Telegram Web Link
#newbook #yangikitob

Amerikadagi kichik shaharchada Pekola Bridlou ismli qora tanli qizcha yashaydi va u moviy koʻzlari boʻlishini istamaydi.

Kitobni koʻrib, u va muallifi haqida ma’lumot izlashdan oldin hayolimga kelgan ilk fikr shunday edi: “Qanday oʻzgacha nom! Eng moviy koʻzlar qanaqa boʻladi?!”

Amerikalik adiba, Nobel mukofoti sovrindori Toni Morrisonning “Eng moviy koʻzlar” kitobi orqali ancha tin olgan “Factor Books” nashriyoti kitobxonlar ommasiga qaytdi deyishimiz mumkin.

Adiba (asli ismi Xloya Ardeliya) asarida anglaganingizdek, zoʻravonlik, irqchilik va bolalarga nisbatan zoʻravonlik illatlari mavzusi koʻtarilgan.

Tarjimon - Saodat Abdurahmonova. Hadya uchun Factor Booksda minnatdorchilik bildiraman va kitob mutolaasi maroqli boʻladi deb oʻylayman!

@panda_books
👍18🔥8🐳43👏2💔2💯1
​​Xitoylik faylasuf, siyosatdon va harb ilmi bilimdoni Van Yanmindan do‘sti so‘radi:

— Kitob o‘qigandan so‘ng hech narsa yodda qolmasa nima qilmoq kerak?

Van Yanmin dedi:

— Uni tushunmoq kerak, yodlash shart emas. Tushunmoq zaruriyati ham ikkinchi darajali narsa. Eng avvallo kitobning asosiy mohiyatini anglamoq joiz.


@panda_books
👍25🔥6💯43🕊1
— Nima bu?!
🤣85😢19🤷‍♂4👍2🤯2🔥1
Kitobni faqat telefoningiz quvvati tugagandagina qo'lingizga olmang.

@panda_books
🔥51👍93
​​#haqida

Turli zamonlardagi qahramonlar

Hindlarning "Bhagavadgita"sida ajoyib bir fikr bor. Krishna shogirdlariga ikki narsani o‘rgatadi:
1) shaxsiy maqsadlar (pul va kayf) uchun yashash behuda;
2) harakatsiz hayot ham behuda, shunichun katta tarixiy vazifani zimmaga olib, uni amalga oshirishga harakat qilish lozim.

Qanday tarixiy vazifa haqida gap ketayotgani aniq emas, ammo Krishna o‘shandayoq "qahramon" arxetipini - o‘zi uchun emas, balki boshqalar uchun yashaydigan Xaloskorni belgilab bergan. Bu timsolni turli davrlarda kimlar ko'proq mos?

Xo‘sh, antik davrda, tushunarli - afsonaviy kuchli jangchilar: Gilgamesh, Gerakl, Beovulf. Keyin dono istilochi hukmdorlar: Sargon, Amenxotep III, Aleksandr, Mark Avreliy va hz.

O‘rta asrlarda qahramon obrazi keskin o‘zgaradi. Endi u payg‘ambar, avliyo, imkon qadar shahid, o‘zini Xudo yo‘lida qurbon qilgan yoki uni madh etgan zotlar: Iso, Muhammad s.a.v, Budda...

Uyg‘onish davridan boshlab yana keskin burilish yuz beradi: endi qahramon kashfiyotchi olim. Vasko da Gama, Kolumb, Magellan, Mikelanjelo, Da Vinchi, Galiley va Jordano Bruno.

XVIII asrdan XX asrgacha yangi bir tip paydo bo‘ladi - romantik inqilobchi. Ulardan eng yorqinlarii Napoleon va Che Gevara.

XXI asrda esa faqat bitta obraz xayolimizga keladi - texnologiya milliarderlari. Jeff Bezos, Elon Mask, Mark Sukerberg. Nega?

Aslida, tech billionaires allaqachon bemalol hayot kechirishlari mumkin edi - kilometrlik yaxtalarda model jononlar davrasida, masalan. Ammo Mask koinotni o‘zlashtiryapti, bepul internet tarqatyapti, sun’iy intellekt ustida ishlayapti va inson umrini uzaytirishga milliardlab mablag‘ sarflayapti. Ya’ni, ular boshida aytganimiz Krishnaning o‘gitlariga muvofiq mehnat qilyapti. Buning omilini esa asosan bitta narsada ko'rayapman — erkinlikda.

@panda_books
🔥13👍6
#reading

“Jannat” romanidan bir qator.

@panda_books
🔥123👍2
#reading

Deyarli ikki yil oldin, 2022-yil 22-avgust kuni, Salman Rushdi Nyu-York shtatidagi Chatokua Universitetida zamonaviy yozuvchilarni xavf-xatardan qanday himoya qilish kerakligi haqida ma’ruza o‘qish uchun sahnaga chiqadi. Tadbir boshlanishi bilanoq, sahnaga notanish shaxs yugurub chiqib, Rushdiga ko‘plab pichoq zarbalari yetkazadi. Yozuvchi bu jarohatlangan voqea va uning oqibatlari haqida ilk bor o‘zining "Pichoq" nomli avtobiografik kitobida batafsil hikoya qilibdi.

@panda_books
👍13🔥43
#meme

Sizlardayam shunaqami?

@panda_books
🤣48😁34👍5🤨2💯1
Forwarded from Qisqa satrlar
Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko‘chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo‘ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo‘lgan bo‘lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo‘r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko‘rgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan ayol har yerda izzat topadi. Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‘l qo‘yadi.

Abdibek Sheroziy

👉 Qisqa satrlar
👍10💯3🔥1
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
🔥86👍2
XXI asr savoli

Men erkinman, a?…

@panda_books
💔27👍2🔥2
Bugungi tadbirda bookblogerlar bilan. Abdurahmon aka, Temur aka, Muhiddin va Ivan Karamazov:)

Kun asosiy qahramoni Mirzohid bilan rasmga tushish esdan chiqibdi, lekin kitoblarga dastxat tushirib oldim:)

@panda_books
👍28🔥5🍓532😈2🤷1
#haqida

Bilim - bu paradoks. Inson qanchalik koʻp narsa bilar ekan, shunchalik johilligini chuqur anglab boraveradi.

@panda_books
💯44👍9🔥743🤷‍♂1
#sarhisob #noyabr

Oy Sarhisobi.


Noyabr ham o'tdi. Kitoblar, ozroq serial va yana kitoblar bilan. Kuzdan lazzat olishga ulgurmadik ham.

O'qilgan kitoblar:
♻️ Renee Knight — "Disclaimer"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Uolter Ayzekson – “Elon Mask”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Karel Chapek — "Salamandralar bilan jang"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Umberto Eko — "Dushmaningni yarat"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Furqat Alimardon — "Qorakuya"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Simon Clair — "K Culture: K-pop, Cuisine, On Screen, And More"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 O'zga sayyoralikka qaysi kitobni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
👉 Originalida nimani o'qish kerak?
👉 Tarix qiziq
👉 Kulgu
👉
Talabalar kuni
👉
Ustoz qadri
👉
Kulgu 2.0

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
👍12💯21
#newbook #yangikitob

Huzur nashriyotidan “Bu ham oʻtar, yo Hu!” va "Katta shahzoda" kitoblarini jo'natishdi.

Ayniqsa, Mikeil Adiguzelning kitobi nomi juda qiziqarli ekan, men hatto boshida bu "Kichkina shahzoda"mikan deb o'ylabman:) Ko'ramiz, qanday ekan!

@panda_books
👍15🔥3
Forwarded from Bored Panda
#news

"Brain Rot" Oksford lug‘ati tomonidan "Yil so‘zi" deb topildi

Manbada aytilishicha, Brain Rot so'zi, o'zbekchada aytganda "Miya chirishi" bu "ahamiyatsiz va yuzaki kontentni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishning oqibatida insonning aqliy yoki intellektual qobiliyatining pasayishi" degan ma'noda qo'llaniladi.

Juda vaqtida topilgan so'z.

@boredpandablog
🔥268👍3🤪3💯2
#haqida

Bu yilgi audiokitoblarim sarhisobi

Odatda audiokitoblarni Telegramga yuklab eshitardim. Bu yildan asosan Yandeks Music orqali tinglashni boshladim. (oz muddat Mutolaa)

Xullas, kecha Yandex mening bu yilgi 11 oylik sarhisobimni keltiribdi. Demak, yil boshidan to hozirga qadar 13 142 daqiqa audiokitoblar tinglabman. Bu Yandexdagi eng ko'p kitob o'qiydigan va eshitadiganlarning TOP 5%i orasiga kirarkan! Chakkimas)

Agar bu daqiqalarni soatga o'girsak, 219 soat-u, 2 daqiqa bo'larkan. Agar uni sutkaga o'girsak, naq 9 kun-u, 3 soat yemay-ichmay, uxlamay kitob o'qib chiqqan bo'larkanman:) va bu hali faqat audiokitoblarga sarflaydigan vaqtim ekan.

Xullas, shu yoqimli statistikani sizlar bilan ham bo'lishgim keldi. Nima demoqchiman, kitob o'qishdan va uni sevishdan aslo charchamang!

@panda_books
👍17
Forwarded from Panda Books
​​Green Book

Ko'pchilik 2018-yilda ekranlarga chiqqan, bosh rollarni mahoratli aktyorlar - Viggo Mortensen va Mahershala Ali ijro etgan, shuningdek taniqli Piter Farelli rejissorligidagi "Yashil kitob" ("Green Book") filmini ko'rgan bo'lsa kerak. U o'sha yili ulkan mashhurlikka erishadi va "Oskar", BAFTA, "Oltin Globus" kabi nihoyatda nufuzli mukofotlarni qo'lga kiritadi. Lekin hech o'ylab ko'rganmisiz, nega filmning nomi "Yashil kitob" deb ataladi va umuman u qanaqa kitob bo'ldi?

Film Amerika tarixining eng qiyin va inson huquqlari kamsitilish odatiy holga aylangan davrlar haqida hikoya qiladi. Chunki AQShda amerikalik qoratanlilarga nisbatan qattiq diskriminatsiya va ular ustidan o'rnatilgan nazorat Fuqarolar urushi va 1865-yilgi qullikni bekor qilinishidan keyin ham uzoq yillar davomida saqlanib qolgandi.

Shunday o'taketgan diskriminatsion normalar namoyishlaridan biri - "kunbotar shaharlar" (Sundown towns) qoidasi edi. Shunday nom olgan shaharlarda qoratanlilar (ba'zan meksikalik va yahudiylar) kun botganidan so'ng ko'chaga chiqish huquqidan mahrum qilingandi. Bilasiz, Amerika — avtomobillar mamlakati, bitta qo'shiqda aytilganidek, "66 Trassadan kayf ol". Odamlar mashinalarda bepoyon kengliklar bo'ylab sayohat qilishardi. Ammo hammayam bunday ko'ngilochar mashg'ulot bemalol emasdi. 1930-yilda 66 Shosse o'tgan 89 ta okrugdan 44 tasida "kunbotar shaharlar" joylashgandi. Deylik, sizni tanovul qilgingiz yoki hojatga chiqqingiz kelib qoldi, ammo shahardagi bu xizmatlarning barchasi oq tanlilar uchun bo'lsa, nima qilardingiz? Hattoki, Coca-cola sotadigan avtomatlarda ham "Faqat oq tanlilar" uchun degan yozuv bor edi.

Vaziyat shunchalik yomon ediki, Garlem shahrining pochtalyoni, afroamerikalik Viktor Grin "Negro haydovchi uchun Yashil kitob" (Negro Motorist Green Book) — qora tanli haydovchilar uchun kun botgandan so'ng qayerda ovqatlanish va hojatxonaga borish batafsil berilgan yo'l tushuntirgich chop etishni lozim deb biladi. Bu qo'llanmaning oxirgi soni 1966-yilda chop etiladi. Bizning qahramonlarimiz ko'rsatib bergan voqealar esa 1962-yilda sodir bo'ladi. Shu tariqda "Yashil kitob" o'z sayohatini uzoq vaqt davom ettiradi.

Xulosa o'rnida, menga manzur bo'lgan filmdagi bitta iborani keltirsam:
"Birgina talant kamlik qiladi. Odamlarni o'zgartirish uchun jasorat ham kerak"...

@panda_books
👍9🔥3
#reading

Salmon Rushdi oʻzining “Pichoq” kitobida oʻzining sahnada pichoqlanishi holatini oʻta batafsil va ta’sirli tasvirlaydi. Uning aytishicha, u oʻz dushmaniga hech qanday qarshilik koʻrsatmagan. Buni sababini keyinchalik oʻylab shunday deydi:

“Qo‘rquv, vahima va falajlik oqilona fikrlash qobiliyatini yengadi.

Mana mening harakatlarimni eng aniq tushuntiradigan izoh: zo‘ravonlik qurbonlari haqiqatni anglash inqirozini boshdan kechiradilar. Maktabga ketayotgan bolalar, cherkovda ibodat qilayotganlar, do‘konga xarid qilgani kelganlar, sahnada turgan odam - barchamizda, aytaylik, dunyoning barqaror tasviri bor. Maktab - ta’lim olinadigan joy. Cherkovga ibodat qilgani borishadi. Do‘konga - xarid qilgani. Sahna - chiqish qilinadigan joy. Ular o‘zlarini ana shu chegaralar ichida ko‘radilar.

Zo‘ravonlik bu tasvirni chilparchin qiladi. To‘satdan odamlar nima deyish, o‘zini qanday tutish, qanday tanlov qilishni unutadilar. Ular endi odatiy narsalarni tushunmay qoladilar. Voqelik parchalanib, o‘rnini tushunarsiz narsa egallaydi. Qo‘rquv, vahima va falajlik oqilona fikrlash qobiliyatini yengadi. Zo‘ravonlikka duch kelgan odamlar "oqilona fikrlash" nima ekanligini bilmay qolganlari sababli, endi "oqilona fikrlash" imkonsiz bo‘lib qoladi.”

@panda_books
👍10🔥4💔2
2025/07/09 20:29:29
Back to Top
HTML Embed Code: