Farqi nimada?
Soʻz va iboralar maʼnolaridagi nozik farqlarni oʻrganing.
1-qism
🔹 “Kashf” va “ixtiro”: farqi nimada?
🔹 Alifbo va alifbe: farqi nimada?
🔹 Antarktida va Antarktika: farqi nimada?
🔹 Darslik va oʻquv qoʻllanma: farqi nimada?
🔹 Dahliz va yoʻlak: farqi nimada?
🔹 Qitʼa va materik: farqi nimada?
🔹 Magnituda va ball: farqi nimada?
🔹 Maqol va matal: farqi nimada?
🔹 Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?
🔹 Pashsha va chivin: farqi nimada?
🔹 Pashshami yo chivin: turli hududlarda turlicha maʼno bildiradigan soʻzlar
🔹 Turshak va bargak: farqi nimada?
🔹 Universitet va institut: farqi nimada?
🔹 Mirzo va mirza: farqi nimada?
🔹 Bular bir xil maʼnoli soʻz emas — nozik maʼno farqiga ega 12 ta soʻz
Telegram | YouTube

👍15🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (6-qism) | 5️⃣3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
Telegram | YouTube
👉 YouTubeʼda koʻrish
Telegram | YouTube
👍11🔥2💯2
Savodxonlik testlari
Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar kanalda eʼlon qilingan testlar bilan tanishishi va yechishi mumkin.
3-qism
🔹 Sariyogʻ, saryogʻ
🔹 Tolqon, talqon
🔹 Bukur, bukri
🔹 Jonon, janon
🔹 Bosma taboq, bosma toboq
🔹 Choriyorlar, choryorlar
🔹 Ustuvor, ustivor
🔹 Movarounnahr, Movaraunnahr, Mavaraunnahr
🔹 Qoʻllaniladi, qoʻllanadi
🔹 Shahdam, shaxdam
🔹 Paxmoq, pahmoq
🔹 Chalgʻu, cholgʻu
🔹 Joʻmrak, jumrak
🔹 Qozogʻiston, Qozoqiston
🔹 Quvayt, Kuvayt
👉 1-qism
👉 2-qism

👍18🔥3💯2
“Oʻlja tushgan” harbiy atamalar
Oʻzbekchaga moʻgʻulchadan bir qancha harbiy atamalar “oʻlja tushgan” – dorugʻa, yasovul, qorovul, bakovul, dubulgʻa, navkar.
Navkar soʻzi oʻzbekchada harbiy xizmatkor, askar maʼnolarida qoʻllanadi. Asliyatda harbiy sohaga aloqasiz maʼnoga ega. Moʻgʻulchada noʻxoʻr doʻst, oʻrtoq, yoʻldosh; turmush oʻrtoq, er mazmunida ishlatiladi.
Oʻlja soʻzining oʻzi ham moʻgʻulchadan. Navoiy asarlarida oʻlja bilan birga shu maʼnoda tolon soʻzi ham qoʻllanadi.
Olimlar moʻgʻulcha deb qaraladigan barcha harbiy atamalar ham moʻgʻulcha emasligi, ularning koʻpi qadimgi turkiy ildizlarga egaligini taʼkidlaydi. Masalan, tilshunos Abduvohid Hayit keshikten, tumanbegi, tarxon, oʻron, toʻlgʻama, hatto javongʻor, barongʻor, gʻul kabi atamalar turkiy soʻz ekanini aytadi.

👍16🔥2
Imlosi qiyin soʻzlar (7-qism)
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars bilan tanishing. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Soʻzlar:
🔹 Obdan va obdon
🔹 Oʻgʻrilik va oʻgʻirlik
🔹 Oʻgʻrilik va toʻgʻrilik
🔹 Oʻgʻirlamoq va toʻgʻrilamoq
🔹 Talatoʻpmi yoki talotoʻp
🔹 Hapriqmoqmi yo hapqirmoq
👉 youtu.be/sABMB3Lmv_o

👍21😱2
Moʻjizaning bahosi
Tessi – oʻn yoshlardagi istarali bir qizcha. U bir kuni ota-onasi ukasi haqida gaplashayotganini eshitib qoldi. Qizcha ukasi ogʻir kasal ekanini va davolatish uchun ota-onasida pul yoʻqligini bildi. Oila yaqinda boshqa uyga koʻchib oʻtgan, shu sabab bir paytda uyga va muolajaga toʻlov qilishning iloji yoʻq edi. Teddini kuchli malakaga ega va xizmati qimmat jarrohgina davolashi mumkin edi.
Tessining onasi yigʻlar, otasi esa umidsiz bir ohangda gapirardi:
– Teddini hozir faqat moʻjizagina qutqarib qolishi mumkin.
Bu gapni eshitib, qizcha xonasiga yugurib kirdi, gʻaladondagi qutichasini ochdi. Uning butun boyligi shu idishga jamlangan edi. Tangalarini gilamga toʻkdi-da, sanay boshladi. Adashmaslik uchun uch marta sanadi. Soʻng pullarini qutichaga solib, bor kuchi bilan dorixonaga qarab yugurdi. Tessi dorichi unga vaqt ajratishini jimgina kutib turdi. Biroq oq xalatli kishi boshqa bir kishi bilan qizgʻin suhbatlashar, xona chetidagi oʻn yashar qizchaga qarab ham qoʻymasdi. Xiyla vaqt oʻtdi. Qizcha nima qilarini bilmay, oyoqlarini bir-biriga tap-tap etkazib urdi. Biroq foydasiz. Soʻng qattiq-qattiq yoʻtaldi. Ammo bu ham naf bermadi. Oxiri bitta tangani olib, oynani chertdi. Nihoyat dorichi unga qaradi!
– Nima kerak senga? – dedi u asabiylashib. – Koʻrmayapsanmi, ukam bilan gaplashyapman. Atay Chikagodan kelgan, necha yildan beri koʻrishmagan edim.
– Men ham ukamni deb bu yerga keldim, – dedi Tessi ovozi titrab. – U judayam ogʻir kasal... Men unga moʻjiza sotib olmoqchiydim.
– Uzr, nima deding?
– Ukamning ismi Ted, uning boshida bitta yomon narsa oʻsyapti ekan. Dadam: “Uni faqat moʻjiza qutqarishi mumkin”, deb aytdi. Oʻsha moʻjiza necha pul turadi?
– Qizalogʻim, biz moʻjiza sotmaymiz. Kechirasan, senga yordam berolmayman, – dedi dorichi.
– Pulim bor, agar kam boʻlsa, yana opkelaman. Qanchaligini aytavering.
Dorichining poʻrim kiyingan ukasi choʻnqayib oʻtirdi-da, qizchani yoniga chaqirdi:
– Kel-chi, qizim, ukangga qanaqa moʻjiza kerak?
– Bilmadim, – dedi Tessi yigʻlamsirab. – Men faqat ukam kasalligini, uni operatsiya qilish kerakligini bilaman. Oyim shunday dedi. Lekin dadam unga pul toʻlolmaydi. Shuning uchun oʻzimning pulimni ishlatishga qaror qildim.
– Qancha puling bor? – deb soʻradi chikagolik kishi.
– Bir dollaru oʻn bir sent, – deb gʻoʻldiradi qizcha. – Bor pulim – shu. Bu kam boʻlsa, yana opkelaman.
Chikagolik kishi tangalarni oldi-da, qizchaning qoʻlidan tutdi. Uyiga olib borishini soʻradi:
– Hozir uylaringga boramiz. Ota-onangni, ukangni koʻrishimiz kerak. Oʻshanda unga qanaqa moʻjiza kerakligini aniqlayman.
Bu poʻrim kiyimli kishi neyroxirurgiya sohasida dovruq qozongan taniqli jarroh Karlton Armstrong edi. U jarrohlik amaliyotini mutlaq tekinga qildi va Teddi tez orada uyiga soppa-sogʻ boʻlib qaytdi. Ota-ona oʻzida yoʻq xursand, biri olib-biri qoʻyib doʻxtirni maqtar, uni yoʻliqtirgani uchun Xudoga shukrlar aytardi.
– Bu doʻxtir haqiqiy moʻjiza boʻldi, gʻoyibdan keldi, – deb shivirlardi ona, – Bilmadim, bunaqa operatsiya necha pul turarkan...
Tessining yuzlariga tabassum yugurdi. U moʻjizaning bahosi qanchaligini juda yaxshi bilardi... Bir dollaru oʻn bir sent va oʻn yashar qizaloqning samimiy ishonchi.
👉 Ibratli hikoyalardan

👍38😢21🔥4💯3
Qirol oʻldi. Yashasin qirol!
Bu iboraning ildizlari ham fransuzchaga borib taqaladi. Fransuzcha tartib-taomilga koʻra, monarx oʻlgan zahoti oliy hokimiyat uning vorisiga oʻtadi va bu “Qirol oʻldi. Yashasin qirol!” jumlasi orqali eʼlon qilinadi. Odatda mulozim saroy derazalaridan shu soʻzlarni aytib jar solgan. Oddiy xalq bundan qirol oʻlgani va yangi qirol taxtga oʻtirayotganini anglagan.
Ushbu ibora juda koʻp mamlakatlarda yangi hukmdorni eʼlon qilish uchun ishlatiladi. Bunda birinchi jumla sobiq monarxga, ikkinchi jumla yangi qirolga ishora qiladi.
Oʻrta asrlar Angliyasida kibor va zodagonlar fransuz tilida soʻzlashar edi. Shu sabab qirol oʻlimi va yangi hukmdorni eʼlon qilish bilan bogʻliq ibora ingliz tiliga oson oʻzlashadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1272-yili qirol Henri III vafot etganda “Qirol oʻldi. Yashasin qirol!” iborasi ishlatilgan.
Bu ibora hozir nutq shtampiga aylangan, koʻchma maʼnolarda ham qoʻllanadi. Maqolalar, reklamalar, videoroliklarning sarlavhalariga olib chiqiladi. Bunda mavzu vorislik, kimgadir nimadir oʻtayotgani haqida boʻladi.
Millatlar Ligasi mafkurachilaridan biri, britaniyalik siyosatchi Robert Sesil 1946-yili Millatlar Ligasining soʻnggi majlisida soʻzlagan nutqini “Liga oʻldi. Yashasin Birlashgan Millatlar Tashkiloti!” jumlalari bilan yakunlagan. Bunda Millatlar Ligasi tugatilib, oʻrniga BMT tashkil qilinayotgani ifoda etilgan.
👉 daryo.uz/hLnADf8E

👍30🔥8
Ibratli hikoyalar
1-qism
🔹 “Nodon onangni kechir, oʻgʻlim!”
🔹 “Obonato!”
🔹 Avtobusda yurmaydigan odam
🔹 Ayb kimda?
🔹 Aqlli himoya
🔹 Bilmaslikning foydasi
🔹 Bir kosa sut
🔹 Bir usulli polvon
🔹 Bolakayning sabogʻi
🔹 Bu shaharda qanday odamlar yashaydi?
🔹 Boʻron
🔹 Diqqatni jamlashning hikmati
🔹 Donishmandning latifasi
🔹 Dunyoning yetti moʻjizasi
🔹 Yomonga oʻzining yomonligi kifoya
👉 2-qism
Telegram | YouTube
Bu hikoyalarning ayrimlari hayotda yuz bergan, ayrimlari toʻqima. Biroq ularning barida hayotiy haqiqatlar yashirin. Ibratli hikoyalar yangidan yozilgan emas, tarjima. Internet foydalanuvchilari oʻz boshidan oʻtkazgan, koʻrgan-eshitgan yoki qaydadir oʻqigan voqealarni shaxsiy sahifalarida yoki saytlarda yozib qoldirishgan. Hikoyalarning muallifi ham yoʻq.
Men bu kichik fiqralarning baʼzilarini deyarli oʻzgartirmay tarjima qilganman, baʼzilarining syujeti – suyaginigina olganman, ayrimlarining bir-ikki detalidan foydalanib boshqa hikoya yozganman.
Xullas, oʻqing va ibrat oling.
1-qism
🔹 “Nodon onangni kechir, oʻgʻlim!”
🔹 “Obonato!”
🔹 Avtobusda yurmaydigan odam
🔹 Ayb kimda?
🔹 Aqlli himoya
🔹 Bilmaslikning foydasi
🔹 Bir kosa sut
🔹 Bir usulli polvon
🔹 Bolakayning sabogʻi
🔹 Bu shaharda qanday odamlar yashaydi?
🔹 Boʻron
🔹 Diqqatni jamlashning hikmati
🔹 Donishmandning latifasi
🔹 Dunyoning yetti moʻjizasi
🔹 Yomonga oʻzining yomonligi kifoya
👉 2-qism
Telegram | YouTube
👍27🔥2💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imlosi qiyin soʻzlar (7-qism) | 5️⃣4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
Telegram | YouTube
👉 YouTubeʼda koʻrish
Telegram | YouTube
👍20
Birovning koʻp narsasidan koʻra oʻzingning oz narsangga ega boʻl.
Sloven xalq maqoli
Telegram | YouTube
Sloven xalq maqoli
Telegram | YouTube
🔥34👍24
“Dono”ligini yoʻqotgan mergan
Mergen moʻgʻulchada oʻq otish boʻyicha gʻolib, oʻqni aniq otuvchi, dono, salohiyatli kabi maʼnolarga ega. Oʻzbekchada esa nishonni bexato uradigan, oʻqchi askar maʼnolarida ishlatiladi. Asliyatdagi dono, bilimdon maʼnosi oʻzbekchaga koʻchib oʻtmagan.
Bu anglamga ega turkiycha soʻz boʻlganmi? Boʻlgan. “Devonu lugʻatit turk”da atim, yaʼni otuvchi soʻzi mergan maʼnosida keladi. Atim er – oʻq otishga usta odam.
Bugun tilimizdan oʻz soʻzimiz atim bosh olib ketgan, mergan soʻzini ham kam ishlatyapmiz. Oʻrniga asli inglizcha snayperni maʼqul koʻryapmiz. Uning oʻzagida snipe – loyxoʻrak soʻzi yotadi. Loyxoʻrak – kichkina jussali, yashirinishga usta, tez uchadigan va harakatini tuyqus oʻzgartiradigan qush. Uni otish uchun oʻta mahoratli mergan boʻlish zarur. 1770-yillari Hindistonda britaniyalik askarlar loyxoʻrak ovlash maʼnosida to snipe, sniping soʻzlarini ishlata boshlaydi. 1820-yili bu feʼllardan yangi soʻz – sniper yasaladi va u 1824-yili ilk bor harbiy atama maʼnosida qoʻllanadi. Birinchi jahon urushi tufayli snayper omma tushunadigan soʻzga aylanadi.

👍27🔥2
📚 Yilning eng foydali loyihasiga marhamat!
📌 “Mutolaa” jamoasi tashkil etadigan marafonda eng kuchli mutaxassislarning suhbatlarida qatnashish imkoniga ega boʻlasiz!
🔥 Eng qizigʻi – loyihada ishtirok etish mutlaqo BEPUL.
— Mutolaa vaqti keldi!
👇 Ishtirok etish uchun:
@mutolaamarafon_bot

👍21🤣2🔥1
Nima degani?
Soʻz va iboralar maʼnosiga oid maqolalar
2-qism
🔹 “Pishang bermoq” nima degani?
🔹 “Putur ketmoq” – putur nima?
🔹 “Salib” nima degani?
🔹 “Soʻqqabosh”: soʻqqa nima degani?
🔹 “Tiyrak” nima degani?
🔹 “Uzzukun” nima degani?
🔹 “Uzunquloq gaplarga koʻra”. Gap uzunquloq boʻlishi mumkinmi?
🔹 “Ustuvor” soʻzini toʻgʻri qoʻllang
🔹 “Xilqat” nima degani?
🔹 “Hadis” soʻzining boshqa bir maʼnosi
🔹 “Chikora” nima degani?
🔹 “Islom” soʻzining maʼnosi nima?
🔹 Adabiy emakdosh: “emakdosh” nima degani?
🔹 Biz tez-tez ishlatadigan, lekin asl maʼnosiga eʼtibor qaratmaydigan 🔟 ta soʻz
🔹 Bir baxya qoldi: baxya nima?

👍15
Juvonmardni juvonmarg qilmang
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlarning maʼno-mazmuni, qoʻllanishi, imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Alohida rolik ham ishlandi. Oʻlmas Temur ning gapiga kirib, unda oʻzim ham qatnashdim ))
Xullas, koʻring:
👉 youtu.be/bv3dLEkwr9s
Telegram | YouTube
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlarning maʼno-mazmuni, qoʻllanishi, imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
Darslarni yozishda yangicha formatga oʻtdik. Virtual xattaxta oldida turib gapirish amaliyotidan voz kechdik. Endi darslar YouTubeʼga xos shaklda olib boriladi.
Xullas, koʻring:
👉 youtu.be/bv3dLEkwr9s
Telegram | YouTube
👍28🔥8🤣3💯1
Turing, janob, sizni buyuk ishlar kutmoqda!
Bu iborani birovni uyqudan turgʻizish yoki kishini biror ishga ruhlantirish uchun hazilomuz tarzda ishlatamiz. Juda koʻp badiiy asarlarda, maqolalarda, kino va roliklarda qoʻllangan bu ibora fransuz nazariyachi olimi va islohotchisi Anri de San-Simonga tegishli. Uning biograflari yozishicha, katta maqsadlar va kuchli irodaga ega Anri oʻsmir yoshida xizmatkorlariga oʻzini har tong “Turing, graf, sizni buyuk ishlar kutmoqda!” deb uygʻotishni topshirgan. San-Simon haqiqatan ham katta maqsadlarga ega edi. Masalan, u yoshlik paytlari Atlantika va Tinch okeanlarini bogʻlashni, Madriddan dengizgacha kanal qurishni reja qilgandi.
Baʼzi tadqiqotchilar bunday uygʻotishni yosh Anri emas, unda yuksak salohiyatni koʻrgan xizmatkorlari oʻylab topgani va Anriga har tong shunday soʻzlar bilan uygʻonishni uqtirganini aytadi. Boshqa bir qarashga koʻra, bu ibora haqidagi gaplar aslida boʻlmagan, keyinroq ulugʻ mutafakkir tarjimai holiga qoʻshib qoʻyilgan.
Lekin bu ruhlantiruvchi ibora toʻqima emas. Uning ildizi antik davrlarga borib taqaladi. Qadimgi yunon adibi Plutarx “Oʻqimishli boʻlmagan hukmdorga” asarida fors shohini xizmatkori har tong ulugʻ va xayrli ishlar kutayotganini aytib uygʻotganini yozadi. Soʻng maʼrifatli va oqil hukmdorning oʻzida shunday ichki ovoz boʻlishini, u hukmdorni yuksak amallarga muntazam undab turishini aytadi.

👍34💯4🔥2
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir videoni ko‘rib qattiq ta’sirlandim va sizlar bilan bo‘lishgim keldi.
G‘allaorollik singlimiz tuman markazidan 80 kilometr olisdagi “Jiydali” mahallasida o‘zidagi cheksiz imkoniyati, jasorati sababli bugungi kunda shu qishloq bolalari uchun o‘z uyida shinamgina kutubxona ochibdi. Bizni yana bir xursand qilgan holat G'allaorol tuman Yoshlar ishlari agentligi jamoasi esa, mazkur tashabbus uchun kitoblar to'plamlari sovg'a qilib, kutubxona fondini kengaytirishga yordam qilishibdi.
Nargiza ochgan “Umid” kutubxonasi nafaqat yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtiradi, balki hayotdagi har bir sinovga duch kelgan insonlarga umid bag‘ishlaydi.
Kutubxona ochgan yana qaysi qahramonlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!
@alisher_sadullaev

👍74🔥6😢1
Unikal qoʻlyozma. Unikal asar. Unikal tajriba.
Yuqoridagi jumlalarda qatnashgan “unikal” soʻzining maʼnosi nima?

Anonymous Quiz
64%
Nodir, noyob
24%
Eski, qadimiy
12%
Tushunarsiz, qiyin
👍17
Yomgʻirdan toʻzonga, toʻzondan shamolga
Boʻron soʻzi oʻzbekchada toʻzon yoki qor-yomgʻir aralash esadigan shiddatli shamolni anglatadi. Bu mazmundan bir necha koʻchma maʼnolari ham oʻsib chiqqan. Boʻron deganda qor-yomgʻirsiz holat ham tushunilishi mumkin. Masalan, qum boʻroni iborasi shamoldagi qum toʻzonini bildiradi, bunda biror yogʻin boʻlmaydi. Boʻron turdi, boʻron quturdi kabi birikmalar ham guvillab esayotgan, hamma yoqni agʻdar-toʻntar qilayotgan shamolni tasavvurimizda jonlantiradi.
Bu soʻz – moʻgʻulcha boʻroʻoʻn soʻzining oʻzlashma shakli. Asliyatda u oddiy yomgʻirni bildiradi, shamol yoki toʻzon mazmuniga ega emas.
Qadimgi turkiy tilda kishini oʻldiradigan qattiq shamol, boʻron maʼnosida qad soʻzi ishlatilgan: qad boʻldi – boʻron qoʻzgʻaldi. Er qadti degani kishi qor boʻronidan oʻldi degan maʼnoni bergan. Bugun sovuqdan muzlasak, qotib qoldim deymiz. Balki, bu iboraning ildizi oʻsha qadimiy qad, qadmoq soʻzlariga borib taqalar.
Qor boʻroni eski turkiyda tupi soʻzi bilan ifodalangan. Har yoqdan esuvchi qattiq izgʻirin shamol esa talgʻagʻ deyilgan.
Afsuski, bu turkiy soʻzlarning bari tilimiz sandigʻidan tushib qolgan.

👍21😢4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juvonmardni juvonmarg qilmang | 5️⃣5️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
Telegram | YouTube
👉 YouTubeʼda koʻrish
Telegram | YouTube
👍17🔥4💯2
Punktuatsiyaga oid maqolalar
4-qism
🔹 Shuningdek: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Ey: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Esa: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Esiz: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Yaʼni: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Degan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Nihoyat: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Koʻchirma gap va tire
🔹 Qoʻshtirnoq va tinish belgilari
🔹 Taxminan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Qachon tire ishlatilmaydi?
🔹 Qishloqlar va koʻchalar nomi qoʻshtirnoqqa olinmaydi
🔹 Foydalanib, tayanib, asoslanib: vergul kerak emas
🔹 Koʻpincha: vergul kerakmi yoki yoʻq?
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism

👍14🔥6💯1