Telegram Web Link
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
#Qabul2025 ⚡️To’lov qilishni unutmang! Ertaga qabulning oxirgi kuni bo’lgani uchun testga kirishda to’lanadigan to’lovni ham ertadan kechiktirmay qilish kerak. Qabul tugagungacha to’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi! Imkon qadar to’lovni ham oxirgi…
#Qabul2025

*Qo'shimcha:

Joriy yil bitirganlar uchun to'lov talab etilmaydi. Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 187 ming 500 so'm miqdorida to'lov qilishi kerak. To'lov kechiksa, testga kiritilmaydi.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkentda muddatidan oldin iqtisodiyot universiteti talabasi boʻlish mumkin

Profi Universityda iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha qabul boshlandi:

🏦 Bank ishi va audit
📚 Buxgalteriya va audit
🌍 Iqtisodiyot
📈 Marketing

🎓 Nega Profi University'ni tanlash kerak?

1. Jahon standartlari darajasidagi ta'lim: dunyoning eng yaxshi universitetlari bilan qoʻshma diplom dasturi
2. Zamonaviy infratuzilma: Yotoqxona, laboratoriyalar va muvaffaqiyatingiz uchun resurslardan foydalanish imkoni.
3. Zamonaviy kasb egallash imkoniyatlari: Profi University karyera markazi ishga joylashishda qo‘llab-quvvatlaydi.

🔗 Hoziroq ariza bering va Profi University bilan muvaffaqiyatga erishing!
Saqlab qoʻying kerak boʻladi – Yil nomlari!

Majburiy blok savollarida tushadi
.

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”


2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanishi mumkin

Oʻtgan yili OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan 25-iyulgacha oʻtkazilgandi, bu yil ham sanalar oʻzgarishsiz qolishi mumkin, dedi Bilim va malakalarni baholash agentligidan Jamshid Odilov Kun.uz ga bergan intervyusida. Uning aytishicha, test sinovlari uchun binolar roʻyxati shakllantirilgan. Yakuniy qarorlar ariza topshirish yakunlanganidan keyin qabul qilinadi.

@mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Bugun qabulning so‘nggi kuni

Bugun, 25-iyun 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 676 149 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 594 046 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 66 745 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 13 560 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 798 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 317 278 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 358 871 nafar

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun
(25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Hurmatli abituriyentlar!

✔️ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

▶️ To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat siyosatida nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining o'rni qanday?

50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.


31-modda (Ta'lim to'g'risidagi qonun)
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.


Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y)
Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.


Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y)
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi.

Prezident farmoyishiga ko'ra, joriy yilda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi.


Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021)
Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.


Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y)
Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bilimni baholash agentligi ogohlantiradi

📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 Abituriyentlar bugun, soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. 26-iyundan boshlab ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

🔔 Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️ Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️ Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️ Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.


🌐 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.uzbmb.uz

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Perevodchilar diqqatiga!

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar xox xorijda o'qiyotgan bo'lsin, xox yurtimizdagi davlat yoki xususiy oliygohlarda tahsil olayotgan bo'lsin, ushbu post barcha toifaga tegishli.

15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Sizdan talab etiladigan asosiy hujjat transkript hisoblanadi. Siz ayni vaqtda o'qiyotgan semestrni to'liq yopolmasangiz yoki fanlardan qarzdorlik mavjud bo'lsa, yoxud semestr kechroq yakunlansa ham buning o'qishni ko'chirishga hech qanday ta'siri yo'q

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda qabul qilingan 393-sonli qaroriga asosan talaba o'qishini ko'chirishi uchun "birinchi kursning birinchi semestrdan qarzdorlik bo'lmasligi kerak". Bu degani qolgan semestrlardagi qarzdorlik muhim emas degani. Ya'ni siz nechanchi kurs bo'lishingizdan qat'iy nazar oxirgi semestrdan qarzdor bo'lsangiz ham o'qishingiz ko'chira olasiz. Bu qonunchilikda aniq va tiniq ko'rsatib qo'yilgan.

Ayrim xususiy yoki davlat oliygohlarining mutasaddilari tomonidan sizga oxirgi semestrda fanlardan qarzdorlik borligi bahonasi bilan "senga transkript berish mumkin emas, bermaymiz, perevod qila olmaysan" deb transkript bermaslik holatlari mutlaqo noqonuniydir.

⚠️ Agarda sizda shunday holat kuzatilsa, o'sha shaxsdan transkript bermasligi haqida yozma javob talab qiling. Agar shunda ham ta'sir qilmasa, kechiktirmay o'sha kunning o'zidayoq Prokuraturaga murojaat qiling. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

☝️ Yana bir masala, bu holat asosan xususiy oliygohlarda kuzatilmoqda ekan. Ular buni o'zining ichki tartib-qoidasi bilan izohlashyapti emish. Shuni yodda tuting-ki, har qanday ichki tartib-qoida yuqori turuvchi qonun hujjatlaridan ustun bo'la olmaydi, aksincha o'sha qonunlarga asoslangan holatda joriy qilinadi. Xususiy OTMlarning ham transkript bermaslik bo'yicha talablari ham mutlaqo NOQONUNIYDIR!

✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Qabul tugashiga 3 soatdan kamroq vaqt qoldi

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun soat 23:59

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kvota2025

⚡️Toshkent davlat yuridik universiteti qabul kvotasini e’lon qildi

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kvota2025

⚡️Fargona davlat universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul kvotasini e'lon qildi

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Abituriyentlar soni so‘nggi 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi

Joriy yil 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. To’lovlarni amalga oshirmaganlar hisobiga testga kiruvchilar soni yanada kamayishi aniq.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵‍♂️ erkaklar — 346 ming 299 nafar;
👩🏻‍🔧 ayollar — 386 ming 112 nafar.

Agar oxirgi 7 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin:
▪️2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
▪️2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
▪️2021-yil — 948 ming 211 nafar;
▪️2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
▪️2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
▪️2024-yil — 894 ming 279 nafar;
▪️2025-yil — 732 ming 411 nafar.

Eslatma: abituriyentlar test uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni 23:59 ga qadar amalga oshirishlari kerak.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi

Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi.

🇺🇿 Prezident granti stipendiyasi talabaga oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.


✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat va nodavlat OTMlar diplomi o'rtasida farq bormi?

O'zbekistonda litsenziya asosida faoliyatini olib borayotgan har qanday xususiy oliygoh beradigan diplom, davlat oliygohi beradigan diplom bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Bazi davlat universitetlari tomonidan bilib-bilmasdan xususiy universitetlarni raqobatchi sifatida ko'rganligi uchun yoki dushman ko'zi bilan qaraganligi uchun aholi o'rtasida xususiy universitetlar diplomi o'tmaydi degan salbiy fikrni tarqatishga harakat qilyapti. — Rasul Kusherbayev


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ruxsatnomalar berish qachon boshlanadi?

JAVOB: abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish muddati o’tgan yildagidan katta farq qilmaydi. O’tgan yili kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar 3-iyul kuni, test uchun ruxsatnomalar esa 9-iyul kuni e’lon qilingan edi.

Joriy yilda ham taxminan shu kunlarda boshlanadi. Abituriyentlar soni joriy yilda kamligini hisobga olsak, balki biroz avvalroq chiqib qolish ehtimoli ham yo’q emas.

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NODAVLAT OLIYGOHLAR HAQIDA!

So'nggi vaqtda xususiy oliygohlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ko'pchilik ushbu oliygohlarda o'qish qanchalik ishonchli ekanligi haqida so'rashadi, bugun manashu mavzuga to'xtalamiz.

Nodavlat oliygohlarning davlat oliygohlaridan afzalliklari:

– Xususiy oliygohlarda ta'lim sifati davlat oliygohlaridan kamida 2 baravar yuqori;
– Xorijlik o'qituvchilar, yuqori malakaga ega noyob pedagoglar;
– Darslarning chet tilida olib borilishi;
– Bakalavr daraja bilan birgalikda chet tili o'rganish imkoniyati;
– Ayrim oliygohlar ta'lim davrida IELTS darajasini ham kafolatlaydi;
– Zamonaviy o'quv auditoriyalari va zamonaviy sharoit-muhit;
– Qattiqqo'l o'quv tizimi;
– O'qishga kirishning nisbatan osonligi;
– Deyarli ta'lim davrida ish topish, ayniqsa xorijiy davlat yoki xorijiy kompaniyalardan ish topishning osonligi.

☝️ Aslida moliyaviy imkoniyati ko'targan kishilar nodavlat oliygohlarda o'qiganlari yaxshi. Sababi u yerdagi ta'lim tizimi sizni o'sishingizga majbur qiladi, sohangizni va til o'rganasiz. Xorijiy va mahalliy yirik kompaniyalarga ishga kirishga oliygohlarning o'zi sizga ko'maklashadi. Xullas nodavlat OTMlarda o'zaro raqobat borligi sababli ham ular talaba va sharoitlarni juda yuqori qilishga harakat qiladi. Agarda moliyaviy imkoniyatingiz ko'tarsa xususiy oliygohlarda o'qing, ko'tarmasa davlat oliygohlarida.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 16:07:43
Back to Top
HTML Embed Code: