Telegram Web Link
Stanforddan ishga qaytib oldik.

Safardan so‘ng Mutolaa jamoamiz bilan yig‘ilib, o'tgan oyda qilgan ishlarimiz va oldinda kutayotgan rejalani ko'rib chiqdik. Nasib qilsa Mutolaa'da keyingi katta yangiliklarni e'lon qilamiz.

Birinchi o'rinda albatta Premium va Marketda yangi asarlar ko'payadi. AI funksiyalari — Mutolaani sun'iy idrok bilan butunlay boshqa darajaga olib chiqamiz. Dastlabki ishlanmalarni tez orada sizlar bilan bo‘lishaman.

O'yinlashtirilgan tizim — Mutolaani har kunlik odatga aylantirish uchun qiziqarli va rag‘batlantiruvchi o‘yin elementlari qo‘shamiz.

Tanlovlar — kitobsevarlar uchun ajoyib yangiliklar tayyor. Shu hafta update berganimizda tanlov tizimini sinab ko'rasiz. Endi kitobxonlik yo'nalishida doimiy tanlovlarni nafaqat o'zimiz balki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab, shu madaniyatni rivojlantirishni reja qilganmiz.

Sizningcha ilovamizda yana nimalarga alohida e'tibor berishimiz kerak? Izohlarda yozib qoldiring.
👍64🔥1
Bugun Samarqand shahrida Mutolaa taqdimotini oʻtkazyapmiz.

Bu yerda volontyor boʻlib xizmat qilayotgan yoshlar — haqiqiy olov! 🔥 14-15 yoshli oʻquvchilarning ingliz tili darajasi, muomala madaniyati va orzu-maqsadlari havas qilsa arziydi.

Ularning asosiy maqsadi — TOP universitetlarga kirish. Gaplashib, ulardan bir dunyo energiya oldim!
👍95🔥3
Forwarded from Mutolaa
Mutolaa endi startaplarga investitsiya qiladi!

Mutolaa kitobxonlik va bilim ekotizimini rivojlantirish bilan birga, yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Biz endi startaplarga investitsiya qilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni boshlaymiz.

Maqsadimiz — ijodiy g‘oyalarni kashf etish, innovatsion loyihalarni rivojlantirish va Markaziy Osiyodan global bozorga chiqa oladigan startaplarni yaratishga hissa qo‘shish.

Agar sizda kuchli g‘oya yoki rivojlanayotgan startapingiz bo‘lsa, tez orada biz e’lon qiladigan dastur orqali ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.
3👍1
IMEI dan roʻyhatdan oʻtish juda qiyin va tushunarsiz. 4-5 marotaba harakat qildim. 18 ta qadamdan keyin ishingiz bitishi kerak. Yarim soat harakat qildim va ishim bitmadi. Ilovasi ham va sayt ham bor va ular juda chalkash. Sizda qanday tajriba boʻlgan?
Mutolaa'da keyingi katta innovatsiya nima bo'ladi?

Bu maqolani oʻqir ekanman oʻylab qoldim, Mutolaa’ni kuchli jihati o'zi nimada? Bu savolga bir nechta asosiy narsani sanash mumkin lekin eng muhimi - sifatli va koʻp ovozli audiokitoblar.

Hozirda sun'iy intelekt orqali kitoblarni audiolashtirishni sinab ko'rayapmiz. Birlamchi ishlanmalarni tayyorlab, test tariqasida ilovaga joyladik ham. Izohlar turlicha, kimdir maqtagan bo'lsa kimdir audiokitoblarni odamlar o'qishini va sun'iy idrok qatnashtirmaslikni so'rashgan.

Biz bu yerda keskin innovatsiya qilib, barcha kitoblarni sun'iy idrok orqali o'qitishdan yiroqmiz. Aksincha, uzluksiz innovatsiyalarga urg'u berib, sekin-asta yangiliklarni joriy qilib boramiz. O'ylaymanki, tez orada ovoz modellari shu qadar kuchli bo'ladiki, biz uni qay biri haqiqiy qay biri sun'iy ekanini ajratolmay ham qolamiz. Bu aniq. Shu vaqt kelguncha biz innovatsiyalar ustida ishlashdan to'xtamaymiz.
1👍93
Forwarded from Mutolaa
“Najot ta’lim” va “Mutolaa” hamkorligi — tez kunda…

🤝 Bugun “Mutolaa” jamoasi va “Najot ta’lim” brendi asoschisi Temurbek Adhamov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida davomiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, birgalikda yangi tanlovlarni ommaga taqdim qilish muhokama qilindi.


🎉 Tez orada katta yangilikni e’lon qilamiz…

Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Watch the highlights from our Uzbekistan UK Alumni Networking and Learning event organised by the British Council and the British Embassy in Tashkent on 21 September 2024!

Don’t forget to register for this year’s face-to-face Uzbekistan Alumni UK Learning and Development Day.

🗓 Date: 4 October 2025
📍 Venue: To be confirmed
✍️ Registration closes on 24 September

Register via the Alumni UK platform.

Invitations will be sent via email closer to the event.

#AlumniUK

🔵 | 🔵 British Council Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍1
Forwarded from Mutolaa
🎊“Yosh kitobxon” tanlovida qatnashib “BYD” yutib olishni xohlaysizmi?

O’zbekistonda minglab yoshlar “Yosh Kitobxon” ko’rik-tanloviga qatnashishni xohlashadi. Tanlovda yiliga millionlab yoshlar ro’yxatdan o’tadi, lekin tanlov qanday holda, qanday bosqichli va qanday murakkablikdagi savollardan iboratligini bilishmaydi. Bu uchun ishonchli, tizimli va ishonchli mavjud emas…


Biz sizga ajoyib sovg’a tayyorlaganmiz!

😊 “Mutolaa” ilovasida “Yosh Kitobxon onlayn” sinov testi ishga tushirildi.
Biz kitobxonlar uchun tanlovni online ko’rinishini ishlab chiqdik. Endi u bilan “Yosh kitobxon” tanlovida g’olib bo’lish juda oson. Qanday qilib deysizmi?

• “Yosh Kitobxon” tanlovini real muhitini his qilish
• Ekspertlar tuzgan topshiriq va savollar
• 140 ta kitob — 10 000 dan ortiq testlardan foydalanish imkoniyati
• Reytingni bilib borish, o’zini baholash imkoniyatlariga ega bo’lasiz.

Eng muhimi, “Yosh Kitobxon onlayn” sinov testi orqali haqiqiy tanlovni muhitini to’liq his qila olasiz.

📍Bugun, 20:00 da aynan shu yerda bilib olishingiz mumkin:

https://youtu.be/HXrCaRUv14U

Mutolaa ilovasini yuklab oling
Forwarded from Ulug'bek Creative🚀
🇩🇪🚀GerminGo - Kun startapi.

Ikkita jiyanim Nemis tilini o'rganib ta'lim olishga Germaniyaga ketishgan (Magdeburg, Berlin) shu sababdan Nemis tilini o'rganish, unga bo'lgan talabdan xabarim bor.Ayniqsa oxirgi yillarda turli dasturlar sabab yanada ommalashdi.Bugungi startap esa mijozning birato'lasi 3ta muammosini yechmoqchi : O'qitish, Baholash, Germaniyaga yuborish.

Sinab ko'rdim online platformada darslar bor, testlar bor, 430ta to'lab o'rganayotganlar bor (yomon emas) bu esa oylik 100 000 000 so'mdan ortiq daromad degani.Asoschisi Saidolimxon aytishicha AI instrumentlarni qo'shib yanada samarali tizimga aylantirishmoqchi.Hozircha startup boostrapda (kompaniya o'zi topgan pulga yashamoqda), endi pitch qilib investitsiya olib tezroq rivojlanib, bozorda liderga aylanishmoqchi.Ularning yutuq taraflaridan biri nemis tilini bilganlarga aksar holatda oliy ta'lim bilimi yetsa bepul.

Kuzatamiz GerminGo qanday o'sishini.

@ulugbekcreative
1👍5
Tasodifiy uchrashuv

Oʻtgan hafta dam olish kuni ayolimga kitob olib beray, bahonada yangi ochilgan kitob markazini koʻrib kelaman dedim. Huzur kitob do‘konida kitob qaray turib gapdan gap chiqdi va juda qiziq bir tasodif yuz berdi Huzur Nashriyoti rahbari Otabek Tillayev bilan tanishib qoldim. Oʻzimni tanishtirgan vaqtim, sizni taniyman deb qoldilar. Ochigʻi kutmagandim. Oʻzi ishdan tashqari zoʻrgʻa vaqt topib, ayolim meni doʻkonga olib kelgan edi, u yerda ham ish boʻyicha qizgʻin suhbat boshlanib ketdi. Otabek aka bilan kitobxonlik, nashriyot ishlari va umuman kitoblar haqida suhbatlashib qoldik. Juda maroqli va samimiy uchrashuv bo‘ldi.

Toʻgʻrisi, akaning ishiga boʻlgan mehri va ish sifatini qattiq ushlashi meni ularga boʻlgan hurmatimni karrasiga oshirdi. Kitoblarning qogʻoz sifati, shrifti, muqovalari va boshqa kichik detallari ham mehr bilan qilingan.

Nasib qilsa tez orada Mutolaaga Huzur nashriyotining ham kitoblarni joylaymiz.
Ushbu nashriyotning qaysi kitoblarini oʻqigansiz?
🔥93👍2
A New Journey Begins

Over the past few years, I have been deeply curious about startups — how they grow, how they solve problems, and how they shape the future. This journey recently took me to Stanford and Silicon Valley, where I had the chance to see firsthand how companies are built and how investors back bold ideas.

For a long time, I thought there weren’t enough good ideas, or that I didn’t have enough capital. But my time at Stanford reshaped my perspective. I realized that even small actions, when consistent and purposeful, can multiply and create real impact.

That is why today I am excited to share a personal milestone: I have decided to start investing in startups. From my own savings, I will begin my journey as an angel investor.

This is not just about money. It is about supporting founders, empowering bold ideas, and contributing to the growth of our startup ecosystem.

Every big journey begins with a small step. Today, I am taking mine 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥18👍43😁1🌚1
Forwarded from Stenford Kundaligi
#SEPnotes

So'ngi haftalarda Stenforddagi eng tajribali professorlardan biri Uilliam Barnett (William P. Barnett)ning darslaridan postlar yozdim. Ularni quyidagi havolalar orqali o'qishingiz mumkin:

- "Discovering Strategy" (1-qism)
- "Building Advantages" (2-qism)
- "Building Advantages" bobidan asosiy gʻoyalar (3-qism)
- "Daholik manbayi " (4-qism; 1/2)
- "Daholik manbayi" (4-qism; 2/2)
- "Kompaniyani kengaytirishda qanday omillar muhim?" (5-qism)
- "Leading Organizational Change" (6-qism)
- "Leading by Design" (7-qism)

Keyingi postlarimda, Stenforddagi yana bir eng tajribali va o'zining "Venchur Zehniyati" ("The Venture Mindset") nomli kitobi bilan mashhur bo'lgan professor, Ilya Strebulaevning darslari haqidagi postlar bilan ulashib boraman. Fikrlaringiz hamda qo’llovingiz bu jarayonda men uchun juda muhim.

Ilya Strebulaev haqida qisqa ma'lumot:

Ilya Strebulaev Stanford’ning Venture Capital Initiative dasturiga asos solgan va uning direktoridir. U 70 dan ortiq ilmiy maqola va tadqiqotlar muallifi bo‘lib, AQSh va Yevropadagi eng yirik venchur fondlari hamda startaplarga maslahatchi sifatida ham faoliyat olib boradi. Uning ishlari Harvard Business Review, The New York Times, Wall Street Journal va Financial Times kabi nufuzli nashrlarda chop etilgan.
4👍2🏆2
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar!

Bugun yurtimiz hayotidagi eng ulugʻ sanalardan biri – Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni. Bu kun bizning erkinlik, ozodlik va kelajak sari dadil qadam tashlash ramzimizdir. Sizni ushbu qutlugʻ bayram bilan tabriklayman!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
11👍6🔥4
Amerikadagi tanishimiz va do'stimiz o'z loyihasiga xodim, Service Partner Coordinator qidirayotgan ekanlar. Qiziq bo'lsa aloqaga chiqib ko'rsangiz bo'ladi.

Lokatsiya: Toshkent (vaqti-vaqti bilan ofis/uchrashuvlar)
Ish vaqti: To‘liq bandlik
Kompaniya: Bizi — texnologiyalar orqali xizmatlarni soddalashtiruvchi innovatsion loyiha

Talablar:
- Texnologiyalardan foydalanishda erkinlik
- Yaxshi muloqot qobiliyati
- Mas’uliyatli va tezkor harakat qiladigan
- Ofisdan tashqarida ham ishlashga tayyor (yuzma-yuz uchrashuvlar bo‘ladi)
- O‘zbek va rus tillarida ravon so‘zlasha olish; ingliz tili bo‘lsa, bonus!

Biz nima taklif qilamiz?
- Tez rivojlanayotgan startap jamoasida ishlash imkoniyati
- Har bir fikring muhim bo‘lgan muhit
- O‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi va bonuslar
- Rivojlanish va o‘sish imkoniyati

Contact: @IFarrukh
🔥5
“Qamar” kitoblar do‘koning yangi filiali ochilmoqda!

Shu munosabat bilan menga taklifnoma yuborishibdi. Nasib qilsa oilaviy boramiz. Bunday kitob doʻkonlari yana koʻp boʻlishini va rivojlanishini juda xohlayman.

Kitob do‘koni – bu faqat savdo joyi emas, balki insonlarni birlashtiradigan, ijod va yangi fikrlar makoni. Yangi filial kitobxonlar uchun koʻproq tanlov imkoniyati va qulaylik demakdir.

Menimcha, bu qadam kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. “Qamar” doʻkonidagi doʻstlarimizga faqat omad!
👍8🔥51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob doʻkoni ochilishida shu qadar koʻp odam. Naqadar goʻzal!
👍18🔥53
Yangi kitobni boshladim.
15👍7🔥2
2025/10/19 21:04:55
Back to Top
HTML Embed Code: