Telegram Web Link
#Sirdaryo_ilg’or_innovatsiyalar_hududi

⚡️Hozirda Sirdaryo viloyatida xizmat safaridamiz.

1-avgustdan buyon yurtimiz boʻylab davom etayotgan OTM muassalariga kirish imtihonlari Sirdaryo viloyatida ham oʻtkazilmoqda. Viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari jarayonlariga tashrif buyurish chogʻida u yerdagi ochiqlik va shaffof jarayonlarini koʻzdan kechirmoqdamiz. Jarayonlarda, abituriyentlarning ota-onalari uchun alohida kutish zallari tashkil qilingan bo’lib, u yerda imtihon topshirish maydonchasini onlayn tarzda video translyatsiya orqali tomosha qilish imkoniyatlari yaratilgan.

Shu bilan birga, xizmat safarimiz mobaynida, viloyatni innovatsion hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Sirdaryo biznes akseleratoriga tashrif buyurdik va u yerda tashkil etilgan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish banki bilan tanishdik. Shuningdek, hududdagi bir nechta tijoratlashtirish loyihalari va ularning natijadorligini oʻrgandik, loyihalar samaradorligini oshirish boʻyicha zarur koʻrsatma va takliflarni berdik.
👍13🍾1😈1
⚡️Sirdaryo viloyatini “Ilgʻor innovatsiyalar hududi”ga aylantirish boʻyicha ishlar jadal davom etmoqda.

9-avgust kuni Sirdaryodagi innovatsion hududga aylantiriladigan Boyovut tumani va Yangiyer shahriga tashrif buyurdik va amalga oshirilayotgan yangi innovatsion loyihalar bilan tanishdik, yangi ishlanmalar asosida qoʻshimcha daromad topish boʻyicha masalalarni muhokama qildik.

Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda zamonaviy investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, salohiyatli kadrlar uchun yangi ish oʻrinlari ochilmoqda.

Agentlik tomonidan Sirdaryoda alohida ishchi guruh tashkillashtirilgan va mahalliy hokimiyat vakillari, tadbirkorlar bilan birgalikda yangi innovatsion ishlanma va loyihalarni amalga oshirish boʻyicha har bitta tuman bilan tizimli ravishda ishlar tashkillashtirilmoqda.
👍122
🔺Kosmosga tijorat parvozlari yangi reallikning bir qismiga aylanmoqda.

Virgin Galactic kosmik kompaniyasi uchta sayyoh bilan suborbital parvozni amalga oshirdi va yerga muvaffaqiyatli qaytardi.

Samolyot bortida Parkinson kasalligiga chalingan 80 yoshli britaniyalik Jon Gudvin bo‘lgan - u koinotda bo‘lgan eng keksa Britaniya fuqarosi bo‘ldi.
Undan tashqari ekipaj tarkibiga Keysha Shahaf va uning qizi Anastasiya Mayers kirgan, ular xayriya lotereyasida uchish huquqini qo‘lga kiritgan.

Bu kompaniyaning ikkinchi tijorat reysidir. 2023-yil iyul oyida u Italiya Milliy tadqiqot kengashi muhandisi Pantaleone Karluchchi va ikki italiyalik havo kuchlari ofitserlari Valter Villaday va Anjelo Landolfi ishtirokida uchirishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🆒2
🎓Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida qaysi universitet 12-yildan beri 1-o’rinni qo’ldan boy bermay kelayotganini bilasizmi?
Anonymous Poll
30%
Garvard universiteti
11%
Oksford universiteti
51%
Massachusets Texnologiya Instituti
8%
Stendford universiteti
👍5
2025/07/10 13:41:44
Back to Top
HTML Embed Code: