Telegram Web Link
Yo‘l harakati qoidalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari Yangi Namangan tumanidagi 10-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun qiziqarli va foydali targ‘ibot tadbiri o‘tkazdilar.

Tadbir davomida bolalarga yo‘l harakati qoidalarini tushuntirish maqsadida turli o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish uchun maxsus tayyorlangan o‘yinlar bolajonlarning e’tiborini tortib, ularga svetofor ishoralari, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yo‘llarda harakatlanish tartiblarini oson va tushunarli shaklda yetkazishga yordam berdi.

Targ‘ibot tadbiri doirasida yo‘l patrul xizmati inspektorlari bolalar bilan qiziqarli savol-javoblar o‘tkazib, ularga hayotiy misollar asosida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishning muhimligini tushuntirishdi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir fuqaro xodimga pora taklif qildi
©️ "O'zbekiston 24" telekanali "Vaziyat 24" koʻrsatuvi


Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Qavariq shakldagi piyodalar oʻtish yoʻlaklari tashkil etildi

Namangan shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 20 va 80-sonli umumta’lim maktablari joylashgan mahallalar hududida qavariq piyodalar o‘tish joyi tashkil etildi.
Ushbu tashabbus mahalla hududidagi bolalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, haydovchilarning e’tiborini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Barchasi xavfsiz harakat uchun

Yangi Namangan tumani hududida yo‘l harakati ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘l chiziqlari chizilmoqda.
Hozirda sovuq plast usulida yo‘l belgilari chizilayotgani bu chiziqlarning uzoq muddat saqlanishi, har qanday ob-havo sharoitiga bardoshli bo‘lishi hamda haydovchi va piyodalarga ko‘rinarliligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
#jarayon

Namangan viloyati IIB JXX YHXB Ekspluatatsiya-montaj bo'linmasi ishchi-xodimlari tomonidan shahar ko'chalarida tartibli harakatni ta'minlash maqsadida yo'l yotiq chiziqlari va piyodalar o'tish yo'laklari qaytadan chizilmoqda.

Hurmatli haydovchi va piyodalar, yo'llarda o'zingiz uchun belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy amal qilgan holda harakatlanishingizni so'raymiz!

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
2025/07/01 04:46:48
Back to Top
HTML Embed Code: