Telegram Web Link
Forwarded from Axmadjanov.uz
Kontrakt narxlari ko'tarilishi haqida joylagan xabarim juda tezlikda tarqaldi. Balki bu men sababli, balki mavzu dolzarbligi tufayli.

Lekin aziz do‘stlar, ma'lumot tarqatishda aniqlik muhim. Ba’zilar: “Xususiy universitetlarning 70 foizi sirtqi ta’limdan daromad olyapti”, degan xulosa bilan post tarqatyapti. Bu noto‘g‘ri!

Aslida nima deyilgan? Xususiy universitetlarda o‘qiyotgan talabalarning 70 foizi sirtqi shaklda ta’lim oladi, deyilgan. Bu — talabalar ulushi haqida.

Farqni tushunaylik:

• “Universitetlarning 70 foizi sirtqidan daromad oladi” — bu manbasi yo'q, noto'g'ri xulosa.

• Talabalarning 70 foizi sirtqida o‘qiydi” — bu rasmiy statistik ma'lumot.

Balki bu sirtqi talabalarning asosiy qismi 10 ta xususiy universitetda to‘plangandir, balki ko'proq. Lekin 70 foizi xususiy OTM sirtqiga o'tirib qolmagan-da, azizlar.

Shu bois, iltimos, tushunmasdan, tekshirmasdan xato xulosa tarqatmanglar. Jamiyatda xususiy OTMlarga nisbatan noto‘g‘ri qarash shakllanishiga hissa qo‘shmanglar. Har bir gap mas’uliyat talab qiladi.

👉 @Axmadjanovuz
⚡️Xususiy OTMlarda ta'lim sifatsizmi?

Bugungi kunda xususiy oliy ta’lim muassasalari haqida turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ulardan ba’zilarida ta’lim sifati pastligi haqida tanqidlar yangramoqda. Biroq, mavjud holatga chuqurroq nazar tashlansa, ushbu stereotip tobora eskirib borayotganini ko‘rish mumkin. Masalan,

So‘nggi yillarda ko‘plab malakali pedagoglar davlat OTMlaridan xususiy oliy ta’lim muassasalariga o‘tmoqda. Sabablari aniq:

• yuqori ish haqi;
• erkin, ijodiy ish muhiti;
• ortiqcha byurokratiyadan holi tizim.

Xususiy OTMlarda ta’lim olayotgan talabalar yuqori sifatdagi ta’limni talab qilmoqda. Bu esa tizimga sog‘lom raqobat va samarali o‘zgarishlar olib kelmoqda.

Ish bilan ta’minlash borasida esa real ko‘rsatkichlar mavjud. Qator nodavlat OTMlar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida aniq natijalarga erishmoqda. Masalan, Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘z bitiruvchilarining 90 foizini ish bilan ta’minlaganini e’lon qilgan edi. Bu har qanday oliygoh uchun e’tiborga loyiq ko‘rsatkichdir.

Zamonaviy infratuzilma va yondashuv – xususiy OTMlarning aksariyati yangi binolar, texnologik baza, startap va amaliy loyihalarga asoslangan o‘quv dasturlari bilan ajralib turadi. Bular zamonaviy mehnat bozorining ehtiyojlariga mos muhitni shakllantirmoqda.

❗️Xulosa o‘rnida shuni aytamizki, bugun “faqat davlat OTMlari sifatli, xususiylar esa sifatsiz” degan yondashuv eskirib bormoqda. Muammo va kamchiliklar har ikki tizimda bo‘lishi mumkin, ammo yondashuv, islohot va natijaga qarab baho berish – eng to‘g‘ri yo‘ldir.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
9
🇺🇿 «Nodavlat oliy ta’lim muassasalari» Telegram kanali 130 000 obunachiga yetganini munosabati bilan obunachilarimiz uchun tanlov (giveaway) e’lon qilamiz.

Tanlov sovrini:
⭐️ 3 nafar ishtirokchiga — 3 oylik Telegram Premium obunasi taqdim etiladi.

G‘oliblar qachon e’lon qilinadi?
🗓 Sana: 2025-yil 16-may
Vaqt: soat 20:00

Ishtirok etish shartlari:

👉 @nodavlattalim kanaliga obuna bo‘lish,
👉 @Axmadjanovuz sahifasiga obuna bo‘lish.

Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘shimcha harakatlar talab etilmaydi. Tugma bosish, xabar ulashish shart emas.

🎁 G‘oliblar Telegram tizimi tomonidan tasodifiy tanlov asosida avtomatik aniqlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
⚡️O'tgan hafta davomida eng ko'p kontakt qo'shgan faol obunachilar rag'batlantirildi

Xabaringiz bor, "Nodavlat oliy ta'lim muassasalari" telegram kanalidagi postlar muhokamasida faol bo'lgan yoshlar har hafta rag'batlantirilishini e'lon qilgan edik. Har yakshanba kuni haftada davomida faol bo'lgan obunachilarimizni statistika yordamida aniqlab moddiy rag'batlantirilmoqda.

1-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2829&comment=696060
2-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2856&comment=707621
3-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2884&comment=726378
4-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2939&comment=739054

Siz ham izohlarda faol bo'ling! Keyingisi siz bo'lishingiz mumkin!

O'tgan hafta davomida izohlar postlarga emas, guruhning o'zida yozilgani uchun faqat kontrakt qo'shganlar rag'batlantirildi.
Faqat kanaldagi post izohlariga yozilgan koment hisoblanadi.
😀 Eng ko'p kontakt qo'shgan obunachilar g'olib deb topildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul
(5-iyundan 25-iyunga qadar)
👉
my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish
(15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oʻktam Rahimovich Salomov Fargʻona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abu Rayhon Beruniy universiteti sud ishi nima bo'ldi?

2024-yil sentabr oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Abu Rayhon Beruniy universitetiga berilgan litsenziya tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilganini ma'lum qildi. Shu asosda vazirlik mazkur litsenziyani bekor qilish uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritdi.

Ammo 2024-yil 19-noyabr kuni sud bu da’voni ko‘rib chiqib, vazirlikning arizasini rad etdi. Sud qaroriga ko‘ra, universitet faoliyati qonuniy hisoblanadi va litsenziya saqlab qolindi.

Natijada Abu Rayhon Beruniy universiteti yurisprudensiya yo‘nalishida ta’lim berishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ldi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Digital University” MCHJ sud ishi nima bo'ldi?

2024-yil 10-oktabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan “Digital University” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilingan edi. Ushbu qaror haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'sha kunning o'zida ommaga e’lon qilindi.

Biroq, “Digital University” MCHJ mazkur qaror ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritgan va ish Toshkent shahar sudida ko‘rib chiqilgan.

⚖️ Apellyatsiya instansiyasida – Toshkent shahar sudi “Digital University” MCHJ foydasiga qaror chiqarib, birinchi instansiya sudining qarorini bekor qildi. Mazkur qaror bilan “Digital University” MCHJning ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqi saqlab qolingan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to'lanadi

🔰 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o'qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to'lanadi.

✔️ 2025-yil 1-sentabrdan umumiy o'rta ta'lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag'al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to'lovidan ozod etiladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan kambag'al oilalarning “a'lo” baholarga o'qiydigan farzandlarining O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog'lomlashtirilishi xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

🏛 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag'al oilalar reestri va Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farg’ona davlat universiteti talabasi oʻz joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Xabar rasman tasdiqlanmagan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi ta’lim yopilishi ortidan 15 mingdan ortiq ish o‘rni qisqarishi mumkin

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda davlat, nodavlat va xorijiy OTM filiallarida 714 045 nafar talaba sirtqi ta’lim shaklida tahsil olmoqda.

Shu asosda Bektosh Xotamov tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, sirtqi ta’lim yopilishi oqibatida 15 mingdan ortiq ish o‘rni qisqarishi mumkin ekan.

Mazkur ko‘rsatkichlar hozircha taxminiy bo‘lsa-da, real holatda bu raqam bir necha baravar ko‘proq bo‘lishi ehtimoli mavjud.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkentdagi maktablarda o‘quvchilarning mobil telefonlari konstitutsiyaga zid ravishda ommaviy tekshirilmoqda.

UzNews.uz”ni yozishicha, 14 may kuni Toshkentdagi 110-maktabda Milliy gvardiya xodimlari 9 va 10-sinf o‘quvchilarining (500 nafarga yaqin) telefonlarini ogohlantirishsiz tekshirdi. Telefonlar yig‘ilib, shaxsiy maʼlumotlar ko‘rib chiqilgan. Ota-onalardan rozilik so‘ralmagan, ayrimlar qarshilik bildirgach, tekshiruv to‘xtatilgan.

Bir o‘quvchining aytishicha, telefonida stavkalar kanali topilgandan so‘ng u so‘roq qilingan va ruhiy bosimga uchragan. Toshkent shahar taʼlim boshqarmasi bunday tekshiruvlar bo‘lganini tasdiqladi.

Telefon xususiy mulk ekanligini inobatga olsak, amaldagi qonunchilik bo‘yicha bunday tintuvlar(tekshiruv) uchun sudning sanksiyasi kerak (manba).

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.)ga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi gʻoliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat oʻtkazish orqali aniqlanadi;

🔹 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

📊 Bakalavriat boʻyicha hamda magistratura va doktorantura boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga koʻra:

🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) toʻliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endilikda har bir universitet va institut talabalari uchun maxsus talaba formasi joriy etilishi mumkin

2025-yil 1-avgustga qadar har bir oliy taʼlim tashkiloti o'z tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy vazifasi va zamonaviy talablarga asoslangan noyob imij va brend konsepsiyasini ishlab chiqish loyihasi ishlab chiqildi))

Bugun Ovropa xalqi osmonga uchar ekan, bizda...


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xodim va talabalarga maxsus forma joriy etish ta'lim tizimidagi ulkan islohotdir.


Fikrimizga ChatGPT qo'shilmayapti)

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

"Kuningdan bir kuning qolsa ham" o‘qi,
"Pulingdan bir puling qolsa ham" o‘qi!
Katta uy va to‘ydan ne foyda, elim?!
Devdek nafsing kuchdan qolsa ham o‘qi!


© Javohir Eshonqulov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygohning filial manzili litsenziyada koʻrsatilishi shart!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziya talablari va shartlari tasdiqlangan.

Har bir nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasida faoliyat manzili aniq koʻrsatilgan boʻladi va oliygoh faqatgina mazkur manzilda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.

Litsenziyada faoliyat manzili aniq koʻrsatib oʻtilishining sababi litsenziya berishdan avval aynan ushbu manzildagi bino va hududning qarorda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi. Qonuniy filiali mavjud universitetlarning litsenziyasida filial manzili ham koʻrsatib oʻtilgan boʻladi.

Ayrim nodavlat oliygohlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida boshqa viloyatda ham qabul ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyishi mumkin. Biroq bu holat universitet oʻsha viloyatda ham oʻqitadi, degan maʼnoni anglatmaydi.

Agar qaysidir nodavlat universitetning vakillari Sizga boshqa manzilda filiali borligini maʼlum qilsa, litsenziyadagi faoliyat manzili qismida oʻsha manzil ham koʻrsatib oʻtilganligini tekshirib koʻring.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 19:31:13
Back to Top
HTML Embed Code: