Telegram Web Link
Mutolaa Korporativ — bu jamoangiz uchun kitob o‘qishni tizimli tashkil qiladigan va nazorat qiladigan ajoyib instrument. 3000 dan ortiq kitoblar va 20 ga yaqin funksiyalar bitta xizmatda!

Ushbu xizmat orqali siz:
- Xodimlaringizni kitoblar orqali muntazam o‘qishga jalb qilasiz
- Jamoangiz rivojlanishini tizimli tashkil qilasiz
- Xodimlaringizni rag‘batlantirasiz va ularni o‘sishga yordam berasiz
- Natijalarni nazorat qilib, aniq o‘sishni ko‘rasiz

Kitob shaxsiy va professional rivojlanishning eng ishonchli manbai bo'lsa,
bu jarayonni amalga oshirishda Mutolaa Korporativ oson, qulay va samarali yechimdir.

Mutolaa'da bu oyga Piter Tilning va Bleyk Mastersning "Noldan birga" kitobini tanladik.
9🔥4🏆4👍2
Forwarded from Mutolaa
🤝 Qadriyatlar birlashtiradi!

“Mutolaa” loyihasi hamda “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!


🇺🇿 Hamkorlik doirasida jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, bolalar adabiyoti sohasini rivojlantirishga alohida dastur tayyorlash va bir qancha boshqa istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

🎉 Ushbu memorandum imzolanishi kitobxonlik targʻibotida muhim qadamlardan biri boʻlishiga ishonamiz va “Milliy Tiklanish” demokratik patsiyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.

Telegram | Instagram | Ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1
"Hozir ketsang, o‘qishdan haydalasan!"

Shu videoni ko'rib esimga tushdi. Litsey paytlarida bizni paxtaga jo‘natishgan, butun litsey borardik. Noyabrga kelib dalada paxta qolmaganidan keyin ham bir hafta chamasi dalada bekor yurganmiz. Mayda qor yog‘a boshlagachgina "otboy" berishgan va shunda qaytgandik. Vaqtliroq qaytsak bo‘ladimi, deb so‘raganimizda direktorning: "Hozir ketsang, o‘qishdan haydalasan!" degan do‘q urgani hanuz esimda. Haqiqatdan ham 3 oy davomida dars bo‘lmagan edi. Shu paxtaga chiqish majburiyati sabab ham ko‘pchilik maktabdan keyin shahardagi litseylarga kirishga intilardi.

Ammo shahar ham yechim bo‘lmadi. Universitetda o‘qiyotganimda, ikkinchi kursda edim shekilli, yana paxtaga olib borishdi. Bu safar uch oy emas, atigi ikki haftada qaytganmiz. Universitetda endi hech kim do‘q qilmagan, chunki kontrakt to‘lab o‘qirdik-da 😌 Lekin baribir paxtaga chiqishga to‘g‘ri kelgan. Bularning hammasi bor gap.

Xudoga shukur, hozir bunday narsalar faqat tarixda qoldi. Endi bizdan faqat bilim olish talab qilinadi aslida ham shunday bo‘lishi kerak.
👍6🔥52
Angel investorlar guruhiga qo'shilayapmiz.
👍111
krisp_summary.txt
4.7 KB
Startup boshlamoqchi bo'lganlar uchun birinchi ko'rilishi kerak bo'lgan videolardan. Ingliz tilida videoning qisqa xulosasini ham jo'natib qo'yayapman.

https://youtu.be/Th8JoIan4dg?si=0aP2FVwp97im6rIC
3🔥2
Forwarded from Xushnudbek.uz
🤖 Kitobxonlikning yangi davri: Mutolaa’da sun’iy idrok (AI)

Millionlab kitoblarni bir vaqtda oʻqib, siz bilan suhbat qura oladigan suhbatdosh “Mutolaa” safida!

😊Mutolaa” ilovasida elektron va audiokitoblar soni 4000dan oshib, ular 3 million kitobxon tomonidan 10 million marta oʻqildi! Ilova kitoblar oʻqish uchun qulayligi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.

🤖 Endi esa “Mutolaa” ilovasiga “AI suhbatdosh” funksiyasi ham qoʻshildi va siz u bilan:

• Sevimli kitobingizni birgalikda muhokama qilishingiz;
• Oʻzingizni qiziqtirgan savollarga tezkor javob olishingiz;
• Asardagi qahramonlar, gʻoya va ramzlarni chuqurroq anglab olishingiz mumkin.

Bu sun’iy idrokning oʻziga xosligi shundaki, AI suhbatdosh kitoblardan kelib chiqib, faqatgina ular haqida suhbatlashadi. Ishonamizki, bu yangi imkoniyat sizni yanada ko‘proq kitob o‘qishga va o‘z ustingizda ishlashga ilhomlantiradi.

😊 Mutolaa ilovasini yuklab oling

Ta’lim granti
doirasida ijtimoiy reklama.

👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Edinburg Universitetida keyin o'zimni loyihalar boshqaruvi, startup va turli g'oyalar ustida ishlashda sinab ko'rayapman. Natija yomon emas. Germaniya, Amerika va boshqa xorijiy davlatlarda turli tadbirlarda, kurs va seminarlarda qatnashdim. Qo'shimchasiga, yaqinda angel investor sifatida ilk qadamlarimni qo‘yishga vaqt va jurat topa oldim. Shuncha shovqin va to'polon kamdek tuyilyapti, nimadir yetmayapti, balki qo'shimcha stressdir🌝.

Shunga o'ylab turibman, uch yillik ta'lim tanaffusidan so‘ng, yana o‘qishga qaytsamikkan. Bu safar O'zbekistondagi "chet el"ni ya'ni Toshkentdagi Webster Universitetida MBA dasturini tanlashni o'ylab turibman. Nima deysizlar?

Ariza topshirib qo'ydim. Kelisha olsak o'qivoraman.
👍134
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥166😁2
Bank va Ma’rifat Forumiga oʻziga xos taklifnoma keldi.

Tashkilotchilarga alohida rahmat. Albatta jamoamiz bilan birgalikda boramiz. Nasib qilsa ertaga 11:00’da “Mutolaa” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtadi, barchangizni kutib qolamiz!

Forumda yarmarkalar, loyihalar taqdimoti, turli xil dasturlar, ijodkorlar bilan uchrashuv va she’riyat kechalari o‘tkaziladi. Bugundan boshlab forumga tashkif buyurib, ishtirokchiga aylanishingiz mumkin.

Manzil: Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi.
👍4🔥2
10 ta muhim savol. Agar siz o'z startupingizni boshlashni reja qilayotgan bo'lsangiz albatta o'qing!

1. Sizda Founder–Market Fit bormi? (jamoangiz uchun to‘g‘ri g‘oyani tanlash)

2. Bozor qanchalik katta?

3. Muammo qanchalik keskin? (kimdir bunga haqiqatdan qiziqadimi?)

4. Sizda raqobatchilar bormi? (ko‘p yaxshi startup g‘oyalari raqobatchilarga ega bo‘ladi)

5. O‘zingiz mahsulotni ishlatishni xohlaysizmi?

6. Bu yaqinda amalga oshadigan yoki zarur bo‘lib qolgan narsami?

7. Bu biznes uchun yaxshi alternativ bormi? (to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi bo‘lmagan)

8. Bu ustida yillar davomida ishlashni xohlaysizmi?

9. Bu biznes masshtablash mumkin bo‘lganmi?

10. Bu yaxshi g'oya yo'nalishmi? (kelajakda katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi muhim)

Bularni quyidagi videoda oldim, qiziq bo'lsa to'liq ko'ring: https://www.youtube.com/watch?v=Th8JoIan4dg&t=1602s
🔥83
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
Nega Kremniy vodiysi “Kremniy vodiysi” deb ataladi?

Bugun dunyoning eng yirik texnologiya markazi sifatida tanilgan Silicon Valley nomining ildizi oddiy bir element — kremniy (silicon)ga borib taqaladi. Lekin nega?

Mikrochiplar asosan kremniy moddasidan yasaladi. Shu sababli, 1950–60-yillarda bu hududda yaratilgan chip sanoati butun vodiyning brendiga aylandi.

Endi Mur qonuni haqida gaplashsak. Intel asoschilaridan Gordon Mur 1965-yilda chipdagi tranzistorlar soni har 18–24 oyda ikki baravar ko‘payishini kuzatgan buni e'lon qilgan.

Natijada:

- Chiplar kuchliroq va arzonroq bo‘ldi

- Kompyuterlar va smartfonlar ommalashdi

- Startaplar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi

Hozirda Mur qonuni faqat mikrochiplarni emas Kremniy vodiysining innovatsion ruhiyatini, tezkorlik va jadallik belgilab berdi:

Xulosa qilsak, Kremniy vodiysi faqat geografik joy emas. U — Mur qonuni bilan shakllangan tezkor innovatsiya madaniyatidir. Qachon boramiz Kremniy vodiysiga?
8👍2
2025/10/19 18:12:52
Back to Top
HTML Embed Code: