Telegram Web Link
David Wilson Library.

Universitetning ulkan kutubxonasi. 24/7 ishlaydi. Ajoyib)

@panda_books
Bugun o'qigan eng yaxshi abzas. Aslida bu kitobdan ham emas, serialdagi mavjud bo'lmagan kitobdan olingan.

Ammo ma'nosi juda chuqur ta'sir qildi. Umuman serial ham yaxshi. Nomi "Severance".

@panda_books
#elon
Koʻpchilik biladi, bilmaganlar uchun: kanal admini, ya’ni kamina hozirda Buyuk Britaniyadaman.

Ammo bu degani, Oʻzbekistonda yangi chiqqan kitoblar va yangiliklarni kanalda bermaymiz degani emas. Kitob joʻnatmoqchi, hamkorlik qilmoqchi boʻlgan barcha uchun Toshkentda ham manzillarimiz bor. @pandapochtabot orqali yozsangiz, sizga manzil joʻnataman. Balki oʻsha tarafdan menga joʻnatishlari ham mumkin.

Doimgidek, Panda Books barcha kitobga e’tiborsiz boʻlmagan insonlar va tashkilotlar bilan hamkorlikka ochiqdir.

Hurmat bilan,
Jasurbek
#tarjima

Baydenning so‘nggi kuni

Umuman olganda, xotiramda Jo Baydenning prezidentligi eramizning 3-4 asrlaridagi Rim imperatori hukmronligiga juda o‘xshab qoldi. Bu odam:

- Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqda 2 ta shafqatsiz urush boshladi, hisob-kitoblarga ko‘ra, allaqachon kamida bir yarim million kishi halok bo‘lgan.

- 4 yil davomida mamlakat chegaralarini butunlay ochib qo‘ydi, natijada mamlakatga millionlab noqonuniy muhojirlar kirib keldi.

- Shunchalik ko‘p pul bosib chiqardiki, atigi bitta prezidentlik davrining oʻzida ko‘chmas mulk va oziq-ovqat mahsulotlari narxi ikki baravarga oshib ketdi.

- O‘zining jinoyatchi-giyohvand o‘g‘lini afv etdi (bu aynan 100% rim uslubida), qonun oldida hamma teng, ammo ba’zi odamlar tengroq ekanini namoyish qildi.

- Oldin o‘zining siyosiy raqibini qamoqqa tashlashga, keyin esa o‘ldirishga urinib ko‘rdi.

- Tobora kuchayib borayotgan demensiyasiga qaramay, hokimiyatni vorisiga topshirishni oxirigacha istamadi, bu bilan saylov oldidan tartibsizlik keltirib chiqardi va eng so‘nggi daqiqada o‘zini chetga oldi.

Haqiqiy Flaviy Valentinian.

- Rashev

@panda_books
#reading

Doʻstim, oy oxirigacha hali yana bitta kitob tugatishga ulgurasan.

@panda_books
#news

Kitob o’qigan va uqqan mahbuslarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

“Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surilibdi va bu boʼyicha qonun loyihasi ishlab chiqilibdi.

Unga koʼra, tasdiqlangan roʼyxat boʼyicha 1 ta kitob oʼqigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga koʼpi bilan 10 ta kitob oʼqish mumkinligi belgilanyapti.

Mahkumlar oʼqiydigan adabiyotlar roʼyxati Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.

@panda_books
Panda Books
#news Kitob o’qigan va uqqan mahbuslarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surilibdi va bu boʼyicha qonun loyihasi ishlab chiqilibdi. Unga koʼra…
Bu haqida shaxsiy fikrim - kitoblarning inson hayotidagi qudratini ko‘rsatish boʻlsa, qoʻllab-quvvatlayman.

Qamoqxonada kitob o‘qigan shaxslarning hayoti qanday o‘zgarishi haqida koʻplab misollar bor. Masalan, mashhur yozuvchi Fyodor Dostoyevskiy o‘zining eng zoʻr asarlarini qamoqdagi vaqtida yozgan yoki ularni yozishga ilhom olgan. U o‘zi Sibirda surgunda bo‘lganida diniy va falsafiy kitoblarni o‘qib, insoniylik va azob haqida chuqur mulohazalar yuritgan deyishadi.

Shuningdek, Nelson Mandelani eslasak boʻladi. U qamoqda o‘tirgan vaqtida ham o‘qishni davom ettirgan, kitoblarni ozodlik va o‘zlikni anglash vositasi deb bilgan. U Uilyam Shekspirning asarlarini ko‘p marotaba qayta o‘qigan va ulardan kuch olgan.

Aytmoqchimanki, bu shunchaki jazo muddatini qisqartirish vositasi boʻlmasin, zero shu paytgacha ham turmaxonalarda kutubxonalar mavjud edi. Maqsad kitoblar hatto eng cheklangan sharoitlarda ham inson ruhini ozod qila olishini koʻrsatish, insonni chinakam tarbiyalay oladigan vosita boʻlib xizmat qilsin!

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Fredrik Bakman "Britt-Marie Was Here"

"Muayyan yoshda inson o‘z oldiga qo‘ygan deyarli barcha savollar bitta savoldan iborat bo‘ladi: men bu hayotda qanday yashayapman?"

Yana Qish. Yana Bakman. Bu xuddi qish melanxoliyasi uchun yoqimli terapiyaga aylanib bo'ldi men uchun.

Bakmanni kelgan joyidan davom ettirdim. Britt-Mari — bu "My Grandmother Asked Me to Tell You She’s Sorry" romanidagi ikkinchi darajali personajlardan biri edi. Endi esa biz uni yanada yaqindan bilib olamiz. 40 yil Kent bilan turmush qurgan Britt-Mari uning xiyonatidan xabardor bo‘lib qoladi. U buni kechira olmaydi va hamma narsani tashlab, boshqa shaharga ketishga qaror qiladi. U yerda Britt-Mari bolalar futbol jamoasiga murabbiy bo‘lib ishga joylashadi. Uni sarguzashtlari endi bolalar va odamlar asta-sekin jo'nab ketayotgan kichkina posyolka Borg bilan bog'liq bo'ladi.

Kitobda muallif o'rta yosh inqirozi va qariyotgan avlod muammolarini ko'taradi. Farzandsiz, butun umr bog'lanib qolgan eri endi yo'q ayol nima qilishi mumkin? Qanday qilib u o'zining borligini anglatishi mumkin? Va asta-sekin biz oldingi qismda yomon ko'rganimiz Britt-Marida ham o'zgarishlar bo'la boshlaydi. U o'z qalb qo'riga uzoq yillardan so'ng ilk bor nazar soladi va ba'zi narsalarni tushuna boshlaydi. Aniqrog'i, yaqinlari uchun "bo'sh o'rin" bo'lib qolmaslik kerakligini. Hayotda nimadur olish uchun evaziga nimadandur voz kechish kerak. Britt-Marida bu asosan uning fe'l-atvori va hayotiy qarashlari o'zgarishida namoyon bo'ladi.

Bilsangiz, Murakamida musiqaga, ayniqsa, jazga ishtiyoq kuchli bo'lsa, Bakmanda bu sportga, ayniqsa, futbolga bo'lgan sevgisi yaqqol seziladi. U asarlarida futbol orqali inson harakteri, qiziqishlarini ochib berishga harakat qiladi. Bu bir tomonda juda ajoyib yechim, axir, ko'pchilik yoshlar futbolga qiziqadi va ular uchun harakterlarni futbol jamoalari orqali tushunib olish ancha oson.

Ha, bu Bakmanning oldingi ikkita kitobiga qaraganda, ancha zaifroq. Syujet unchalik tiniq emas, ilgarigi safargidek kuchli syujet yechimlari, kompozitsion tayanch nuqtalari yo‘q. To'g'risi, puxta ishlab chiqilgan tuzilma deya ham olmayman. Xotimani xulosa qilish ham kitobxonga qoladi: bu happy-endmi yoki yo'q?

Inson kimgadir kerak bo‘lsa, yolg‘iz bo‘lmaydi.

Biz kitobdan olishimiz mumkin bo'lgan eng katta xulosa shu bo'ladi deb o'ylayman. Va yana kechki ovqatni tanovul qilib bo'lgandan keyin, oshpazga minnatdorchilik bildirib qo'yish. Garchi u buni so'ramagan bo'lsa ham.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Bekatda uch kishi
Erkak, ayol va bola.
Erkak qo‘li cho‘ntakda,
Ayol bola qo‘lidan tutgan,
Erkak mahzun —
Mahzun qo‘shiqlar misoli mahzun…
Ayol go‘zal —
Go‘zal xotiralar kabi go‘zal…
Bola —
Go‘zal xotiralar kabi mahzun
Mahzun qo‘shiqlar misoli go‘zal…

Jamol Sarayyo

@panda_books
#haqida

Til bilish

Oldinlari kimdur menga “5 ta tilni bilaman!” desa, men “O’o’!” derdim. Hozir oʻylab qarasam, fignya narsa ekan. Maqtanadigan narsamas.

Manam hozir shunaqa deyolaman: oʻzbek, rus, ingliz, qozoq, qoraqalpoq tillari. Oxirgi ikkalasini deyarli ishlatmayman baribir. Beginner Korean. Hozir Italianni oʻrganyapman. Biroq who cares?!

Oʻrtacha britaniyalik umrida bitta ingliz tilisi bilan kayf qilib yashab oʻtib ketadi. Yana shunaqa shevada gapiradi, zoʻrgʻa tushunasan. Lekin majbur ilgʻab olasan nima deyotganini. Chunki bu senga/menga kerak! Mana gap nimada!

MDHda rus tili, undan chiqsang ingliz tili kerak. Behbudiy bratim 4 til lozim deganda 100% haq edi. Shoʻr peshonamizga dunyoga chiqish uchun avtomatik 3 ta tilni bilishdek qismat yozilgan. Xuddi qayga bormoqchi boʻlmaylik, hamma yerda bizdan viza soʻrashgani kabi.

Til bilasanmi, molodes! Qancha koʻp bilsang, shuncha yaxshi. Muhimi, bu bilimlaring oʻzingga foydasi tegsin.

@panda_books
​​#reading

Ish

Hozir Enzo Ferrarining (ha, o'sha mashhur kompaniya asoschisi) "Memuar: Mening qo'rqinchli xursandchiliklarim" (Memoirs: My Terrible Joys) kitobini o'qiyapman. Unda Ferrari poyga mashinalari xarakteristikasidan tashqari, hayot, ish va oila bilan bog'liq qiziqarli fikrlar o'rin olgan. Masalan:

- "Do‘stim Roberto Rossellinining meni g'azablantiradigan so‘zlari yodimga tushadi. U shundan iborat ediki, shimolliklar "ish"ni "lavoro" (faoliyat, mashg‘ulot) deb atashsa, janubliklar esa "fatica" (og‘ir mehnat, charchoq) yoki "travaglio" (azob-uqubat) deb atashardi."

- "Biroq shuni yodda tutish kerakki, har qanday korxona odamlardan, xodimlardan boshlanadi, asbob-uskunalar va binolar esa muhim bo‘lsa-da, ikkinchi darajali rol o‘ynaydi".

- "Nikohda erkak o‘z erkinligining kamida yarmini yo‘qotadi."


@panda_books
#reading

Mana yana bitta meni o'ylantirib qo'ygan joyi.

"Tub burilish voqealari meni ikki narsani anglashga majbur qildi: birinchidan, men bir kompaniyada haddan tashqari uzoq ishladim, va agar sen uzoq vaqt boshqaruvchi bo‘lsang, bevosita bo‘lmasa-da, bu oxir-oqibat yonish (burnin' out) ga olib keladi; ikkinchidan, butun umr bitta firmada ishlash - o‘sishni istaganlar uchun xato: rivojlanish uchun turli kompaniyalarda ishlash, o‘z oldingga turli vazifalarni qo‘yish kerak."

@panda_books
Yaqinda mashhur Formula 1 poygachisi Lewis Hamilton Ferrari bilan shartnoma tuzdi.

Orqa fondagi uy esa Enso Ferrarining uyi hisoblanadi.

@panda_books
​​#bu_qiziq

DNK barmoq izlarining kashf etilishi

Lester zamonaviy tarixdagi eng muhim ilmiy kashfiyotlardan biri bo‘lgan DNK barmoq izlarining "vatani" hisoblanadi. DNK barmoq izlari butun dunyo bo‘ylab jinoiy tergov, otalik testlari va sud-tibbiyot fanini tubdan o‘zgartirib yuboradi.Ushbu inqilobiy usul 1984-yilda Lester Universiteti olimi ser Alek Jeffreys tomonidan ishlab chiqilgan.

Ser Alek rentgen tasvirlari yordamida inson DNKsining genetik o‘zgarishlarini o‘rganayotgan edi. Bir tajriba davomida u odamdan odamga farq qiladigan, ammo oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan tarzda nasldan-naslga o‘tadigan DNKning ayrim ketma-ketliklarida noyob qonuniyatlarni kuzatadi.
DNK barmoq izlari shaxslarning o‘ziga xos genetik kodi asosida ularni aniqlashning aniq, ilmiy usulini taqdim etadi. O‘sha paytgacha shaxsni aniqlash qon guruhini tahlil qilish kabi ishonchsizroq usullarga asoslangan edi. Bu kashfiyot birinchi marta 1986-yilda Lestershirdagi jinoiy tergovda Enderbi qotilliklarini fosh etish uchun qo‘llanilgan.

DNK barmoq izi texnologiyasi hozirda yuridik hamda immigratsiya masalalarida biologik aloqalarni isbotlash uchun keng qo‘llaniladi. Ilm-fanda esa, u genetika sohasidagi yutuqlarga hissa qo‘shib, personalized medicine'ning rivojlanishiga va irsiy kasalliklarni chuqurroq tushunishga yordam bermoqda.

Lester Universiteti bugungi kunda ham genetik va sud-tibbiy tadqiqotlar sohasida dunyoda yetakchi o‘rnini saqlab kelayapti.

@panda_books
​​#bu_qiziq

Adabiyotdagi mashhur tushunmovchiliklar

Adabiyotdagi qahramonlarning ba'zi narsalarni noto‘g‘ri tushunishlar ko‘pincha jamiyatning kattaroq muammolari yoki insoniy zaifliklarni o'zida aks ettiradi. Hozir shu kabi misollarni ko'rib o'tirib, Shekspirning "Buyuk 5 Fojeasi"da bu inglizcha aytganda "Misudnerstandings" yaqqol ko'rinishini tushunib yetdim.

Uilyam Shekspirning "Romeo va Juletta" asarini olaylik, Tushunmovchilik: Julyetta o‘zini o‘lgan ko‘rsatish uchun maxsus dori ichadi, biroq uni yoniga kelgan Romeo uning haqiqatan vafot etgan deya o'ylab, qayg‘udan o‘zini halok qiladi, Julyetta esa uyg‘onib, bu holatni ko'rib sevgilisining izidan o'z joniga qasd qiladi. Holbuki, ularning ikkalasi ham tirik qolishi mumkin edi. Bu yerda ushbu fojiali anglashilmovchilik taqdir, muhabbat va shoshqaloq qarorlarning oqibatlarini o'zida yorqin namoyon etadi deya olamizmi? Menimcha, ha.

Yoki "Otello"ni olaylik. Yago hiylasi tufayli Otello xotini Dezdemonani xiyonatda ayblaydi. Bu noto‘g‘ri ishonch Otelloni Dezdemonani o‘ldirishga undaydi. Va keyin u sevgilisining aslida begunohligini juda kech anglaydi. Bu yerda tushunmovchilik orqali rashk va aldovning vayronkor kuchi ko‘rsatib beriladi.

Bunday misollar yana ko'plab topiladi. Ammo xulosa shuki, bu kabi uslubiyat ushbu asarlarning storytellingini barhayot va ta’sirchan qilish unsuriga aylana olgan.

Aslidayam biz mana shunaqa tushunarsiz va tushunmovchilikka to'la hayotda yashayapmizku, shunday emasmi?

@panda_books
​​#reading

Enso Ferrariga xat

Ishonchimiz komilki, bu kabi xatlarni ilgari ham olgandirsiz. Ko‘pchilik sizga avtomobillar yaratishni boshlaganingiz va dunyo rivojiga qo'shgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildirgan bo‘lsa kerak. Endi biz ham ularga qo‘shilmoqchimiz.

Shunday ajoyib avtomobilni yaratganingiz uchun sizga cheksiz tashakkur. Dunyomizda o‘zining katta qismini insoniyatga bag‘ishlashga qodir shaxs borligidan doimo faxrlanamiz. Zero, bu dvigatel va mashinani yaratib, siz shubhasiz go‘zal orzungizni ro‘yobga chiqardingiz.

Siz yo'qlikdan jonli, yurak urishi o‘zingiznikidek kuchli bo‘lgan mashinani yarata oldingiz. Ehtimol, dunyoda turli insonlar uchun bunchalik ko‘p ma’no kasb etadigan boshqa nom yo‘qdir. Har kimning u bilan o‘z daxldorligi mavjud. Kimdir bunday mashinaga egaligidan faxrlansa, kimdir mukammallik mavjudligiga ishonadi yoki haydash zavqini tuyadi, raqiblaringiz esa qo‘rquv va xavotirga tushadi. Dunyodagi hech bir mashina haydovchilar va tomoshabinlarni sizning mashinangizchalik hayajonga sola olmaydi.

Siz dunyoga o‘z ismingiz bilan ataladigan, hurmat, qo‘rquv, quvonch va hayrat uyg‘otadigan avtomobil sovg‘a qildingiz. Kimdir shunday mashina haqida orzu qilardi va siz bu orzuni ro‘yobga chiqardingiz. Boshqalarda esa - avtomobillari yomonroq bo‘lganlarda - endi erishishga intiladigan maqsad paydo bo‘ldi: bir kun kelib sizning mashinangizga ega bo‘lish, eng zo‘r orzu! Balki, siz kimgadir chaqiriq yo'llagandirsiz ham: mana Ferrari, lekin sen uni haydashga loyiqmisan? Shubhasiz, hayotingizda ham quvonch, ham g‘am-alam bo‘lgan. Har qanday insonda bo‘lgani kabi. Biroq siz vafot etganingizdan so‘ng ham ismingiz va g‘alabalaringiz haqidagi afsonalar abadiy yashaydi.

Ehtimol, uzoq yillardan keyin, qaysidir axlatxonadan biror Ferrari toparmiz. Shunda uni tiklash, ishga tushirish, Ferrari barcha rekordlarni yangilagan davrni eslash va yana o‘sha his-tuyg‘ularni boshdan kechirish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilarmiz.

Ba’zida sizning avtomobilingizni shunchaki jonon qizni sayr qildirish uchun olayotganlarini ko‘ramiz va bu noto‘g‘ridek tuyuladi. Chunki Ferrari o‘ziga munosib tarzda boshqarilishi kerak. Albatta, hukm chiqarishga haqqimiz yo‘q. Faqat Siz hukm chiqara olasiz, axir bu mashinani Siz yaratdingiz va faqat Siz qoidalarni o‘rnatasiz. Biz avtomobilingizning salt yurganda, tezlashganda, tezlikda uning ovozini eshitamiz. Dvigatelga quloq solaylik. Va o‘zimizdan so‘raymiz: uning kuchi yetadimi? Axir u norozilik belgisi sifatida yig‘lamaydimi? Yo‘q! U quvonchdan qichqiradi. Bu tovushni boshqa hech bir dvigatel takrorlay olmaydi va hech bir orkestr ijro eta olmaydi. Bu qalbga quvonch baxsh etuvchi va yuzni tabassum bilan yorituvchi simfoniya. Mana u, poygachi Ferrari - ovozlarning haqiqiy xazinasi. Biz barcha his-tuyg‘ularimizni ifodalash uchun yana qanday so‘zlarni tanlashni bilmaymiz. Ehtimol, siz bizning xatimiz ustidan kularsiz, balki, bularning hammasi bema’nilik va biz sizning vaqtingizni bekorga o‘tkazyapmiz, dersiz.

Xo‘p, mayli. Ehtimol, biz hech qachon o‘zimizning Ferrari’mizga ega bo‘lmasmiz va agar shunday bo‘lsa ham, biz o‘zimizni unga munosib deb hisoblay olmaymiz. Hatto shunday: bizda hech qachon haqiqiy mashina bo‘lmaydi, chunki hech bir mashina, agar unda gijinglab turgan ayg‘ir emblemasi bo‘lmasa, haqiqiy deb hisoblanishi mumkin emas.

Enso Ferrari — "Memuar: Mening dahshatli shodliklarim"

@panda_books
2025/07/07 23:13:39
Back to Top
HTML Embed Code: