Telegram Web Link
Forwarded from Kitoblar ombori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Oneginning Tatyanaga maktubi"

— Aleksandr Pushkin, "Yevgeniy Onegin"
Dublyajda Sanjar Sa'dullayev o'qidi.

@kitob_ombori
👍17❤‍🔥5
2024-yil yanvar, fevral va mart oylarida mutolaa qilgan kitoblarim:

1. Rumaan Alam — "Leave The World Behind"
Triller va saspens bilan kutib olgandik Yangi yilni. Yaqin orada o'qigan eng sara antiutopik adabiyotlarimdan biri. Shahar chekkasidagi villani ijaraga olib dam olishga kelgan oilaning yarim kechasi eshigi taqillaydi, tashqarida uy egalari Amerika qulagani va shu yerda jon saqlashga majbur bo'lishganini aytadi...

2. Robert Garayev — “Слово Пацана: Криминалный Татарстан 1970-2010”
O'tgan yil xit bo'lgan serial olinishiga sabab bo'lgan kitob. Albatta, bu shunchaki faktlar va suhbatlardan iborat, ammo ssenariynavislar undan super serial yarata olishdi.

3. Fredrik Bakman "My Grandmother Asked Me to Tell You She’s Sorry"
Har yili kamida Bakmandan bitta kitob o'qishga harakat qilaman. U menga adabiyotning sirli kuchini bildirib turadi. Va insoniylikni yo'qotmaslik uchun yaxshi ozuqa.

4. Shukrullo"Kafansiz ko'milganlar"
Tariximizdagi eng qora kunlardan biri "Stalin qatag'oni"ni bor bo'yicha ko'rsata olgan asarlardan biri. U orqali Xalq dushmanlari qanday "o'ylab topilishi"ni bilib olishingiz mumkin.

5. Tadeush Dolenga-Mostovich - "Tabib"
Yoshligimda sevib tomosha qilgan polyak filmining asosi bo'lgan kitob. Juda go'zal sevgi qissasi. Hozirgi qadar dolzarb va muhim.

6. Mustafo Armag'an"Sulton Abdulhamid: Qashqirlar bilan o'yin"
Ortiqcha maqtov va shunchaki propaganda kitobi qanday bo'lishiga misol. Ammo ko'proq narsa kutganim, bu meni aybim albatta. Men tarixiy shaxslarni imkon qadar subyektiv yoritadigan asarlarni ma'qul ko'raman.

7. Yavuz Bahodiro'g'li "Sulton Salohiddin"
Yuqoridagiga o'xshash, bu kitoblar afsuski Sulton Salohiddinni bor bo'yicha, tarixiy ochiqlik bilan ko'rsatmaydi, kitobxonga bunday shaxslar haqida xayolot mahsuli emas, real hayotdan olingan ma'lumotlarni berish kerak deb o'ylayman.

8. Mark Levinson "Quti. Yuk tashish konteyneri qanday qilib dunyoni kichikroq va global iqtisodiyotni kattaroq qildi"
Hammamiz yo'llarda yoki kinolarda ulkan va to'rtburchak temir qutilarni ko'rganmiz. Ko'zga uncha tashlanmasada, juda muhim iqtisodiy vazifa bajaradi ular. O'ta foydali kitob.

9. Murod Muhammad Do'st "Lolazor"
Adibning eng mashhur romani. Boshida biroz zerikarlidek tuyulsa-da, oxiri sizni o'ylashga majbur qila oladi. Yaxshi asar, ekranlashtirilsa yomon bo'lmasdi.

10. Bo Bennett — "Mantiqiy xato"
Biror odam bilan bahsga kirishishdan oldin oʻqib olinadigan kitob. Debatda qoʻllaniladigan barcha mantiqiy xatolarni batafsil tushuntirgan.

11. Mixail Zigar — "Вся кремлевская рать. Краткая история современной России"
Putinning hokimiyatga kelishi va uning atrofidagi bir qator personalar haqida toʻliq hujjatli kitob. Uni oʻqib, Rossiya hozir nega agressiv siyosat yuritayotganini aniq tushunishingiz mumkin.

12. Yuval Harari — "Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi"
Bahsli, bir qator joylarida e’tirozlarga sabab boʻlgan bestseller. Nima boʻlgan taqdirda ham oʻqib chiqishga arziydi.

13. "Ghibli studiyasi. Beqiyos animatsiyalar beshigi haqida bilishingiz kerak bo'lgan barcha narsa"
Xayao Miyadzakining personal muxlislari uchun ajoyib tanlov. Unda Ghibli qanday tashkil topgani, qadriyatlari va tarixi bayon etilgan. Kitobni oʻqimasangiz ham, Miyadzaki ijodi nikan albatta tanishib chiqing.

@panda_books
🔥10👍3❤‍🔥1👎1👏1
​​#tavsiya

"Yangi yilni qaysi kitob bn kutib olishni maslahat berasiz?"

Juda yaxshi va o'rinli savol berilibdi. O'zi oldinari shunaqa bayramlar uchun tavsiyalar rukni qilib yurardim . Yaxshi eslatdingiz.

Demak, Yangi yil - bu fusunkor muhitni yaratadigan vaqtdir. Bayram arafasi hamma uyida, yaqinlari oldida, dam olishda bo'ladi. Va albatta kitob o‘qish uchun ham ideal sharoit. Xullas, tavsiyalar quyidagicha:

Avvalo, Charlz Dikkensning "Rojdestvo qo‘shig‘i". Rojdestvo samimiyati, yangilanish va bayram sehri haqidagi klassik hikoya. E'tiborlisi, aynan Dikkens shu asarda zamonaviy Santa qiyofasi ilk bor bizga yaratib bergan.

Ernst Teodor Amadey Gofmanning "Qarsildoq va sichqonlar qiroli". Yoshligimdagi bayram haqidagi eng yaxshi ertak. U orqali mo'jizakor qishki muhitga to‘la dunyoga tushib qolasiz.

Ernest Hemingueyning "Har doim sen bilan bo‘ladigan bayram". O'zim ham boshlab qo'ygan kitobcha. Unda yosh Heminguey Parij hayoti haqida yengil va ilhomlantiruvchi ocherklari o'rin olgan.

"Xyugge. baxt siri" - shu va shu kabi istalgan skandinav madaniyatidan bahra olish mumkin bo'lgan kitoblar. Ulardan hayotdan qanday zavqlanishni o‘rganish mumkin.

J. K. Roulingning "Garri Potter va falsafiy tosh" Ro'yxatda klassikaga aylangan Roulingni qo'shmaslik uyat bo'lardi. Sehr-jodu, sarguzasht va albatta qishki ertak.

Shuningdek, "Narniya xronikasi", "Рождество с неудачниками", "Atom odatlar", "Ешь, молись, люби" "Зимние каникулы" (Лии Флеминг) kabi kitoblar ham yaxshi hamroh bo'lishiga aminman.

@panda_books
🔥13👍72
Bu Bulgakovning "Usta va Margarita" romanining ingliz tilidagi birinchi tarjimasi muqovasi bo‘lib, u 1967-yilda chop etilgan.

Bolaligimda o'qigan va hozirgacha to'liq tushunishim qiyin bo'lgan kitoblardan biri.

@panda_books
👍17🔥116
Inson tabiatan e’tiqodli mavjudotdir. Dindan voz kechilganda ham, inson fitratida muqaddaslashtirishga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qolmaydi. Nazariy jihatdan, dunyoviy davlat e’tiqod va diniy masalalarga aralashmasligi kerak. Ammo amalda ko‘pincha dunyoviy davlatning yangi e’tiqod obyektlarini yaratish vazifasini o‘z zimmasiga olayotganini ko‘ramiz. Fransuz inqilobchilari katoliklar bilan kurashib bo‘lgach, darrov o‘zlarining marosimlari va e’tiqodlarini (avval Aqlga sig‘inish, keyin Oliy mavjudotga sig‘inish) yaratishga kirishdilar. Kommunistlarda Xudosiz, sinfsiz adolatli jamiyat kelajakda keladigan jannatga aylantirildi, avliyolar panteoni esa kommunist nazariyotchilari (Lenin, Marks, Engels) bilan almashtirildi. Xristian missionerligi o‘rnini sotsializmni butun dunyoga yoyish egallaydi.

Biroq hatto keskinligi kamroq shakllarda ham dunyoviy davlat millat, suverenitet va shunga o‘xshash tushunchalarni ulug‘laydi. Yodgorliklar barpo etadi va marosimlar o‘tkazadi. Maktab ta’limi tizimi orqali bolalarning ongiga singdirish uchun qahramonlar panteonlarini yaratadi.

@panda_books
👍147👎2🔥2💯2
Panda Books
2024-yil yanvar, fevral va mart oylarida mutolaa qilgan kitoblarim: 1. Rumaan Alam — "Leave The World Behind" Triller va saspens bilan kutib olgandik Yangi yilni. Yaqin orada o'qigan eng sara antiutopik adabiyotlarimdan biri. Shahar chekkasidagi villani ijaraga…
2024-yil aprel, may va iyun oylarida mutolaa qilgan kitoblarim:

Skott Karni - "Qizil bozor: Inson tana a'zolari savdosi qanday tuzilgan"
Dunyoda eng qimmat tovarlardan biri bu inson, aniqrog'i, uning organlaridir. Inson tanasini sotishini ham axloq, ham tibbiy tarafdan ko'rib chiqqan kitob. Tibbiyotda o'qiydiganlar uchun must read asarlardan biri.

Lyu Sizin - "3 Jism Masalasi" (Three Body Problem)
Xitoylik yozuvchi Lyu Sizinning “Yerning o‘tmishi haqidagi xotiralar” trilogiyasining 1-kitobi. Yaqinda Netflix'da shu roman asosidagi serial namoyish etilgan edi, shu ham o'qib chiqishimga turtki berdi.

Lyu Sizin - "Qorong'u o'rmon"
Lyu Sizin - "Death's End"
Trilogiyani naqd 3 oyda o'qib tugatdim. Bir so'z bilan aytganda men uchun "Yil muallifi"ga aylandi ushbu xitoylik adib. Juda ajoyib ilmiy-fantastika.

Shohrux Usmonov"Tadorik"
Yosh bo'lishiga qaramay, allaqachon o'zining puxta tarjimalari bilan o'zbek kitobxonlariga tanilishga ulgurgan do'stim Shohruxning ilk kitobi.

Haruki Murakami "Tokio afsonalari"
Adabiy doiralarda "Murakami" nomi allaqachon yolg‘izlik, sog‘inch va syurrealizmning o‘ziga xos sinonimi bo‘lib qoldi. Uning hikoyanavislik uslubi kundalik va g‘ayritabiiy voqealarni ustalik bilan uyg‘unlashtirib, ongimizda uzoq vaqt saqlanib qoladigan ajib kayfiyat yaratadi.

Jorj Martin - "Taxtlar o'yini"
Ushbu fentezining tarjima qilinishi - bu yilning eng ajoyib yangiliklaridan biri bo'ldi. Intrigaga boy saroy o'yinlari haqida ajoyib kitob.

Hojiakbar Shayxov – “Olmos jilosi”
Sadriddin Ayniy — "Sudxo'rning o'limi"

@panda_books
👍18🔥4🐳3
Forwarded from Bored Panda
#haqida

To'g'risi, yil oxiriga kelib charchadi odam. Kitob o'qigim kemayapti. Hozir hech nima qilgim kelmayapti. Faqat ikki narsadan tashqari: bir paqir mandarinni oldimga to'kish va "Yolg‘izlikning yuz yili" romani asosida suratga olingan netflix seriali tomosha qilish. Benazir chiqibdi o'ziyam!

Ishontirib aytamanki, bu yil oxirida qiladigan eng mazmunli ishingiz shu bo'lgay.

@boredpandablog
👍22👏54🔥3🏆3🌚1
#haqida

Xotirjamlikning zamonaviy siri

Ertalab miriqib uxladim. Uygʻongach, qorni koʻrib kanalga bitta post joyladimu, boshqa kirmadim. Choʻmildim. Oʻgʻlim bilan birga ovqatlandim. Keyin yogʻayotgan qor ostida bollarni aylantirib keldim. Na Instagram, na Telegram, na Tiktok. Faqat ish boʻyicha smslarga javob.

Koʻchadagi ishlarimni bitirdim. Shopping qildim. Mana uyga kechki taom buyurtma qildim.

Kun boʻyi xotirjamlik va yaxshi kayfiyat meni tark etmadi. Aslida koʻpgina asabbuzarliklarimiz sababi hozirgi informatsiyalar ulkan oqimi. Vaqti-vaqti bilan internetdan detox qilish bunda sizga foyda beradi.

@panda_books
🔥26💯75👍3
​​#haqida

"Oz yurti sehrgari" ("Zumrad shahar sehrgari") ertagining talqini haqida mashhur anarxist iqtisodchi Devid Greberning "Qarz: Tarixning dastlabki 5000 yili" kitobida shunday yozilgan.

Uzoq vaqt davomida kredit nazariyasi tarafdorlari an’anaviy talqin kabi ishonchli versiyaga ega bo‘lmaganliklaridan qiynalishgan. Ammo bu 1850-1950-yillar oralig‘ida pul haqidagi bahslarda qatnashgan barcha ishtirokchilar o‘zlarining mifologik qurollaridan foydalana olmagan, degani emas. Buni Qo‘shma Shtatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. 1894-yilda hukumatga ish o‘rinlarini yaratish uchun pulni erkin sarflash imkonini berish maqsadida dollarni oltindan ajratish kerakligini ta’kidlagan grinbekerlar Vashingtonga yurish qilishga qaror qilishdilar - bu g‘oya keyinchalik AQShda juda ommalashdi. L. Frenk Baumning 1900-yilda nashr etilgan "Oz mamlakatidagi ajoyib sehrgar" kitobi "erkin kumush" dasturi bilan ikki marta prezidentlikka nomzodligini qo‘ygan Uilyam Jennings Brayanning populistik kampaniyasi haqidagi ramziy hikoya sifatida qaraladi.

Uning mohiyati oltin standartini ikki metallik tizimga almashtirish bo‘lib, bu kumush pullarni oltin bilan bir qatorda erkin muomalaga chiqarish imkonini berardi. Grinbekerlar kabi, harakatning asosiy tarafdorlaridan biri qarzdorlar, ayniqsa, 1890-yillarning og‘ir inqirozi paytida ko‘pchiligi garovga qo‘yilgan mulklarini qaytarib olish huquqini yo‘qotgan Doroti oilasiga o‘xshash O‘rta G‘arbdagi fermer oilalari edi. Populistik talqinga ko‘ra, Sharq va G‘arbning yovuz jodugarlar Sharqiy va G‘arbiy qirg‘oqdagi bankirlarni (pul taklifini cheklash siyosatining tashabbuskorlari va undan manfaatdor shaxslarni) ifodalagan, Dala qo'riqchisi esa fermerlarni (qarz tuzog‘idan qochish uchun aqli yetmaydigan) gavdalantirgan. Temir o‘tinchi sanoat proletariatini ifodalardi (uning fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga yuragi yo‘q edi), qo‘rqoq Sher esa siyosiy sinfni aks ettirardi (ularda aralashishga jasorat yetishmasdi).

Sariq g‘ishtli yo‘l, kumush kavushlar, zumrad shahar va omadsiz Sehrgar o‘z-o‘zidan ko‘p narsani anglatadi. "Oz" - "unsiya"ning standart qisqartmasi. Baumning hikoyasi yangi afsonani yaratishga urinish sifatida g‘oyat muvaffaqiyatli chiqdi, ammo siyosiy targ‘ibot sifatida uncha samara bermadi. Uilyam Jennings Brayan prezidentlik saylovlarida jami uch marta mag‘lubiyatga uchradi, kumush standart qabul qilinmadi va bugungi kunda "Oz mamlakatidagi ajoyib sehrgar" aslida qanday maqsadda yaratilganini kamdan-kam odam eslaydi.

@panda_books
🔥10👍5
Panda Books
2024-yil aprel, may va iyun oylarida mutolaa qilgan kitoblarim: Skott Karni - "Qizil bozor: Inson tana a'zolari savdosi qanday tuzilgan" Dunyoda eng qimmat tovarlardan biri bu inson, aniqrog'i, uning organlaridir. Inson tanasini sotishini ham axloq, ham tibbiy…
2024-yil iyul, avgust va sentabr oylarida mutolaa qilgan kitoblarim:

Sandra Nyuman – "1984: Juliya"
Mashhur "1984" romanining feministik varianti. U orqali biz Juliyaning keyingi taqdirini bilib olishimiz mumkin. Oruell dunyosining ashaddiy muxlislari uchun yaxshi tanlov.

Markiz de Sad - "Les 120 journées de Sodome"
"Sadizm" termini aynan ushbu shaxs, ya'ni Markiz de Sad (1740—1814) nomi bilan bog'liq. Unda 4 ta axloqi buzuq aristokrat shaxs tomonidan yaqinlari, qurbonlari va shuningdek, bir necha zo'ravonlik bilan olib kelingan qiz-yigitlarga nisbatan deyarli barcha zo'ravonlik shakllari, insest, pedofiliya, orgiya va nafsni g'ayritabiiy tarzda qondirish kabi ko'plab jazo va harakatlar eng mayda detallarigacha tasvirlab berilgan.

Robert Grin — "Mahorat"
Kitobni hayotda o'z yo'lini topishga harakat qilayotganlar, o'zining hozirgi qilib turgan ishidan ko'ngli to'lmayotganlar o'qisa foydali bo'ladi. Ham motivatsiya, ham foydali ma'lumot bera oladigan asar.

Frenk Gerbert — "Dyuna"
Dyuna olami bilan ilk tanishuv shu yerdan boshlanadi. Deni Vilnyov olgan 2 ta filmni tomosha qiling, agar ma'qul bo'lsa kitobini ham o'qib chiqishingiz mumkin.

Ketrin Paterson — "Terabitiya mamlakati sari"
Asliyatida kitob nomi "Bridge to Terabithia" deb nomlanadi. Unda amerikaning ovloq qishlog'ida yashovchi Jess va shahardan ko'chib kelgan Lesli ismli qizning do'stligi haqida hikoya qiladi. Ta'sirli va qayg'uli kitob.

Nikkolo Makiavelli — "Hukmdor"
Siyosiy adabiyotlar tarixidagi eng kuchli asarlardan biri. U nazariyalarni emas, real siyosatni tahlil etadi, Kuch - eng asosiysi ekanligini uqtiradi. G'oya qanchalik yaxshi bo'lmasin, agar kuch bo'lmasa, muvaffaqiyat qozonib bo'lmasligini yozadi. "Barcha qurollangan payg‘ambarlar g‘alaba qozonishgan, barcha qurolsizlari esa halok bo‘lishgan". - deydi Makiavelli o'z kitobida. Top tavsiya.

Abdulla Oripov — "Menga xushxabar ayt"
Bu yil o'qigan eng yaxshi she'riy kitobim. 2009-yil chiqqan she'riy jamlanmasi manzur bo'ldi, unda shoirning keyingi yillarda yangi she'rlari jamlangan. Go'zal tuyg'ularning go'zal ifodasi.

Fyodor Dostoyevskiy"Jinoyat va jazo"
Adabiyot durdonasi, benazir asar. Bu hayotga buyuk ishlar amalga oshirish uchun yaralganini anglash, ammo unga qodir bo'la olmaganini bilganidan larzaga tushgan inson haqida. Top tavsiya!

Andrey Platonov — "Xandaq"
Platonovni boshqa tillarga tarjima qilish o'ta murakkab. Uning o'zbek tilida ikkita kitobi chiqishining o'zi bir baxt.

Shon Baytell - "Kitobdorning kundaligi"
Shotlandiyadagi ikkinchi eng katta bukinistik kitoblar do‘koni egasi bo'lmish Shon Baytell o‘zining kundalik mehnat hayoti haqida juda bir ajoyib kitob yozadi. Asar sizni kitob savdosining g'aroyib olamiga sayohat qildiradi, kitob sotuvchisi bo'lishni istaganlar uchun esa kichik qo'llanmaga aylansa ajab emas.

@panda_books
🔥10👍5🌚1🏆1💔1
Forwarded from Qisqa satrlar
Yaxshilik qilish haqida to‘xtovsiz o‘ylagan odamning yaxshilik qilishga vaqti bo‘lmaydi.

Rabindranat Tagor

👉 Qisqa satrlar
👍18💯5🔥4
Yil oxirigacha yana bitta kitob tugata olarmikanman?
🔥24👍54
#news

Asaxiy Books kitoblari Yandex Knigi’ga qoʻshilibdi. Juda yaxshi yangilik!

Qoyil Asaxiy👍

@panda_books
👍20🔥32🐳2
Panda Books
Yil oxirigacha yana bitta kitob tugata olarmikanman?
#reading

"Bugun osoyishta o‘ylab ko‘rganimizda, nega Yevropa 1914-yilda urushga kirib qoldi, degan savol tug‘ilsa, hech qanday oqilona sabab, hatto bahona ham topilmaydi. Gap mutlaqo g‘oyalarda emas, hatto chegaradosh kichik hududlarda ham emas edi; men kuchning haddan ziyod to‘planishi - qirq yillik tinchlik davomida yig‘ilib, zo‘ravonlik ila chiqish yo‘lini qidirgan ichki dinamizmning fojiali natijasidan boshqa tushuntirish topa olmayman.

Har bir mamlakat to‘satdan qudratli bo‘lishni istab qoldi, o'z navbatida boshqalar ham shuni xohlayotganini unutgan holda. Har biri o‘zgalar hisobiga yana nimanidir qo‘lga kiritishni xohlardi. Eng yomoni shunda ediki, bizni aynan qalbimizga yaqin tuyg‘u - umumiy optimizm aldadi, chunki har birimiz oxirgi daqiqada raqib baribir qo‘rqib ortga qaytishiga yoki diplomatlarimiz navbatma-navbat safsatabozlikka qilayotganiga ishonardik."


Stefan Sveyg o'zining "Kechagi dunyo" memuarida Yevropa osmoniga yaqinlashib kelayotgan urush soyasini qanday payqamay qolishganini ham juda go'zal tushuntirib o'tgan ekan.

O'sha davrdagi Yevropa qudratli, tetik va ajoyib edi. Biroq, Sveyg va boshqalar farovonligi ortida xavf yashiringanini xayoliga ham keltirmagandi. O‘sha paytda Yevropa uzra esayotgan mag‘rur ishonch shamoli bulutlarni ham olib kelardi. Ehtimol, yuksalish juda tez bo‘lgan, davlatlar va shaharlar haddan ziyod shoshilinch ravishda kuchaygan, kuch esa doimo odamlarni ham, davlatlarni ham undan foydalanishga, hatto uni suiiste’mol qilishga undaydi. Yevropa davlatlari boy edi. Ammo bu kamlik qilardi.

@panda_books
🔥10👍31
Forwarded from Panda Books
​​#tarix

Diogen va Makedonskiy
(O'sha siz eshitgan hikoyaning to'liq shakli)

​​Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) Attika shahrini qo'lga kiritgach, shu shaharda istiqomat qiladigan zamonasining mashhur faylasufi Diogen (o'sha bochkada yashagan donishmand) bilan tanishishni ixtiyor qiladi.

Avvaliga podshoh Aleksandr Diogenning oʻzi huzuriga tashrif buyurib, hurmat bajo keltirishini kutadi, ammo u bunday qilishni xayoliga ham keltirmasdi.

Xullas, Aleksandrning oʻzi uning yoniga borishga qaror qiladi. Diogen bu paytda bochkasi yonida quyoshda isinib oʻtirardi.

- "Men buyuk shoh Aleksandrman!", debdi podshoh ko'risharkan.
- "Men esa", - javob berdi Diogen, - "it Diogenman".
- "Nega it?"
- "Chunki kim bir parcha et tashlasa, dumimni likillataman, bermasa – suvga boʻktiraman, yovuz odam boʻlsa - tishlayman".
- "Mendan qoʻrqmaysanmi?"
- "Sen kimsan? Yomonmi yoki yaxshi?"
- "Yaxshi" - javob berdi Aleksandr.
- "Yaxshidan kim qoʻrqardi?" - aytibdi faylasuf.

Nihoyat, Aleksandr so'rabdi:
- "Nima istaysan? Tila tilagingni! Bajo keltiraman!"
- "Nariroq tur, iltimos! Quyoshni toʻsyapsan!" - deya Diogen isinishda davom etibdi.

Ortiga qaytarkan, faylasufni masxara qilayotgan doʻstlariga qarata Aleksandr shunday deydi: “Agar men bu hayotimda Aleksandr Makedonskiy boʻlmaganimda, albatta Diogen boʻlardim”.

@panda_books
17🔥6😁5👍41
Ron va Dambldor aslida bir odam

"Garri Potter" muxlislari yana bir bor g‘alati nazariyani esga olishdi:

• Dambldor - kelajakdan kelgan, Voldemortni yenggan, Ronning keksa varianti.

• Kitoblarda Ron bilan Dambldor hech qachon bevosita suhbatlashmaydi.

• Yoshligida Dambldor ham Ron kabi qizg‘ish sochli yigit bo‘lgan.

• Dambldorning oyog‘ida chandiq bor, Ron esa Shiddatli Tol tagidagi kovakka yiqilib, jarohat olgan.

• Ikkalasi ham shokoladli qurbaqalar va sehrli shirinliklarni yaxshi ko‘radi. Ron hatto Dambldor keyinchalik parol sifatida ishlatgan "Tarakanlar mo‘ylovi" nomli konfetlarni tilga olgan.

• Yosh Dambldor iste’mol qilgan "Berti Botts" konfetlari uning yoshlik davridan ancha yillar o‘tib paydo bo‘lgan.

• Bu nazariya Dambldorning uch do‘stning harakatlarini aniq bashorat qilishini ham tushuntiradi - u bu voqealarning barchasini allaqachon boshidan o‘tkazgan.

@panda_books
🤯76👍12🔥82
💯43🤣27👍6😁2💔211😢1
#news

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, UWED bitiurvchisi, jurnalist va endilikda yozuvchi — Jahongir aka Azimov o'z kitobini chop etibdi. U "O'zbekistonda yana bir kun" deb nomlanarkan.

Jahongir akani universitet davrlaridan beri bilaman va o'z ishining fidoyisi sifatida hurmat qilaman. Shu o'rinda, yangi kitob nashri bilan tabriklayman va o'ylaymanki, unda bayon etilgan hikoyalar vatanimizda yashayotgan ko'plab ajoyib insonlar to'g'risida oldin bilmagan yangi tassurotlarimizni bera oladi.

@panda_books
👍7❤‍🔥33
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abdulhamid Cho‘lpon qiyofasi muhrlangan hozircha yagona videohujjat. 1920-yil 1-8 sentyabr, Boku.

manba

@panda_books
👍18😢10🔥32
2025/07/10 10:42:18
Back to Top
HTML Embed Code: