Telegram Web Link
#MarifatUlashib

O‘zMUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’rifiy uchrashuv o‘tkaziladi.

📰 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori, “Do‘stlik” ordeni sohibi To‘lqin Eshbekning yangi “Jadidlar javhari” nomli dostonlar va she’rlar to‘plami taqdimot qilindi.

Mazkur ma’rifiy uchrashuvda atoqli ijodkorlar, adiblar, universitet professor-o‘qituvchilari, Jurnalistika va o’zbek filologiyasi fakulteti olimlari, talaba-yoshlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Dadaxon Yoqubov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayit, "Muhamad Yusuf fondi" rahbari, "Oltin qalam" gazetasi bosh muharriri Nazira as-Salom, adib Abdulla Ayizov, shoira Gulchehra Shahobiddin qizi hamda shoir Shodi Otamurodovlar universitetda mehmon bo’lishdi.


Batafsil 👉 nuu.uz

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥83👍1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tarix_90 #Yubiley

O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti 90 yoshda

🇺🇿 O‘zMU Tarix fakulteti soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Fakultet bitiruvchilari orasidan 10 dan ortiq akademik, ko‘plab davlat mukofotlari sohiblari, ilm-fan namoyondalari yetishib chiqdi.

Ushbu maskan bugungi kunda nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyoda ham tarix fani rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan salohiyatli ilmiy markaz hisoblanadi.


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥93👍2
#Tashrif #TTJ_Ijara

TTJ va ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olinmoqda


2025/2026-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga tashriflari bo‘yicha reja-grafigiga muvofiq fakultet dekanlari hamda tegishli mas'ullarning talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Jahongir Jabborov, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Komil Inakov, universitet hamda tegishli hudud profilaktika inspektorlari bilan birgalikda Olmazor tumanidagi ijara xonadonlarida bo'lib, talabalar bilan muloqot qilishdi.

Mas'ullar ijara xonadonlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari hamda talabalarning yashash sharoitlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥3👏3
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

Tarix fakulteti 90 yoshda!

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining 90 yillik yubileyi munosabati bilan "O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti 90 yoshda: ta’lim va ilm-fan markazi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda. Barchani taklif etamiz!

📍O'tkazilish joyi: O‘zbekiston Milliy universiteti, rektorat (1-qavat), Axborot-resurs markazi
⏰️Vaqti: 2025-yil 17-oktabr, soat 10:00 da boshlanadi.

💼Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plamini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

KONFERENSIYA MATERIALLARI TO'PLAMI

➡️Konferensiyada quyidagi ZOOM manzili orqali ham ishtirok etish mumkin:

https://zoom.us/j/85350713228
Identifikator: 85350713228
Kod: 442568


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2😁2🎉1
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

O‘zbekiston Milliy universitetida Maxtumquli Firog‘iy ijodi va falsafasiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi


Bugun, 16-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan universitet bilan hamkorlikda “Maxtumquli – dunyo mutafakkiri va uning falsafasining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shadurdi Meredov, diplomatik korpus vakillari, olimlar, o‘qituvchilar, talabalar, shuningdek, adabiyotshunoslik va madaniyatlararo muloqot sohasidagi ekspertlar ishtirok etdi.

Insonparvarlik merosi zamonaviy dunyo uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk turkman shoiri va faylasufi Maxtumquli Firog‘iy tadbir qatnashchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning shoirning tinchlik, adolat va o‘zaro hurmat haqidagi dolzarb g‘oyalari aks etgan “Maxtumquli – tinchlik mutafakkiri” kitobiga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1
2025/10/21 12:12:21
Back to Top
HTML Embed Code: