Telegram Web Link
​​Bolqon va Fors koʻrfazi mamlakatlari

Siyosiy xabarlarni oʻqigan-eshitganda bu soʻzlarga duch kelgan boʻlsangiz kerak. Xoʻsh, ular aynan qaysi hududlarni bildiradi?

Bolqon davlatlari deganda Bolqon yarimorolidagi mamlakatlar tushuniladi. Bolqon yarimoroli Janubi-sharqiy Yevropada. Asosan togʻli hududlardan iborat. Bolqon yarimorolida Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Gretsiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya kabi davlatlar joylashgan. Serbiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Ruminiya kabi mamlakatlar esa Bolqon yarimorolidan qisman yer olgan. Baʼzan Ruminiya toʻliq shaklda Bolqon yarimoroli tarkibida deb talqin qilinadi.

Fors koʻrfazi yoki Fors qoʻltigʻi – Hind okeanida joylashgan, Eron va Saudiya Arabistoni qirgʻoqlari orasidagi koʻrfazdir. Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Kuvayt, Iroq va Eron koʻrfazning qirgʻoqboʻyi mamlakatlaridir.

Qoʻltiq dunyoning juda koʻp tillarida Fors koʻrfazi deb yuritiladi. Arab mamlakatlari uni Arab koʻrfazi deb ataydi, bu nom boshqa tillarga ham koʻchib oʻtgan. Turklar esa unga Basra koʻrfazi deb nom berganlar.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Agar seni birov oʻzingda yoʻq sifatlar bilan maqtayotgan boʻlsa, esingda boʻlsin, u seni oʻzingda yoʻq qusurlar bilan yomonlaydi ham.

Arab maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Aybdorga hamma u haqda gapirayotganday tuyuladi.

Arman maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toʻgʻrisi yod, xatosi yot boʻlsin | 5️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Amir Temurga nisbat beriladigan gap qaysi qatorda toʻgʻri berilgan?
Anonymous Quiz
26%
Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz!
74%
Bizkim, mulki Turon, amiri Turkistonmiz!
Oʻqish-oʻrganishni toʻxtatgan odam qariydi. Yoshi yigirmadami yo saksondami – ahamiyatsiz. Oʻrganishda davom etgan odam yosh boʻlib qolaveradi. Hayotdagi eng muhim narsa – miyani yosh saqlash.

Henri Ford

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Qumli choʻl-sahrolarda qum uyurmasi hosil qilib koʻtariladigan quruq issiq shamol – ...
Anonymous Quiz
40%
Musson
50%
Samum
10%
Epkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Orif Tolib
Menda loyiha boʻyicha baʼzi takliflar bor:

1️⃣ Bu tartib ijtimoiy xavfi nisbatan kichik jinoyatlarni sodir etganlarga qoʻllansa kerak. Shuni hisobga olsak, kitoblar soniga bunday cheklov qoʻymagan maʼqul. Hozirgi holatda koʻpi bilan bir oylik muddatni qisqartirish mumkin. Bu, menimcha, kam. Bir yillik muddatni qisqartirish imkonini beradigan qilish kerak. Shunda kitobxonlikka rosmana targʻib boʻladi va bir yillik muddat katta ragʻbat uygʻotadi. Cheklovni boshqacharoq oʻrnatish mumkin: bir yilda uzogʻi 30 ta kitob boʻyicha imtihon topshiradi, lekin keyingi yili yana shuncha kitob boʻyicha imtihon topshirish imkoni beriladi.

2️⃣ Har bir kitob boʻyicha imtihon olish anchagina vaqt, ishchi kuchi talab etadi. Bu esa mablagʻ sarflanishini anglatadi. Tartibning moliyaviy asosini mustahkam ishlab chiqish zarur. Braziliyadagi kabi imtihonni esse koʻrinishida olsa ham boʻladi.

3️⃣ Kitoblar roʻyxati maʼlum bir mavzudagi risolalar, maqolalar toʻplamlaridan iborat boʻlmasligi kerak. Bunda fikrlashga undaydigan, kishining ongini oʻstiradigan adabiyotlarga eʼtibor qaratilishi zarur. Chunki maqsad jismoniy ozodlikkina emas, tafakkur ozodligi hamdir.

4️⃣ Suiisteʼmolning oldini olish ham muhim. Deylik, bu imkoniyatdan foydalanib jazo muddatini yarim yil yoki bir yilga qisqartgan kishi ozodlikka chiqqach, yana jinoyat sodir etsa, bu imtiyozdan qayta foydalana olmaydi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
​​Universitetga oʻzbekcha ot qoʻysa ham boʻladi

Oʻzbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi deb xabar beryapti Kun.uz. Oliy oʻquv yurti kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilyapti.

Universitetda kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Eʼtiborimni tortgan jihat: oliy oʻquv yurti davlatga tegishli va unga inglizcha nom berilgan. Xususiy universitetlarning aksariyati oʻziga inglizcha ot qoʻydi va bunga koʻz oʻrgandi. Endi navbat davlat taʼlim muassasalariga ham kelibdi. Nom inglizcha boʻlsa, daraja koʻtariladimi yo taʼlim yaxshiroq berilib qoladimi?

Yangi tashkil etilayotgan universitet yoʻnalishlaridan kelib chiqib unga oʻzbekcha ot topish muammo emas. Hech iloji boʻlmasa, nomni oʻzbekcha imloda ifodalasa boʻladi.

Variantlar:
🔹 Raqamli texnologiyalar universiteti
🔹 Raqamli dunyo universiteti
🔹 Raqamli tizimlar universiteti
🔹 Kiberxavfsizlik universiteti


Oʻzbekcha nomni-ku topsa boʻladi, lekin xohishni-chi?

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Paykalda hoʻkizlar oʻtlab yurgan paytda marzadagi echkini haydashdan ne naf.

Avar maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kishi bilan aholini farqlang

Oʻzi birlik shaklida boʻlib, mazmunan koʻplikni bildiradigan otlar jamlovchi ot deyiladi. Masalan: xalq, armiya, uyur, guruh va hokazo.

Aholi soʻzi ham jamlovchi ot. Undan oldin hech qanday sanoq son qoʻllanmaydi. U fuqaro, odam, shaxs, kishi soʻzlariga sinonim emas. Lekin buni ayrimlar tan olmaydi:

2024-yilda 5 million aholining bandligiga koʻmaklashish dasturi ishlab chiqildi.

Dehqonchilik qilib daromad topishi uchun 800 ming aholiga 260 ming gektar yer ajratildi
.

Holbuki, bu toʻgʻri emas. Aslida quyidagicha boʻlishi kerak:

2024-yilda 5 million fuqaroning bandligiga koʻmaklashish dasturi ishlab chiqildi.

Dehqonchilik qilib daromad topishi uchun 800 ming kishiga 260 ming gektar yer ajratildi.


Manba:
👉 @tahrir_uz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Turk tilini 0 dan oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun ajoyib yangilik!

🤩 Oʻz oʻquvchilari uchun jon kuydiradigan, ularning yuqori natijalarga erishishi uchun intiladigan ustozlarimizdan yana biri – Gʻulomjon Sobirov “Hilol Edu” turk tili markazining asoschisi va katta oʻqituvchisi hisoblanadi.

👨‍🏫 Gʻulomjon Hoca faoliyati davomida 5000 dan ortiq oʻquvchiga sifatli taʼlim bergan. Shuningdek, ustozning “Ibrat Farzandlari” loyihasidagi turk tili darslari orqali minglab kishilar turk tilini oʻrgangan.

“Hilol Edu”dagi kuchli ustozlardan tahsil olishni istasangiz, hoziroq kurslarimizga roʻyxatdan oʻting.

📞 Tel: 33-287-88-88
             
33-286-88-88

Taʼlim reklamasi

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
​​Turon va Turkiston

Turon atamasi turli manbalarda turlicha talqin qilingan. Milliy ensiklopediyaga koʻra, tur elati dastlab “Avesto”da tilga olingan. Keyinchalik turlar Markaziy Osiyo dasht va togʻ yerlarida yashovchi chorvador aholi deb tushunilgan. Baʼzi olimlar bu atama sak-massagetlarning dastlabki nomi deb hisoblagan. Sak va massagetlarga oid tarixiy yodgorliklar turli hududlardan topilgani inobatga olinsa, Turon atamasi Oʻrta Osiyodan kengroq hududni anglatadi.

Baʼzi tarixchi va oʻlkashunoslar Turon turklar, turkiy qabilalarning yurti degan maʼnoni bildirganini, keyinchalik Turkiston tushunchasiga aylanganini taʼkidlaydi.

Ayrim tadqiqotchilar fikricha, 565-yili Soʻgʻdni Turk xoqonligi egallagach, turlar yurti maʼnosidagi Turon turklar yurti Turkiston maʼnosida qoʻllana boshlagan.

Markaziy Osiyoni ifodalovchi Turkiston atamasi VI–VII asr yozma manbalarida aks etgan.

Turon va Turkiston atamalari oʻrta asr adabiyotlarida birday ishlatilavergan.

Amir Temurning “Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz! Bizkim, millatlarning eng qadimi va ulugʻi – turkning bosh boʻgʻinimiz!” degan soʻzlari mashhur.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, XIX asr oʻrtalaridagi Turkistonni shartli uch qismga boʻlish mumkin:

Gʻarbiy Turkiston – hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismi, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlari. Sharqiy Turkiston – Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni. Afgʻon Turkistoni – Afgʻonistonning shimoliy qismi.

Rossiya imperiyasi Gʻarbiy Turkiston hududini bosib olgach, uning oʻrnida Turkiston general-gubernatorligini tuzadi. Tarixchi Shamsiddin Kamoliddinning yozishicha, keyinchalik hokimiyatni egallagan bolsheviklar mustaqil Turkistonni qayta tiklash gʻoyasi tugʻilishidan xavfsirab 1924–1925 yillarda shoshilinch suratda “Turkiston xalqlarining milliy-davlat chegaralanishi” deb atalmish tadbirni oʻtkazgan. Natijada oʻsha paytda siyosiy ahamiyat kasb etgan Turkiston atamasi sunʼiy ravishda isteʼmoldan chiqarilib, oʻrniga rasman Oʻrta Osiyo geografik atamasi joriy qilingan.

Chindan ham, yagona Turkiston jadidlar harakatining gʻoyalaridan edi, Turkiston muxtoriyatining tuzilishi ana shu gʻoya yoʻlidagi katta bir qadam boʻlgan. Sovetlar muxtoriyat bilan birga milliy davlatchilik gʻoyalariga ham zarba bergan.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Axloq yoʻq joyda gunoh ham yoʻq.

Belorus maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
​​Oʻrta Osiyomi yoki Markaziy Osiyo?

Turli adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida bu ikki atamaga tez-tez duch kelamiz. Xoʻsh, ularning oʻxshash va farqli jihatlari nimada? Oʻrta Osiyo atamasi nega kam qoʻllanyapti?

Manbalarga koʻra, Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyo atamalari zamonaviy geografiya fani asoschilaridan biri, nemis geografi Fridrix Humbolt asarlari taʼsirida yuzaga kelgan.

Oʻrta Osiyo atamasining ommalashishiga sovet hokimiyati oʻtkazgan milliy-hududiy chegaralanish turtki berdi. Oʻrta Osiyo iqtisodiy rayoni tuzilib, unga Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonning janubiy hududlari kiritildi. Qozogʻiston alohida iqtisodiy rayon sanalgani bois Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston birikmasi keng qoʻllandi. Shunday qilib, Oʻrta Osiyo deyilganda mintaqadagi toʻrt mamlakat tushuniladigan boʻldi.

Markaziy Osiyo atamasi turli yondashuvlarga koʻra turlicha hududlarni anglatadi. Masalan, UNESCO talqiniga koʻra, Mongoliya, shimoli-gʻarbiy Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiyaning Osiyo qismidagi sharqiy hududlar, Afgʻoniston, Hindistonning shimoli-gʻarbi, Pokistonning sharqiy qismlari, Eronning shimoli-sharqiy qismlari Markaziy Osiyoni tashkil etadi.

Mashhur “Britannica” ensiklopediyasi esa Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyo atamalarini bir xil maʼnoda sharhlaydi: ularni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Tojikistondan iborat hudud hisoblaydi.

1992-yili Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston atamasi oʻrniga Markaziy Osiyo atamasini ishlatishni ilgari suradi. Chunki bu atamada beshala respublika ham ifodalanar edi. 1993-yili Toshkentda oʻtgan sammitda ushbu taklif maʼqullanadi. Shundan buyon Markaziy Osiyo atamasi keng qoʻllana boshlaydi. Hozir ommaviy axborot vositalarida, siyosatchilar nutqlarida, xalqaro mintaqashunoslikda Markaziy Osiyo besh mamlakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Geografiya ilmida esa xuddi UNESCO talqini kabi kengroq hudud nazarda tutiladi.

Chalkashlikning oldini olish uchun tadqiqotchilar keng maʼnodagi Markaziy Osiyo atamasi oʻrnida Ichki Osiyo (Inner Asia) atamasini qoʻllashni taklif qilyapti. Ammo bu atamaning ham turli talqinlari bor.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
2025/07/07 09:06:38
Back to Top
HTML Embed Code: