Telegram Web Link
⚡️Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi. - Prezident

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar oʻqitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika boʻyicha muallim tayyorlanmaydi. - Prezident

Taʼlim dasturlari eng ilgʻor mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayapti.

Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni oʻzlashtirishi, taʼlim sifatini taʼminlashi qay darajada ekani savol ostida.

Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga oʻtgani haqiqiy ahvolni koʻrsatdi.

Jumladan, oʻtgan yili 341 ming oʻqituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan boʻlsa, shundan 102 ming nafari imtihondan oʻta olmagani qayd etildi.

Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga oʻtildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz boʻlgani uchun ishga kira olmadi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy oliygohlar faoliyatiga keng yoʻl ochib berildi

Lekin ularda pedagogika yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgan talabalarning 70 foizi maktabgacha taʼlim, boshlangʻich taʼlim va filologiya boʻyicha tayyorlanmoqda.

Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglarni koʻpaytirmasak, IT, “yashil” energetika, “sunʼiy intellekt”, “yangi materiallar” kabi dolzarb sohalarga minglab kadrlarni qayerdan yetkazamiz?

Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi”, - dedi Prezident.


Ulardagi pedagoglar va talabalar bilimi tashqi diagnostikadan oʻtkaziladi. Shu orqali nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi talabasi eng ko'p davlat OTMlari qaysi?

Yuqoridagi jadvalga qaraganda, ba’zi davlat universitetlarida sirtqi ta’lim shakllida o‘qiyotgan talabalar soni hatto kunduzgi ta’limdagilardan ham oshib ketgan.

📌 Diqqat qilinsa, sirtqi va ikkinchi oliy ta’lim shakllariga talab juda yuqori. Ayrim OTMlarda bu shakllarda o‘qiyotganlar soni umumiy talabalar sonining yarmidan ko‘p!

✏️ Sizningcha, bu raqamlar nimani anglatadi? Ishlayotgan yoshlar soni oshgani uchunmi? Yoki bu ta’lim shakllari arzonroq va qulayroq bo‘lgani sababmi?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
🎁 Bugun go'liblar aniqlanadigan kun!

⭐️ Quyidagi kanallarga a’zo bo‘lish orqali Telegram Premium egasiga aylanishingiz mumkin!

👉 @nodavlattalim – nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
👉 @Axmadjanovuz – muallifning fikrlari

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ta’lim xizmatlarining bir qismi xususiy sektorga topshirilishi mumkin – Savdo-sanoat palatasi

Savdo-sanoat palatasi tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim tizimida bajarib kelinayotgan ayrim davlat xizmatlari bosqichma-bosqich bozorga yo‘naltiriladi.

Oliy ta’limda raqamli transformatsiya kuchayadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi xizmatlardan biri — o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilish, endilikda nodavlat tashkilotlar tomonidan bajariladi.

Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasi bo‘yicha malaka imtihonlarini kompyuterlashtirilgan shaklda o‘tkazish xususiy sektor bilan hamkorlikda olib boriladi.


Maktab ta’limida yangi bosqich
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Barkamol avlod” bolalar maktablarida STEAM yo‘nalishidagi to‘garaklar mazmunini takomillashtirish, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlari endilikda nodavlat subyektlar ishtirokida amalga oshiriladi.

Shuningdek, jurnal, gazeta, o‘quv-metodik majmualar va darsliklar nashr etish, vazirlik veb-sayti faoliyatini yuritish ham bozor mexanizmlariga o‘tkaziladi.


Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi ham xususiylashtiriladi
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim sharoitlarini yaratish, ularga sog‘lomlashtiruvchi ta’lim berish xizmatlari ham xususiy subyektlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.


Innovatsion rivojlanish agentligida keng islohotlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bir qator strategik vazifalarni xususiy sheriklar bilan birga amalga oshiradi. Jumladan:
– raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasidagi loyihalarni keng joriy etish,
– axborot tizimlari va telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish,
– kiberxavfsizlikni ta’minlash,
– davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish,
– ochiqlik va shaffoflikni oshiruvchi axborot resurslarini yaratish,
– ilmiy tashkilotlar uchun axborot tizimlarini ishlab chiqish.


👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori ko'tarildi

Oliy ta'limga kirish imtihonlari va o'qishni ko'chirish test sinovlarida qatnashish uchun bu yil abituriyent va "perevodchilar" 187 500 so‘m to‘lov qiladilar.

💵 O'tgan yili test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori 170 ming so‘mni tashkil etgan, bu yil bu miqdor 187 500 so'mni tashkil etmoqda.

Amaldagi tartibga ko'ra, test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM ning 50% miqdori to'lov amalga oshiriladi. O'tgan yili BHM miqdori 340 ming so'mni tashkil etgan. Bu yil BHM miqdori 375 ming so'mga ko'tarilgani sababli test sinovlarida qatnashish 187500 so'mni tashkil etmoqda.



🔰Quyidagi abituriyentlar to'lovdan ozod etilganlar:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ta'lim sohasida ikki muhim yangilik kutilmoqda!

1️⃣. O‘qishni ko‘chirish mavzusida o‘zgarishlar bo'lishi mumkin. Bu jarayon kimlar uchun osonlashadi, kimlar uchun murakkablashadi — hozircha noma’lum.

2️⃣. Nodavlat texnikumlar faoliyati bo‘yicha ham o‘zgarishlar tayyorlanyapti. Manbalarga ko‘ra, ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

📌 Rasmiy ma’lumotlar chiqishi bilan kanalda xabar qilamiz. Kuzatishda davom eting.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Talabalarga forma joriy etilmaydi” — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona “talaba formasi” joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.

“Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom” bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas”, deyiladi vazirlik xabarida.

P/S. Agarda loyiha kuchga kiradigan bo'lsa, har bir oliygoh ichki tartib-qoidalariga o'zgartirish kiritadi va forma ixtiyoriy-majburiy darajasiga ko'tarilishini maktab bolasi ham bilsa kerak.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xavfsizlik xizmatida (DXX) ishlash uchun quyidagi asosiy talablar keltirilgan:

1. Oliy ma'lumot: DXXga ishga kirish uchun oliy ma'lumot talab qilinadi. Ko'pincha yuridik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, harbiy fanlar, xorijiy tillar yoki boshqa tegishli sohalardagi mutaxassisliklar afzal hisoblanadi (harbiy xizmatni o'tagan bo'lishi kerak)

2. Maxsus tayyorgarlik: Nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan o'tishi kerak. Bu tayyorgarlik DXXning o'ziga xos talablari va faoliyat yo'nalishlariga mos keladi. Unda jismoniy tayyorgarlik, maxfiy ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati va xavfsizlik choralariga rioya qilish ko'nikmalari rivojlantiriladi.

3. Jismoniy va psixologik tayyorgarlik: DXXning ko'p vazifalari yuqori jismoniy va psixologik chidamlilikni talab qiladi. Nomzodlar tibbiy va psixologik ko'rikdan o'tishi lozim.

4. Qonunchilik va xavfsizlik sohasidagi bilimlar: Davlat xavfsizligi, jinoyat huquqi, konstitutsiyaviy huquq, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, hamda razvedka va kontrrazvedka faoliyatlari bo'yicha chuqur bilimlar talab qilinadi.

5. Maxfiylikni saqlash qobiliyati: DXX xodimlaridan yuqori darajada maxfiylik va davlat sirlarini saqlash qobiliyati talab qilinadi. Buning uchun maxsus ishonchlilik tekshiruvidan o'tkaziladi.

6. Tillarni bilish: O'zbek tilini mukammal bilish talab etiladi. Xorijiy tillar, ayniqsa, rus, ingliz, va boshqa strategik tillarni bilish katta afzallik hisoblanadi.

7. Xarakter va psixologik xususiyatlar: Xavfsizlik xizmati xodimlari yuqori darajadagi intizom, mas'uliyat, sinchkovlik va stressga chidamli bo'lishi kerak.

8. Ish tajribasi: Ba'zan boshqa davlat idoralarida, jumladan harbiy xizmatda yoki huquqni muhofaza qilish organlarida ishlash tajribasi afzal ko'riladi.

DXXga ishga kirish jarayoni qattiq seleksiya va ko'p bosqichli tekshiruvlarni o'z ichiga oladi, bu jarayonda har bir nomzodning yuridik, jismoniy va psixologik holati sinovdan o'tadi. Manba

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'tgan hafta davomida eng ko'p izoh qoldirib faol bo'lgan obunachilar rag'batlantirildi

Xabaringiz bor, "Nodavlat oliy ta'lim muassasalari" telegram kanalidagi postlar muhokamasida faol bo'lgan yoshlar har hafta rag'batlantirilishini e'lon qilgan edik. Har yakshanba kuni haftada davomida faol bo'lgan obunachilarimizni statistika yordamida aniqlab moddiy rag'batlantirilmoqda.

1-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2829&comment=696060
2-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2856&comment=707621
3-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2884&comment=726378
4-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2939&comment=739054
5-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2972&comment=748922

Siz ham izohlarda faol bo'ling! Keyingisi siz bo'lishingiz mumkin!

Telba-teskari yozilgan izohlar hisobga olinmaydi.
Faqat kanaldagi post izohlariga yozilgan koment hisoblanadi.
😀 Eng ko'p kontakt qo'shgan obunachilar ham g'olib deb topiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-YIL YAKUNI.pdf
206.9 KB
⚡️2024-yilda eng ko'p daromad korgan va xarajat qilgan oliy ta'lim muassasalari e'lon qilindi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ochiq ma'lumotlar sahifasida 2024-yilda Davlat oliy ta'lim muassasalarining 2025-yil 1-yanvar holatiga (2024-yil yillik) daromadlari va xarajatlari to'g'risida ma'lumot joylandi unga ko'ra eng ko'p daromad ko'rgan oliy ta'lim muassasalari beshtaligini quyidagi OTMlar egallagan:

1️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 927 mlrd. 472 mln. so'm
2️⃣ Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 574 mlrd. 587 mln. so'm
3️⃣ Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 475 mlrd. 869 mln. so'm
4️⃣ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 473 mlrd. 896 mln. so'm
5️⃣ Jizzax davlat pedagogika universiteti 423 mlrd. 929 mln. so'm

2024-yilda sof daromad ko'rgan oliy ta'lim muassasalarining top 5taligi:

1️⃣ Jizzax davlat pedagogika universiteti 76 mlrd. 169 mln. so'm
2️⃣ Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 54 mlrd. 256 mln. so'm
3️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 44 mlrd. 794 mln. so'm
4️⃣ Shahrisabz davlat pedagogika instituti 40 mlrd. 801 mln. so'm
5️⃣ "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti 38 mlrd. 300 mln.

2024-yilda xarajatlari daromadidan ko'p bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining top 5taligi:

1️⃣ Samarqand davlat universiteti -37 mlrd. 988 mln. so'm
2️⃣ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti -37 mlrd. 922 mln. so'm
3️⃣ Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti -36 mlrd. 993 mln. so'm
4️⃣ Navoiy davlat universiteti -32 mlrd. 902 mln. so'm
5️⃣ Urganch davlat universiteti -25 mlrd. 582 mln. so'm

Umumiy hisobda 2024-yilda Davlat oliy ta'lim muassasalari 11 trln. 953 mlrd. 243 mln. so'm daromad ko'rib 11 trln. 448 mlrd. 986 mln. so'm xarajat qilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy universitetlar sirtqi ta’limga o‘tirib qolmagan!

Kunuz'dagi suhbatda bir shaxs (ekspert ekan) sirtqi ta’lim haqidagi raqamlarni chalkashtirib, noto‘g‘ri xulosa bermoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xususiy OTMlarning yana yomonotliqka chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

"71 foiz sirtqi ta'lim talabalari xususiyda, 35 foizga yaqin davlat universitetlarida o‘qiydi", deydi ekspert.


Bu – noto‘g‘ri taqdim etilgan ma’lumot! Aslida rasmiy statistika butunlay boshqacha. Raqamlarga e’tibor bering:

Jami davlat va nodavlat OTMlarda 715 218 nafar sirtqi talaba bor. Shundan:

• 50,8% – xususiy OTMlarda,
• 48,7% – davlat OTMlarda,
• 0,5% – xorijiy OTM filiallarida tahsil olmoqda.

Raqamlar shuni ko'rsatmoqdaki, sirtqi ta’lim talabalari ulushi davlat va xususiy OTMlarda deyarli teng. Ya'ni, sirtqi ta’limni asosan xususiylar berayapti, degan tasavvur haqiqatdan yiroq.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hali ham talabasini Hemisga kiritmagan OTMlar bormi?

10-may kuni "Kimda sirtqi talaba ko‘proq?" mavzusida post e’lon qilganimizda, O‘zbekiston bo‘yicha 1 518 767 nafar talaba tahsil olayotgani haqida yozgandik. Ushbu raqam Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy saytida e’lon qilingan bo‘lib, u Hemis tizimi bilan bog‘langan. Ya’ni, tizimdan birorta talaba o‘chirilsa yoki qo‘shilsa, raqam darhol yangilanadi.

📌 Bugun esa biz saytga qayta nazar tashladik va statistikadagi raqam 1 519 164 nafarga yetganini ko‘rdik. Demak, oraliq davrda 397 nafar talaba tizimga qo‘shilgan.

Bu nimani anglatadi? Ayrim oliygohlar hanuzgacha talabalari haqidagi ma’lumotni Hemisga kiritmagan ko‘rinadi.Vaqt o‘tishi bilan bu raqam yana ortishi ehtimoldan xoli emas.

❗️Dekanatingizdan Hemisga kiritilganmisiz yoki yo‘q – shuni aniqlashtirib oling. Ertaga muammoga duch kelishingiz mumkin

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Murojaatlar (@nodavlatbot) botimizga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati innovatsion struktura tuzganligi haqida xabar kelib tushdi.

Tez orada ushbu zamonaviy biznes modeli bilan tanishtirib o'tamiz!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Majburiy obuna ortidan millionlar!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan innovatsion usulda innovatsion loyihaga qo'l urilgani haqida murojaat kelib tushdi.


Kuni kecha respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliygohlarga vazirlik axborot xizmati rahbari nomidan "Media Affairs" MCHJ tasarrufiga kiruvchi "Platina.uz" sayti, "Masofa ta'lim" va "Pressuzb" telegram kanallari bilan tijoriy (pullik) hamkorlik yo'lga qo'yish bo'yicha tavsiya xati yuborilibdi.

Ushbu xatga ilova qilib "Media Affairs" MCH rahbari direktori tomonidan 1-may sanasida Oliy ta'lim vaziri Q. Sharipovga yuborilgan TIJORIY hamkorlik yuzasidan tasarrufidagi barcha OTMlar bilan hamkorlik o'rnatishda amaliy yordam berishini so'rab yo'llagan murojaati ham ilova qilingan.

Bizga kelayotgan OTM vakillarining murojaatiga ko'ra, shundoq ham oliy ta'lim sohasidagi yangiliklarni beminnat va beg'araz yoritilayotgan bo'lishiga qaramay, endilikda bunga ham mablag' ajratilishi ko'pchilikning nafsoniyatiga tega boshlagan.


Matbuot kotiblarining oyligi 2 mln bo'layotgan vaqtda, pullik reklama berish qanchalik to'g'ri?

"1 mln 900 so'm oylik berishadi, moddiy texnik baza yoki qo'shimcha shtatlar uchun mablag' ajratilmaydi. Qo'limizdagi telefon bilan universitetda "rasmchi" degan nomdan ortig'iga erishmagan biz kabi matbuot kotiblarini oyligini ko'tarish o'rniga endi pul to'lab tadbirlarni yoritishimizni aytayotganlari g'azabimizni keltirmoqda. Undan ko'ra kunimizga arang yetadigan oylik maoshni ko'tarishsa bo'lmaydimi?" – deydi nomi sir qolishini istagan davlat OTMlaridan birining matbuot kotibi.

Endi haqli savollar tug'iladi?

1. Ta'lim sohasida ustun mavqega ega bo'lgan tashkilotning o'z tasarrufidagi muassasalarga soha yuzasidan tijoriy hamkorlik o'rnatish bo'yicha tavsiya berilishi qanchalik to'g'ri?
2. Nega aynan "Media Affairs" MCHJ bilan tijoriy hamkorlik tavsiya etilyapti, muqobil bir nechta takliflar ham ko'rsatilmayapti?
3. Bu yerda axborot monopollashishi, manfaatlar to'qnashuvi va boshqa qonun buzilishi holatlari yuzaga kelmayaptimi?


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️E’lon!

Oliy ta’lim sohasiga oid cheklanmagan miqdordagi murojaatlarni qabul qilamiz. Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanadi.

Jumladan, xalq hisobidan oylik olayotgan mas’ullardan ishiga vijdonan yondashishni, bir tomonlama advokatlik qilmaslikni so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun: @nodavlatbot

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 14:08:37
Back to Top
HTML Embed Code: