Telegram Web Link
#DavlatTili #21Oktyabr

Talabalar turar joylarida o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etilmoqda


21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti talabalari yashovchi qarashli 6-sonli talabalar turar joyida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev ochib, barcha professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarni ushbu sharafli sana bilan samimiy tabrikladi. U o‘z chiqishida davlat tilining milliy o‘zlik va ma’naviyatni yuksaltirishdagi o‘rni hamda yoshlar zimmasidagi ulkan mas’uliyat haqida ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra Tarix fakulteti dekani Alisher Muminov o‘zbek tilining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi, davlat tili maqomi berilish jarayonidagi murakkabliklar hamda bugungi kunda til siyosatini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
#TurizmFestivali #ArnasoyJilosi

"Arnasoy jilosi": O‘zMU talabalari tomonidan Jizzaxda turizm festivali o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida “Arnasoy jilosi” nomli talaba-yoshlar turizm festivali tashkil etishdi. Sayohat va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘zida jamlagan ushbu festivalda universitetda tahsil oluvchi xorijlik talabalar ham faol ishtirok etdi.

Festival doirasida turli madaniy dasturlar — kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar, mushoira bahslari, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yini va tabiat qo‘ynida tashkil etilgan ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur tashrif mahalliy va xorijiy talabalar uchun O‘zbekistonning go‘zal maskanlaridan biri — Arnasoy tumani bilan bevosita tanishish, shu orqali madaniy va ilmiy almashinuv tajribasini boyitish imkoniyatini ham taqdim etdi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😁1🎉1🤩1
2025/10/24 17:26:33
Back to Top
HTML Embed Code: