Telegram Web Link
Quvonarlisi, javob yo'llaganlarning deyarli barchasi binolar haqida toʻgʻri fikr bildirishgan. Ba'zi fikrlar esa bir birini to'ldirgan.
Ammo, hech kim 10 metrdan baland daraxtlar qanday qilib fizika qonunlarini aylanib o'tib, baland uchlariga suv yetqazishlari haqida to'g'ri javob bermadi. To'g'ri bunisi bir oz qiyinroq, lekin harakat qilib ko'rsa bo'ladi.🙂
Bahaybat daraxtlar uchiga suv qanday qilib yetib boradi?

Daraxtlar suvni ildizlardagi osmotik bosim (diffuziyaga o'xshash hodisa) evaziga tuproqdan shimib olishadi. Keyin esa suv daraxt yogʻochi (ksilema) ichidagi naychalar orqali daraxtning barcha uchlariga yetib borishi kerak. Kapillyar effekti va osmotik bosimning o'zi 30-100 metrli daraxtlarning uchiga suvni chiqazib berolmaydi. Asosiy "nasos" rolini transpiratsiya ( bug'lanish) jarayoni bajaradi.

Barglarda suv doimo bug'lanib turishi kerak. Bug'lanib ketgan suv o'zidan pastdagi suvni tortib, uni o'z o'rniga qoldirib ketadi. Jarayon qaytarilib, suvni yuqoriga tortuvchi o'ziga xos "nasos" vujudga keladi. Ammo, yuqoriga tortuvchi nasoslarning 10 metrli limiti nima bo'ldi? Balandligi ba`zida hatto 100 m ga yetishi mumkin bo`lgan daraxtlar uchiga suv qanday qilib yetib boradi unda?

Shu yerda daraxtlar fizkani aldash uchun 2 ta "xitrlik" yo'l ishlatadi:

1. Bug'lanish daraxt tomirlaridagi suvda manfiy (minus) bosim hosil qiladi. (Ha, suyuq va qattiq jismlarda shunaqasi ham bo'ladi.) Bu huddi cho'zilgan rezinaga o'xshaydi. Ya'ni musbat bosim itarsa, manfiy bosimda barcha molekulalar bir biriga tortiladi. Daraxtlarning eng uchida hatto minus 15 –16 atmosfera bosimi paydo bo'lishi mumkin. Ildizga yaqinlashga sari bosim normallashib (1 atmga yaqinlashib) boradi. Natijada daraxtning tepa va pastidagi bosim naq 15-16 atmosferaga farq qilib, suvni bemalol 100 metr balandlikga ham tortib chiqarsa boʻladi.

2. Biz bilgan qonunlarga ko'ra bosim juda past (bu yerda hatto manfiy) bo'lgani uchun daraxtlardagi suv oddiy 15-20 °C ham qaynab ketishi kerak edi. Ammo, qaynash ya'ni suvda katta havo pufakchalari hosil boʻlib, bilqillab turishi uchun suvning ichida erigan mitti havo (gaz) pufakchalari bo'lishi kerak. Ammo, daraxt tomirlari diametri juda kichkina (15-200 mikron) bo'lgani uchun uning ichiga hech qanday havo kira olmaydi. Natijada, suv aslida qaynash temperaturasida turgan boʻlsa ham u hech qachon qaynashni boshlamaydi.

Eng qizig'i, shuncha ovoragarchilik bilan yuqoriga olib chiqilgan suvning faqat 5-10% daraxt tomonidan ishlatiladi. Qolgan 90-95% suv esa barglardagi gazlar almashinuvi uchun shunchaki bug'lanib ketadi.😂

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Internet necha kilogramm og'irlikga ega?

2020-yil oxiriga kelib, global internet hajmi taxminan 40 zettabayt bo'lishi kutilmoqda. Bu 40 000 000 000 000 gigabayt ma'lumot degani. Hozirgi o'rtacha internet tezligi bilan 40 zettabayt ma'lumotni yuklab olish uchun esa sizdan taxminan 400 million yil vaqt talab etadi.

Bu ma'lumotlarning aksariyat qismi, dunyo boʻylab taqsimlangan, ulkan serverlardagi qattiq disklarda saqlanadi. Qattiq disklarning ishlash prinsipini bilgan holda, sodda matematik hisob-kitoblar yordamida, butun boshli internetdagi barcha ma'lumotlar taxminan 0.0000000000000000025 milligramm ogʻirlikga ega ekanligini aniqlash mumkin. Tasavvur qilyapsizmi, barcha xabarlar, yozishmalar, rasmlar, YouTube'dagi milliardlab videolar, barcha-barchasi atigi eng kichik chang zarrachasi kabi ogʻirlikga ega. 🤯

Bundanda hayratlanarli ma'lumotlar faqat👇
@nega_unday
2010-yillardan oldin tugʻilganlarning ko'pchiligi hali ham videokassetalarni eslay olsa kerak. Biror muhim kassetani ustiga boshqa narsani yozib yuborib, gap eshitish ham tanishdir balki😅. Siz o'chirib yuborgan eng muhim hodisa qaysi? To'y? Alifbo bayrami? Balki, birinchi bor Oy yuzasida yurgan insonlarning tarixiy tasvirlaridir?

Ha, NASA hodimlari 1969-yildagi tarixiy voqea, Nil Armstrong va sheriklarining Oy ustida sayr qilishgani tushirilgan original kassetani ustiga boshqa narsa yozib yuborishgan. Bunga 80-yillarda tashkilotda kassetalar yetishmovchiligi sabab boʻlgan. Ular eski kasetalar ustiga boshqa narsalarni shunchaki yozib ketaverganlar. U paytlarda bu oddiy hol edi, qo'shimchasiga NASAda unchalik koʻp pul qolmagandi. Apollon-11 original kasetalarini saqlab qo'yish hech kimga kerak boʻlmagan.

Faqat 2006-yildagina, tarixiy videoni sifatini oshirish maqsadida original tasmalar kerak boʻlib qoladi. Sababi, original tasma koinotning o'zidan olingan. Qolganlari esa televideniyaga yetib kelguncha, sifati ancha tushib bo'lgan tasvirlardan yozib olingan edi. NASA tasmalarni qidirishga tushdi. 2009-yildagi konferensiyada esa katta ehtimol bilan original tasmalar ustiga 80-yillarda boshqa narsa yozib yuborilganini rasman tan olindi.¯\_(ツ)_/¯

Kassetani ustiga yozib yuborish borasida, sizning eng katta qovuningiz qaysi bo'lgan? Kanal chatida qoldiring)

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Mana shu (tepadagi video) hozircha, o'sha tarixiy kadrlarning tiklangan, eng "sifatli" ko'rishi. Hatto neyron tarmoqlar ham yordam berolmagan ko'rinadi)))

Pastdagi video esa huddi o'sha lavhalarning boshqa kadrdan, bevosita Oy moduli ichidan olingan tasvirlari. Ko'rib turganingizdek sifat ancha yaxshi. Balki, yoqolgan kassetalar topilganda, birinchi videoni ham shunday sifatda ko'rgan bo'lardik.

P. S
O'rnatilgan bayroqga e'tibor bering. Konspirologlar aytganidek hilpirab turmayapti. Yerdagi studiyada bunday effektga erishish juda qiyin bo'lsa kerak.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Ёшлигимизда “Самовий саргузаштлар” фильмини севиб томоша қилганмиз. Саъдулло Қуроновнинг “Галактикада бир кун” илмий-фантастик қиссаси беихтиёр ўша фильмни ёдга солади. Ўзга сайёраликлар, фазовий кема, сайёралараро саёҳат нафақат кичик, балки катта ёшдаги китобхонларни ҳам қизиқтириши аниқ.

❍ Ўн икки ёшли Аҳмад ва ўзга сайёралик Маргол галактика саёҳатига отланишади. Уларни олдинда қандай саргузаштлар кутмоқда?
❍ Эйнштейннинг вақт ҳамма жойда бир хил ўтмаслигини исботлаб берганини биласизми?
❍ “Эгизаклар парадокси” ҳақида эшитганмисиз?
❍ Ньютон умрининг сўнгида алкимё билан шуғулланганидан хабарингиз бормиди?

Қисса қизиқарли сюжетга эга, шунингдек, фойдали маълумотларга бой.

Бу асар сизни бефарқ қолдирмаслиги, ўғил-қизингизнинг энг яқин дўстига айланишига шубҳа йўқ. Фарзандингиз вақтини мазмунли ўтказиши, янги билимларни эгаллаши учун “Галактикада бир кун” беминнат ёрдам беради.

Муқова: Юмшоқ, 160 бет
Нархи: 14 000 сўм
Онлайн харид қилиш: @akademsavdo
Тел: +998 71 216 87 81

#ўқибкўринг

@akademnashr
Kanalimizning Instagram sahifasi ham bo'lishiga nima deysiz? (U yerda asosan, avvalgi postlarimning eng qiziq va muhim joylari rasmli ko'rinishda berib boriladi. Asosiy maqsad koʻproq odamlarni qiziqtirish!)
Anonymous Poll
48%
Davay. O'zim qo'shilaman va do'stlarim bilan bo'lishib turaman.
26%
Yaxshi g'oya lekin men qo'shilmayman baribir. 👌
26%
Heh. Oldin telegramni eplab yurg'izvogin. 😏
Odamlarning miyasini o'yib, ularni nogiron qilib qo'yib, yana kamiga bu ishi uchun tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti olish mumkinmi?

- Ha, mumkin.

Bu portugaliyalik neyrojarroh Egash Monish va u lobotomiya operatsiyasini ixtiro qilib, insonlarni psixologik muammolardan "xalos" qilayapman deb o'ylagan. 1949-yilgi Nobel komiteti ham bu firibgar doktorga ishonib mukofot berib o'tiribdi.

Eng achinarlisi, avval faqat ruhiy kasallar uchun moʻljallangan "muolaja", keyinchalik sog'lom insonlarning ham fikrlash qobiliyatlarini oshiradi deya faol reklama qilinib, butun dunyoda mashhur boʻlib ketdi. Lobotomiya deb ataluvchu bu operatsiyadan maqsad, miyaning peshona sohasidagi oq moddani atayin shikastlab, ba'zi insonlarda jo'sh urib ketadigan "hayvoniy" hissiyotlarni umuman yo'q qilish edi. Natijada, inson ortiqcha hissiyotlarga berilmaydigan, ish samaradorligi juda yuqori "mashina"ga aylanishi kerak edi.

Afsuski, lobotomiyadan keyin ko'pchilik, aksincha to'g'ri qaror qabul qila olmaydigan, yashashdan maqsadi yo'q, ertangi kunni o'ylamaydigan "uy hayvonlari"ga aylanib qolishdi. Lobotomiyani amalga oshiradiganlarning ko'pchiligi aslida haqiqiy xirurg bo'lmagani sababli, o'lim bilan tugagan operatsiyalar haqida gapirmasa ham bo'ladi. Ammo, o'sha paytlarda bu odamlarni hech ham tashvishga solmagan. AQShning o'zida 50 000 oshiq operatsiya o'tkazilgan. Hatto, bo'lajak prezident J. Kennedining opasi ham yoshligida lobotomiya qilingan va hatto u ham butun umrga nogiron boʻlib qolgan.

Hozirda lobotomiya barcha davlatlarda taqiqlangan. Ammo, Nobel komiteti hali ham Egash Monishning mukofoti anglashilmovchilik bo'lganini tan olib, uni qaytarib olishdan bosh tortadi.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Dunyodagi eng qimmat dori qancha turadi va nima uchun u shunchalik qimmat?

Tanishing, Zolgensma rasman ro'yxatdan o'tgan dunyodagi eng qimmat dori vositasi.
Narxi: $ 2 125 000. Qaytaraman, 2 million 125 ming AQSH dollari...

Novartis kompaniyasi tomonidan 2019-yilda ro'yxatdan o'tgan, vena orqali yuboriladigan, bir martalik gen terapiyasi. SMA 1-toifa (Spinal Muscular Atrophy) ya'ni tug'ma orqa miya mushak artrofiyasida qo'llaniladi. Bu kasallik, chaqaloqlarda 6 oygacha aniqlanadi. DNKdagi anomaliya sababli, 1 dona muhim genning yo'qligi, SMN deb ataluvchi, mushaklarni harakatlantirishda muhim rol o'ynaydigan, oqsil tanqisligiga olib keladi. Zolgensma esa geni o'zgartirilib, ichiga aynan o'sha kerakli gen o'rnatilgan adenoviruslarni qonga yuboradi. Viruslar nerv hujayralari ichiga kirib, DNKdagi yoqolgan genning o'rnini to'ldiradi va bu reja boʻyicha bemorni bir umr o'sha kerakli oqsil bilan ta'minlab tura oladi. Ha, ilm-fan hozir shunaqasiga ham qodir. Ammo nega bu shunchalik qimmat?

1-sabab. O'zi, har qanday gen terapiyasi hozircha qimmat.
Bu yo'nalish nisbatan yangi va ilm-fanning eng so'nggi yutuqlaridan foydalanadi.

2-sabab. Zolgensma turli olimlarning 10 yillik mehnat mahsuli sanaladi. Shuning uchun, dori narxiga faqat ichidagi moddalar tannarxi emas, uning ustida ishlagan hodimlar, talabalarga ajratilgan grantlar, tadqiqotlar uchun ketgan pullar ham qo'shilgan.

3-sabab. Menimcha eng asosiysi. SMA kamyob kasallik va tabiiyki bemorlar soni kam. Talab kam boʻlganidan keyin, kompaniya o'z-o'zidan barcha harajatlarni qoplash uchun millionlab qadoqlar emas, atigi sanoqli dozalarni sota oladi. Bundan tashqari Zolgensma bu kasallikda yagona davo hisoblanadi va faqat bitta kompaniya tomonidan chiqariladi. Uning eski alternativi boʻlgan Spinraza dorisi nisbatan arzonroq ($400 ming), lekin uni butun umr orqa miya suyuqligiga in'eksiya qilib turish kerak. Shuni hisobga olsak, bir martalik Zolgensma undan oldingi davodan 10-15 barobar arzonroqga tushadi.

Zolgensma hozir faqat sanoqli, rivojlangan mamlakatlarda roʻyxatdan o'tgan va faqat o'sha yerlarda in'eksiya qilinadi.
Yana rivojlangan mamlakatlarda Zolgensma o'z fuqorolari uchun sotib olib beriladi yoki bir qismi to'lab beriladi. Qolgan mamlakatlarda esa... Ha, mayli😐

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
N.E.G.A
​Dunyodagi eng qimmat dori qancha turadi va nima uchun u shunchalik qimmat? Tanishing, Zolgensma rasman ro'yxatdan o'tgan dunyodagi eng qimmat dori vositasi. Narxi: $ 2 125 000. Qaytaraman, 2 million 125 ming AQSH dollari... Novartis kompaniyasi tomonidan…
O'zbekistonda orqa miya artrofiyasi bilan ogʻriydigan bemorlar soni haqidagi aniq statistikaga ega emasman. Ammo, kamida bitta o'zbek oilasi Zolgensmaga muhtojligi haqida xabarim bor. Albatta, O'zbekiston sharoitida 5-6 ta o'ziga to'q oilaning bor mol-mulkiga teng keladigan bu mablagʻni mustaqil to'lash deyarli ilojsiz ish. Ammo, ko'pchilik bo'lib, birlashib, hayriya yo'li bilan shu mablagʻlarni qoplashning iloji bor. Yetarlicha rivojlanmagan davlatlarda noiloj, faqat aynan shu metod qo'llaniladi. Zolgensmani tezroq qo'lga kiritish muhim, chunki istalgan vaqt bemor chaqaloqlarda opka, keyin esa yurak to'xtab qolishi mumkin. Agar imkoniyati borlar bo'lsa, Xosiyatxon ismli qizaloqga yordam qo'llarini cho'zib, unga birgalikda uzoq umr taqdim qilsak bo'ladi.

Yordam berish niyatida bo'lganlar quyidagi manzildan batafsil maʼlumot olishingiz mumkin👇

@xosiyatxonim

https://telegra.ph/HELP-HOSIYATKHON-04-15
Savol: "Agar asalarilar qirilib ketsa, 4-yildan keyin insoniyat ham qirilib ketadi" degan gap rostmi?

Javob: Ha, lekin YO'Q.

Ha: bizga qiyin boʻladi.
Ammo: Katta ehtimol bilan insoniyat qirilib ketishga yaqin ham kelmaydi.
Va, shuni yaxshilab bilib qo'yingki, bu gapni aslo Albert Eynshteyn aytmagan.

Ha, asosan asalarilar koʻplab gullaydigan mevali (odatda ikki pallali) o'simliklarni changlatadi.
Ammo, aridan boshqa koʻplab hasharotlar ham gullarni changlatishi mumkin. Yana masalan, Amerika qit'alariga arilar yevropaliklar tomonidan olib kelingan. Ungacha faqat o'sha yerlarda o'sgan, kartoshka, pomidor, kakao kabi gulli mevalar bemalol boshqa hasharotlar tomonidan changlanib, yashnab kelavergan-ku.
Buning ustiga, insoniyatning asosiy ozuqa ratsioniga kiradigan don ekinlari, xususan bug'doy va sholiga hasharotlar deyarli kerak ham emas. Ular faqat shamol orqali ham juda yaxshi changlanaveradi.

Ha, arilarning qirilib ketishi ko'plab mahsulotlarning qimmatlashib ketishiga olib kelishi mumkin. Masalan, tabiiy paxtadan kiyim kechaklar, deyarli barcha mevalar, shundoq ham qimmat boʻlgan sevimli kofeimiz va h.k.
Ammo, hozir ekinlar inson qo'li mehnati bilan ham ancha yaxshi changlatilmoqda. (Uzoqqa bormaymiz, issiqxonlarni eslang!) Keyinchalik, arilarni o'rnini bosadigan, mitti, changlatuvchi dronlar ham ishlab chiqilmoqda. Xullas, barchaga sevimli va kerakli madaniy oʻsimliklarni oʻstirish qimmatroqga tushsa ham, ularni butunlay yoqolib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Xullas, har doimgidek bir amallab ketsak bo'ladi.😎

Albatta, bu post bilan "heh, arilarni bizga keragi ham yo'q😏" demoqchi emasman. Bir turning yoqolib ketishi bu albatta falokat. Mening asosiy maqsadim, odamlarni har doim qabul qilgan ma'lumotini haqiqatga qanchalik yaqin ekanligini tekshirishga undash.

P. S
Iltimos, Eynshteynni ham tinch qo'ying!!!


Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asalari qanotlari tanasiga nisbatan juda kichik bo'lgani uchun, ular aerodinamika qonunlariga koʻra aslida yerdan ko'tarila olishlari kerak emas edi degan gap ham aslida xato. Olimlar hasharotlar parvozini batafsil o'rganib chiqishgan va bunda hech qanday g'ayritabiiy yoki fizikaga zid boʻlgan hodisalar yo'q ekanligi aancha oldin aniqlanib boʻlingan. Bu notoʻgʻri farazlar esa 20-asr 30-yillarida, bir entomologning xatosi sababli tarqalib ketgan. Keyinchalik olimning o'zi ham xatosini tan olgan.
Bu va avvalgi safsatalarni keng ommaga tarqalishida 2007-yilgi Bee Movie (Ari filmi) multfilmining o'rni albatta beqiyos😁

Har bir eshitgan faktingizga ishonavermanglar. Ayniqsa ularni gapiradigan va ayollar bilan yuradigan arilar gapirib turgan boʻlsa!

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Nega atmosferaga katta tezlikda kirib kelayotgan meteoridlar va kosmik kemalar qizib ketadi?

Tipik, ammo notoʻgʻri javob:
Albatta, havoning qarshiligi sababli, ishqalanish yuqori bo'lganidan☝️

Haqiqiy javob: Aeorodinamik qizish. Yanada aniqroq qiladigan bo'lsak, adibatik qizish hodisasi sababli. 😎

Ha, havo molekulalari va qulayotgan jism orasidagi ishqalanish rostdan ham haroratning oshishiga olib kelishi mumkin. Ammo, raketa va meteoridlarning qizil cho'g' kabi qizib ketishlariga asosiy sababchi adibatik qizish jarayoni hisoblanadi.
Gap shundaki, biror jism o'ta yuqori tezliklarda harakatlanayotganda, uning qarshisidagi havo qatlami jismni "aylanib o'tishga" ulgurmay qolib, siqilib boraveradi.
Natijada, jism oldida yuqori bosimga ega, zichlashgan havo qatlami, ya'ni zarba to'lqini hosil boʻladi. Albatta barcha gazlar kabi havo ham siqilganida qizishni boshlaydi (Xuddi shu jarayonni ichki yonuv dvigatellarida ham ko'rish mumkin). Issiqlik havo orqali kosmik kema yoki meteoridga ham o'tadi va ularni ham qizdirib yuboradi.

Qayd etish joizki, aeorodinamik qizish hodisasi o'ta yuqori tezliklarda uchadigan samolyotlar, va shu tezliklarda harakatlana oladigan har qanday jismlarda kuzatilishi mumkin.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Qadimgi odamlar o'rtacha 20-30 yil umr ko'rishgani rostmi?

Yaqin-yaqin vaqtlargacha, aniqrogʻi sanoat inqilobi boshlanguniga qadar, dunyo aholisining o'rtacha hayot davomiyligi 33 yosh bo'lgan. AMMO, bu yerda "o'rtacha hayot davomiyligi" atamasini, voyaga yetgan kishining o'rta hisobda necha yil umr ko'rishi bilan adashtirmaslik kerak. Birinchisi, oddiy demografik statistika bo'lsa, ikkinchisi insonning biologik tur sifatidagi haqiqiy biologik xususiyati. Insoniyat tarixining asosiy qismi davomida o'rtacha hayot davomiyligi 20-30 yosh bo'lgan bo'lsada, deyarli barcha zamonlarda odamlarning 60-70 yil umr kechirishi normal holat boʻlgan. 35 yoshdagi o'lim o'sha davrlarda ham erta vafot sanalgan. Tarixiy shaxslar hayotiga e'tibor bersangiz, juda yosh vafot etgan shaxslarni har doim ham uchratavermaysiz.

Unda nima uchun qadimda o'rtacha hayot davomiyligi (O'HD) juda past bo'lgan?
Asosiy sabab chaqaloqlar o'limi keng tarqalgan boʻlganida.
O'HDni hisoblash uchun aholi orasidagi barcha vafot etganlarning yoshini qo'shib, yig'indini vafot etganlar soniga bo'lish kerak. Bu yerda 60 yoshda o'lgan ham 1 yoshda o'lgan ham birgalikda hisoblanadi. Masalan: (65 + 65 + 65 + 1) / 4 = 49. Ko'rib turganingizdek 4 ta odamdan 3 tasi 65 yoshida olamdan oʻtganiga qaramasdan, bir dona chaqaloqning o'limi bu statistikani 49 yoshgacha tushirib qo'ymoqda. Xuddi shunday holat ajdodlarimiz bilan ham ro'y bergan. Ilm-fan va tibbiyot rivojlangani sari chaqaloqlar o'limi kamayib, dunyo aholisining o'rtacha hayot davomiyligi hozir 72.6 yoshgacha ko'tarilgan.

" Odamlarning hayot sharoiti yaxshilanib, ular endi 30 yil emas 60-70 yil umr ko'rayapti " degan fikr xato sanaladi. Voyaga yetgan odamning biologik tur sifatidagi umr uzunligi ko'tarildimi degan savolga esa turlicha qarashlar bor. Ammo, katta ehtimol bilan nisbatan yaxshi yashash sharoitlari odamzot umrini hali +40 yil darajada uzaytirib berganicha yo'q.

Statistika ba'zida aldoqchi bo'ladi unga ko'p ham ishonavermang!

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meteorid, meteor va meteorit orasidagi farq haqida qisqacha.

Meteorid — koinotda uchib yuruvchi, diametri 1 (ba'zi manbaalarda 10-30) metrdan katta boʻlmagan tosh yoki metall bo'lagi. Asosan asteroid yoki kometalardan ajralib chiqqan mayda boʻlaklardan hosil boʻladi.

Meteor — "Uchar yulduz", ba'zan bolid deb ham nomlanadi. Yerga qulayotgan meteoridning atmosferada qoldirgan yorqin izi.

Meteorit — Yer (yoki boshqa sayyoralar) sirtiga kelib urilgan samoviy jism. (Aynan meteorid bo'lishi shart emas, sirtga urilgan asteroid va kometalarga ham shu so'z qo'llaniladi)

Nutqda va yozuvda asosan meteoriD va meteoriT so'zlari adashtirib yuborladi. Ammo, aslida ular orasida yetarlicha farq bor.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Forwarded from N.E.G.A
Nega yangi yil aynan 1-yanvarda keladi?

Yangi yil bayrami insonlar azaldan nishonlab kelgan eng qadimiy bayramlardan bo'lgan. Faqat barcha xalqlarda bu bayram turli sanalarda nishonlangan va asosan mavsumiy tabiat hodisalariga bogʻliq boʻlgan ( bahorgi tengkunlik, bahorning boshlanishi, kuzgi tengkunlik, Nil daryosining suvi kamayishi va hk.)

1-yanvar sanasida yangi yilni nishonlashni esa birinchi marta Yuliy Sezar joriy qilgan. Bu hodisa m.a 46 yilda ( ya'ni paygʻambar Iso Masih tugʻilishidan naq 46 yil oldin ) ro'y bergan! Sezar buyrugʻi asosida yaratilgan yangi taqvimda, yil aynan shu kundan boshlanar edi. Lekin, nega aynan shu sana tanlangan?

Rim qonunlari boʻyicha 1-yanvardan boshlab, yangi saylangan konsullar(deputatlar) ishga kirishishlari mumkin edi. Yuliy Sezar ham aynan shu sanani yil boshi deb tanlagan.

Keyinchalik o'rta asrlarda Yuliy taqvimi butun Yevropa boʻylab ommalashib ketadi. Shuningdek bu urf Rossiya Imperiyasini ham chetlab o'tmadi. 1699-yilda imperator Pyotr I yangi yilni 1-yanvar sanasida nishonlashga buyruq beradi.
Bu esa keyinchalik Turkiston oʻlkasidagi xalqlar orasida ham yangi yilni bahorda emas, 1- yanvar sanasida nishonlanishiga olib kelgan.

Har kuni bundanda hayratlanarli ma'lumotlar faqat👇
https://www.tg-me.com/nega_unday
#psevdofakt

Rasmga berilgan naqadar ibratli va ta'sirli ta'rif. Ammo, afsuski bu haqiqat emas.

Aslida suratdagi bo'rilar Kanadada yashovchi, bizonlarni o'vlaydigan bo'rilar bo'lib, o'zidan ancha katta o'ljaga hujum qilganliklari uchun shunday katta to'da hosil qilishadi. Ularning suratdagi joylashuvida aslida hech qanday oldindan belgilab olingan tartib mavjud emas. Qor kechib yurish oson boʻlishi uchungina ular izma-iz yurishadi. Eng boshidagilar esa orqadagilarga yo'l ochib ketishligi kerak. Tabiiyki, eng katta kuch yoqotadiganlar ham aynan ular bo'lishadi. Qari va nimjonlar bu vazifaga shunchaki bardosh berisholmasdi.
Eng so'ngida ketayotgan bo'ri ham nima sababdan ortda qolib ketgani nomaʼlum (balki, hojatga borib kelgandir😁). Ammo u to'da sardori emasligi aniq.

Ma'lumot uchun, bo'rilarda to'da sardori urgʻochi bo'ladi. Bo'rilarda haqiqatdan ham to'da juda yaxshi shakllanadi. Ular butun umrga juft hosil qilishadi va topilgan yegulikni qarilar va bola bo'rilar bilan bo'lishishadi.

@nega_unday 🐺
2025/06/29 04:34:40
Back to Top
HTML Embed Code: