Telegram Web Link
#TarixFakulteti_90 #Jarayon

Rektor Tarix fakultetidagi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi


O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Tarix fakultetiga tashrif buyurib, fakultetning 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni universitetda “O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetiga 90 yil: ta’lim va fan markazi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Tashrif davomida rektor yangidan jihozlangan va ertaga tantanali ravishda ochilishi mo‘ljallangan Arxeologiya kafedrasi o‘quv xonasi bilan ham tanishdi. Mazkur xonada tashkil etilgan maxsus ekspozitsiyada miloddan avvalgi birinchi mingyillikdan to XVIII asrgacha bo‘lgan tarixiy yodgorliklar namoyish etilgan.

Inom Madjidov tayyorgarlik jarayonlarini yuqori baholab, mas’ullarga tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11😁3🔥2👏2
#Sport #BeshTashabbus

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi mini futbol musobaqasi yakunlandi


🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan mini futbol musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

⚽️ Musobaqa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratildi. Unda barcha fakultetlar jamoalari o'z jismoniy mahoratlarini namoyon etishdi.

🏆Musobaqa natijalari quyidagicha:

🥇 1-o‘rin: Taekvondo va sport faoliyati fakulteti;
🥈 2-o‘rin: Ijtimoiy fanlar fakulteti;
🥉3-o‘rin: Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti.

🎖Gʻolib va sovrindor jamoalar diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

#MiniFutbol #Sport_klubi

Biz shu yerdamiz:
🌐 Verb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4👏4👍1
2025/10/21 21:50:07
Back to Top
HTML Embed Code: