Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Olmazor tumanida joylashgan “Mirzo Gʻolib” mahallasida istiqomat qiluvchi talabalarning ijara xonadonlariga hamda universitetga qarashli talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.

#Rektor #Tashrif #TTJ #Ijara

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👏5😁42👍2
#DavlatTili #21Oktyabr

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Adiblar xiyobonida tadbir bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlab Adiblar xiyobonida O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🔺Tadbirni universitet birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev ochib berib, barcha professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi. U o‘z chiqishida davlat tilining milliy o‘zlik va ma’naviyatni yuksaltirishdagi o‘rni hamda yoshlar zimmasidagi ulkan mas’uliyat haqida so‘z yuritdi.

🔺Bayram dasturida talaba-yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, milliy raqslar namoyish qilindi hamda Vatan, til va millat madhiyasi bo‘lgan she’rlar jo‘shqinlik bilan o‘qib eshittirildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🤩3
#DavlatTili #OmmaviyDiktant

Davlat tili bayrami munosabati bilan ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi


🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universitetida “Ona tilimizning istiqboli: taraqqiyot, tafakkur va texnologiyalar asrida” mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda universitetning turli fakultetlaridan yuzlab talabalar faol ishtirok etdi. Diktant matni zamonaviy tafakkur va texnologiyalar asrida ona tilimizning tutgan o‘rni va istiqboli haqida bo‘lib, ishtirokchilarga til boyligimizni chuqur anglash va uni to‘g‘ri qo‘llash imkonini berdi.


🔻Diktant tanlovi bir nechta muhim maqsad va vazifalarni qamrab oldi. Jumladan, talabalar orasida savodxonlik va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, ona tiliga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash, davlat tilining ijtimoiy hayotdagi nufuzini oshirishga xizmat qildi.

Yakuniy natijalar:

🥇1-o‘rin – Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Jahongirova Mohina Javlon qizi;
🥈2-o‘rin – Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Saidova Muslima Xisrav qizi;
🥉3-o‘rin – Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Fayzullayev Doniyor Sirojiddin o‘g‘li.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1👏1
2025/10/22 21:16:05
Back to Top
HTML Embed Code: