Telegram Web Link
Qoidabuzar haydovchilar va YTHlarining muhokamasi davom etmoqda

Hududlarda YHXB hamda sohaviy xizmatlar xodimlari, mahalla yettiligi a’zolari va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, umumta'lim maktablari direktorlari ishtirokida “Ashaddiy qoidabuzar” va YTH sodir etgan haydovchilarning harakati yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o’tkazib kelimoqda.
Namangan shahrida bo'lib o'tgan yig'ilishda ham joriy yilning shu vaqtiga qadar besh va undan ortiq turli qoidabuzarliklar sodir etgan haydovchilarga qat’iy ogohlantirishlar berilib, bu kabi qoiabuzarliklar og‘ir oqibatli YTHlarni kelib chiqishida omil bo‘lishi aniq misollar bilan tushuntirildi. Ushbu qoidabuzarlar va YTHda jabr ko'rganlar orasida voyaga yetmagan maktab o'quvchilari ham borligi esa barchaning diqqatini tortdi.
Yig'ilishda bundan tashqari, piyoda va velosipedda harakatlanish qoidalari, piyodalarning majburiyatlari hamda yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tish tartiblari tushuntirildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aqlli chorrahalar faoliyati joriy etilmoqda

©️ "Zo'r TV" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati YHXB ning yangi "Call markazi" ishga tushdi

Unga ko‘ra, endilikda fuqarolar sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun belgilangan jarimalar, chegirma muddatlari va boshqa ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Namangan viloyati IIB JXX YHXBning Ma’muriy amaliyot markazi- Sizga tez va sifatli xizmat ko‘rsatishdan minnatdormiz!

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Bolalarga yo'l qoidalari o'rgatildi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Namangan shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 5-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari bilan "Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi. Unda bolalarga yo'llarda piyoda va haydovchilarning vazifalari tushuntirilib, amaliy mashg'ulotlar davomida bolajonlarning bilimlari sinovdan o'tkazildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Namangan shahridagi DMTTlarda yo‘l harakati qoidalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari shahardagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarida bolajonlar uchun qiziqarli va foydali targ‘ibot tadbiri o‘tkazdilar.

Tadbirlar davomida bolalarga yo‘l harakati qoidalarini tushuntirish maqsadida turli o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish uchun maxsus tayyorlangan o‘yinlar bolajonlarning e’tiborini tortib, ularga svetofor ishoralari, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yo‘llarda harakatlanish tartiblarini oson va tushunarli shaklda yetkazishga yordam berdi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iskandar Hamroqulov farzandiga qanday saboq berdi?!

Farzandlaringizni oʻz qoʻllaringiz bilan halokatga yetaklamang!

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♀️Qoʻshni viloyatlardan Namanganga kirib kelayotgan avtomashina haydovchilari YPX inspektorlari tomonidan hushyorlikka chaqirilib, ularga salqin ichimlik va muzqaymoqlar ulashildi 🍦

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/28 11:01:00
Back to Top
HTML Embed Code: