Telegram Web Link
#TurizmFestivali #ArnasoyJilosi

"Arnasoy jilosi": O‘zMU talabalari tomonidan Jizzaxda turizm festivali o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida “Arnasoy jilosi” nomli talaba-yoshlar turizm festivali tashkil etishdi. Sayohat va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘zida jamlagan ushbu festivalda universitetda tahsil oluvchi xorijlik talabalar ham faol ishtirok etdi.

Festival doirasida turli madaniy dasturlar — kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar, mushoira bahslari, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yini va tabiat qo‘ynida tashkil etilgan ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur tashrif mahalliy va xorijiy talabalar uchun O‘zbekistonning go‘zal maskanlaridan biri — Arnasoy tumani bilan bevosita tanishish, shu orqali madaniy va ilmiy almashinuv tajribasini boyitish imkoniyatini ham taqdim etdi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😁1🎉1🤩1
#XalqaroAnjuman

O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro konferensiya ish boshladi

“Materialshunoslik va muhandislik” 13-xalqaro konferensiyasi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Coalesce Research Group xalqaro tashkiloti hamkorligida 2025-yil 22–24-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjumanni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berdi. Unda 50 dan ortiq xorijiy mamlakat vakillari ishtirok etib, materialshunoslik va muhandislik yo‘nalishlarida nazariy hamda amaliy muammolar, zamonaviy texnologiyalar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.

Ilmiy hamkorlikni kengaytirish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda institut direktori Sharifa Utamuradova Coalesce Research Group tomonidan taqdirlandi.

Konferensiyaning yakuniy kunida ishtirokchilar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutidagi Katta Quyosh Pechiga tashrif buyurib, ilg‘or materiallar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishadilar.


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

Ilmiy meros va zamonaviy ijtimoiy muammolar: G‘aniyeva Ma’rifat Habibovna ilmiy maktabi doirasidagi mulohazalar


2025-yil 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi tashabbusi bilan “G‘aniyeva Ma’rifat Habibovnaning ilmiy maktabini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi, Itimoiy fikr – jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, O‘zbekiston nogironlar assoatsiyasi va “Yuksalish” harakati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir yakunida ilmiy maktabni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi va ijtimoiy soha mutaxassislarini tayyorlashda yangi yondashuvlarni joriy etish zarurligi ta’kidlandi.


Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi tashabbusi bilan “G‘aniyeva Ma’rifat Habibovnaning ilmiy maktabini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1👏1🙏1
2025/10/23 02:19:08
Back to Top
HTML Embed Code: