Telegram Web Link
⚡️Sirtqi ta’limga qabul butunlay yopildi. Hamma yo’nalishda. Joriy o’quv yilidan. Hozirgi sirtqi talabalar o’qishini davom ettiraveradi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi. Ya’ni joriy yilda sirtqiga hech kim olinmaydi. Boshqacha aytganda, 1 yarim oydan keyin boshlanadigan qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmaydi;

• mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi;

• bunda sirtqi ta’limga qabul barcha yo’nalishlarda tugatiladi. Ya’ni falon yo’nalishda sirtqi bor, piston yo’nalishda sirtqi yopildi, degan gap yo’q. Endi hech qaysi yo’nalishga sirtqi uchun talaba qabul qilib bo’lmaydi;

• hozir o’qiyotgan yuqori bosqich talabalari o’qishini sirtqida davom ettiraveradi. Ya’ni sirtqi uchun qabul to’xtatildi, sirtqiga boshqa yangi talaba olinmaydi, ammo sirtqilarning o’zi yopilgani yo’q;

• sirtqining o’rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo’yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu ko’proq masofaviy ta’lim shakli bo’lishi mumkin. Shuningdek, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo’yicha o’qitishga ruxsat beriladi;

• oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari bo’yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo’l qo’yilmaydi. Ya’ni kunduzgiga 100 kishi qabul qilsa, unda muqobil ta’lim shakliga 50 kishidan ko’p qabul qila olmaydi. Bu avvalgidek, faqat kvota e’lon qilish bilan o’lchanmaydi, balki avval kunduzgining qabulini tugatib, olgan talabalari sonidan kelib chiqib, keyin 50% muqobilga olishi mumkin bo’ladi;

magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o’qitishga ruxsat beriladi. Bungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham o’qitsa bo’ladi. — Xushnudbek

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatildi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini nazorat qilish vakolati yangi agentlikka o‘tdi

Prezidentining Farmoniga ko'ra, Prezidenti Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etildi

Tashkilotning asosiy vakolatlardan biri— davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish.

P/S. Xususiy oliygohlar faoliyatiga ta'siri ulkan qarorlar qabul qilindi

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qabul me’yorlarini buzgan nodavlat oliygohlar litsenziyasi bekor qilinadi

👉 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

👉 oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit- modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;

👉 muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻzbekistonda bir vaqtning oʻzida ikkita OTMda oʻqishga ruxsat berilishi mumkin.

Senator Oliy taʼlim vaziriga bir vaqtning oʻzida ham davlat, ham xususiy OTMlarda turli shakllarda oʻqishga ruxsat berish masalasi boʻyicha soʻrov yubordi.

Taʼkidlanishicha, ayni paytda bunday imkoniyat yoʻq: abituriyent faqat bir OTMga asl hujjatini topshirishi mumkin, HEMIS tizimi esa boshqa OTMda qayta roʻyxatdan oʻtishga yoʻl qoʻymaydi.

Senator Bahrom Abdullayev bu cheklovlar AQSh, Yevropa, Rossiya va Qozogʻistonda yoʻqligini taʼkidlab, Oʻzbekistonda ham talabalarga bir vaqtning oʻzida ikki oliygohda oʻqish huquqini berishni soʻradi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Poliklinikalar oilaviy shifokorining bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar boʻladi — Prezident

Bu poliklinikalarda oilaviy shifokorning bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar boʻladi. Oilaviy shifokor va hamshira malaka sertifikati olsa, yana shuncha ustama toʻlanadi.

Agar ular mahallada yurib, surunkali kasali borlarga vaqt ajratsa, ularni kasallik bilan yashash va uni boshqarishga oʻrgatsa, onkologik, diabet, insult, infarkt kabi kasalliklarni erta aniqlab, ogʻir asoratlarning oldini olsa, bularning hisobiga tez yordam va statsionarga murojaatni qisqartirsa, shifokorga yana 500 dollar, hamshiraga esa qoʻshimcha 300 dollar beriladi.

Bir soʻz bilan aytganda, oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz. Bu orqali biz shunchaki oylikni emas – inson qadrini oshirgan boʻlamiz. Lekin, natija ham shunga yarasha boʻlishi kerak”,
- dedi prezident.

Endi mahallada bitta boʻlsa ham infarkt, insult, onalar va bolalar erta oʻlimi, surunkali kasallik tufayli orttirilgan nogironlik favqulodda holat deb qabul qilinishi lozimligi qayd etildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tibbiyot yo‘nalishidagi OTMlar bitiruvchilaridan imtihon olish tizimi o‘zgaradi

Prezident yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, so‘nggi yetti yilda tibbiyot oliygohlariga qabul 4,5 barobar ko‘payib, yiliga 25 ming nafar yoshlar o‘qishga kirmoqda. Ularning 40 foizi xususiy oliygohlarda o‘qimoqda.

Bitiruv imtihonini oliygohning o‘zi olishi, bilim va ko‘nikmalarni baholovchi shaffof tizim yo‘qligi oqibatida mutaxassislar yetarli bilim va amaliy ko‘nikmasiz mehnat bozoriga kirib kelayotgani qayd etildi.

Endilikda tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvchilarining zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirishi shaffof tizim asosida alohida baholanadi. Bu tizim ishlayotgan vrach va hamshiralarga ham tatbiq etiladi.

Shu maqsadda Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi. Ushbu markazga xalqaro tan olingan xorijiy tashkilot jalb qilinadi. Davlat va xususiy klinikalar esa akkreditatsiyadan o‘tadi.

Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish vazifasi davlat va xususiy tibbiyot oliygohlari, ixtisoslashgan markazlar va viloyat muassasalariga beriladi.

Mutasaddilarga shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablarini ishlab chiqish topshirildi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️Nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini nazorat qilish vakolati yangi agentlikka o‘tdi Prezidentining Farmoniga ko'ra, Prezidenti Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etildi Tashkilotning asosiy vakolatlardan…
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Yusupovich Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kirgʻizbayev Abdugʻaffor Karimjonovich Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Karimova Eʻzoza Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonda yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi TASHKENT TECH nomli universitet bosqichma-bosqich Toshkent davlat texnika universiteti negizida, Boston Consulting Group ko‘magida tashkil etiladi.

"Ushbu keng ko‘lamli loyiha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti topshirig‘iga muvofiq amalga oshirilmoqda va yoshlar o‘rtasida texnik ta’lim nufuzini oshirishga qaratilgan" — dedi prezident yordamchisi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
🎙Yangi farmon nodavlat OTMlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? — Ovozli chatda tahlil qilamiz

📢 Xabaringiz bor, kuni kecha Prezident farmoni e'lon qilindi. Ushbu hujjatda nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatiga oid muhim yangiliklar bayon etilgan.

Bu o'zgarishlar nodavlat ta'lim tizimiga qanday ta'sir qilishi haqida huquqshunos va Profi University asoschisi Bektosh Khatamov bilan birgalikda tahlil qilamiz.

🎯 Suhbatda abituriyent va nodavlat oliygoh rahbarlari ta’lim tizimiga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgan muhim ma'lumotlarni olishlari mumkin.

Bugun, 8-may 20:00 da «Nodavlat oliy ta’lim muassasalari» sahifasida.

🔗 Ovozli chatga ulanish havolasi: https://www.tg-me.com/nodavlattalim?livestream

Mavzu yuzasidan savollaringizni murojaatlar boti (@nodavlatbot)ga yozib qoldirishingiz mumkin

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatiga oid muhim yangiliklar mavzusida ovozli chat boshlandi

👉 https://www.tg-me.com/nodavlattalim?livestream

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (1 hour)
Yangi farmon tahlili
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
🎙 Sirtqi ta’limga qabul yopilishi va nodavlat ta’lim tashkilotlarini nazorat qiluvchi yangi agentlik tashkil etilishi bo‘yicha ovozli chat.

Ovozli chatda bir nechta aktual mavzular muhokama qilindi.

Spiker: Bektosh Khatamov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi ta'lim yopilgan bo'lsa, o'qishni
ko'chirish tartibi qanday bo'ladi?


Xabaringiz bor, 2025/2026 o'quv yilidan barcha ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi ta'lim shakli butkul yopildi. Bu o'z navbatida o'qishni ko'chirishga oid savolni o'rtaga tashlaydi.

Xo'sh endi sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish mumkinmi?

Ha albatta mumkin. Sirtqi ta'lim yopilishiga oid farmon yangi qabul qilinuvchi abituriyentlarga taalluqli bo'lib, o'qishni ko'chiruvchilar uchun hozircha qisman taalluqli emas, ya'ni quyidagilar mumkin:

Xorijdan sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish;
Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga sirtqiga o'qishni ko'chirish;
Davlat oliygohining biridan boshqasiga sirtqiga o'qishni ko'chirish;
Nodavlat oliygohlarning biridan boshqadiga sirtqiga o'qishni ko'chirish;
Bir oliygoh ichida sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish;
Bir oliygoh ichida kunduzgi ta'limdan sirtqi ta'lim shakliga ko'chirish.


Agarda, o'qishni ko'chirish jarayonida fanlar farqi ko'p chiqishi natijasida 1-kursga qabul qilinish ehtimoli yuzaga kelsa, ana unda sirtqi ta'lim shakliga ko'chirishga ruxsat etilmaydi, majburiy ravishda boshqa ta'lim shakliga ko'chiriladi.

Soddaroq tushuntirsak, bu yilgi o'qishni ko'chirishda 2-3-4-5 kurslar bemalol sirtqi ta'limga "perevod" qilishlari mumkin. Faqatgina fanlar farqi sababli 1-kursga tushib qolish ehtimoli yuzaga kelmasagina.

Izoh: Agarda bu bo'yicha alohida cheklovchi huquqiy hujjat qabul qilinmasa, yuqoridagi tartibda bemalol o'qishni ko'chirishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Yurisprudensiya" yo'nalishi ochilgan nodavlat OTMlar soni beshtaga yetdi.

Quyidagi nodavlat OTMlarda Yurisprudensiya ta'lim yo'nalashi mavjud:

Toshkent xalqaro universiteti
Yurisprudensiya: xalqaro huquq
Yurisprudensiya: biznes huquqi

Mehnat va ijtimoiy munosablar Akademiyasi
Yurisprudensiya: mehnat huquqi

Toshkent metropolitian unversity
Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Abu Rayxon Beruniy universiteti
Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Sarbon universiteti
Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

P/S. Yana bir nechta nodavlat OTMlar ushbu yo'nalishni qo'lga kiritish yo'lida mehnat qilishmoqda)


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy universitetlarda kontrakt narxi ko‘tarilishi kutilmoqda.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi. Endilikda universitetlar kunduzgi talabalar sonining 50 foizigacha kechki yoki masofaviy ta’lim shakliga abituriyent qabul qilishi mumkin xolos.

Bu o‘zgarishlar xususiy OTMlar faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, sababi:

• Hozirda kunda O‘zbekistonda 71 ta xususiy universitet bor;

• U yerdagi 508 720 nafar talabaning 361 461 nafari (ya'ni 71%) sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi.

Natijada sirtqi ta'lim shakli yopilishi ortidan xususiy universitetlar harajatlarni qoplash uchun shartnoma narxlarini oshirishi mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kimda sirtqi talabalar ko'proq?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 1 518 767 nafar talaba oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Ularning sirtqi shakldagi taqsimoti quyidagicha:

Davlat OTMlarida:
970 765 talabadan 348 548 nafari (36%) sirtqi;

Xususiy OTMlarda:
508 720 talabadan 361 461 nafari (71%) sirtqi;

Xorijiy OTM filiallarida:
39 282 talabadan 4 036 nafari (10%) sirtqida tahsil olib kelmoqda.

Xulosa: O‘zbekistonda eng ko‘p sirtqi talaba soni ham, ulushi ham xususiy OTMlarda.

Bu esa 2025/2026 o‘quv yilidan sirtqi ta’limga qabul to‘xtatilishi xususiy OTMlar faoliyatiga eng katta ta’sir ko‘rsatishini anglatadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 03:08:44
Back to Top
HTML Embed Code: