Telegram Web Link
🎙Yangi farmon nodavlat OTMlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? — Ovozli chatda tahlil qilamiz

📢 Xabaringiz bor, kuni kecha Prezident farmoni e'lon qilindi. Ushbu hujjatda nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatiga oid muhim yangiliklar bayon etilgan.

Bu o'zgarishlar nodavlat ta'lim tizimiga qanday ta'sir qilishi haqida huquqshunos va Profi University asoschisi Bektosh Khatamov bilan birgalikda tahlil qilamiz.

🎯 Suhbatda abituriyent va nodavlat oliygoh rahbarlari ta’lim tizimiga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgan muhim ma'lumotlarni olishlari mumkin.

Bugun, 8-may 20:00 da «Nodavlat oliy ta’lim muassasalari» sahifasida.

🔗 Ovozli chatga ulanish havolasi: https://www.tg-me.com/nodavlattalim?livestream

Mavzu yuzasidan savollaringizni murojaatlar boti (@nodavlatbot)ga yozib qoldirishingiz mumkin

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatiga oid muhim yangiliklar mavzusida ovozli chat boshlandi

👉 https://www.tg-me.com/nodavlattalim?livestream

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (1 hour)
Yangi farmon tahlili
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
🎙 Sirtqi ta’limga qabul yopilishi va nodavlat ta’lim tashkilotlarini nazorat qiluvchi yangi agentlik tashkil etilishi bo‘yicha ovozli chat.

Ovozli chatda bir nechta aktual mavzular muhokama qilindi.

Spiker: Bektosh Khatamov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Yurisprudensiya" yo'nalishi ochilgan nodavlat OTMlar soni beshtaga yetdi.

Quyidagi nodavlat OTMlarda Yurisprudensiya ta'lim yo'nalashi mavjud:

Toshkent xalqaro universiteti
Yurisprudensiya: xalqaro huquq
Yurisprudensiya: biznes huquqi

Mehnat va ijtimoiy munosablar Akademiyasi
Yurisprudensiya: mehnat huquqi

Toshkent metropolitian unversity
Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Abu Rayxon Beruniy universiteti
Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

Sarbon universiteti
Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha

P/S. Yana bir nechta nodavlat OTMlar ushbu yo'nalishni qo'lga kiritish yo'lida mehnat qilishmoqda)


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy universitetlarda kontrakt narxi ko‘tarilishi kutilmoqda.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi. Endilikda universitetlar kunduzgi talabalar sonining 50 foizigacha kechki yoki masofaviy ta’lim shakliga abituriyent qabul qilishi mumkin xolos.

Bu o‘zgarishlar xususiy OTMlar faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, sababi:

• Hozirda kunda O‘zbekistonda 71 ta xususiy universitet bor;

• U yerdagi 508 720 nafar talabaning 361 461 nafari (ya'ni 71%) sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi.

Natijada sirtqi ta'lim shakli yopilishi ortidan xususiy universitetlar harajatlarni qoplash uchun shartnoma narxlarini oshirishi mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kimda sirtqi talabalar ko'proq?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 1 518 767 nafar talaba oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Ularning sirtqi shakldagi taqsimoti quyidagicha:

Davlat OTMlarida:
970 765 talabadan 348 548 nafari (36%) sirtqi;

Xususiy OTMlarda:
508 720 talabadan 361 461 nafari (71%) sirtqi;

Xorijiy OTM filiallarida:
39 282 talabadan 4 036 nafari (10%) sirtqida tahsil olib kelmoqda.

Xulosa: O‘zbekistonda eng ko‘p sirtqi talaba soni ham, ulushi ham xususiy OTMlarda.

Bu esa 2025/2026 o‘quv yilidan sirtqi ta’limga qabul to‘xtatilishi xususiy OTMlar faoliyatiga eng katta ta’sir ko‘rsatishini anglatadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Axmadjanov.uz
Kontrakt narxlari ko'tarilishi haqida joylagan xabarim juda tezlikda tarqaldi. Balki bu men sababli, balki mavzu dolzarbligi tufayli.

Lekin aziz do‘stlar, ma'lumot tarqatishda aniqlik muhim. Ba’zilar: “Xususiy universitetlarning 70 foizi sirtqi ta’limdan daromad olyapti”, degan xulosa bilan post tarqatyapti. Bu noto‘g‘ri!

Aslida nima deyilgan? Xususiy universitetlarda o‘qiyotgan talabalarning 70 foizi sirtqi shaklda ta’lim oladi, deyilgan. Bu — talabalar ulushi haqida.

Farqni tushunaylik:

• “Universitetlarning 70 foizi sirtqidan daromad oladi” — bu manbasi yo'q, noto'g'ri xulosa.

• Talabalarning 70 foizi sirtqida o‘qiydi” — bu rasmiy statistik ma'lumot.

Balki bu sirtqi talabalarning asosiy qismi 10 ta xususiy universitetda to‘plangandir, balki ko'proq. Lekin 70 foizi xususiy OTM sirtqiga o'tirib qolmagan-da, azizlar.

Shu bois, iltimos, tushunmasdan, tekshirmasdan xato xulosa tarqatmanglar. Jamiyatda xususiy OTMlarga nisbatan noto‘g‘ri qarash shakllanishiga hissa qo‘shmanglar. Har bir gap mas’uliyat talab qiladi.

👉 @Axmadjanovuz
⚡️Xususiy OTMlarda ta'lim sifatsizmi?

Bugungi kunda xususiy oliy ta’lim muassasalari haqida turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ulardan ba’zilarida ta’lim sifati pastligi haqida tanqidlar yangramoqda. Biroq, mavjud holatga chuqurroq nazar tashlansa, ushbu stereotip tobora eskirib borayotganini ko‘rish mumkin. Masalan,

So‘nggi yillarda ko‘plab malakali pedagoglar davlat OTMlaridan xususiy oliy ta’lim muassasalariga o‘tmoqda. Sabablari aniq:

• yuqori ish haqi;
• erkin, ijodiy ish muhiti;
• ortiqcha byurokratiyadan holi tizim.

Xususiy OTMlarda ta’lim olayotgan talabalar yuqori sifatdagi ta’limni talab qilmoqda. Bu esa tizimga sog‘lom raqobat va samarali o‘zgarishlar olib kelmoqda.

Ish bilan ta’minlash borasida esa real ko‘rsatkichlar mavjud. Qator nodavlat OTMlar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida aniq natijalarga erishmoqda. Masalan, Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘z bitiruvchilarining 90 foizini ish bilan ta’minlaganini e’lon qilgan edi. Bu har qanday oliygoh uchun e’tiborga loyiq ko‘rsatkichdir.

Zamonaviy infratuzilma va yondashuv – xususiy OTMlarning aksariyati yangi binolar, texnologik baza, startap va amaliy loyihalarga asoslangan o‘quv dasturlari bilan ajralib turadi. Bular zamonaviy mehnat bozorining ehtiyojlariga mos muhitni shakllantirmoqda.

❗️Xulosa o‘rnida shuni aytamizki, bugun “faqat davlat OTMlari sifatli, xususiylar esa sifatsiz” degan yondashuv eskirib bormoqda. Muammo va kamchiliklar har ikki tizimda bo‘lishi mumkin, ammo yondashuv, islohot va natijaga qarab baho berish – eng to‘g‘ri yo‘ldir.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 «Nodavlat oliy ta’lim muassasalari» Telegram kanali 130 000 obunachiga yetganini munosabati bilan obunachilarimiz uchun tanlov (giveaway) e’lon qilamiz.

Tanlov sovrini:
⭐️ 3 nafar ishtirokchiga — 3 oylik Telegram Premium obunasi taqdim etiladi.

G‘oliblar qachon e’lon qilinadi?
🗓 Sana: 2025-yil 16-may
Vaqt: soat 20:00

Ishtirok etish shartlari:

👉 @nodavlattalim kanaliga obuna bo‘lish,
👉 @Axmadjanovuz sahifasiga obuna bo‘lish.

Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘shimcha harakatlar talab etilmaydi. Tugma bosish, xabar ulashish shart emas.

🎁 G‘oliblar Telegram tizimi tomonidan tasodifiy tanlov asosida avtomatik aniqlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'tgan hafta davomida eng ko'p kontakt qo'shgan faol obunachilar rag'batlantirildi

Xabaringiz bor, "Nodavlat oliy ta'lim muassasalari" telegram kanalidagi postlar muhokamasida faol bo'lgan yoshlar har hafta rag'batlantirilishini e'lon qilgan edik. Har yakshanba kuni haftada davomida faol bo'lgan obunachilarimizni statistika yordamida aniqlab moddiy rag'batlantirilmoqda.

1-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2829&comment=696060
2-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2856&comment=707621
3-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2884&comment=726378
4-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2939&comment=739054

Siz ham izohlarda faol bo'ling! Keyingisi siz bo'lishingiz mumkin!

O'tgan hafta davomida izohlar postlarga emas, guruhning o'zida yozilgani uchun faqat kontrakt qo'shganlar rag'batlantirildi.
Faqat kanaldagi post izohlariga yozilgan koment hisoblanadi.
😀 Eng ko'p kontakt qo'shgan obunachilar g'olib deb topildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul
(5-iyundan 25-iyunga qadar)
👉
my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish
(15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oʻktam Rahimovich Salomov Fargʻona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abu Rayhon Beruniy universiteti sud ishi nima bo'ldi?

2024-yil sentabr oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Abu Rayhon Beruniy universitetiga berilgan litsenziya tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilganini ma'lum qildi. Shu asosda vazirlik mazkur litsenziyani bekor qilish uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritdi.

Ammo 2024-yil 19-noyabr kuni sud bu da’voni ko‘rib chiqib, vazirlikning arizasini rad etdi. Sud qaroriga ko‘ra, universitet faoliyati qonuniy hisoblanadi va litsenziya saqlab qolindi.

Natijada Abu Rayhon Beruniy universiteti yurisprudensiya yo‘nalishida ta’lim berishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ldi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Digital University” MCHJ sud ishi nima bo'ldi?

2024-yil 10-oktabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan “Digital University” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilingan edi. Ushbu qaror haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'sha kunning o'zida ommaga e’lon qilindi.

Biroq, “Digital University” MCHJ mazkur qaror ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritgan va ish Toshkent shahar sudida ko‘rib chiqilgan.

⚖️ Apellyatsiya instansiyasida – Toshkent shahar sudi “Digital University” MCHJ foydasiga qaror chiqarib, birinchi instansiya sudining qarorini bekor qildi. Mazkur qaror bilan “Digital University” MCHJning ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqi saqlab qolingan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to'lanadi

🔰 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o'qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to'lanadi.

✔️ 2025-yil 1-sentabrdan umumiy o'rta ta'lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag'al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to'lovidan ozod etiladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan kambag'al oilalarning “a'lo” baholarga o'qiydigan farzandlarining O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog'lomlashtirilishi xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

🏛 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag'al oilalar reestri va Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 20:23:58
Back to Top
HTML Embed Code: