Shanba va yakshanba kunlari San-Fransiskoda yashayotgan yurtdoshlarimiz bilan bir dasturxon atrofida samimiy suhbatlashdik va ko‘pchilik bilan yaqindan tanishdik.
Yurtdan yiroqda bo‘lsak-da, aynan shunday uchrashuvlarda birdamlik va mehrni his qiladi odam. Kelgan barchaga katta rahmat! Nasib qilsa yaqin yillarda koʻplab yoshlar million dollarlik kompaniya va startuplar tashkil qilishsa ajab emas!

❤12👍4🙏1
Mutolaa platformasida yangiliklar davom etmoqda!
Nasib qilsa, yaqin kunlarda Mutolaa’da kitobxonlik tanlovlari bo‘yicha katta dasturni e’lon qilamiz.
Bu tanlovlar orqali nafaqat ko‘proq kitob oʻqishga rag‘batlantiramiz, balki oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun ajoyib tizim yaratamiz.
Hozirda Mutolaachi tanloviga qoʻyilgan “Oʻtkan kunlar” asarini 88 ming odam oʻqimoqda. Albatta bu son hammasi tanlov orqali emas lekin bu kabi tanlovlar oʻqivchilarga odat shakllantirishga va “nega aynan shu asarni hozir oʻqishim kerak?” degan savolga javob topishga yordam boʻla olayapti.
Kuzatishda davom eting — sizni qiziqarli syurprizlar kutmoqda!

1❤12🙏1
Forwarded from Stenford Kundaligi
⚡️Muloqot soat 10:00da boshlanadi.
Izohlarda yozilgan eng mazmunli, ko'pchilikka foydasi tegadigan savollarga javob beraman.
Muloqotga qo'shilish: https://www.tg-me.com/stanford_kundaligi?livestream

Telegram
Stenford Kundaligi
Stenford Universiteti atrofida qurilgan Kremniy Vodiysi hamda O‘zbekiston yoshlarining global bozordagi o‘rni haqida yozib boruvchi kanal
Muallif: @alisher_sadullaev
Muallif: @alisher_sadullaev
Turkmanistondan tanishlarim uncha koʻp emas edi. Kuni kecha Silkroad Innovation Hub’da Turkmanistonlik doʻstlar bilan uchrashdik. Uchrashuv davomida loyihalarimiz haqida fikr almashdik.
Stenford tibbiyot maktabida ishlaydigan asli Turkmanistonlik Serdar aka Mutolaaga alohida qiziqib, Turkman tilidagi kitoblarni ham qoʻshishni taklif qildilar. Bunga investitsiya kiritishga ham tayyor ekanligini aytib oʻtdi. Aloqadamiz balki bu ham oʻziga xos yoʻnalish boʻlar.

❤6👍5🔥2
“Bu hududga kirish sizni Kaliforniya shtatiga ma'lum bo'lgan saraton va tug'ma nuqsonlar yoki boshqa reproduktiv zararga olib kelishi mumkin…” deb Stenford Yashil kutubxonasi (Green Library) eshigiga yozib qoʻyishibdi.
Juda muxtasham va katta bu kutubxona oʻziga xos auraga ega. Men ichkariga kira olmadim, faqat talaba va tadqiqotchilar uchun ochiq ekan. E’tiborimni tortgan yozuv boʻyicha kutubxonachidan soʻradim. Keyin albagga ChatGPTdan:
“Stenford kampusidagi ko‘plab tarixiy binolarda, jumladan Green Libraryda ham asbest mavjud bo‘lishi mumkin. Asbest — issiqlikka chidamli mineral tolalar, tarixan turli qurilish materiallariga, jumladan devor ploxtalari, vinil pollar, gazlar izolyatsiyasi va shtukaturlarga aralashgan bo‘ladi.
Muammo shundaki, agar bu materiallar buzilsa asbest tolalari havoga tarqaladi, nafas orqali o‘pka ichiga tushadi va uzoq muddatga ta’sir qilsa, asbestoz, o‘pka saratoni yoki mezotelioma kabi og‘ir kasalliklarga olib kelishi mumkin. Buzilmagan asbest materiallari sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi, faqat buzgunga holat xavfli hisoblanadi. Tegishli ta’mirlashlar oldidan mutaxassislar tomonidan xavfsizlik chorasi ko‘riladi.“
Bu yerda risk 0.01 % boʻlsa ham qonun boʻyicha shunday yozuv turishi kerak ekan😅. Menimcha biroz oshirib ham yuborishadi bazida.

❤4🔥3🙏1
Ukam va doʻstim Sherzodbek Garvardga oʻqishga kiribdi.
Buni eshitib juda xursand boʻldim. Yana bir quvonarli xabar esa oʻqish davomida oʻz bloglarini yuritishni reja qilayotgan ekan. Kuzatib borishni tavsiya qilaman.
Oʻzingiz yoki yaqinlaringiz TOP universitetda oʻqishini istasangiz albatta oʻsha yerda oʻqiyotgan vatandoshlarimizni kuzatib boring. Sizga koʻp ma’lumot va motivatsiya berib borishadi.
Sherzodbek, sizga faqat omad!
Kanalga qoʻshilish

Sherzod Omonov
📍 Garvard huquq maktabi — LL.M.
🇺🇸 AQShdagi hayot | Talabalik | Shaxsiy tajriba
-El-yurt umidi jamg'armasi stipendianti 2024
-Toshkent davlat yuridik universiteti 2022
-Global UGRAD 2021–22 finalisti
-TOEFL iBT – 110

❤10👍6
Bu yerda Innovatsiyalar va startuplar haqida qiziq maqolalar berib borilyapti. Menimcha bu sohaga qiziqadin yoshlar uchun ajoyib manba.
Maqolani oʻqir ekanman, bu sohada “expert” tushunchasini oʻzi yoʻqligi haqida oʻylab qoldim. Rostan ham. Kelajakni bashorat qilish boʻyicha biror fan yoki mutaxassislik yoʻq. Bu boʻyicha aniq mezonlar ham mavjud emas. Demak bu yerda nazariy jihatdan hammaning imkoniyati deyarli teng. Kimdir shunga ishonib, harakat qiladi va dunyoni oʻzgartiradi ayni vaqtda qolganlar “bu men uchun emas” deb boriga rozi boʻlishadi.

#SEPnotes
Uilliam Barnett: Daholik manbayi 1/2
Qo‘shni stoldagi yigit kunbotarga qarab, jiddiy ohangda do‘stiga “Yaqinda hamma narsa yagona tarmoqqa ulanadi” dedi. Men esa bu donishmand tondan narilab, boshqa joyga o‘tdim. Rosewood bari Sand Hill Road’dagi…

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
San Fransisco bilan xayrlashmadik. Yaqin orada yana koʻrishamiz. Vatan va oila sogʻinchi jondan oʻtib ketdi😅
❤3
2 kg goʻsht - jonli reklama
Aziza Korzinka Go’dan oziq-ovqat buyurtma qilishni juda yaxshi ko‘radi. Odatda hamma narsani tez va sifatli yetkazishadi. Ammo bu safar nimagadir 1 kg go‘sht yetib kelmabdi.
Ayolim “Go‘shtni tez yuboringlar, ertalab mehmonlarim bor edi, endi nima bo‘ladi?” deb e’tiroz bildirgan. Hazil aralash gap bo‘lsa-da, Korzinka jiddiy qabul qilibdi.
Natijada ular faqat yetishmagan 1 kg go‘shtni emas, qo‘shimcha yana 2 kg go‘sht va ilikli suyaklar bilan birga yetkazishgan, ustiga-ustak noqulaylik uchun samimiy uzr ham so‘rashgan.
Uyga kelsam, Aziza bu voqeani rosa maqtanib gapiryapti. “Mana, Korzinka xaridorlarni eshitadi, uzr so‘raydi va ustiga sovg‘a ham beradi” deb, menga, onamga, va tanishlarga aytib berayapti.
Shunda tushundimki, Korzinka oddiy bir xatoni ijobiy PR ga aylantiribdi. Bunday hikoyali reklamani millionlab pul sarflab ham o‘ylab topish qiyin, kerakli auditoriyaga yetkazish esa undan ham mushkul.
Mana, men ham bu voqeani o‘zimning kanal orqali ulashib, ularga bepul reklama qilib berayapman. Demak, brendning eng yaxshi reklama agentlari – uning qoniqarli mijozlari ekan.
O‘zimga savol berdim: Mutolaa’da kitobxonlar shunday reklama qilishlari uchun men nima qilayapman?
Bu haqida jiddiyroq o‘ylashim kerak
PS: rasmda Safiya bilan Korzinkadan taruv olayapmiz.

❤22👍5😁2🔥1