Telegram Web Link
#haqida

Home

Uzoq qiyinchiliklar va yugur-yugurlar girdobidan so‘ng nihoyat uyga qaytdim. Yaqinlaringiz bag‘riga, o‘zingizga tanish joyga qadam qo‘yganingizda, qandaydir ichki xotirjamlik paydo bo‘ladi.

Uy shunchaki joy emas, bu his-tuyg‘u. U biz kuch to‘playdigan, o‘ylanadigan va tomirlarimizga qaytadigan joy. Umr boʻyi biz xuddi Odissey kabi uyga qaytish yoʻlida harakat qilamiz. Uy - bu sevimli taoming hidi. Uy - bu oilaviy suhbatlar. Uy - bu eski eshik g‘ichirlashi. Kimligimiz va qayerdan kelganimizni eslatadigan joy.

Uy - yana biroz nafas rostlab, yangi maqsadlarni belgilash va yangi kuch bilan keyingi sarguzashtlarga otlanish uchun ajoyib maskan. Axir koʻrgan hamma filmlarimizda shunday ediku, toʻgʻrimi?

Bu postni oʻqib uyini sog‘inayotganlar yoki ta’til sabab yaqinda qaytganlarga maslahat - bu lahzalarni qadrlang. Ular bebaho. Hech qanday turistik goʻsha, oʻzingizning uyingizdagi qadrdon karavotingizga yetmaydi ba’zan.

Xo’sh, “Uy" siz uchun nimani anglatadi?

@panda_books
#biroz_statistika

An’anaviy Yil sarhisobi.

Bu yil bookblogimizni qoʻllab-quvvatlagan barcha obunachilarga samimiy minnatdorchilik bildiraman!

@panda_books
Nihoyat yana Kutubxonam bilan birgaman.

@panda_books
Forwarded from Qisqa satrlar
Yulduzlar o‘zlarini yonarqurtlarga o‘xshatishlaridan qo‘rqmaydilar.

Rabindranat Tagor

👉 Qisqa satrlar
Kitoblar - siz uchun…

3 so’z bilan ta’riflang.

@panda_books
2025-yilda qaysi kitob tarjima boʻlishini kutayapsiz?

@panda_books
It's a Man's, Man's, Man's World

Mashhur qo'shiqchi James Brown tomonidan uzoq 1966-yilda yaratilgan ushbu ashula haligacha xit. Uning ma'nosi quyidagicha:

Bu dunyo erkaklar tomonidan yaratilgan. Erkak yo'llarni yaqin qilish uchun avtomobilni yaratgan.
Erkak og‘ir yuklarni tashish uchun poyezdni yaratgan.
Erkak bizni zulmatdan olib chiqish uchun elektr nurini yaratgan.
Nuh - najot kemasini yasagan inson ham Erkak edi.

Biroq bu hayot hech nimaga arzimasdi, agar unda ayol-qizlar bo'lmaganida. Ya'ni

This is a man's world, this is a man's world
But it wouldn't be nothing, nothing without a woman or a girl
.

@panda_books
Shaharchamizda kutubxona ochilgan ekan.

@panda_books
#sarhisob #dekabr

Oy Sarhisobi.


2024-yil ham mana nihoyalab qoldi. Unda yaxshi kunlar ham, yomonlariyam bo'ldi. Bu yil davomida 46 ta kitob tugatibman. Maqsadim 50 tadan oshirish edi, ammo hajmi katta bo'lgan deya o'zimni ovutib o'tiribman. Ustiga ustak, dekabr 2-yarmida birorta kitob o'qib tugata olmadim. Bahona tayyor)

Bu yil oldimga qo'ygan maqsadlarning deyarli barchasiga yetishdim deb hisoblayman. Bu yilni omadli yil bo'la oldi deyishim mumkin. Ammo doimgidek, bundanda yaxshi bo'lishi mumkin edi:)

Bu oy sarhisob oyi bo'ldi, istaganlar lentadan tepaga chiqib mening yil sarhisoblarini ko'rishi mumkin. Bu post ostida esa o'z sarhisoblaringizni qoldirishingiz.

Hozir uydaman, dam olayapman. Oila bilan vaqt o'tkazyapman. Sarhisob qilayapman. Va albatta va'da beramanki, kirib kelayotgan yilda ham sizlarga yanada yaxshiroq, sifatliroq va samimiy kontent yetkazishga harakat qilaman. Panda Booksning katta oilasi safida ekangizdan nihoyatda xursandman!

Xullas, kitob o'qishdan sira charchamang va Yangi yilda yangi kitoblar sizga hamrohlik qilsin! Bayram muborak!

O'qilgan kitoblar:
♻️ Mikoil Adiguzel – “Katta shahzoda”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Salmon Rushdi — "Pichoq"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Nik Chizmen va Brayan Klaas "How to Rig an Election"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Xotirjamlikning zamonaviy siri
👉 Kitoblar haqida kitob
👉 Hissiyot
👉 Qaytar dunyo
👉
Home

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Xoʻsh, bugun 366/366-kun.

@panda_books
Yangi yilingiz muborak boʻlsin! #2025

@panda_books
2025-yil boshida oʻqib chiqmoqchi boʻlgan badiiy kitoblarim roʻyxati:

Ivo Andrich - “Drina ustidagi koʻprik”

Migel Anxel Asturias - “Senyor Prezident”

Stefan Sveyg - “Kechagi dunyo”

Mixail Saltikov-Shedrin - “Bir shahar tarixi”

Frans Kafka - “Qal’a”

Fransua Rable - “Gargantyua va Pantagryuel”

Erkin A’zam - “Gonoluluga elchi”

Gabriel Garsiya Markes - “Buzruk kuzi”

Marsel Prust, Murakami, Bakman, Drayzer…

Sizdachi?
@panda_books
Jeyms Joysning rafiqasi Nora Barnaklga yozgan Yangi yil tabrigi.

a happy new year
to you and yours
from us both
James Joyce


Yangi yil muborak!
@panda_books
Qalb hotirjamligi.

@panda_books
"Taqdir xazili yoxud Qushdek yengil bo'ling"

Yangi yil oldi bir guruh ziyoli yigitlar xuddi Rim patrisiylari kabi hammomda oʻtkazadigan falsafiy suhbatlar va Saturnaliyani nishonlashlari…

Taqdir, tasodif, Xudoning aralashuvi, mashhur lirik shoirlar — Pasternak, Yevtushenko, Voznesenskiy, Axmatova, Svetaevadan matnlar va ajoyib dialoglar ham ushbu go'zal qadimiy an'analarning davomi emasmi?!

Bu film nega abadiy ekanligini endi-endi tushuna boshladim.

@panda_books
Kengroq oʻylang.

@panda_books
#muqova

Hm, muqovaga baho beramiz.

@panda_books
#tarjima
- Siz uchun hayotda eng muhimi nima?
- Insonning aynan o‘z hayotini yashash qobiliyati, boshqalarnikini emas. Boshqacha aytganda, o‘z qadriyatlarini shakllantirish, qanchalik jozibador ko‘rinmasin, o‘ziga sirtdan singdirilayotgan narsalarga ergashmaslik. Avvalo, har bir kison o‘zini sof insoniy jihatdan anglashi, keyin esa milliy, siyosiy va diniy tomonlarini tushunishi lozim.
- Siz insonda nimani hamma narsadan ko‘ra yuqori baholaysiz?
- Kechira olish va achinish hislatini. Odamlarga nisbatan menda eng ko‘p paydo bo‘ladigan his - bu g‘alati tuyulishi mumkin - achinishdir. Ehtimol, barchamiz o‘tkinchi bo‘lganimiz uchun shundaydur.

Iosif Brodskiy
intervyudan

@panda_books
#news

Uyqu yetishmasligi xotira va fikrlar ustidan nazoratni buzadi - biz yaxshi uxlaganimizda, miyamiz yoqimsiz o‘ylarni faol ravishda to‘sib qo‘yadi.

8 soatlik uyqu davomida miya his-tuyg‘ular va harakatlar uchun mas’ul bo‘lgan prefrontal po‘stloq yordamida salbiy fikrlarni bostiradi.

Uyqu yetishmaganda bu mexanizm ishdan chiqadi, salbiy fikrlar miyada "ilinib qoladi," natijada kayfiyat buziladi, stress paydo bo‘ladi va miya ortiqcha yuk ko‘tarayotgandek tuyuladi.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Yangi yil munosabati bilan hadya qilingan kitob! Juda xursandman!

Vasil meni yangi fantast dunyoga chorlamoqda! Tashakkur:)

@panda_books
2025/07/08 01:50:07
Back to Top
HTML Embed Code: