Avagʻamning avagʻasi, umurtqamning shoʻrvasi.
Bu ibora qanday maʼnoga ega?
Bu ibora qanday maʼnoga ega?
Anonymous Quiz
17%
Xom-xatala, sifatsiz mahsulot
19%
Koʻp qaynagan, mazali taom
64%
Juda uzoq qarindosh
😎44👍20💯20🔥4😱2🤨1
😎44👍33😢17💯10
😎56👍39💯14😱2
Kapuchino va kapyushon
Bu ikki soʻzning maʼnosi bir-biridan bir necha chaqirim yiroq, lekin ularning oʻzagi bitta. Kapuchino – sutli-koʻpikli qahva. Kapyushon esa ustki kiyim yoqasiga biriktirib tikiladigan qaytarma qalpoq.
Har ikki soʻzning ildizi lotincha cappa soʻziga, u esa caput – bosh, asosiy oʻzagiga borib taqaladi. Kapital, kepka, shapka, kapot, kapitan, kaput soʻzlari ham shu ildizdan oʻsib chiqqan.
Yevropada rohiblarning bir guruhi kapuchinlar deb atalgan, ular qaytarma qalpoqli kiyim kiygan. Sezgan boʻlsangiz, bu soʻz ham yuqorida tilga olgan soʻzlarimiz bilan qarindosh. Rohiblarning kiyimi qizil-jigarrang tusda boʻlgan va kapuchin soʻzi shu rangni ifodalash uchun ham ishlatilgan. XVIII asrda Avstriyada tuxum sarigʻi va qaymoq qoʻshib yangicha qahva damlay boshlashadi. Unga kapuziner nomi beriladi. Italyancha cappuccino atamasi XX asrdan urfga kiradi.
Qahvaga uning rangi sababli bunday nom berilgan. Boshqa bir fikrga koʻra, ichimlik yuzasida kapyushonga oʻxshash koʻpik hosil boʻlishi tufayli unga shunday ot qoʻyilgan.
@oriftolib

👍51💯6🔥2🤨1
Obunachilarimiz soni 🔟 mingdan oshdi!
Oʻquvchilar bu sahifaga oʻyin-kulgi, koʻngilochar narsalar uchun emas, nimadir oʻrganish uchun keladi. Shu maʼnoda, har bir obunachi qadrli.
Kanalni doʻst-yaqinlarga tavsiya qiling. Safimiz bundan-da kengaysin. Kimdir nimadir oʻrgansa, bunda sizning ham hissangiz boʻladi.
Barchaga rahmat!

👍113🔥31💯12😎12
Ijtimoiy tarmoqlardagi 1k, 1m kabi qisqartmalar nimani anglatadi?
Ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar, koʻrishlar yoki maʼqullashlar (layklar) sonini ifodalash uchun shu kabi qisqartmalar ishlatiladi. Xoʻsh, ular qayerdan paydo boʻlgan va nimani anglatadi?
K – kilo soʻzining qisqartmasi. Yunoncha χίλιοι – chílioi soʻzi oldqoʻshimchaga aylangan va juda koʻp oʻlcham birliklarida ishlatiladi. Maʼnosi – ming. 1 kilogramm 1000 gramm maʼnosiga ega. 1 kilometr esa 1000 metr. Xuddi shu kabi 1k = 1 ming, 10k = 10 ming, 100k = 100 ming.
M – million soʻzining qisqartmasi. Demak, 1m = 1 million, 10m = 10 million, 100m = 100 million.

👍37🔥4💯2
“Million” soʻzining maʼnosi nima?
Lotincha milione soʻzidan. U mille – ming soʻzidan koʻpaytma usulida hosil qilingan. Yaʼni million koʻp ming, ming karra ming deganidir. Mille soʻzining ildizi qadimgi italyan tiliga borib taqaladi. XVI asrgacha bu soʻzni asosan matematiklar ishlatgan. Qadimgi yunonlarda oʻn mingdan baland sonni, qadimgi rimliklarda esa yuz mingdan yuqori sonni ifodalovchi soʻz boʻlmagan.
Baʼzi manbalarga koʻra, mingta ming maʼnosidagi atamani mashhur sayyoh Marko Polo oʻylab topgan. U bu orqali Sharqning behisob boyliklarini ifodalamoqchi boʻlgan. Rus tilida million atamasi Pyotr I davridan qoʻllana boshlagan. Ruslar bu soʻzni nemis yoki fransuz tilidan oʻzlashtirgan.

Turkiy tillarda million maʼnosini ifodalovchi soʻz ming yillar oldin ham bor boʻlgani haqida oldinroq yozgan edim. Bu soʻz oʻzbekchada hozirgacha saqlanib qolgan. Uni bugun ham faol ishlatamiz, lekin maʼnosi oʻzgarib ketgan.
@oriftolib
👍33🔥6💯3
❌ Qay biri xato?
Anonymous Quiz
44%
Moʻljalga tekkizdi.
33%
Moʻljalga teggizdi.
23%
Moʻljalga tegizdi.
🤨68👍30😎15💯6🔥3😢2
Dadamda bir malay bor... Qorni toʻq, egni butun boʻlsa bas. Ing yoʻq, jing yoʻq ishlayveradi. (Oybek, “Tanlangan asarlar”.)
Jumladagi “ing yoʻq, jing yoʻq” iborasining maʼnosi nima?
Jumladagi “ing yoʻq, jing yoʻq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
24%
Pulsiz, ish haqisiz
18%
Toʻxtamasdan, kecha-yu kunduz
58%
Indamasdan, soʻzsiz
💯36👍19😎11🔥5😢4🤨2
Forwarded from Mutolaa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noʻnoq nazmim uchun afv et, xalqim,
Na olim, na fozil, na soʻz piriman.
Oʻz vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
• Matnazar Abdulhakim she'ri
Ushbu rolik 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan "Mutolaa" jamoasi tomonidan tayyorlandi.
— Ustozlarni e'zozlang, ularning qadriga yeting, zero ularsiz yuksalib bo'lmagay!
Bizni kuzatishda davom eting 👇
Telegram | Instagram | Facebook | Ilova
👍37🔥16😢9
❌ Qay biri xato?
Anonymous Quiz
27%
Vaqtni behuda narsalarga sarflamaslik kerak.
51%
Vaqtni bejiz narsalarga sarflamaslik kerak.
22%
Vaqtni foydasiz narsalarga sarflamaslik kerak.
😎41😱11🤨9👍7💯3🔥2
Izm va izn: farqi nimada?
Talaffuzi yaqin soʻzlarni yanglish qoʻllash uchrab turadi. Ularning maʼnolari bir-biriga yaqin boʻlsa, adashishlar yanada koʻproq boʻladi. Izm va izn xuddi shunaqa juftliklardan. Ular baʼzan maʼnodoshlik hosil qiladi va bir-birining oʻrnida ishlatilishi mumkin. Boshqa hollarda maʼnosini farqlash kerak.
Izm arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchada ikki xil mazmunda qoʻllanadi:
1️⃣ Boshqarishda, biron-bir ishni bajarishda va shu kabilarda ixtiyor, erk.
2️⃣ Amr, farmon; ijozat, ruxsat.
Bu soʻz qatnashgan iboralar ham bor: izm bermoq – ijozat yoki ruxsat bermoq, izmiga solmoq – oʻz yoʻliga yurgizib, oʻziga boʻysundirmoq.
Izn soʻzi ham arabchadan oʻzlashgan, oʻzbekchada ruxsat, ijozat maʼnosida ishlatiladi.
🟢 Demak, izm va izn soʻzini ruxsat, ijozat maʼnosida sinonim sifatida qoʻllash mumkin. Biroq bir jihati bor: izm soʻzini bu maʼnoda ishlatish tarixiylik, badiiylik nuqtayi nazaridan oʻzini oqlaydi.
Ixtiyor, erk maʼnosida esa izn soʻzini qoʻllab boʻlmaydi:
Endi butun jarayon mening izmimda. ✅
(jarayon ixtiyorimda, nazoratim ostida)
Endi butun jarayon mening iznimda. ❌
(jarayon ruxsatimda deyilmaydi)
#Soʻragan_edingiz

❗️ Lekin izm soʻzini ikkinchi maʼnosida qoʻllash hozir eskirgan.

👍36🔥14🤨1
Samimiylikka ne yetsin ))
“Ibrat farzandlari” ustozi Mahfuza Ortiqovadan bayram tabrigi:
@oriftolib
“Ibrat farzandlari” ustozi Mahfuza Ortiqovadan bayram tabrigi:
Tayyor rasm yoki video yuboradiganmas, ikki enli samimiy tabrik yoʻllaydigan shogirdlaringiz koʻp boʻlsin!
@oriftolib
🔥58👍27💯22😎8
Oʻqituvchi maksimal obroʻga ega boʻlishi kerak
Oʻqituvchilar haqida hikmatlar
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib
Oʻqituvchilar haqida hikmatlar
Yaxshi ustoz boshqalarga hatto oʻzining qoʻlidan kelmaydigan narsalarni ham oʻrgatishi mumkin.
Tadeush Kotarbinskiy,
polyak faylasufi
Birovga oʻrgatish uchun oʻzing oʻrganishingga kerak boʻladigandan koʻra koʻproq aql zarur.
Mishel Monten,
fransuz yozuvchisi
Muallimlik sanʼati oʻquvchilar qalbida qiziqish uygʻotish, soʻng bu talabni qondirishdir.
Anatol Frans,
fransuz yozuvchisi
Yuzta oʻqituvchi yolla, lekin oʻzing oʻzingni majburlay olmasang, oʻzingdan oʻzing talab qila bilmasang, ularning hech biri senga yordam bera olmaydi.
Vasiliy Suxomlinskiy,
ukrain pedagogi
Men oʻqituvchidan yaxshi axloqni talab qilaman, buni boshqa har qanday fuqarodan ham talab qilgan boʻlardim.
Deni Didro,
fransuz yozuvchisi
Agar oʻqituvchida ishiga muhabbatgina boʻlsa, u yaxshi oʻqituvchiga aylanadi. Oʻquvchisigagina muhabbati bor muallim hamma kitoblarni oʻqigan, lekin ishini ham, oʻquvchisini ham sevmaydigan oʻqituvchidan yaxshiroqdir. Har ikki muhabbatni oʻzidan jam qila olgan oʻqituvchi esa komil ustozdir.
Lev Tolstoy,
rus yozuvchisi
Oʻqituvchi ogʻir ishlarni yengil bajara oladigan kishidir.
Ralf Emerson,
amerikalik yozuvchi
“Men qilgan narsani qaytar”, degan odamdan hech narsa oʻrgana olmaymiz. Bizning yagona chinakam oʻqituvchilarimiz “Men bilan birga bajar”, deydigan kishilardir.
Jil Delez,
fransuz faylasufi
Oʻqituvchi maksimal obroʻga, minimal hokimiyatga ega boʻlishi kerak.
Tomas Sas,
amerikalik psixolog
Oʻqitish – umid urugʻlarini ekish demakdir.
Lui Aragon,
fransuz yozuvchisi
Shogird ustozida raqobatchi emas, oʻrnak timsolini koʻrsa, undan hech qachon oʻzib keta olmaydi.
Vissarion Belinskiy,
rus adabiyotshunosi
Oʻqituvchi uchun eng katta shodlik – shogirdini maqtashgani.
Sharlotta Bronte,
ingliz adibasi
Oʻquvchi faqat mehr qoʻygan kishisidangina taʼlim oladi.
Yohan Gyote,
olmon yozuvchisi
Xalqqa taʼlim berish – uni yaxshilashdir; tarbiyalash – axloqini yuksaltirishdir, ziyoli qilish esa taraqqiy ettirish demakdir.
Viktor Hyugo,
fransuz yozuvchisi
Agar sizning rejangiz bir yillik boʻlsa, sholi eking. Oʻn yillik boʻlsa, daraxt oʻtqazing. Agar bir umrlik reja tuzgan boʻlsangiz, bolalaringizni tarbiyalang.
Konfutsiy,
Qadimgi Xitoy mutafakkiri
Chinakam ustoz senga hamisha tarbiya beradigan kishi emas, mustaqil boʻlishingga yordam beradigan kishidir.
Mixail Svetlov,
rus shoiri
Oʻqituvchi oʻzining bolalaridan koʻra birovlarnikini tarbiyalashni yaxshi biladigan kishidir.
Jyulyen de Falkenare,
flamand yozuvchisi
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib
👍57🔥9
😎31👍13😢7🔥5
Gʻaroyib baliq ovi
Charlz Dikkens boʻsh vaqtlarida baliq ovi bilan shugʻullanishni xush koʻrardi. Uyi yaqinidan oqib oʻtadigan daryoga borib, oyoqlarini suvga solib oʻtirar, qarmoq tashlagancha, chuqur oʻyga choʻmardi. Uning bu odatidan ajablangan qoʻshnisi bir kuni dedi:
– Agar qarmogʻimga biror narsa ilinsin desangiz, daryoning sal yuqorirogʻiga chiqishingiz kerak. Baliq oʻsha yerda serob, gulmohi ham tutishingiz mumkin.
– Bilaman, – deb javob berdi yozuvchi, – lekin u yerda baliq ovlashga chalgʻib qolaman-da!
👉 Mashhurlar hayotidan

👍49😢8🔥7💯2
Yozuvchi, shoir va tarjimonlar uchun ajoyib imkoniyat!
Taniqli shoir Aʼzam Obid “Albatta ariza topshiringlar!” deb tavsiya qilyapti.
Yozuvchi, shoir va tarjimonlar uchun Nyu York yaqinida bahor va kuzda zoʻr rezidensiya imkoniyati. Arizalarni 15-oktyabrdan kechikmay yuboring!
RESIDENCY DATES
Spring Session One: March 27–April 22, 2025
Spring Session Two: May 8–28, 2025
Autumn Session One: September 4–October 1, 2025
Autumn Session Two: October 9–November 5, 2025
https://artomi.submittable.com/submit

👍18🔥9💯1
😎58👍9💯9🔥1