Kaliforniya va Alkimyogar yoʻli.
“Orzuni amalga oshirish — bu sayohatdir.” — Paulo Koeloning “Alkimyogar” asaridan
Oʻtgan hafta davomida Kaliforniyaning sokin tongida yurib, Alkimyogardagi Santiyago obrazini esladim. U orzusi ketidan sahrolar, shaharlar va begona yuraklardan oʻtadi. Uning yoʻli unga nafaqat xazina, balki oʻzini anglashni olib keladi.
San-Fransisko ham menga bir orzuning ifodasi boʻlib tuyulyapti — bilim, innovatsiya va imkoniyatlar shahri. Bu yerda har bir koʻcha, har bir kampus, har bir inson biror hikoyani aytadi. Goʻyo Santiago kabi men ham bu yerda oʻzimni yangidan kashf etyapman.
Alkimyogar menga shuni oʻrgatdi: orzuni izlash – bu faqat manzil emas, balki yoʻlning oʻzidir. Silokon vodiysi esa aynan shu yoʻlning navbatdagi bekati. Kitobni oxirini eslangda, menda ham huddi shunday boʻladigandek.
Siz oxirgi marta qaysi orzu ortidan sayohat qilgansiz?

👍18❤8😢4🔥3🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilmga targʻib qiluvchi loyihalarimizni keng ommaga kreativ taqdim qilishni reja qildik. Koʻrib turibsiz, ajoyib chiqqan!
#Backstage
#Backstage
⚡22❤8🔥6👍5😁1
Stenford, orzular va yengilmaslik!
Asror Arabjonov va Muhammadayub akalarning suhbatini ko'rishni tavsiya qilaman. Ayniqsa, endi o'qishga kirmoqchi bo'lganlar uchun foydali deb o'ylayman.
https://www.youtube.com/watch?v=pqY9Z7M10Us
Asror Arabjonov va Muhammadayub akalarning suhbatini ko'rishni tavsiya qilaman. Ayniqsa, endi o'qishga kirmoqchi bo'lganlar uchun foydali deb o'ylayman.
https://www.youtube.com/watch?v=pqY9Z7M10Us
❤7👍2
Networking
Yaqin-yaqingacha “networking” deyilganida asosan chet eldagi mutaxassislar, tadbirkorlar yoki yetakchilar bilan tanishishni tushunardim.
Ammo aslida bizga eng katta yordamni, haqiqiy maslahatni va eng samarali hamkorlikni o'z yurtimizni, o'z maktabimizni, va o'z tizimimizni boshdan kechirgan vatandoshlarimiz bera olishini anglayapman.
Yana bir narsa chet eldagi vatandoshlarimiz aksariyati O'zbekistonni juda qattiq yaxshi ko'rishadi. U yerdagi har bir voqeani kuzatishadi va imkon bo'lganda yordamga tayyor. Bu narsa juda katta imkoniyat va bundan oqilona foydalanish va kuchlarni bir yerga to'plash kerak. Shunda biz juda ko'p ishlarni amalga oshira olamiz.
Yosh talaba bo'lsangiz qanday konferensiya, forum yoki tadbirga borar ekansiz birinchi navbatda O'zbekistonliklar bilan salomlashing, tanishing va suhbatlashing. Networkingni o'zimiznikilardan boshlash kerak.
Men ham Kremniy Vodiysida oʻzimiznikilar bilan gaplashib har kuni cheksiz energiya olayapman.

🔥13👍3❤2
Forwarded from Stenford Kundaligi
Izohlarda ko‘pchilik menga “siz o‘zingiz qaysi qadriyatlarni tanladingiz?” deb yozishdi. Bugun shu savolga javob bermoqchiman.
Bu qadriyatlar bir kunning ichida paydo bo‘lmagan. Ular yillar davomida hayot o‘rgatgan saboqlar, xatolar, sinovlar, ilhom va chuqur mulohazalar ichida shakllangan. Hozirgi kundagi har bir qarorim, tanlovim, yo‘nalishim mana shu qadriyatlarga suyanadi.
Birinchisi — yetakchilik (Leadership). Men uchun yetakchilik lavozim yoki buyruq berish emas. Bu — og‘ir paytda orqaga chekinmaslik, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish. Chin yetakchi kerak bo’lsa o’z halovatidan voz kechib, qolganlarning farovonligi uchun o’z hayotini bag’ishlaydi. Bu qadriyatni hayotimda his qilganman. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlari va xalqqa xizmat yo‘lida qabul qilgan jasoratli qarorlaridan katta ilhom olganman. Prezident jamoasida ishlash imkoniga ega bo‘lganim, yetakchilikni kitoblardan emas, amalda ko‘rishimga sabab bo‘ldi. Aynan shu tajriba meni dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenfordda bilim va tajribamni chuqurlashtirishga undadi.
Ikkinchi qadriyat — jasorat (Boldness). Ko‘pchilik “qanday bo‘larkin deb kuzatadi”. Lekin birinchi qadamni kimdir qo‘yishi kerak. Men uchun jasorat — bu “men boshlayman” deyish. Bu shunchaki tavakkal qilish emas, og’ir sinovga ham chin qalbdan tayyorlanib javobgarlikni zimmasiga olishdir. Hayotimdagi eng katta o‘zgarishlar aynan shunday qadamlar bilan boshlangan. Jasorat bo‘lmasa, hech narsa o‘zgarmaydi.
Uchinchisi — sevgi (Love). Bu faqat iliq hislar emas, bu yurak bilan yashash va har bir harakatga mehr qo‘shishdir. Men chin yurakdan ish qilmasam, ichimda halovat bo‘lmaydi. Sevgi — odamlarni tinglash, tushunishga harakat qilish, ularga borlig‘ing bilan mavjud bo‘lish. Ayniqsa, bu qadriyat men uchun oila orqali yanada chuqur ma’no kasb etgan. Oila — bu sadoqat, sabr va mehr maktabi. Men oilamdan sevishni o‘rgandim. Faqat gap bilan emas, vaqt, e’tibor va harakat bilan.
To‘rtinchisi — donishmandlik (Wisdom). Bu ko‘p kitob o‘qish emas. Bu hayotni his qilish. To‘xtab, chuqur nafas olib, oqibatni oldindan ko‘ra bilish. Men uchun donishmandlik — bu shoshilmaslik, odamlarni hukm qilmaslik, sabr bilan tinglash, keyin mulohaza qilish. Bu qadriyat menga barqarorlik beradi, ichimni tinch qiladi. Yillar davomida eng to‘g‘ri qarorlarim aynan shu holatda tug‘ilgan.
Mana shu to‘rt qadriyat — yetakchilik, jasorat, sevgi va donishmandlik — mening harakatlarimga yo‘l ko‘rsatadi. Har safar yangi qaror oldida turganimda, o‘zimdan so‘rayman: bu qadriyatlarimga to‘g‘ri keladimi?
Siz ham shu savolni o‘zingizga bering. Chunki qadriyatlar insonni boshqalardan ustun bo’lishga emas, qalbingizdagi, ichingizdagi o’zlikni, kuchni anglashga xizmat qiladi, sabab bo’ladi.
@stanford_kundaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Edinburgdagi talabalik kunlarimni esga oldim. Stenfordni piyoda, velosiped va mashinda yurib yanada yaxshiroq oʻrganyapman.
🔥6