Telegram Web Link
#muqova

Yandex Kitoblar qiziqarli madaniy tajriba o‘ylab topibdi - turli jamoalardan 100 nafar dizaynerni yig‘ib, ularga 100 ta klassik asarning muqovalarini ijodiy qayta ishlashni taklif etdi.

Har bir dizayner o‘z xizmatiga mos kitobni tanlagan. Ushbu havola orqali natijani ko‘rish mumkin: klassik asarlar nihoyat o‘zlariga munosib yorqin vizual tasvirga ega bo‘lyapti.

@panda_books
👍22🤣2🦄21👎1🐳1
​​#review #taqriz

📗Umberto Eko — "Dushmaningni yarat"

"Shunday ekan, dushman yo‘q bo'lsa, uni yaratish kerak".

Umberto Ekoning o'zining ushbu essesida "dushman" (enemy) tushunchasining madaniy, ijtimoiy va siyosiy jihatlarini batafsil o‘rganadi. Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bashariyatimizdagi jamiyatlari va shaxslar ko‘pincha o‘z shaxsiyatini "BOSHQA"larga QARSHI qo‘yish orqali shakllantirishadi.

Go'yo muallif mashhur "Do'sting kimligini ayt, men sen kimligingni aytaman" iborasini o'zgartirib, "Dushmaning kimligini ayt, men sen kimligingni aytaman " deya ta'kidlaydi. Albatta, bu fikrda ham jon bor.

Bizning barchamizda dushman bor. Sizda, menda, yaxshi ko'rgan qizingizda, qo'shningiz Tursunqul akada, hukumatlarda, davlatlarda...
"Dushman" mavjudligi nafaqat o‘z shaxsiyatimizni aniqlash uchun, balki qadriyatlar tizimimizni sinab ko‘rish va ularni atrofdagilarga namoyish etish uchun ham muhimdir. Masalan, dinlararo, madaniyatlararo, millatlaro dushmanlikning ildizi ham shunga borib taqaladi. Yoki zamonaviy g'oyalar, submadaniyatlar — skinxedlardan tortib ekoaktivistlargacha barchasi — o‘z guruhlariga mansub bo‘lmagan har qanday kishini dushman deb bilishadi - bu ularga o‘zlarini alohida jamoa sifatida ajratib ko‘rsatish uchun kerak.

Essedan yana e’tiborli jihat - biz dushmanni qanchalik osonlik bilan aniqlashimiz emas, balki dushmanni yaratish va uni yovuz qiyofada tasvirlash jarayonining o‘zi muhimroqdir. Masalan, doimo badbo'y, johil, ahmoq, yovuz va shunga o'xshash salbiy obrazlar orqali tasvirlanadi, holbuki ko'pincha reallikda bunday bo'lmasa ham. WW1 boshida (1915) Berion ismli bir kishi "La polychresie de la race allemande" kitobida o‘rtacha nemis fransuzlarga qaraganda ko‘proq najas ishlab chiqarishini va yoqimsiz hid taratishi haqida yozgan ekan.

Xullas, oddiy savol tug'iladi: Nahot biz dushmansiz yashay olmasak? Bunga muallif quyidagicha javob beradi:

"Aftidan, dushmanlarsiz yashash mumkin emasdek. Sivilizatsiyalar jarayonida dushman obrazi muqarrar. Hatto muloyim va tinchliksevar odamga ham dushman zarur. Shunchaki, u inson dushmani o‘rniga mavhum narsalarni: tabiiy ofatni, ijtimoiy kuchni yoki o‘ziga tahdid solayotgan va yengishi lozim bo‘lgan hodisalarni qo‘yadi. Bular kapitalistik ekspluatatsiya, atrof-muhit ifloslanishi yoki Uchinchi dunyo mamlakatlaridagi ochlik bo‘lishi mumkin. Ammo sabablar qanchalik asosli bo‘lmasin, hatto adolatsizlikka qarshi g‘azab ham, Brext ta’kidlaganidek, insonning yuzini burishtiradi."

Umberto Eko ijodini esselaridan boshlab yaxshi qilibman, boy dunyoqarash va o'ta chuqur bilimga inson bo'lganiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Tavsiya qilaman!

@panda_books
🔥12👍6
Panda Booksga ushbu post ostidagi izohda savollar qoldirishingiz mumkin, men ularg imkon qadar javob qaytarishga harakat qilaman.

@panda_books
👍6
#reading

Hozir "K-Madaniyat" ya'ni koreys madaniyati fenomeni haqida kitob o'qiyapman. Undagi bitta holat e'tiborimni tortdi. U ham bo'lsa, muallif kitobida asosan oxirgi 10-15 yildagi voqealarni yoritgan ekan. Uning amerikalik ekanini hisobga olsak, bu fenomen, masalan ancha oldin, XXI asr boshidayoq postsovet mamlakatlariga, shu jumladan, bizning davlatda keng yoyila boshlaganini bilmasligi tayin.

Hozirgi yosh avlod BTS yoki Blackpinkni tinglagancha: "Biz koreys madaniyati fanatimiz!" deyishi mumkin. Lekin ular biz maktab paytimizda nonni orasiga "karischa morkopcha"ni qo'yib yeganimiz yoki har qahraton qishda TVda ketadigan "Qish sonatasi"ni ko'rib yig'laganimizni bilishmaydi-da. Aslida koreys madaniyatining birinchi fanatlari — bizmiz!

Shu bilan birga, o'sha vaqtlarda biz kambag'al yashardik, bir xil kiyinardik va chet elga chiqish imkonimiz ham yo'q edi.

Ta'bir joiz bo'lsa, biz har ikkala Koreys madaniyatining birinchi fanatlari edik:)

@panda_books
😁266👍6💯5😢2👎1🔥1🤣1🏆1
​​#haqida

Iztirob va ilhom

Har bir buyuk asarning ortida bir insoniy hikoya turadi. Ko‘pincha, yozuvchilar o‘z hayotidagi eng og‘ir damlardan ilhom olishadi. Bu sir emas. Aynan ularning baxti emas, iztiroblari adabiyotga chuqur hayotiylik va ta’sirchanlik olib kiradi.

Masalan, Fyodor Dostoyevskiyni olsak. U qamoqda o‘z erkinligini yo‘qotadi, otishga hukm qilinib, otuv joyidan ortga qaytariladi. Shunday bo‘lsa-da, oʻsha ogʻriqlar ichra qalb erkinligini topadi. “Jinoyat va jazo” singari asarlar yozib, inson ruhining eng chuqur sirlarini ochib beradi. Yoki Frans Kafkani olaylik. Menimcha iztirob soʻzi aynan unga mos. U o‘zini tushunilmagan sifatida his qilgan, bu hissiyot uning “Jarayon” va “Qasr” kabi asarlarida aks etgan.

Ernest Xeminguey urush maydonlarida ko‘rgan dahshatlarni qog‘ozga tushiradi. Uning “Alvido, qurol” asari hayot va o‘lim o‘rtasidagi kurashni o‘quvchiga his qildiradi. Chunki oʻzi deyarli shu hissiyotlarni boshdan kechirgan.

Ushbu yozuvchilar hayotidan bir narsani o‘rganish mumkin: hayotdagi qiyinchiliklar ijod uchun cheksiz manba bo‘lishi mumkin. Shunchaki, ularni his qiling va yozing. Chunki har bir iztirob o‘z hikoyasini aytilishini kutadi.

Sizning hayotingizdagi qiyin daqiqalar qachonlardir boshqalarga ilhom bo‘lishi mumkin. Shunchaki ichki ovozingizga quloq soling va o‘z hikoyangizni yozishni boshlang. Hozir.

@panda_books
👍13🔥5
​​#review #taqriz

📗Furqat Alimardon — "Qorakuya"

"Izlam" yangi faslidan o'qilgan ilk kitob. Furqat aka oxirgi yillar barqaror ijod qilayotgan yozuvchilardan. U kishi bilan hayotda tanishmiz, ushbu kitobini ham o'zlari sovg'a qilib jo'natgandilar. Xo'sh, asarga to'xtalsak..

"Qorakuya" — zamonaviy jamiyatimizdagi ko'plab qora illatlarimiz va muammolarimizni x2 tezlikda ko'rsatib beradigan qissa. Nega x2 tezlik? Chunki voqealar ancha tez va bir-biridan xoli tarzda sodir bo'ladi, izchillik va syujetni bog'lab beradigan yagona personaj bu ma'naviyat ishlari bo'yicha katta amaldor Shavqiddin Amirovichdir.

Asar qish kunlari maktab o'quvchi qizlarining yupun kiyimda turgan holda paltolarga burkanib kirib kelgan mehmonlarni kutib olishi epizodi bilan boshlanadi. Qissa davomida muallif shu va shu kabi so'nggi yillarda jamiyatimizda sodir bo'layotgan muammolarni o'quvchiga yetkizadi. Masalan, amalparastlik, vatanfurushlik, korrupsiya, ikkinchi xotinlik, ateizm, shuningdek, din masalasi va dindor insonlarning davlat ishlariga kirishda qiyinchiliklarga uchrayotgani kabi holatlarni ko'taradi.

Shavqiddin Amirovich qahramoni Murod Muhammad Do'stning "Lolazor"idagi Nazar Yaxshiboyev prototipiga juda o'xshash. Uning ham amaldor, ham adib (iqtidorini yo'qotgan adib) ekani, voqealar rivojida sekin-asta haq yo'lga qaytishga urinishi va hokazo... Ammo bu ko'lami jihatdan ancha kichik va voqealar tezligi balandligi vajidan ushbu personajga achinib ulgurmaysiz, natijada tom ma'noda "Lolazor mini"ga ega bo'lasiz.

Asarda mening nazarimda eng yaxshi syujet yechimi bu - amaldorning xalq holi haqida aniq bilish uchun jamiyat oldiga tushishi bo'lgan. Ya'ni masjidga, bozorga, fohishaning oldiga borishi — bosh qahramonning qandaydir "Sof haqiqat"ni izlash yo'lidagi urinishlari bo'ladi. Bunda u haqiqatni topa oladimi? Yo'q, chunki buning uchun unda na ilm, na jasorat va na iroda yetadi. Chunki haqiqatni izlash kerak emas, Haqiqat doimo ko'zga ko'rinar joyda turadi, biroq faqat ko'ngli toza qalb sohiblarigina uni ko'ra oladi, xolos.

"Qorakuya" - yaxshi nom. Shavqiddin Amirovich "siyosatni qorakuyaga o'xshatadi, yaqin yursang u yuqib qoladi". To'g'ri ta'rif. SHu bilan birga, o'ziga o'xshagan taxtalarni olovga yem qilgan yog'och otashkurak ham qorakuyib, yonib ketgach, o'zi ham olovga tashlanganidek, Shavqiddin kabi insonlar o'z nafsi va shahvati yo'lida o'z qondoshlari va xalqini "olovga tashlamasligi" kerakligini bilishi kerak deb o'ylayman.

Zero, Yuraklarimizni qorakuya tegishidan saqlaylik!

@panda_books
🤣6👍3🔥32😁2
10👍3
#nazm

“O‘zgaribsiz” deysan. Bo‘lishi mumkin:
Axir boshdan oyoq o‘zgardi dunyo.
Odam, havo, tuproq avvalgidekmas,
Menda o‘zgarishlar bo‘lmaydimi yo?

Oqibatni ko‘mdik oxir-oqibat,
Huquqlar haqida kimdir chertar soz...
Xov issiq yurtlarda polaponlar och,
Mening esa sochim to‘kilgan bir oz...

Go‘daklar, go‘daklar, ma’sum go‘daklar,
Baliqqa aylanib ketdi qanchasi...
Yertalash, zartalash - sarson-sargardon
Erta manziliga yetdi qanchasi...

“O‘zgaribsiz”, deysan. Ha, men o‘zgardim:
Diydam qotdi ancha, kechdim ro‘yodan.
Sahroi Kabirga qor yog‘di, axir,
O‘zgarmay bo‘larmi shunday dunyoda?!

O‘zgardim. Sezibsan.
Avvalgi “men” yo‘q,
Ishga ko‘milganman ertadan to kech.
Muztog‘ erimoqda, men xudbin esa,
Onamni ko‘rgani vaqt topmayman hech.

Mayli, xayron bo‘lma, hammasi yaxshi
Hech kimning aybi yo‘q—o‘zimdan ginam.
Ko‘p narsa o‘zgardi, to‘g‘ri va lekin
Mehrim o‘zgarmadi senga birgina...

Muslim Mirzajonov

@panda_books
👍2255🔥4
Channel photo updated
Bugun, 25-noyabr -Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni.

Tashabbusning rangi - to‘q sariq (po'rtaxol rang).
👍28🔥4
– Tolstoyning eng qisqa romani nima deb ataladi?
- "Urush va tinchlik Tiktok edition”

@panda_books
🤣65🥱5👍3🔥2💔2😱1
Ertalabdan Zabarjad uchun xursandman, yaxshi kitobning tekin reklamasi bo'libdi:)

Albatta, Umid G'afurov bu postni boshqa ma'noda joylagan bo'lsa-da, GoTchi sifatida savolga javob berib o'tay:

"Benazir asar! Juda qiziqarli, ammo nima bilan tugashini biz ham bilmaymiz, Jorj tog'a Martin turkumning so'nggi 2 ta kitobini haliyam yozib tugatgani yo'q!:)"

@panda_books
🔥20😁12👍82
Mavzuga doir:) QIsh kelayotir!

1-dekabr kuni mana shu joyda uchrashamiz nasib! Men ham o'sha yerda bo'laman!

@panda_books
🔥18👍13
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Netflix "Yolg‘izlikning yuz yili" serialining birinchi qismi treylerini namoyish etdi

Gabriel Garsia Markesning romanini bir faslga sig‘dirib bo‘lmaydi. Strimingda ham shunday qaror qabul qilindi. Birinchi qism 11-dekabrda chiqadi.

@boredpandablog
👍16🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilk marta o'tkazgan "Book Talks" loyihamizdan qisqa lavhani topib oldim:) 3 yil oldin.

Videoda speechlarimiz tugab, qatnashuvchilarga kitoblar sovg'a qilayotgan paytimiz aks etgan.

@panda_books
👍11🔥5
Forwarded from Bored Panda
Endi oilangni Yangi Yilda Archaga olib boradigan ota - sensan!

@boredpandablog
😢21👍117🎄4👎1🔥1🎅1
“Ma’rifat” gazetasining bugungi sonida intervyum (bookblogerlar) chiqibdi. Tavsuyu.

@panda_books
🔥156👍41👏1🕊1
​​#review #taqriz

📗Simon Clair — "K Culture: K-pop, Cuisine, On Screen, And More"

"Koreys to'lqini" (Hallyu) — Janubiy Koreya madaniyatining, jumladan musiqa, kino, moda, televideniye va oshxonasining global mashhurligini anglatuvchi atama hisoblanadi. U 1990-yillarning oxirida paydo bo‘lib, shundan buyon, ayniqsa so‘nggi o‘n yilliklarda butun dunyo miqyosida tan olinishga erishdi.

Masalan, Janubiy Koreya pop musiqasi (k-pop) o‘ziga xos ovozi, yorqin kliplari va puxta o‘ylangan xoreografiyasi bilan tanilgan. BTS, BLACKPINK va PSY jahon yulduzlariga aylanishdi. Yoki koreys teleseriallari (doramalar) qiziqarli syujeti va yuqori sifati tufayli ommalashdi. "Kalmar o‘yini" butun dunyo tomoshabinlarini o'ziga maftun etdi. Yoki "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘lgan "Parazitlar" (2019)ni olaylik. Shuningdek, kimchi, koreys barbekyusi, tokpokki va ramen jahon oshxonasining mashhur taomlari qatoriga qo‘shildi. Ustiga-ustak, o‘zining innovatsiyalari bilan tanilgan Koreya go‘zallik sanoati koreys uslubi va terini parvarish qilish yondashuvini targ‘ib qilib, yangi tendensiyalar yaratdi. Yaqinda Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti ilk bor janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kannga topshirildi.
Bir so'z bilan aytganda, "Koreys to‘lqini" Janubiy Koreyaning madaniy va iqtisodiy manfaatlarini ilgari suradigan "yumshoq kuch" (soft power)ning qudratli vositasiga aylandi.

90-yillar boshida biz o'z san'atimizni rivojlantirish o'rniga nega koreys seriallarini yotvolib ko'rdik? Nega Jumong, Jangbogo, Tangem va "Qish sonatasi" bizni aqlimizni shunchalik zabt etdi?

Hallyu birinchi navbatda davlatning qo‘llab-quvvatlashi orqali amalga oshdi. Davlat maksimal darajada san'atni erkinlashtirishga harakat qildi. Natijada yuqori sifat va texnologiyalar kirib kela boshladi. An'anaviy koreys madaniyati albatta boshida qarshilik ko'rsatgan, ammo vaqt o'tib, ular o'zaro hamkorlik yo'liga o'tgan. Bu oddiy doramalardagi chegaralarda ham ko'rinadi. Masalan, seriallarida ochiq sahnalar yo'q, maksimal erotika chiziqlaridan chiqmaydi (men bilganlarim), turli qatlam va odamlar hayotini ko'rsatadi, sharqona did va g'arbona erkinlikni uyg'unlashtirishga urinadi. Bekorga hozir internet va ijtimoiy tarmoqlar koreys seriallari, musiqasi va filmlari bilan to'lgan emas.

Biz esa san'atni bo'g'dik, davlat programmalarini keraksiz propagandalarga sarfladik, xalq ham dabdabalari to'ylar vasvasidan qutula olmadi, eng muhimi, ijtimoiy tarmoqlar va Internet ahamiyatni juda kech angladik (bu endi davlat). Biz esa koreyanikidan kam bo'lmagan madaniy va ijodiy salohiyatimiz bo'lib turib, Koreyada bo'lgani kabi vaqtida xususiy va davlat tashabbuslarini uyg‘un tarzda birlashtirishga erishilolmadik.

Shu bilan birga, bu fenomen yagon to'g'ri yo'l demoqchi emasman, uning ham salbiy tomonlari bor. Eng avvalo, koreys madaniyatining tijoratlashtirilishi holati. Masalan, K-pop sanoatida musiqiy va madaniy unsurlar ko‘pincha ommaviy iste’mol uchun standartlashtiriladi va natijada o‘zining asl mohiyatini yo‘qotadi. Koreyaning o‘zida esa yoshlar standartlashtirilgan go‘zallik ideallariga qurboniga aylanishmoqda, bu esa ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kitob koreys fenomenini vujudga kelishini batafsil ochib bergan va bu zamonaviy san'atshunoslarni qiziqtirishi aniq. Shu bilan birga, kitobdan olgan xulosam shuki, xorij madaniyatini faol iste’mol qiluvchilar, ayniqsa yoshlarda keyinchalik mahalliy an’analar va tilga e’tiborsizlik paydo bo‘lishi mumkin. Koreys madaniyati avvalo o'zlari uchun eng to'g'risidir, biz undan eng foydalisini olishimiz kerak, xolos. Bu e’tiborli yondashuvni talab qiladi.

Koreys fenomeniga kelsak, men ham Universitet paytida aynan koreys tilini 3 yil o'rganganman, shu madaniyat va tilga hurmatim balandi. Va haqqatda dunyoni egallagan madaniy hodisaga aylandi va bu bilan hozirda to'g'risi ijodda davom etayotgan eng oldi xalqlardan biriga aylanib turibdi.

@panda_books
🔥74👍1
— "Chastniy"da falon million to'lab o'qiyotgan studentlarning shuncha siqilgani kammidi:)? (#)

@panda_books
🤣78👍3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Nega "ba'zi" kitoblarga ommatan tanqidiy taqrizlar yozmaysiz?" deyilganda:

@panda_books
😁29🤣16👍4🗿3🔥2
2025/07/09 17:21:32
Back to Top
HTML Embed Code: