Telegram Web Link
💯43👍2🔥1
Shvabra bilan bog’liq so’rovnoma qilgandim. U yerda “polcho’p va polyuvgich” so’zlaridan qaysi biri mos tushadi degandim. 154 kishi qatnashgan anketada 44 foiz odam “polcho’p”ni, 54 foiz odam “polyuvgichni” afzal ko’rgan. İzohlarda berilgan variantlar ham juda yoqdi. Masalan, Xorazmda “poltayoq” deyilar ekan. Samarqandning qaysidir tumanida yerartqi, polartqi kabi orginal ismlar bor ekan. Shuning uchun aytaman-da shevalar muhim deb. Sizga ushbu to’rt variantdan qaysi biri yoqdi:
Poyuvgich
Polcho’p
Poltayoq
Yerartqi(polartqi)
@shevashunos
👍85🔥18🤨7
Kamgap ezmani ham jim oʻtirishga majbur qiladi.

Arman maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍50🤣19💯10🔥4🤨1
Muammo vaqtimiz kamligida emas, uni koʻp sarflashimizda.

Seneka

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍31💯12🔥3😱3😢3
Marosim nomlari qanday yoziladi?

Imlo qoidalariga koʻra, marosim nomlari kichik harfda yoziladi. Agar ular qoʻshma ot boʻlsa, qoʻshib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryogʻdi.

❗️ Eʼtibor bering: marosim nomi bosh harfda emas, qoʻshtirnoqqa ham olinmagan.


Bu tartib boshqa marosim va udumlar nomiga ham tatbiq qilinadi:

Qadimda shox moylash, yomgʻir chaqirish, darveshona, choymomo, shamol chaqirish kabi marosimlar oʻtkazilgan.

Toʻy marosimlariga nonsindirar, yuzochar, charlar, kelinsalom, beshik toʻyi, sabzitoʻgʻrar, nahorgi osh misoldir.

Marosimda aytilgan qoʻshiq esa asar nomi sifatida bosh harfda va qoʻshtirnoqda beriladi:

Yomgʻir chaqirish marosimida “Sus xotin” qoʻshigʻi aytilgan.

#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍37
Aqtau emas, Oqtov

Bilasiz, kecha Qozogʻistonda samolyot halokatga uchradi. Voqea sodir boʻlgan shahar nomini Aktau, Aqtau, Oqtau, Oqtou, Aqtov, Oqtov kabi shakllarda yozish uchrayapti. Qay biri toʻgʻri?

Oʻzbekcha talaffuzga moslanib oʻzlashgan joy nomlarini aynan shunday berish kerak. Agar oʻzbekchaga moslanmagan yoki nisbatan kam uchraydigan toponim boʻlsa, asliyatga qaraymiz va oʻzbekcha imloga mos shaklda ifodalaymiz. Asliyatdan uzoqlashib, uchinchi til vositasida oʻzlashgan boʻlsa ham, imloda oʻzbekchaga tayanamiz.

Biz tilga olgan shahar qoʻshni mamlakatda, uning nomi tilimizga allaqachon oʻzlashgan – Oqtov. Masalan, milliy ensiklopediya uni shunday bergan. Shu shakli toʻgʻri.

“Qozoqchada Aqtau yoziladi-ku”, deb eʼtiroz bildiradiganlarga “Qozoqchada shunday yozavering, oʻzbekchada Oqtov shaklida yozing”, deb javob beramiz. Masalan, Anqara turkchada Ankara yoziladi, lekin oʻzbekchada bunday yozmaymiz. Chunki tilimizga bunday oʻzlashmagan.

📌 Demak:

Oqtov
Aktau, Aqtau, Oqtau, Oqtou, Aqtov

#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍70🔥8💯3😱1🤨1
​​Qadam ranjida qilmadim, bordim

Biror kishi sizga hadya bersa yoki yengilroq yumushingizni bajarsa, qanday minnatdorchilik bildirasiz? Ovora boʻlibsiz-da, sizni zahmatga qoʻydim, sizni ovora qildim kabi iboralar bilan tashakkur aytasiz, toʻgʻrimi? Lekin odam oʻzi birovga nimadir tortiq qilgan yoki boshqaning biror xizmatini bajargan payti ovora boʻldim-da, meni zahmatga qoʻydingiz, meni ovora qildingiz demaydi.

Xuddi shu kabi holatni qadam ranjida qilmoq iborasida ham kuzatish mumkin. Ranjida degani uringan, qiynalgan maʼnosiga ega. Ibora oyogʻini ogʻritib kelish, ovora boʻlib kelishni anglatadi. Ikkinchi yo uchinchi shaxs haqida shunday mulozamat bilan gapirish mumkin: qadam ranjida qiling, qadam ranjida qildilar.

Iborani birinchi shaxs tilidan ishlatish xatodir:

Bugun ajoyib bir ilm dargohiga qadam ranjida qildim
Bugun ajoyib bir ilm dargohiga qadam ranjida qildik


Ilm dargohiga ovora boʻlib keldim, vaqtimni oldilaring degani bu. Aqli bor odam bunaqa mazmunda gapirmaydi. Malollansa, kelmay qoʻya qoladi. Shunda oyogʻini ham, boshqalarning koʻnglini ham ogʻritmaydi.

Yuqoridagi jumlani mana bunday tahrirlash mumkin:

Bugun ajoyib bir ilm dargohiga bordim
Bugun ajoyib bir ilm dargohiga bordik

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍36🔥8🤨2
Orif Tolib
​​Qadam ranjida qilmadim, bordim Biror kishi sizga hadya bersa yoki yengilroq yumushingizni bajarsa, qanday minnatdorchilik bildirasiz? Ovora boʻlibsiz-da, sizni zahmatga qoʻydim, sizni ovora qildim kabi iboralar bilan tashakkur aytasiz, toʻgʻrimi? Lekin…
Bu xuddi tashrif buyurmoq iborasiga oʻxshaydi. Siz tashrif buyurmaysiz. Sizga tashrif buyuring deyishadi yoki ulugʻ, hurmatli kishilar haqida tashrif buyurdi deb gapirishadi.

Lutfan taklif qilmoq iborasida ham shunaqa xatoliklar uchraydi. Birovni toʻyga yo ziyofatga taklif qilgan odam lutf qilmaydi, shu taklifga labbay deb javob bergan, boshqa ishini qoʻyib, vaqt ajratib kelgan odam lutf qilgan boʻladi. Kishidan lutfan, yaʼni lutf qilib mehmon boʻlishini soʻrash mumkin.

Men qadam ranjida qildim, biz qadam ranjida qildik kabi iboralarda ham shunday mantiqiy xato bor. Bunaqa minnatli iborani umuman qoʻllamaslik kerak.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🔥20👍18
Farosatsiz haydalsa, har qanday avtomobil bir umrga yetadi.

Mixail Jvanetskiy

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
💯18🤣12👍7
Hamma gap samimiyatda. Chol banan poʻchogʻiga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentlmen bilan sodir boʻlsa, miriqib xoxolaymiz.

Charli Chaplin

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍35💯14🤣14
Bugun doʻstim, taniqli yozuvchi Saʼdullo Quronov doktorlik (DSc) ishini 100 foiz ovoz bilan yoqladi. Havas qilarli natija.

Ilm va ijoddagi muvaffaqiyatlar davomli, barakali boʻlsin.

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
🔥80👍51💯16
Manguga ajraladi

Suv, Shamol, Olov va Nomus doʻst tutingan edi. Ular hamisha birga yurardi. Lekin ajraladigan, hamma oʻz ishi bilan shugʻullanadigan vaqt keldi. Ketish oldidan keyinchalik bir-birlarini qanday topa olishlari haqida fikrlashishdi.

– Biror oʻsimlik koʻkargan joyda men albatta boʻlaman, – dedi Suv.

– Yaproqlar shivirini eshitsangiz, bilingki, men oʻsha yerdaman, – dedi Shamol.

Olov esa tutun bor joyda boʻlishini aytdi. Birgina Nomus indamay turardi. Doʻstlari undan nimaga belgi-alomatlarini aytmayotganini soʻrashdi.

– Sizlar ajralishingiz va qayta topishishingiz mumkin. Mendan ajralganlar manguga ketadi, men bilan qayta hech qachon birga boʻlolmaydi, – deb javob berdi Nomus.

👉 Ibratli hikoyalardan

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍32😢25🔥3💯2
Agar hamyoningizdagi barcha pulni kallangizga joylashtirib olsangiz, uni sizdan hech kim olib qoʻya olmaydi.

Benjamin Franklin

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍40🤣10🤨5🔥2💯1
Savodxonlik testlari

Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar kanalda eʼlon qilingan testlar bilan tanishishi va yechishi mumkin.

4-qism

🔹 Sogʻliq, sogʻlik
🔹 Bahiya, bahya, baxya
🔹 Mosuvo, mosivo
🔹 Qaytaga, qaytanga
🔹 Oʻrta maxsus taʼlim, oʻrta-maxsus taʼlim
🔹 Raxna, rahna
🔹 Mehnati singgan, mehnati singan
🔹 Rixlat, rihlat
🔹 Tadqiq, tatqiq
🔹 Mavjudod, mavjudot
🔹 Yangidan, yangitdan
🔹 Sunbul, sumbul
🔹 Ansanbl, ansambl
🔹 Istanbul, Istambul
🔹 Sunbula, sumbula

Oldingi qismlari:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍16😱3
Dunyoni yoshlar boshqaradi – qariganlarida.

Bernard Shou

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🤣88👍21💯6🔥3🤨3
2025/07/08 13:33:29
Back to Top
HTML Embed Code: