Telegram Web Link
#newbook #yangikitob

Yaqinda jurnalist, Milliy mass-mediani qoʻllab quvvatlash va rivojlantirish fondi direktori Jahongir aka Azimovning “Oʻzbekistonda yana bir kun” nomli kitobi nashrdan chiqqani haqida xabar bergandim.

Bugun ushbu inson bilan koʻrishdik. Jahongir aka kanalini anchadan beri kuzatib borganim uchun kitob yozayotganidan xabarim bor edi, shundanmi chop etilganini eshitib rosa quvondim.

“Oʻzbekistonda yana bir kun” – oddiy insonlarning noodatiy hikoyalaridan iborat oʻnta portret yoki ocherk. Badiiy publitsistika va adabiyot tutashgan joyda yaratilgan ushbu asarlar har bir shaxsning hayotiy tajribalarini, ichki dunyosini va hayotning oʻziga xos goʻzalligini kashf etadi.

Muallif biror qahramonning hayot yoʻli atayin boʻrttirilmagan yoki yashirilmagan deya ta’kidladi. Barchasi xolis va rostgoʻylik ila yozilgan. Meni xursand qilgan narsa ham shu.

Kitob 2 tilda mavjud. Oʻzbekcha matn muharriri iqtidorli doʻstim Shohrux Usmonov ekan. Endi odatdagidek kitobni oʻqib baho beramiz.

@panda_books
Har qanday holatda ham, insonning eng katta raqibi – bu uning o‘zi. O‘z fikrlarini, odatlarini va qo‘rquvlarini yenggan kishi haqiqiy g‘olibdir.

@panda_books
“Ba’zan g’alaba qozonish uchun jang qilish shart emas. O’zingizni anglash va ichki tinchlik topish – eng katta g’alabadir.”

@panda_books
Taklif uchun kattakon rahmat!

@panda_books
Juda yaxshi kitob ekan. Muallif ham taniqli olim. Oʻqib chiqish kerak.

@panda_books
Katta o’zgarishlar kichik qadamlardan boshlanadi, ammo ular doimiy va qat’iy bo’lishi kerak.

@panda_books
#reading

Jetlagdan endi-endi qutulib, sekin “Oʻzbekistonda yana bir kun”ni oʻqiyapman. Hozircha birinchi ocherk - “Toksikolog yuragi”ni tugatdim. Juda ta’sirli. U mashhur olim, yurak aritmiyasi kasalliklarida ishlatiladigan “Allapinin” dorisini ixtiro qilgan Farhod Jahongirov hayotidan hikoya qiladi.

Ocherk asnosida siz oldin eshitmagan yomi yaxshi tanimagan insonlaringizni yaqindan bilib borasiz. Insonlar taqdiri orqali katta ishlarda oila, yaqinlar tayanchi qanchalik muhimligini tushunasiz.

Aytgancha, hikoyada keltirilgan Farhod akaning nabirasi Ja’far bilan tanish boʻlib chiqdik. U bilan biz birga Diplomatiya universitetida parallel oʻqiganmiz. Yaxshi yigit. Bugun mana uning kimning nabirasi boʻlganini bilib oldim. Bu esa menga ocherkning ta’sirini yanada oshirdi.

Jahongir aka yaxshi hikoya tanlay olibdi.

@panda_books
Harry Pottersiz London qanday boʻlardi..

@panda_books
va Big Bensiz.
Juda koʻp kitob doʻkonlar bor ekan…

@panda_books
Bugun zamonaviy yapon yozuvchisi, real voqelik va sehrli realizmni bog'lagan holda ajoyib olamlar yaratuvchi Xaruki Murakami 76ga to‘ldi.

Uning debyut romani "Shamol qo‘shig‘ini tingla" (1979) darhol e’tirof qozonadi: kitob yosh yozuvchilar uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ladi. Bu muvaffaqiyat muallifni "Sichqon trilogiyasi"ni yaratishga ilhomlantiradi.

1987-yilda sevgi, yo‘qotish va ulg‘ayish haqidagi ta’sirchan romani "Norvegiya o‘rmoni" bilan olamshumul shuhratga erishadi. Bestseller bo‘lgan bu kitob Murakamini haqiqiy yulduzga aylantiradi.

Xaruki Murakamini butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni ilhomlantiruvchi, ularni adabiyotga qiziqtiruvchi yozuvchi deb bilaman. U shunday asarlar yaratadiki, ulardan har bir kishi o‘ziga mos narsani topa oladi: sokinlik, g‘amginlik, o‘zlikni izlash yoki hayot sirlari va jumboqlariga bo‘lgan muhabbatni topishingiz mumkin.

@panda_books
1797-yilda tashkil etilgan Buyuk Britaniyadagi eng qadimgi kitob do‘koni - Hatchards’ga tashrif buyurdim. U yana qirollik xonadoniga rasmiy kitob sotuvchisi ham hisoblanarkan.

👉 https://www.instagram.com/reel/DExUt5ooT7Q/

Hali u yerda toʻliq video qilish niyat bor. Juda goʻzal joylar..

@panda_books
Qishning sovuq yolg’izligida
Anduh chekib yashamoqdan ham
Qo’rqadigan odam emasman.
Qahraton qo’ynida tog’ qishlog’ida
Qop-qoraygan qor bosgan kulba.


Saygyo-Xosi

@panda_books
#iqtibos

Sukut - eng qiyin boshqariladigan narsa, chunki atrofdagi hamma jim tursa, hech kim sening bor yoki yo‘qligingni bilmaydi. Qish esa sukut fasli: ayoz odamlarni bir-biridan ajratib qo‘yadi, dunyoni tovushlardan mahrum etadi.

@panda_books
Qaysi kitob va undagi sehrli olamga bagʻishlangan doʻkonga kirganimni aytishim shartmasdir.

@panda_books
​​#reading

Londonda bu yil anomal sovuq kelib ketdi. Ha bu so’zni bu yerda ishlataman deb oʻylamagandim:) Ammo nam sovuq menga notanish va umuman sovuq insonni juda sekinlashtirib qoʻyishi bor gap.

Bu gaplarni issiq xonada, qaynoq kofedan xoʻplagancha yozayotgan boʻlsam-da, aslida sovuq - barcha texnologiyalarga turtki boʻlganini unutmaslik kerak.

Masalan, Yevropada yuz bergan Kichik muzlik davri. Men bu mavzuga oid yaxshi kitobni bilaman (rus tiliga tarjima qilingan, bizda yoʻq) - Brayan Feygan, "Kichik muzlik davri 1300-1850: Iqlim tarixni qanday o‘zgartirdi".

Oddiy fiziologik jihatdan yashab qolish va sovuqdan himoyalanish uchun Yevropa qo‘ychilik va jun matolarini to‘qish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Natijada dehqonlar qishloqlardan shaharlarga ko‘chiriladi (inglizlarda "qo‘ylar odamlarni yeb qo‘ydi" degan ibora bor), to‘qimachilik korxonalari paydo bo‘ladi - bu kapitalizmning ilk belgisi edi. Bejiz emas, keyinchalik deyarli barcha rivojlanayotgan mamlakatlar - Yaponiya, Koreya, Xitoy o‘z taraqqiyot yo‘lini to‘quvchilikdan boshlaydi: dehqonlar oddiy texnika bilan ishlashni, mehnat taqsimotini, hisob-kitob va nazoratni, dastlabki sarmoyalarni to‘plashni, shartnomalarni bajarishni (huquqiy tizimni) o‘rganishadi.

Ochlikdan qutulish uchun dengiz bo‘yi xalqlari ochiq okeanga chiqib, treska va seld balig‘ini ommaviy ovlashga majbur bo‘lishadi. Buning uchun esa okean kemalarini yasashni o‘rganish kerak edi. Kema qurilishi o‘sha davrlar uchun yuqori texnologiya hisoblanardi. U o‘z navbatida muhandislik ta’limi, kartografiya, navigatsiyani (ya’ni texnik fanlarni) ham rivojlantiradi.

Feygan shunday yozadi:

"Basklar, gollandlar va inglizlar sovuq va bo‘ronli Atlantika okeaniga moslashtirilgan va ochiq dengizda baliq ovlay oladigan ilk kemalarni yaratishdi. Bunday kemalar orasida ingliz doggerlari ham bor edi. Ular yordamida Islandiya qirg‘oqlarida va hatto Buyuk Nyufaundlend sayozligida baliq ovlash uchun fevral oyidagi bo‘ronlarda ham okeanga chiqish mumkin edi. Treska savdosi baliqchi kemalarni Atlantika okeanini kesib o‘tishga majbur qildi va Shimoliy Amerikaning dastlabki mustamlakachilari hayotini qo‘llab-quvvatlashga yordam berdi."

Yana Monastirlar, “Qora o‘lim" (vabo), Yevropadagi tugamas urushlar haqida gap boradi.

Xullas, sovuq ham joyi kelganda foydali narsa deb hisoblash mumkin:)

@panda_books
Yana studentman mana…

@panda_books
#haqida

Same thing

Bugun barcha bilan tanishib o'tirarkanman, bitta britaniyalik qiz mendan nega hamma Osiyo davlatlari oxirida "Istan" qo'shilganligi haqida so'radi. O'zbekiston, Pokiston, Qozog'iston....

Men esa unga javoban nega sizlarda hamma joyda "Land" qo'shilgan deb so'radim, England, Scotland, Ireland, Finland...

Keyin u aslida ba'zi narsalar butun dunyoda bir xil ekanini tushunib yetdi deb o'ylayman.

@panda_books
​​#review #taqriz

📙Jahongir Azimov — "O'zbekistonda yana bir kun"

"Mentalitet - kinoya uchun sabab emas, bilim predmeti hisoblanadi"

— Jahongir akani kitobini tugatganimga bir necha kun bo'ldi.

— Xo'sh, taqrizni qachon yozasan?

— Taqrizni nimadan boshlashga ikkilanib, ancha vaqt hech nima yozolmayapman.

— Unda ichingdan o'tgan hissiyotlaringdan boshla...!

O'nta ocherk. O'nta inson. O'n xil taqdir. Yutuqlar, kamchiliklar. Topishlar-yo'qotishlar. Eski hikoyalarga yangicha qarashlar. Bularni barchasini bitta narsa birlashtirib turadi: barchasi shu yurtning farzandlari.

Jahongir aka ilk kitobi bo'lishiga qaramasdan, material yig'ish va guvohlar bilan suhbatlashishga o'ta professional yondoshgani bilinib turibdi. Har bir inson asli bir olam, uni tadqiq qilishga alohida yondoshish lozim. Jahongir aka bu ishni uddasidan chiqa olgan deyish mumkin, detallar, hikoyanavislik hammasi joyida.

Kitob yurak og'r'ig'iga qarshi "Allapinin"dorisini ixtiro qilgan olim bilan boshlanadi. Ko'p insonlarning hayotini saqlashga katta hissa qo'shgan olimning hayoti biz o'ylagandan murakkab bo'lganini ko'ramiz. Keyin ko'zi ojiz bo'lsa-da, qalb ko'zi ochiq Dilmuhammad aka hayoti bilan tanishamiz. Muallif bu qayg'uli hikoya orqali o'rtaga savol tashlaydi: qaysi muhim ko'zi ochiq bo'lsa-da, iymon ko'zi so'qirlikmi yoki teskarisi?

So'ngra etnolingvokulturolog olim Davlatbek Sadullayevning Afg'onistondagi hayot taqdiri bilan tanishsak, keyin birinchi o'zbek ayol jurnalisti Sobira Xoldorovaning ayanchli qismati bizni dillarimizni larzaga soladi. Uzoq yillar surgunga yuborilsa-da, o'z hayotiy qarashlaridan qaytmagan Sobira opaning hayotini keyinchalik hatto alohida film qilsa arziydi menimcha.

Shuningdek, kitobda siz yoshligida katta yoshli inson tomonidan jinsiy zo'ravonlikka uchragan va natijada ulkan psixologik zarba olgan qiz bayoni, Yuqori Chirchiqda kutubxona yuritayotgan ayol, ko'zi ojiz bo'lsa-da, musiqa bilan shug'ullanayotgan Sevara haqida o'qishimiz mumkin.

Kiobni o'qib tugatgach, Jahongir aka bu qissalarni tasodifiy tanlab olmagan degan xulosaga keldim. Boy hayotiy tajribasi orqali muallif barcha katta yozuvchilar kabi o'z ijodiy portretini yaratib boradi. Menimcha, kitob kulminatsiyasi bo'lmish oxirgi ocherk - aynan muallifning o'z bobosi ekanligi bejiz emas. Muallif har bir portret orqali o'zining ijodiy, ijtimoiy qarashlarini yoritib beradi, muammolarni ko'ndalang qo'yadi va oxirida o'z hayotiga yuzlanadi, undagi eng muhim figuralardan biri ya'ni buvasi haqida yozishga qaror qiladi. Bu mening eng boshida bergan fikrimni to'ldiradi: bu insonlarni nafaqat Vatan, balki muallif ham birlashtirib turadi.

Kitob yaxshi yozilgan bo'lsa-da, Jahongir aka hali yozuvchilik ko'nikmalarini yaxshiroq oshirishi kerakligi bilinib turibdi. Ba'zan hikoyada yozilayotgan voqealar va shaxslar shunchalik tez o'zgarganidan syujet liniyasidan adashib ketish mumkin. Ba'zi joylardan esa hikoyani boyitadigan ba'zi detallar tushib qolgandek. Yana bir kichik e'tiroz bevosita kitob illyustratsiyalariga. Mening nazarimda, bu hujjatli kitob bo'lgani uchun, yaxshi bo'lardi, o'sha qahramonlarning fotosuratlari berilganda. Shunda kitobxon o'sha insonlarni tasavvur qilishi yanada osonlashardi deb o'ylayman. Shu bilan birga o'zbek tilidagi qismda ba'zi imloviy juz;iy kamchiliklar uchradi. Keyingi nashrlarda bular bartaraf etiladi degan umiddaman.

Xulosa sifatida, bu kitobni albatta o'qib chiqing, zamondoshlarimiz taqdiri bilan qiziqib ko'ring. Jahongir akaga esa kelgusi faoliyatida ulkan ijodiy zafarlar tilab qolaman.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
2025/07/07 16:39:17
Back to Top
HTML Embed Code: