoalariga nasib etdi. Faxrli 1-o‘rinni esa Kosonsoy tumani “Piyodalar” jamoasi egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qoʻlga kiritdi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
🔥32👍2💯1
YHXBga yangi qabul qilingan xodimlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi

Darslar sohadagi malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Xususan, chorrahani tartibli boshqarish, harakat ishtirokchilari bilan to‘g‘ri muloqot qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli holatlarda muvozanatni saqlash, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir real vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha keng qamrovli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, yangi xodimlar yo‘l harakati qoidalari, sohaga oid qonunlar, hukumat qarorlari, ichki ishlar organlari buyrug‘i va farmoyishlari, xizmat intizomi va etikasi kabi mavzular bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy darslarda ham ishtirok etmoqda. Har bir mashg‘ulotda ularga nafaqat bilim, balki katta mas’uliyat, tartib va fidoyilik ruhi singdirilmoqda.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
👍32🔥2👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YHXBga yangi qabul qilingan xodimlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
👍9💯2🫡2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil chiroq – 2025” musobaqasining Namangan viloyat bosqichi oʻtkazildi

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
👍2🔥2👏2💯21
Uychi tumanida velosipedchilar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Uychi tumanidagi “Birlashgan” mahalla sida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida velosipedchilar bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda velosiped haydovchilariga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, tungi vaqtlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ularning ko‘rinish darajasini oshirish va favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida nur qaytaruvchi maxsus nimchalar tarqatildi.

Velosipedchilar kelgusida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishlarini bildirishdi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
👍4🫡2🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Velosiped haydovchilaridan yo‘llarda ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz!

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
🫡2👍1🔥1💯1
2025/07/14 05:36:03
Back to Top
HTML Embed Code: