Telegram Web Link
Yangi O'zbekiston №42_L.pdf
4.2 MB
Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 28-fevral kungi 42 (1368)-soni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida mutolaa uchun havola qilinadi.
Янги Ўзбекистон_№42.pdf
4.5 MB
“Янги Ўзбекистон” газетасининг 2025 йил 28 февраль кунги 42 (1368)-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Panda Books
Янги Ўзбекистон_№42.pdf
#intervyu
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga kichik intervyu bergandim. Oʻsha chiqibdi. Shunchaki ma’lumot uchun.

@panda_books
Muqaddas Ramazon oyi muborak boʻlsin!
Tutajak ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin, Ilohim!

@panda_books
#sarhisob #fevral

Oy Sarhisobi.


Bu oyni Diagon Alleyga safar qilishdan boshlagandim. York shahri go'zalligiga maftun bo'lib, keyin bir necha kitoblar aro yana "sarguzashtlar"ga chiqdim.

Shuni tushundimki, endi hech qayerga shoshilmayapman, xotirjamman. Istagan narsalarimga baribir erishaman, Xudo xohlasa, qo'limda bo'lmagan narsalarga esa siqilganimdan aslo foyda yo'q.

Fevral qisqa oy, ammo uni imkon qadar mazmunli o'tkazganimdan xursandman. Shukr.

O'qilgan kitoblar:

♻️ Toni Morrison — "Eng moviy ko'zlar"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Madlen Miller — "Kirka"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Nikolas Nassim Taleb — ''Tasodifga aldanganlar" (Fooled by Randomness)
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Yorkdan Rimga: Tarixni o'zgartirgan joy
👉 "I'm sorry, my English rambunctious, eloquent and fabulous as it could be"
👉 Osmon - “uzoq”, Yer - “qattiq”.
👉 Amerikaliklardek pofigist xalq boshqa bo'lmasa kerak
👉 Nikohda baxt
👉
Maktabim kutubxonasi
👉 Xona
👉 Jorj Oruell oʻzining “1984” romanini yozgan kutubxona
👉 Atque ubi solitudinem faciunt, pacem appellant.

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Kanal hoshiyasidagi bitiklar

"Ba'zan yozasan-yozasanu, keyin klaviaturadan qo'ling bo'shab, o'zi qayerga kelganingni anglash uchun shundoq ortingga bir o'giriladigan vaqting bo'ladi. Oq-qora satrlar aro nimalarni topding, nimalarni yo'qotding? Boshlanishida ko'pchilik bilan boshlaysan, oxirida esa doim yakka o'zing qolasan".

"Anonimlik yaxshi narsa. Bizda anonimlik qadrlanadi. Sirlilik niqobi yaxshi, ammo men ortiqcha sirli bo'lishni istamaganman hech. Chunki fikrlarni avvalo jamiyat emas, individ yaratadi, anonimlikda yaratilgan fikrlaringga esa afsuski haqqingni da'vo qilolmay qolishing mumkin";

"2 yil oldin menga yaxshigina donat qilib, iliq gaplar yozib - o'ziga xos motvatsiya berib turadigan obunachim bor edi. Kimligini bilmayman, lekin boshqa donat beruvchilardan ajralib turishini sezardim. Vot hozir o'sha obunachimni yo'qotib qo'ygandekman😢..."

"Har bir loyihada xuddi serialdagi mavsumlar kabi bir to'xtab-yangitdan boshlanadigan joyi bo'larkan. Men bir xil ritmdan charchagan odamlarni uyg'otish uchun ochgandim bu kanalni. Ko'tarilish va tushishni birdek qabul qilishim shundan";

"Oldin do'sting kimligiga qarab kimligingni aytishardi. Hozir ijtimoiy tarmoqda kimga layk bosishing va follow bo'lganingga qarab, kimligingni aytib berishyapti";

"Insonning "samotsenkasi" ko'tarish ba'zan juda oson. Ertalabdan ko'rinishiga nisbatan aytilgan bitta yaxshi kompliment bilan ayol kishi kun bo'yi xush kayfiyat yurishi mumkin. Xuddi shunday yigit kishi ham ko'chada o'tib ketayotgan biror qizning unga qarab bitta tabassum qilishidan juda baxtiyor bo'lishi mumkin".

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adabiyotshunos do’sting birinchi uchrashuvga chiqqanda:

@panda_books
Tirikligida bittayam kartinasini sotolmay qashshoqlikda umr kechirgandi.

Bugun esa butun dunyo seni qoshingga keladi. Ammo sen yo’qsan Vinsent…

@panda_books
Afsuski, yana bir bratim boʻlmish Da Vinchining kartinalari turgan xonalar yopiq ekan.

Nasib keyingi safar…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
Hammadan uzr, lekin toʻlov usuli sifatida buyrakni qabul qilishmas ekan..

Van Gog tirik boʻganda hozir merch sotib milliarder boʻlardi…. Ehh

@panda_books
#reading

Ba’zan shunaqa boʻladi: biror bir kitobni olib, oʻqiysanu: “Nega buni oldinroq oʻqimagan ekanman?!” deysan. It’s ok.

Ba’zan esa shunaqa bir asarlarni mutolaa qila boshlaysan va tushunib yetasanki, bu kitobni ayni paytida o’qiyapsan. Oʻz vaqtida. Yoshroq va g’o’rroq paytingda oʻqiganingda, balki bu soʻzlarning ma’nosini toʻliq tushunib yetmasding, yozuvchi chertib-chertib tanlagan jumlalar senga begona tuyular, satrlar aro yoyilgan ogʻriq-u iztiroblarni esa qalbing his qilmasdi.

Soljenitsin bilan menda shunday boʻlayapti.

@panda_books
Forwarded from Usmonip (Usmonip)
Xabarlarga koʻra, Fanlar akademiyasi qoshidagi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi 30 ta atamaning oʻzbekcha muqobilini taklif etayotgan ekan.

Avvaliga quvonib, e’tibir bilan 30 ta “yangi atama”ni koʻrib chiqmoqchi boʻldim. Ammo afsuski, olimlar taklif etgan soʻzlardan koʻnglim toʻlgani yoʻq.

Birinchidan, 5-6 ta atamadan boshqasi umuman yangi emas. Allaqachon odamlar biladigan, faol foydalanayotgan soʻzlar. Masalan, “chellenj” atamasining muqobili “chorlov” ekanini kamida 6 yil avval bilganman. Feysbuk tarmogʻida “chorlov” tarzida koʻp ishlatardik. “Dostavka” esa “yetkazish” ekanini xalqqa taqdim qilish uchun Fanlar akademiyasi ovvora boʻlmay qoʻyaversin edi. Shundoq ham bilib, tushunib, tilimizga singdirib boʻlganmiz.

Qolgan soʻzlarni-ku aytmasam ham boʻlar. Kulgili, judayam achinarli. Nahotki “instrument”, “diskussiya”, “zona”, “konstruksiya”, “lider”, “marshrut”, “vnedorojnik”, “svetofor” kabi atamalarning allaqachon oʻzbekcha muqobili mavjudligi, hatto lugʻatlardan joy olgani, matnlarda qariyb har kuni qoʻllanayotganidan olimlar bexabar boʻlsa?

Menga qolsa, Fanlar akademiyasi degan mahobatli nomi bor tashkilot bunaqa qoʻl uchida ishlashni oʻziga ep koʻrmagani ma’qul.

Ikkinchidan, menga yangilik boʻlgan oʻsha besh-oltita soʻz ham juda maqtagulik emas. Sun’iy, majburan va chuqur oʻylamay yasalgan, oʻzbek tiliga singib ketishi dargumon soʻzlar.

Misol uchun, “karving” atamasi muqobili sifatida “meva bezakchiligi” soʻz birikmasi taqdim etilmoqda. Menimcha, qisqa soʻzni bunchalik uzun ifodalash uning tilga koʻchishiga toʻsqinlik qiladi. “Keshbek” atamasi ham shunday yoʻl bilan oʻzbekchalaahtirilgan: “hadya-qaytim”. Bunday urinishlar oʻzini oqlamasligi tabiiy. “Selfi” atamasini esa “oʻzchekim” koʻrinishida qoʻllash tavsiya qilingan. Yoʻq-yoʻq, hurmatli olimlar, yana takrorlayman: soʻzni murakkablashtirib, jimjimador qilib emas, oddiy va loʻndagina koʻrinishda tilimizga olib kirish lozim. Shundagina siz yaratgan yangi soʻzlar yashab keta oladi. Aksincha boʻlsa, shunchaki “selfi”, “karving”, “keshbek” kabi ixchamgina ajnabiy iboralarga yutqazib qoʻyaveradi. Shuni inobatga olsangiz, oʻzbek tilida soʻzlovchi kishi oʻlaroq boshim osmonga yetgan boʻlardi.

Qolaversa, yana bir ginamni aytib ketay: modomiki, atamlarni oʻzbekchalashtirishga bel bogʻlabsiz, yo ular hali tilimizga oʻrnashib ulgurmasidan sof oʻzbekona yangraydigan soʻzlar bilan almashtirishni taklif eting, yoki toʻgʻri kelgan atamani yoppa-barakasiga yasab tashlamang. Hamma atamani ham oʻzbekchada jaranglatib boʻlmasligini, ba’zan shart emasligini ham inobatga olaylik.

@usmonosphere
Panda Books
#reading Ba’zan shunaqa boʻladi: biror bir kitobni olib, oʻqiysanu: “Nega buni oldinroq oʻqimagan ekanman?!” deysan. It’s ok. Ba’zan esa shunaqa bir asarlarni mutolaa qila boshlaysan va tushunib yetasanki, bu kitobni ayni paytida o’qiyapsan. Oʻz vaqtida.…
#reading

Soljenitsinning "Hibs" bo'limini 2 marta o'qib chiqdim. Naqadar dahashtli tarzda yozilgan haqiqatlar....Qalb qo'ringgacha larzaga soluvchi qo'rquv, terror va zolimlik.

Stalin jamiyatda nihoyat darajada qo'rquv va odamlarning bir-biriga bo'lgan ishonchini o'ldirib qo'ygan ediki, quyidagi parchada bu yaqqol ko'rinadi (mening erkin tarjimam):

"Mana, o‘sha yillarning manzarasi. Moskva viloyatidagi tumanlardan birida partiya konferensiyasi bo'lib o‘tmoqda. Uni yaqinda qamoqqa olingan raykom kotibi o‘rniga qo'yilgan yangi kotib boshqarmoqda. Konferensiya yakunida o‘rtoq Stalinga sadoqat murojaati qabul qilinadi. Tabiiyki, hamma o‘rnidan turadi (xuddi konferensiya davomida uning nomi har tilga olinganda hamma sapchib turgani kabi). Kichik zaldagi hammasi "qizg‘in qarsaklar, olqishlarga aylanib ketadi". Uch daqiqa, to‘rt daqiqa, besh daqiqa - ular hamon qizg‘in va to'xtovsiz olqishlardilar. Biroq endi kaftlar og‘riy boshladi. Ko‘tarilgan qo‘llar qotib qoldi. Keksalar nafas ololmay qolishdi. Bu hatto Stalinni chin dildan sevadigan odamlar uchun ham chidab bo‘lmas darajada bema’ni edi. O'n bir daqiqalik qarsakdan so'ng, birinchi bo'lib fabrika direktori to'xtaydi. Darhol barcha jo'r bo'lib to'xtashadi.

Ammo kimlardir mustaqil fikrli odamlarni aynan shundan aniqlab olishadi. Shunday ularni yo‘q qilishadi. O‘sha kechasi fabrika direktori qamoqqa olinadi. Uni butunlay boshqa bahona bilan o‘n yilga osongina qamashadi. Biroq 206-sonli (yakuniy tergov bayonnomasi) imzolangach, tergovchi unga eslatadi: "Hech qachon birinchi bo‘lib qarsakni to‘xtatmang!" (Nima qilish kerak? Unda qanday to‘xtash mumkin?..) Mana sizga Darvinning tabiiy tanlanish nazariyasi. Ana shu bema’nilik bilan charchatishdir."

@panda_books
#design

Parijdagi lyuks kvartiralardan biri. Alohida dizayn qilingan. Muhimi, dizayner kitob jinnilari uchun ham alohida mehnat qilibdi.

Qachondir kitob javoni qilsangizlar, namuna)

@panda_books
Forwarded from Qisqa satrlar
Erkak kishi avvalo ayol kishining qalbini zabt etib, so'ngra uning hurmatini qozonib, keyin esa o'ziga bo'lgan ishonchini saqlaganidan keyingina haqiqiy erkakka aylanadi.

Gregori David Roberts

👉 Qisqa satrlar
2025/07/04 20:21:33
Back to Top
HTML Embed Code: