✅ Qay biri toʻgʻri?
Bu modda yogʻli ovqatlarni koʻp isteʼmol qiladigan odamlarda ortadi.

Anonymous Quiz
27%
Xolisterin
55%
Xolesterin
19%
Xolestirin
👍33💯19🔥7😱4
Korzinka podkasti nihoyat YouTube yuzini koʻribdi
Qadim-qadim zamonda Korzinka podkastida qatnashgandim. Unda til, tarjima, atamashunoslik, lugʻatlar bilan ishlash kabi mavzularda suhbatlashgan edik. Shu podkast keyin negadir aro yoʻlda qolib ketgandi. Rosa dam yegandan keyin Oʻzbek tili bayrami arafasida eʼlon qilishibdi. Tasodifan koʻrib qoldim va sizlarga ham ilindim.
Lekin videoda nuqson bor ekan. Yarmidan koʻproq qismida tovush tasvirdan oldinlab ketibdi 🤷🏻♂️
👉 youtu.be/ednnd8y9ixY
Telegram | YouTube
Qadim-qadim zamonda Korzinka podkastida qatnashgandim. Unda til, tarjima, atamashunoslik, lugʻatlar bilan ishlash kabi mavzularda suhbatlashgan edik. Shu podkast keyin negadir aro yoʻlda qolib ketgandi. Rosa dam yegandan keyin Oʻzbek tili bayrami arafasida eʼlon qilishibdi. Tasodifan koʻrib qoldim va sizlarga ham ilindim.
Telegram | YouTube
👍27🔥10💯5🤣5
Ip gazlamaning bir yoki har ikkala tomoniga elastik modda qoplab tayyorlangan, mebelsozlik, muqovasozlik sanoatlarida foydalaniladigan sunʼiy teri – ...
Anonymous Quiz
20%
Germantin
59%
Dermantin
22%
Dermatin
👍26😢9🔥2
Til oʻzlashmani oʻzi istagan maʼnoda olishi johillik emas
Oyina.uz portalida “Ibo” “qarshilik”, “mugʻombir” “tavakkalchi” – asliga zid maʼnoda qoʻllanuvchi soʻzlar sarlavhali maqolani oʻqib qoldim. Muallif arab tilidan oʻzlashgan va asl maʼnosidan uzoqlashgan yoki butunlay aks maʼnoni anglatuvchi soʻzlar haqida yozgan. Yaxshi misollar topilgan. Baʼzi soʻzlarning asliyatdagi maʼnosi:
Isnod – tayanch, tirgak.
Ehtimol – bardosh, chidam.
Maza – shoʻr, nordon gazak.
Bisot – gilam.
Bashara – tana, gavda, inson.
Hayf – adolatsizlik, nohaqlik.
Jahl – nodonlik, bilimsizlik.
Soʻzlarning bu tarzda asliyatdan uzoqlashgani, umuman boshqa maʼnolarni anglatishga oʻtganini muallif johilona holat, soʻzni oʻz tarjimasiga arzitmaslik deb hisoblaydi. Bu – yanglish qarash.
Boshqa tilga ergashish hozir urf boʻldi, soʻz olayotganda hatto imlosigacha ergashib ketyapmiz.
Soʻzni oʻzi xohlagan maʼnoda qoʻllash boshqa tillarga ham xos. Istalgan tilning etimologik lugʻatini oling, bunga bir dunyo misol topasiz.

Til boshqa tildan soʻz oʻzlashtirayotganda uni asliyatdagi maʼnoda qabul qilishga majbur emas. U mustaqil harakat qiladi, chet tilining qosh-qovogʻiga qaramaydi. Istasa, asliyatdagi maʼnoda qabul qiladi, istamasa – yoʻq.
Boshqa tilga ergashish hozir urf boʻldi, soʻz olayotganda hatto imlosigacha ergashib ketyapmiz.
Soʻzni oʻzi xohlagan maʼnoda qoʻllash boshqa tillarga ham xos. Istalgan tilning etimologik lugʻatini oling, bunga bir dunyo misol topasiz.
Telegram | YouTube
👍43💯6🤣4🔥1🤨1
Navkardan mergangacha: tomirida moʻgʻul qoni oqqan soʻzlar
Oʻzbekchada asli moʻgʻulcha boʻlgan soʻzlar anchagina. Ular tilimizga singib, oʻz soʻzimizga aylanib ketgan. Moʻgʻulcha ekanini sezmaysiz ham. “Daryo” nashrida ana shunday soʻzlarning baʼzilarini sharhladim.
👉 daryo.uz/hBm7wBek

👍44🔥10💯2
Imloga oid maqolalar
4-qism
🔹 Kobulmi yoki Qobul?
🔹 Koʻngilchanmi yo koʻngilchang?
🔹 Koʻp soʻraladigan savol: qoʻsh undoshli oʻzlashmalarga qoʻshimcha qanday qoʻshiladi?
🔹 Koʻcha nomlari va uy raqamlari qanday yoziladi?
🔹 Qizil kitobmi yoki “Qizil kitob”?
🔹 Qisqartma soʻzlar: qoʻshimchalar qoʻshib yoziladimi yo ajratib?
🔹 Qisqartmalar imlosi: lotin yozuvidagi xatolar
🔹 Qozogʻiston poytaxti – Ostona
🔹 QR kod
🔹 Quvaytmi yoki Kuvayt?
🔹 Qoʻshtirnoq
🔹 Lavozim, ilmiy unvon va ilmiy daraja: qanday ketma-ketlikda yozish kerak?
🔹 Lotin alifbosining yangi tahriri uchun taklif
🔹 Mavzu nomlari qanday yoziladi?
🔹 Mana bu va manavi
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 5-qism

👍16🔥3
Chiroy – yuz, chehra
Bu soʻz XIV asr boshida yaratilgan “Qipchoqlar kitobi” (Codex Cumanicus) lugʻatiga kiritilgan. Chiroy soʻzi moʻgʻulcha saray – yuz, chehra, koʻrinish soʻzidan.
Navoiy asarlarida goʻzallik, jamol maʼnolarida qoʻllangan bu soʻz hozir ham ayni shu mazmunni ifodalaydi.
Chiroy moʻgʻulchadan oʻzlashgan boʻlsa, turkiy tilda uning muqobili boʻlmaganmi? Boʻlgan. Mahmud Koshgʻariy chiroyli maʼnosida koʻrklug, taylang, ezgu kabi soʻzlarni keltiradi. Bugun ulardan ikkitasi tilimizda bor. Koʻrk chiroy, koʻrkli, koʻrkam chiroyli maʼnosida boʻlsa, ezgu soʻzi yaxshilik baxsh etuvchi, xayrli degan mazmunga ega.

👍43💯7
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
13%
Uyqudan turgazmoq
21%
Uyqudan turgizmoq
66%
Uyqudan turgʻizmoq
👍55💯22🤣18🤨8🔥4
Nima degani?
Soʻz va iboralar maʼnosiga oid maqolalar
1-qism
🔹 Vallomat kim?
🔹 “Ayolgʻu” nima degani?
🔹 “Ammamning buzogʻi”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri koʻrsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?
🔹 “Asfalasofilinga ketdi”: asfalasofilin nima?
🔹 “Bir kallaqand, uch soʻm pul” – filmlardagi nodir soʻzlar, ularning maʼnosi nima?
🔹 “Jigʻimga tegma” – jigʻ nima?
🔹 “Juftakni rostladi” – juftak nima?
🔹 “Zero” nima degani?
🔹 “Iyigʻi chiqdi” – iyiq nima?
🔹 “Kiroyi kuyoving shundoq boʻlsa”: kiroyi nima?
🔹 “Qarz-qavola qildi”: qavola nima?
🔹 “Qulogʻi tom bitgan”: tom nima?
🔹 “Nafsi hakalak otdi”: hakalak nima?
🔹 “Nuktadon” nima degani?
🔹 “Pisanda qildi”: pisanda nima?

👍29🔥3
Manglay – peshona
XII–XIII asrlarda tilimizga oʻrinlashgan manglay soʻzi moʻgʻulchada peshona, oldingi, ilgʻor kabi maʼnolarni anglatgan. Bu soʻzni Navoiy asarlarida uchratish mumkin. U XIV asrga oid “At-tuhfa” lugʻatiga ham kiritilgan.
Xoʻsh, manglayning asl turkiy varianti boʻlganmi? Boʻlgan: alin.
Manglay bugun tilimizda nisbatan kam qoʻllanadi, alin esa mutlaqo isteʼmoldan chiqib ketgan. Ularning oʻrnini forscha peshona egallagan. Baʼzan shunaqa – asl soʻzlarimiz, asrlar boʻyi yashab kelgan nodir iboralarimiz tilimizning peshonasiga sigʻmay qoladi.

👍38😢20🤨2🔥1😱1🤣1
Oydin kechalarda, shudringli oʻtloqlarda yurmagan odam dunyoning shodligini anglamabdi.
Yunon xalq maqoli
Telegram | YouTube
Yunon xalq maqoli
Telegram | YouTube
👍32🔥10💯1
Imlosi qiyin soʻzlar (5-qism)
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars bilan tanishing. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Soʻzlar:
🔹 Mudofaa
🔹 Taassurot
🔹 Murojaat
🔹 Taalluqli
🔹 Vakuum
🔹 Birpas
👉 youtu.be/lov2QzF5Dpo

👍20💯5🔥4
❌ Qaysi jumlada xato bor?
Anonymous Quiz
42%
Koʻpchilik buning xatoligini bilmaydilar.
33%
Koʻpchilik buning xatoligini bilmaydi.
25%
Ikkala jumlada ham hech qanday xato yoʻq.
🔥20💯19🤨8👍6
Silovsin – yirtqich mushuk
Silovsin – mushuksimonlar oilasiga mansub, oyoqlari uzun, tumshugʻi choʻziq, koʻzi juda oʻtkir yirtqich hayvon. Uning terisi ham shu soʻz bilan ataladi.
Oʻrta asrlarda moʻgʻul tilidan oʻzlashgan silovsin soʻzi asliyatda ham shu hayvonni bildirgan. U moʻgʻul shevalarida silius, shuluus, silegusun, shuluuxen kabi shakllarga ega boʻlgan.
Turkiy tillarda silovsinga juda oʻxshash hayvon qoraquloq deb atalgan. Uning dasht silovsini, Misr silovsini kabi nomlari ham bor.

👍45
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Agar 4 nutqiy koʻnikma boʻyicha oʻzbek tilidagi darajangizni aniqlab beradigan test (oʻzbekcha IELTS desa boʻladi) yaratsak, 200–250 ming toʻlov evaziga oʻzingizni sinab koʻrar edingizmi? Boshlanishiga Toshkentda.
Anonymous Poll
41%
Ha
12%
Yoʻq
14%
Sal qimmat
21%
100–150 boʻlsa mayli
13%
Keragi yoʻq narsa
👍39🤣16🔥5😱4💯4