Telegram Web Link
Majburiy Matematika Namunasidagi 400 ta test.pdf
8.4 MB
🔥 Matematika fanidan testlar to'plami

Ushbu faylda majburiy matematika namunasida 400 ta test savollari javoblari bilan birga keltirilgan. O'qib tayyorgarlik ko'ring.

📝 O'qishga kirish va ko'chirish imtihonlarida shu va shu darajadagi savollar tushadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Axmadjanov.uz
2025-yil uchun xususiy oliygohlarga tayyor "shpargalka"

1️⃣. Abituriyentlarning 88 foizi davlat OTMlarini xususiy OTMlardan ustun ko'rishadi;
2️⃣. Xususiy OTMlarni tanlayotgan abituriyentlarning 61,4 foizini "DTM" imtihonlaridan yiqilganlar tashkil qiladi;
3️⃣. Abituriyentlarning 18,9 foizi xususiy OTMlarda ta'lim sifati davlat OTMlaridan past deb hisoblaydi;
4️⃣. Ko’pchilik abituriyentlar xususiy OTMlarga ishonishmaydi. Davlat OTMlari ishonchlilik, ta’lim sifati va imkoniyatlar jihatidan xususiylardan ustunroq degan fikrdalar.

Abituriyentlar OTM tanlashda quyidagilarga ko'proq e'tibor qaratishadi:
Ta'lim sifati;
Grant va chegirmalar;
Xalqaro almashinuv dasturlari;
Ishga joylashishda yordam;
Oliygoh obro'si va reytingi;
Kontrakt narxi.

Abituriyentlarni jalb qilish uchun:
Oliygoh ishonchli ekanini, yopilib ketmasligini ko’rsatish lozim;
Oliygohda ta’lim sifatini, talabalarning yutuqlarini ko’rsatish kerak;
Grant va stipendiyalar haqida ko’proq gapirish kerak;
Narxga javoban berilayotgan qiymatni asoslab berish kerak.

Abituriyentlar ma'lumotlarni qayerdan olishadi:
Telegram (49,3%);
Google (27,2%);
Tanishlar orqali (15,9%);
Instagram (5,4%);
Banner va tashqi reklamalardan (2,2%).

Ma'lumotlar olishda ishonchli manba deb hisoblashadi:
Telegram (61,5%);
Bloger va ta'sirchilar (1,8%);
Tanishlar (36,7).

👉 @Axmadjanovuz
⚡️1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tariflar belgilandi

Hukumat qarori bilan 201 kW·soatdan 1000 kW·soatgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda.

Ya’ni 2025-yil 1-maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kW·soatdan 500 kW·soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo‘lgan qismi uchun 900 so‘mdan haq to‘langan).

Bundan tashqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilishi belgilanmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qizlaringizni o‘qiting, ularga qanot bering!

O'g'lingni o'qitibsan o'zinga yaxshi qilibsan, qizingni o'qitibsan millatga yaxshi qilibsan!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi holatni o'rganib chiqdik, haqiqatdan ham boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim xizmat ko'rsatuvchilar soliqdan ozod etilgan ekan, har holda soliq kodeksida shunday yozilibdi.

Lekin ayrim xususiy OTMlar o'qish fikridan qaytib qolgan, kontrakt to'lab qo'ygan talabalar pulini qaytarib berishda "qo'shimcha qiymat solig'i" ushlab qolishayotgan ekan.

Agarda abituriyent o'qish boshlanishidan oldinroq OTMni ogohlantirib, rasmiy ariza bilan murojaat qilsa to'lov to'liq qaytarilishi kerak. O'qishda boshlangandan so'ng o'qish fikridan qaytib qolsa har bir kun, hatto soat uchun qayta hisob-kitob qilinadi va ma'lum bir miqdor ushlab qolinadi.

Xususiy OTM rahbarlaridan insof qilishlarini va huquqiy savodxonligi bo'lmagan odamlardan "soqqa" qilmasliklarini so'rab qolamiz!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuridik oliy ta'limga litsenziya olish qiyinmi, qimmatmi?

Yuridik oliy ta'lim yo'nalishi ko'pchilik xususiy OTMlar uchun orzuligicha qolmoqda. Profi universiteti uzoq urinishlardan keyin ham ruxsat ololmayotgani haqida Bektosh Xotamov behuda eslab o'tmadi. Vazirlik bilan sudlashgani, sababsiz rad javoblari haqidagi fikrlarini o'chirdi, balki o'chirtirildi.

Sobiq Akfa universiteti ham yuridik yo'nalishga litsenziya olishda ko'p bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi, oxiri taslim bo'ldi. Shaxsi sir qolishini xohlagan xususiy OTM ta'sischilari ham sun'iy to'siqlar mavjud degan fikr bildirishmoqda.

O'zi yuridik oliy ta'lim yo'nalishiga litsenziya olish shu darajada qiyinmi? Yoki qo'yilayotgan moddiy-texnik talablarni bajarish harajati qimmatmi?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️5 yillik staj talab etiladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining aniq ro’yxati

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024 o'quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staji talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlangan bo'lib, bular:

boshlang‘ich ta’lim;
tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
musiqa ta’limi;
jismoniy madaniyat;
texnologik ta’lim.

👨🏻‍💻 Boshqa ta’lim yo‘nalishlari (14 ta yo'nalishdan boshqa) uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent o'qishga topshirishi mumkin.

❗️Respublikadagi barcha davlat va nodavlat OTMlar yuqoridagi yo'nalishlarga abituriyentlarni faqatgina 5 yillik ish staji asosida qabul qilishi mumkin.

👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy oliygoh tanlashda nimalarga e'tibor qaratish kerak?

1. Oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatish uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lishi;

2. Sizni qabul qilayotgan yo'nalish litsenziyada ko'rsatilgan bo'lishi;

3. Faoliyat ko'rsatayotgan manzil ham litsenziyaga kiritilgan bo'lishi;

4. Hemis dasturiga ulangan bo'lishi;

5. Shartnomada pul o'tkazishingiz kerak bo'lgan hisob "jismoniy karta" emas, OTMning bank hisob raqami bo'lishi;

6. Kamida 60 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona;

7. Kamida 20 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa ko‘chirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;

8. Ilmiy darajaga va (yoki) ilmiy unvonga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

9. Devor yoki panjara bilan o‘ralganligi;

10. Ko‘kalamzorlashtirilganligi;

11. Tungi yoritgichlar o‘rnatilganligi;

12. Ichimlik suv va kanalizatsiya bilan ta’minlanganligi;

13. Stadion (sport ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lsa) va dam olish qismlarining mavjudligi;

14. Faollar zali, oshxona (bufet), tibbiyot xonasi va yotoqxona bo'lishi kerak.

👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy oliy ta'limda talabalar hurmat qilinadi

Navoiy innovatsiyalar universiteti a'lo baholarga o'qiyotgan 120 ta talabasiga stipendiya va grantlar beribdi. Bu oddiy raqamdek tuyular, lekin rasmda 120 ta quvonch sohib-sohibalarini ko'rish kishini xursand qiladi.

Iqtidorlarni qadrlaydigan ta'lim dargohining yo'li uzoq bo'ladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy oliy ta'limda talabalarni qo‘llab-quvvatlash davom etadi

Osiyo xalqaro universiteti har oyda 250 nafardan ortiq iqtidorli va faol talabalarga stipendiyalar ajratib kelmoqda ekan.

Talabalarni rag'batlantirish chellenjga aylanib ketib qoladi shekilli))

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chellenj davom etadi

UBS universiteti ham har semestr iqtidorli talaba-yoshlarga grant va stipendiyalar ajratib kelmoqda ekan. Bu talabalar o'rtasida ilmiy raqobatga olib keladigan eng samarali usul hisoblanadi.

Davlat OTMlarida endigina joriy etilgan "har semestr grantlar qayta taqsimoti" aynan xususiy oliy ta'lim muassasalari tajribasidan olingani ham bejiz emas.

Yana o'sha gapni takrorlaymiz, xususiy oliy ta'limda talabalar hurmat qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️O'qish joyidan ma'lumotnomani onlayn olish mumkin

O'qish joyidan ayni vaqtda tahsil olayotganingiz haqida my.gov.uz sayti orqali bir zumda onlayn ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

Xizmat ko'rsatish muddati: Shu zahoti
Xizmat haqqi: Bepul

👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi bunisiga nima deysiz?

ISFT instituti har yili 300 nafar iqtidor egalariga grant ajratayotgan ekan. Ushbu amaliyot 2021-yildan beri davom etayotgani tahsinga loyiq.

Shuningdek, ilmli va faol talabalarni noutbuk bilan rag‘batlantirish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Qo‘llab-quvvatlashni his qilayotgan, bilimi qadrlanayotgan talaba — ilm olishdan to‘xtamaydi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 23:31:54
Back to Top
HTML Embed Code: