Telegram Web Link
#yosh_ekolglar
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

♻️"Qayta ishlanadigan chiqindilardan qayta foydalanish" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

⚡️Bugun Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabimizda ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrash va chiqindilardan oqilona foydalanish maqsadida “Qayta ishlanadigan chiqindilardan qayta foydalanish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
🌱Tadbir davomida o‘quvchilar chiqindilarning tabiiy muhitga ta’siri, ularni qayta ishlashning ahamiyati hamda kundalik hayotda chiqindilarni kamaytirish yo‘llari haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘quvchilar tomonidan plastmassa, qog‘oz va metall chiqindilardan yaratilgan turli bezak buyumlari, maketlar va amaliy ishlar namoyish etildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarda ekologik tafakkurni rivojlantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirildi.

✍️Oqqorg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish
👉 😎 Telegram 😎Instagram 🌐 Facebook 😎YouTube 🕸WebSayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#chellenj

O‘zbek tilim 36 yoshda

Toshkent viloyati Oqqoʼrgʼon tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida
"21-oktabr O‘zbek tiliga" Davlat tili" maqomi berilgan kun munosabati bilan chellenj o‘tkazildi
.

✍️Oqqorg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish
👉 😎 Telegram 😎Instagram 🌐 Facebook 😎YouTube 🕸WebSayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda ham sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi.

Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.

O‘tgan yili Sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida mazkur soha bilan ishlaydigan alohida markaz tashkil etildi.

Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi (dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin).

Facebook|Instagram|X
#Жараён #Process #Процесс
#Оққўрғон

Ҳар бир мурожаат – эътиборда!

Жорий йилнинг 21 октябр куни Оққўрғон тумани Бирлик МФЙ ҳудудида жойлашган "Халқ қабулхонаси" биносида навбатдаги ҳоким қабули бўлиб ўтди.

Қабулда муаммоси ва мурожати бўлган фуқаролар билан юзма-юз суҳбатлашиб, мурожаатлар бирма-бир тингланди.

Очиқ ва самимий мулоқот тарзида кечган қабулда туман ҳокими Тўра Боболов бошчилигида ҳоким ўринбосарлари, тумандаги тегишли корхона ва ташкилот раҳбарлари, МФЙ раислари иштирок этиб, 10 нафардан ортиқ фуқароларнинг мурожаатларни тингланди.

Мурожаатларнинг айримлари жойида ижобий ҳал этилди, қонуний тушунтиришлар берилди ҳамда тегишлилиги бўйича масъулларга ижро учун йўналтирилди.

Таъкидлангандек, ҳар бир мурожаат асослича ўрганилиб чиқилади ва қонуний йўл билан ечимини топади.

👉Маълумот ўрнида "Ҳоким қабули"да иштирок этиш учун туман ҳокимлигининг девонхона бўлимига мурожаат қилишингиз мумкин.

✍️Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш
👉 😎 Telegram 😎Instagram 🌐 Facebook 😎YouTube 🕸WebSayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 21:41:46
Back to Top
HTML Embed Code: