Telegram Web Link
Orif Tolib
Sinash uchun oʻzim yozgan kodni joʻnatdim, ixchamlashtirib, qulaylashtirib berdi. Kutganimday emas-u, lekin yomonmas.

Turli dasturlarni ishlatishda chiqadigan xatolik haqidagi xabarlarni ham sunʼiy idrok yordamida oson tushunib olsangiz boʻladi.

Skrinshotni matnga aylantirish uchun telegramdagi botlardan foydalanar edim. Lekin ular 3–4 ta urinishdan keyin pulli talqinni sotib olishni talab etadi. Bu funksiya ChatGPTda bor ekan. Rasmning xira-tiniqligi, shriftiga koʻra oʻgirish aniqligi farqlanadi. Orada bir-ikki xato qilishi mumkin. Ammo ayni shu ishga ixtisoslashgan dastur va botlar ham bunday xatolardan xoli emas. ChatGPTning afzalligi bor: u skrinshotni biryoʻla boshqa tilga tarjima qilib bera oladi. Masalan, skrinshotdagi oʻzbekcha matnni ruschaga oʻgirish topshirigʻini berasiz. Ham oʻzbekcha, ham ruscha variant taqdim etiladi. Bu imkoniyat boshqa tillar uchun ham amal qiladi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kavkazorti qayerda?

Kitob va qoʻllanmalarda Kavkazorti, Kavkazorti mamlakatlari kabi iboralarga koʻzingiz tushgandir.

Kavkaz Yevropa va Osiyo qitʼalari chegarasidagi mintaqadir. Kavkazorti esa Kavkazning Katta Kavkaz tizmasidan janubdagi qismi. Bu hududda Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya joylashgan. Kavkazorti mamlakatlari deganda ayni shu davlatlar tushuniladi.

Kavkazorti toponimi oʻrnida Janubiy Kavkaz, Transkavkaziya kabi atamalar ham ishlatiladi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
#Amaliyot

Norvegiya toʻliq elektromobillarga oʻtgan dunyodagi birinchi davlatga aylanishi mumkin

Norvegiya dunyoda elektromobillarga toʻliq oʻtgan birinchi davlatga aylanishi mumkin

Norvegiya elektromobillarga toʻliq oʻtgan birinchi davlatga aylanishi mumkin

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Loyiha menejeri: kasb va sohani qanday ifodalagan maʼqul?

Savol:

Loyiha menejeri soʻzi bor. Unga -lik qoʻshimchasini qoʻshib, kasb otini ifodalash toʻgʻrimi?

Masalan:

– Nima ish qilasan?
Loyiha menejerilik bilan shugʻullanaman.


Xuddi direktorlik faoliyati, oʻqituvchilik jarayoni, mentorlik kasbi kabi loyiha menejerilik deb qoʻllasa ham boʻladimi?

Javob:

Kasb nisbatan yangi boʻlgani uchun u bilan bogʻliq atamalar ommalashmagan. Bu esa shu kabi savollarni yuzaga chiqaradi.

“Nima ish qilasan?” savoliga loyiha menejeriman, loyihada menejerman kabi loʻndaroq shakllarda javob berish mumkin.

Soha nomini esa loyiha menejerligi tarzida ifodalash kerak.

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
“Nasim kutub” nashriyotidan hadya keldi. Xursand boʻldim, koʻp rahmat.

Xayrli ishlaringga baraka yogʻilsin.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Qay biri toʻgʻri: murabbiyi yoki murabbiysi?

Shu savol tez-tez soʻraladi. Kecha telegramdagi guruhimizda ham shu mavzu koʻtarilib qoldi.

Imlo qoidalariga koʻra, dohiy kabi y undoshi bilan tugagan soʻzga III shaxsda -si qoʻshiladi: dohiysi. Lekin bu qoida chala. Chunki y bilan tugagan har qanday soʻzga III shaxs egalik qoʻshimchasi -si shaklida qoʻshilmaydi. Masalan: chiroy – chiroyi, kuy – kuyi, boʻy – boʻyi. Bu qoida faqat -iy tovushlar birikmasi bilan tugagan soʻzlar uchun amal qiladi. Yaʼni y tovushidan oldin i tovushi ham boʻlishi kerak:

Vodiy – vodiysi, homiy – homiysi, murabbiy – murabbiysi.

-iy
bilan tugagan, lekin bir boʻgʻindan iborat soʻzlarda bu qoida ishlamaydi:

Biy – ovulning biyi, qiy – qoʻyning qiyi.

Koʻpchilik kirilchadagi xilmaxillikka asoslanib Fargʻona vodiyi shaklida ham, Fargʻona vodiysi shaklida ham yozadi. Ammo lotin imlosida tayansa boʻladigan qoida bor: vodiysi deb yozish kerak. Mantiqan ham shunisi afzal.

Imlo qoidalari qachondir mukammallashtirilsa, bu qoidani ham tuzatib-toʻldirib qoʻyish kerak.

📌 Demak:

Vodiysi, homiysi, murabbiysi, geniysi
Vodiyi, homiyi, murabbiyi, geniyi

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joniga oro kirdimi yo ora kirdi? | 5️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Aqlda qancha qusur – shu darajada magʻrur.

Bengal maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
​​Hammasi “Muqaddima”dan boshlanadi

Youtubeʼda ajoyib bir podkast koʻrdim. Ibn Xaldunning “Muqaddima” asari, uning oʻziga xosliklari, asarning Sharq va Gʻarb tafakkuri, taraqqiyotiga taʼsiri haqida qiziq maʼlumotlar aytilibdi.

Ibn Xaldunning tarixni yoritishdagi yangicha yondashuvi, tahliliy va falsafiy mushohadasi, mavzuni oʻta keng miqyosda koʻra olgani, sivilizatsiyalarning yuzaga kelish qonuniyatlarini tushuntirgani, alohida inson va butun jamiyatning tabiati, tutumi, fikrlash tarziga geografik joylashuvning taʼsirini koʻrsatib bergani, asarlarida bugungi juda koʻp muammolarga yechimlar borligi kabilar qiziqishimni juda oshirdi. Boshqa har qanday ishni qoʻyib, “Muqaddima”ni oʻqish ishtiyoqini uygʻotdi.

Tasavvur qiling: Sharq xalqlarining hayot va tafakkur tarzini, ular qurgan saltanatlarning rivoji va tanazzuli sabablarini ichidan bilgan, chuqur tahlil qilgan, oʻtkir aql va idrok sohibi boʻlgan mutafakkir bilan gʻoyibona suhbatlashish imkoningiz bor. Bu imkonni qoʻldan boy bermaslik kerak.

Nasib qilsa, mutolaa taassurotlarini alohida yozaman.

🟢 Mana bu esa podkast manzili: youtu.be/ayHJd2xcFjQ

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
65%
Buncha besaranjomsan-a!
35%
Buncha besaranjonsan-a!
Old Osiyo bu – ...
Anonymous Quiz
31%
Janubiy Osiyo
33%
Gʻarbiy Osiyo
36%
Sharqiy Osiyo
Asar yozishda gʻoya birlamchi emas. Negaki millionlab gʻoyalar mavjud va ular odatda oʻzgarmas, sayyor!

Qiyini, shu gʻoyaga oʻquvchini ishontirishda, gʻoyagacha bosib oʻtiladigan adabiy yoʻlda.

Saʼdullo Quronov
yozuvchi

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
2025/07/07 13:17:28
Back to Top
HTML Embed Code: