Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi tashabbusi bilan “G‘aniyeva Ma’rifat Habibovnaning ilmiy maktabini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🙏2🔥1👏1
O‘zMUda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrash maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

🔺Uchrashuvda universitet rahbariyati, yoshlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi mas’ullar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari ishtirok etdi.

🔺Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti rektor maslahatchisi Jahongir Jabborov, Din ishlari bo'yicha qoʻmita mutaxassisi Jahongir Meliqo'ziyev talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ma’ruza bilan chiqish qildi.

🔺Uchrashuv davomida talabalarning savollariga javob berildi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1
#AkademikAloqalar #IlmChegarasiz

Qozog‘istonlik olimalar universitet magistrantlariga ma’ruza o‘qimoqda


🇺🇿🇰🇿 Ayni kunlarda Qozog‘istonning Turon universiteti (Almati) professor-o‘qituvchilari Laura Baytenova va Saule Tusupovalar O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib turibdi. Mehmonlar Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetida Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasining magistratura bosqichi talabalari uchun ma’ruzalar o‘qimoqda.

🗣“Mashinali tarjima texnologiyalari” hamda “Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP)” fanlaridan tashkil etilayotgan darslar joriy yilning 23-oktyabr sanasidan 23-dekabr kuniga qadar davom etadi. Bugun olimalarning dastlabki ma’ruzalari bo‘lib o‘tdi.

🗣Shuningdek, fakultet bilan hamkorlikda ilmiy, o‘quv va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
“Islohotlar bilimdoni” tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida professor-o‘qituvchilar, pedagog xodimlar va talabalar ishtirokida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🗣 Tanlov ishtirokchilari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqur anglash, ularning mazmun-mohiyatini targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda faollik ko‘rsatish bo‘yicha bilim va tajribalarini namoyish etdilar.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etildi:

“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”;
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”;
“Eng yaxshi tyutor”;
“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”;
“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi”.

Birinchi prorektor rahbarligidagi hay’at a’zolari ishtirokchilarning chiqishlarini baholab, g‘oliblarni aniqladilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, o‘z fidoiyligi, tashabbuskorligi va islohotlarga daxldor faoliyati bilan ajralib turgan universitet jamoasi vakillari g‘olib deb topildi.

👉 Tanlov natijalari

Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan ishtirokchilar Respublika bosqichida universitet sha’nini himoya qilishadi. Ularga keyingi bosqichda omad tilaymiz.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
2025/10/24 16:24:04
Back to Top
HTML Embed Code: