Telegram Web Link
“YouTube’ni sotmagan bo‘lardim!”

— “Agar yana 20 yoshingizga qaytish imkoniyati bo‘lsa, nima qilgan bo‘lardingiz?”
— “YouTube’ni sotmagan bo‘lardim!” deb javob berdi Steve Chen, YouTube asoschilaridan biri.

U shunday deb davom etdi: “Hozir qancha harakat qilmay, YouTube’dan kattaroq bir ish qilishimga o‘zim ham ishonmayman.”

Steve Chen bilan uchrashuv juda qiziqarli o‘tdi. U YouTube’ning yaralishi va rivojlanishi haqidagi ko‘plab yaratilgan hikoyalar aslida haqiqatga uncha to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tdi. iPhone uchun dastlabki YouTube ilovasini Apple’ning o‘z muhandislari ishlab chiqqanini, Yaponiya va Janubiy Koreya qanday qilib kontent yaratishga moslashganini, hamda boshqa qiziqarli tafsilotlarni aytib berdi.

Mongoliyalik ishtirokchining: “Qachon Mongoliyada Ads (reklama) yoqiladi?” degan savoliga u oddiy va aniq javob berdi: “Kutmang, Ingliz tilida kontent yarating — siz uchun shu foydaliroq bo‘ladi.”

Eng ta’sirli jihati esa, u shunday dedi:

“Qayerga bormay, ‘men YouTuber bo‘laman’ degan orzudagi yoshlarni ko‘rsam, mendan baxtli odam yo‘qdek tuyuladi.”
Haqiqatan ham, agar sen yaratgan mahsulot bir necha avlodni, ularning dunyoqarashini va global tendensiyalarni o‘zgartirgan bo‘lsa — bundan ortiq baxt yoʻq.

Shunday do‘stlar, ingliz tilida kontent yaratishni hozirdan o‘rganinglar. Bu siz uchun nafaqat imkoniyat, balki kelajak eshigini ochuvchi kalitdir.
1🔥208👍2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak shu yerda doʻstlar.
👍91😁1
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Dronlarni eski zamondagi ot minishga o'xshatishibdi. Qo'shilaman shu fikrga. Otlar ham, dronlar ham ikki maqsadda ishlatilishi mumkin: harbiy va fuqaroviy. Fuqaroviy maqsadlarda otlarni ko'proq ishlatgan jamiyatlar, keyinchalik otlarni ishlatmagan jamiyatlardan urushlarda ustunroq bo'lgan ekan. O'zbekistonda ham, o'nlab mingta odam dronlarni fuqaroviy maqsadlarda ishlatmasligi va muntazam qo'llamasligi, menimcha juda katta xavfsizlik masalasi.
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dronlar shunchaki oʻyinchoq emas.

Kanton koʻrgazmasida kichik bir oʻyinchoq dronni sinab koʻrganimda, bu narsaning oddiy oʻyinchoq emasligini tushundim. Bu kichik qurilmalar orqasida katta kelajak, texnologiya, va imkoniyatlar yotibdi.

Xitoyda taqdim etilgan bu dron va robotlar 10-14 yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan. Ya’ni ular bolalikdan texnologiyani oʻrganishsin, aerodinamika va muvozanatni his qilsin, muhandislikka mehr qoʻysin, degan maqsad yotibdi menimcha.

Dronlar bu faqatgina suratga olish vositasi emas. Ular logistika, qishloq xoʻjaligi, ekologiya, harbiy soha, hatto qutqaruv xizmatlarida ham muhim rol oʻynaydi. Kelajakda bu sohalarda yetakchi boʻlishni istasak, bolalarimizni bugundan shu texnologiyalar bilan tanishtirishimiz kerak.

Oʻyinchoqdek koʻrinayotgan bu texnologiyalar aslida kelajakka muhim tasir qiluvchi vositalar boʻlishi aniq.

PS: Bu videoni Xitoyda, Guanjoda olganman.
🔥51
Forwarded from Mutolaa
😎 Yangi trend boshlaymiz!


— Qaysi kitoblarni o’qigansiz?

Rasmda belgilab, izohlarga yuboring.

Mutolaa ilovasini yuklab oling
👍21
Forwarded from Paiziev24
Бугун Силикон водийсида стартап қураётган дўстларимиз билан бизнинг уйда йиғилдик. Қандай қилиб кўпроқ ёшларни стартап қуришга ва Силикон водийсига жалб қилиш мумкинлиги ҳақида гаплашдик.

Кеча Стэнфорднинг SEP дастурида ўқиётган қозоғистонлик ва қирғизистонлик иштирокчилар билан учрашдим. Қозоғистондан 12 нафар, Қирғизистондан 2 нафар, Ўзбекистондан эса фақат 1 нафар инсон ўқимоқда. Келаси йил бу дастурга кўпроқ ватандошларимиз келишлари керак.

@paiziev24
6👍3
Bugungi yigʻin va mehmondorchilik uchun Akmal akaga alohida rahmat.

Har bir vatandoshimiz hikoyasi oʻzgacha. Bularni eshitar ekanman tadbirkorlik ruhiyati bor va shijoatli insonlarni toʻxtatib boʻlmasligiga yana bir bor amin boʻldim. Ayniqsa Mavlonbek va Azamatning startup boshlash tarixi juda qiziq ekan. Bu haqida alohida yozaman. Sizlarga ham aniq qiziq boʻladi.
👍5🔥43
Bugun Qozogʻistonlik doʻstimiz, Silkroad Innovation Hub asoschisi Asset aka bilan samimiy suhbatlashdik. Koʻp fikr almashdik, kelajak rejalari haqida gaplashdik. Shunday insonlar bilan doʻstlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash har doimgidan ham muhim.

Markaziy Osiyo agar birlashsak, bu mintaqadan global miqyosda yangiliklar, loyihalar va startuplar chiqishi aniq.

Yaqinda oʻqib tugatgan sevimli kitobimni muallifning imzosi bilan sovgʻa sifatida olish juda iliq tuygʻu boʻldi! Bu qadrli sovgʻa uchun Asset akaga katta rahmat!
85👍2
Bugun Robert E. Siegel “The System Leaders” kitobi muallifi maruzasida ishtirok etdim.

To‘g‘risi, hali bu kitobni o‘qishga ulgurmadim, lekin maruza davomida aytilgan fikrlar va real hayotiy misollar ancha ta’sirli bo‘ldi, yaqin orada bu kitobni albatta mutolaa qilish niyatim bor.

Tizimli fikrlash, murakkab muammolarni hal qilish va liderlik haqida o‘ziga xos yondashuvlar bilan tanishish men uchun juda foydali bo‘ldi.

“The System Leaders” — endi navbatdagi o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatimda.
13👎1🙏1
Startuplar uchun eng muhim ikkita narsa: Tezlik va Moslashuvchanlik.

Tezlik — bu sizning raqobatchilardan oldin harakat qilish qobiliyatingiz. G‘oya yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin uni birinchi bo‘lib amalga oshirgan yutadi. Kechikish = yo‘qotish.

Moslashuvchanlik — bu o‘zgarayotgan bozorda o‘zingizni tezda qayta ixtiro qilish qobiliyatingiz. Mijozlar istagini eshita olish, signalni anglab, yo‘nalishni o‘zgartirishga tayyor bo‘lish muvaffaqiyat kalitidir.

Biz shu ikki muhim narsaga amal qilishga harakat qilayapmiz. Mutolaa'da yangiliklar ko'p. Tez orada e'lon qilib boramiz.
🔥52👍2🏆1
2025/10/20 07:30:04
Back to Top
HTML Embed Code: